Научная статья на тему 'PILLA SIFATI VA HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA BIOFIZIK TUTQICH VA HAVO TEMPERATURASINI AHAMIYATI'

PILLA SIFATI VA HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA BIOFIZIK TUTQICH VA HAVO TEMPERATURASINI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
129
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
quality / productivity / cocoon / mulberry tree

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Aliboev Maxammadillo Akbaralievich, Qobulova Nilufar Jalilovna

In this work, the factors affecting the quality and productivity of the cocoon were analyzed. Accordingly, the most important part of the mulberry tree is its Leaf, which is the only food for the silkworm in the cultivation of cocoons. The mulberry leaf contains sugar, protein, fat, water, enzymes and various vitamins necessary for the body of The Silkworm. It has been studied that the timing of the mating of the Mulberry parvona butterfly, which is the cause of the decrease in the number of hairs on the mulberry leaf, depends on the weather warming.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PILLA SIFATI VA HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA BIOFIZIK TUTQICH VA HAVO TEMPERATURASINI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

PILLA SIFATI VA HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA BIOFIZIK TUTQICH VA HAVO

TEMPERATURASINI AHAMIYATI 1Aliboev Maxammadillo Akbaralievich, 2Qobulova Nilufar Jalilovna

1Andijon mashinasozlik instituti doktaranti E-mail: (1maxammadillo1962@gmail.com)tel:+998(99)5102762 2Andijon mashinasozlik instituti dotsenti, t.f.n.

E-mail: nilufarqobulova@mail.ru, tel:+99(897) 9721171 https://doi.org/10.5281/zenodo.8013724

Abstract. In this work, the factors affecting the quality and productivity of the cocoon were analyzed. Accordingly, the most important part of the mulberry tree is its Leaf, which is the only food for the silkworm in the cultivation of cocoons. The mulberry leaf contains sugar, protein, fat, water, enzymes and various vitamins necessary for the body of The Silkworm. It has been studied that the timing of the mating of the Mulberry parvona butterfly, which is the cause of the decrease in the number of hairs on the mulberry leaf, depends on the weather warming.

Keywords: quality, productivity, cocoon, mulberry tree.

Maqsadi. Andijon viloyatining "Andijon agropilla" masulyati chyeklangan jamiyatiga qarashli tutzorlarida to'rtinchi pilla hosilini olishdagi tut bargi ozuqasini olishdagi zararkunanda hashoratlarni ta'sirini o'rganish masalasiga qaratilgan.

Usullari. Tajriba Andijon viloyati Izboskan tumanining "Izbaskan agropilla" mas'ulyati chyeklangan jamiyatiga qarashli A.Tojiahmedovning 4-gektarli kasanachilik yer maydonida olib borildi. Tajribada tadqiqot ob'ekti qilib tutzorning "O'zbekiston" navi bargining hosildorligiga tut parvonasi kapalagi qurtlarining ta'siri o'rganildi. Fon uchun antioksidantli feromon moddasi shimdirilgan tabiiy va suniy kavchuk va 1 mikron to'lqin uzunligida nurlar dipazonida ishlovchi 1 ta biofizik tutqichdan foydalanildi. Tajriba 3 variantdan iborat bo'lib, 1-variant nazorat qilib belgilanib, kuniga 160 ta, 2-variantda nazorat qilib belgilanib, kuniga 101 ta, 3-variantda nazorat qilib belgilanib, kuniga 77 ta tut parvonasi kapalagi tutilgan.

Natijalari. Olingan natijalarga ko'ra, tut parvonasi kapalagi tunning issiq kunlarida oshib borishi, y'ani urchish vaqti hisobiga va qo'llanilayotgan biofizik tutqich samaradorligi hisobiga ortib borgan. Tut bargining me'yorini gektariga 6000 kg gacha oshirish natijasida pilla hosildorligi 40-45 kg gacha ortib, nazoratga nisbatan 1 000 kg qo'shimcha hosil olindi.

Xulosa. Olingan natijalar tahlillaridan kelib chiqib, biofizik tutqichlar qo'llanganida yoritkichlari bo'lmagan feromon tutqichlarga nisbatan 2 marta ko'proq tut parvonasining erkak kapalaklari ilinar ekan; ikkinchidan, kun va tun mobaynidagi ilingan kapalaklar miqdorlari solishtirilganida tun mobaynida ilingan zararkunandaning miqdori 10 marta ko'proq ekanligi ko'rsatildi. Shuning uchun biofizik tutqichni tunning issiq kunlarida qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: tutqich, tut navi, duragay, tut bargi, ozuqa, buta, tutzor, takroriy qurt boqish, baland tanali tutzor, hosildorlik, lichinka, mahsuldorlik, pilla sifati.

Kirish.

Respublikamiz pilla yetishtirish va uni qayta ishlash bo'yicha jahonda ipakchilik sanoati rivojlangan davlatlarning beshtaligiga kirsa ham yetishtirilayotgan pilla xomashyosi va ishlab chiqarilayotgan xom ipakning miqdori hamda sifat ko'rsatkichlari bo'yicha Xitoy, Xindiston, Koreya va boshqa bir qator davlatlardan orqada qolmoqda [1]. Buning asosiy sabablaridan biri

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ipak klasterlari va pillachilik fermer xo'jaliklari tomonidan pilla yetishtirish agrotexnik jarayonlarni haligacha to'la sanoat asosida o'tkazilmaganligi, yangi tut plantatsiyalarini yaratish, tut daraxtlarini parvarishlash va tut bargining ozuqaboblik xususiyatlarini ortirish ustida yetarli darajada tadqiqot ishlarga etibor berilmayotganligi hamda qishgi mavsumda tut daraxtlarini aholi tomonidan kesib ketilishi, kuzda esa tut barglarini chorva hayvonlarini boqish maqsadida aholi tomonidan sidirib olinishi, yil davomida rivojlanib boradigan tut parvonalarining kuzda tut barglariga jiddiy salbiy ta'sir qilishi hisobiga yetishtirilayotgan qimmat baho to'qmachilik xomashyosi bo'lgan pilla hosilining miqdoriga va uning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5587-son Farmoni 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar 2021 yil 1 yanvarga qadar xom ipak (TIF TN kodi 5002) va ipak momig'i (TIF TN kodi 5003) mahsulotlariga ham tatbiq etiladi. Bunda, imtiyozlarni qo'llash natijasida bo'shaydigan mablag'lar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan, texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo'naltiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi "Respublikada pillachilik tarmog'ini jadal rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4047-son qarori 5-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etish tartibi loyihalar qiymati va sonidan qat'i nazar pilla yetishtirishni, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer xo'jaliklari va kasanachilarga bo'nak berishni, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni hamda qurilish va rekonstruktsiya ishlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun ham tatbiq etiladi va mazkur tartibning amal qilish muddati 2023 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi. "O'zbekipaksanoat" uyushmasi: hududlarda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan tut ko'chatlarining ekilishi, ipak qurti urug'i va pilla yetishtirish, pillani chuqur qayta ishlash, ipak, ipak momig'i va ipakdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlarining to'liq bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borish tashkil etildi. Tut ko'chatlarini ekish, ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurish, pilla yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish va yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha belgilangan ko'rsatkichlarni ta'minlashda sustkashlikka yo'l qo'yayotgan "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar bo'yicha ularga taqdim etilgan imtiyozlarni qayta ko'rib chiqish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritildi [2].

Usullari.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz o'z izlanishlarimizda tadqiqot Andijon viloyati Izboskan tuman Agropillaga qarashli A'zamjon Tojiahmyedovni kasanachilik xo'jaligi 4 gektar tut plantattsiyasida 05.09 - 07.09.22 kunlari o'tkazilgan. Tutzorlarni zararkunanda uchar hashoratlardan himoyalashga mo'ljallangan ushbu tadqiqotda Andijon mashinasozlik instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan "Innovatsion biofizik tutqich qurilmasi"dan foydalanildi. Qurilmani tut plantatsiyasining belgilangan uchaskalariga o'rnatildi. Tadqiqotlar bir xil sharoitda soat 19:00 dan 05:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida olib borildi va quydagi natijalar olindi. [4] Tajriba rejasi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Tajriba rejasi

Ushlangan hashoratlar turlari va soni (dona)

№ Tutqichni nomi Tut parvonasi kapalagi Ko'sak qurti kapalagi Tajriba o'tkazilgan vaqt Tajriba o'tkazlgan kunlar Kunlik harorat

1 160 2 Kundiz 340 Kechasi 190 05.09.22 19:00dan 05:00gacha

2 Biofizik tutqich 101 3 Kundiz 340 Kechasi 170 06.09.22 19:00dan 05:00gacha

3 77 3 Kundiz 340 Kechasi 150 07.09.22 19:00dan 05:00gacha

Jami: 338 8 3-kun Har kuni

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tunning issiq kunlarida uchuvchi zararliy hashoratlarni qo'zg'alishi ko'payib urchish sharoyiti ortadi. SHuning uchun biofizik tutqichni o'rnatish ko'proq tunning issiq kunlari qo'ylish kerak, zararkunanda uchuvchi hashoratlarni qirish osonroq kechadi va yuqori samara beradi.

Natijalar.

So'nggi yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ekinlardan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda ilg'or agrotexnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o'simliklarning tur va nav xili ko'paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar tumanlashtirilmoqda, urug'shunoslik va urug'chilik ishlari tashkil etilmoqda.

Biz ham o'z tajribalarimizda yuqorida zikr etilgan masalalarni hal etishga harakat qilib ko'rdik. Xususan, olingan natijalar asosida quydagi xulosani keltirib o'tish mumkin:

1. Tut parvonasining qurtlari barg hosildorligini keskin pasaytiruvchi asosiy zararkunanda bo'lib, yangi novda o'sish jaryoniga salbiy ta'sir etadi, bu uning o'suvchanligini 45-50 santimetrgacha kamaytirishga olib kelishi anqlandi. Tadqiqot natijalari ko'rsatadiki, zararkunanda hashoratlarning ko'payishi pillachilik klasterlari hosildorligiga sezilarli darajada salbiy ta'sir qiladi. Ularga qarshi kimyoviy usullarning qo'llanilishi kunlik haroratga bog'liq bo'lib, issiq kunlarda kimyoviy reogentlarning parlanishi zararkunanda hashoratlarga yetarli darajada ta'sir qilmaydi. SHuningdek, parlanish jarayoni sog'lik uchun zararli bo'lib, atrof muhitga kimyoviy reogentlarni tarqalishiga olib keladi;

2. Zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashda "Innovatsion biofizik tutqich qurilmasi"ning qo'llanilishi kunlik haroratga bog'liq bo'lib, issiq kunlarda zararkunanda hashoratlar qirilishi yuqori bo'lishi hamda kimyoviy ishlov berishga nisbatan 70-85% samarali ekanligini aniqlandi. SHuningdek, qurilmaning qo'llanilishi ekologik jihatdan sof bo'lib, unda turli kimyoviy reogentlar qo'llanilmasligi bilan ajralib turadi. SHu jihatdan Andijon mashinasozlik instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan "Innovatsion biofizik tutqich qurilmasi"ni qo'llanilishi Respublikamizda qishloq xo'jalik sohasida xususan, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi samarali va uyg'unlashgan kurash choralarini joriy etishning ekologik jihatdan sof tizimini yaratish, yangi texnika vositalarini sinovlardan o'tkazish va joriy qilish hisobiga qishloq xo'jaligi ekinlarining samaradorligini oshirish, kimyoviy usullarga barham berish imkonini berishi mumkin deb hisoblaymiz. Natijalar shuni ko'rsatdiki tunning

1115

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

issiq kunlarida uchuvchi zararliy hashoratlarni qo'zg'alishi ko'payib urchish sharoyiti ortadi. SHuning uchun biofizik tutqichni o'rnatish ko'proq tunning issiq kunlari qo'yilish kerak zararkunanda uchuvchi hashoratlarni qirish osonroq kechadi va yuqori samara beradi;

3. Biofizik tutqich kuniga 160 tagacha tut parvonasi kapalagini tutadi, demak, har bir kapalak 500 tadan tuxum qo'ysa 88,000 tagacha qurtni yo'q qiladi. Kapalaklarni urchish vaqtida 30 kun tutqich o'rnatilsa 2,640,000 ta qurtni yo'q qiladi. 1 gektar yerdagi tut bargi ozuqasi 6 tonna olinadi zararlanmasa bu ozuqadan 180 kg pilla hosili saqlab qolinadi, natijada 5,400,000 so'm mablag' iqtisod qilinadi. Andijon viloyati tutzorlari hozirgi kunda 5 ming gektarni egallaydi, buni Respublikamiz bo'yicha hisblaydigan bo'lsak judda katta mablag'ni iqtisod qilishga erishamiz. Olingan ma'lumotlar quyidagi 1-rasmda keltirilgan.

ISO 160 140 120 100 so 60 40 20 0

5 6 7

natija kurilari

1-rasm. Kunlar kesimida tut parvonasi kapalagini tutilishi (1) hamda kunlik temperatura

(2).

Muhokamalar.

Respublikamizda tutchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaliklari va oilaviy pudratchilikda tut daraxtlari yoki maxsus tutzorlarda, tutlarni parvarishlashda agrotexnika qoidalariga amal qilgan holda tutlarni innovatsion usullarda ko'paytirish orqali yildan-yilga pilladan sifatli va mo'l hosil olinmoqda. Shunga muvofiq, tut daraxtining eng ahamiyatli qismi uning bargi bo'lib, pilla yetishtirishda u ipak qurtining yagona ozuqasi hisoblanadi. Tut bargining tarkibida ipak qurti organizmi uchun zarur bo'lgan qand, oqsil, yog', suv, fermentlar va turli vitaminlar mavjudligidan tashqari, tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta'siridan saqlashda ixota vazifasini ham bajaradi. Ma'lumki, hozirda tutning 200 dan ko'proq navlari mavjud [3]. Ular orasida respublikamiz selektsionerlari yaratgan, hamdo'stlik va uzoq xorijdan keltirilgan navlar ham bor. Demak, tut navi va duragayi ko'p yillik o'simliklardan biri bo'lib, barg hosildorligi va barglarning biokimyoviy tarkibi bo'yicha boshqa o'simliklardan farqlanadi. Selektsiya usullari qo'llanilib, yaratilgan tut navlari odatda yuqori hosildorlik xususiyatlariga ega bo'lishligi bo'yicha talabga to'laroq javob beradi. Ammo, bugungi kunda bargning sifati va to'yimliligi jihatidan duragaylardan ishlab chiqarishda foydalanish keyingi yillarda katta natijalarni ko'rsatib kelmoqda. Bu to'g'risida tutni qalamchasidan ko'paytirish ustida ko'p yillar tajribalar o'tkazilib, yaxshi natijalarga erishgan. K. R. Raxmonberdiev (1997) tavsiya qilgan usulda tut qalamchasida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

buta tutzor tashkil qilinsa, ikkinchi yiliyoq bargidan ipak qurti boqishda foydalanish mumkin. Bunda 1 gektar tutzordan birinchi yili 3-4 tonna, ikkinchi yili 6-7 tonna, uchinchi yili 8-10 tonna va keyingi yillarda 10-15 tonnagacha navli tut bargi olish mumkin. Urug'dan o'stirilganda butta tutzor barpo etish va birinchi bargidan foydalanish uchun 5-6 yil zarur bo'ladi yoki 10-15 yilda ham bu tutzorlardan 10-15 tonna barg hosili yetishtirilib bo'lmaydi. Bunda, yuqori agrotexnika qo'llanilsa 5-6 tonna barg hosili olish mumkin. Muallif o'z tadqiqotlari yakunida qalamchalar asosan navdor tutlardan tayyorlanganligi sababli ularning barglari to'yimli bo'lganligi uchun urug'dan ko'paytirilgan tut daraxti barglari bilan boqilgan ipak qurtlariga nisbatan yuqori hayotchanlikka ega bo'lib, bir quti qurtdan olinadigan pilla hosili 7-9 kg dan yuqori bo'lishini ta'kidlaydi.

Iqlim o'zgarishi hasharotlarga ta'sir qilishi mumkin, chunki iqlim o'zgarishi zararkunandalar populyatsiyasi dinamikasining asosiy omillaridan biri bo'lib, zararkunandalarning o'zgaruvchan holatini yengish uchun moslashuvchan boshqaruv strategiyalari talab qilinadi. Iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligi hasharotlari zararkunandalariga ta'sirini kelajakda o'rganish uchun bir nechta ustuvorliklarni aniqlash mumkin. Bularga zararkunandalarga qarshi kurashning o'zgartirilgan integral taktikasi, iqlim va zararkunandalar populyatsiyasini kuzatish, shuningdek, modellashtirish, prognozlash vositalaridan foydalanish kiradi [7].

Xulosalar.

Olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagicha xulosa qilish mumkin: tut parvonasi kapalagini qurtlari turtinchi bosqich pilla hosilidagi ipak qurti ozuqa bazasini 85-90% zarar yetkazyapti. Tut parvonasi bilan zararlangan tut daraxtlarida novda uzunligi 34,7% ga, har bir novdadagi barg soni o'rtacha 36,3% ga qisqaradi, bir bargning og'irligi 0,5 grammga, ya'ni 34,5% ga kamayadi. Bundan tashqari zararlangan daraxtlarni qayta ko'karib chiqqanda novdalar qish mobaynida qurib qolishi, zararlangan novdalarda barg sifatining pasayishi hamda ketma-ket bir necha yil mobaynida qattiq shikastlangan daraxtlarning qurib qolishi kuzatiladi. Tut bargining tarkibida ipak qurti organizmi uchun zarur bo'lgan qand, oqsil, yog', suv, fermentlar va turli vitaminlar mavjudligidan tashqari, tut daraxti boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta'siridan saqlashda ixota vazifasini ham bajaradi. Andijon viloyati agropilla bosh agranomi Mamatxonov Alisher akani ma'lumotlariga ko'ra, tut plantatsiyasi viloyatda 5 ming gektar, tut ko'chatlari 16 million tup, 6-million baland tanali tutlar, 10-million yosh ko'chatlar, 1-gektar tutzordan 6 tonnagacha barg ozuqasi olinyapti. Bir quti ipak qurti 19 gm bo'lsa, 1200 kg gacha barg ozuqasidan oziqlanadi. Bunda 4- hosilda 40 kg pilla olinadi, 1 kg pilla 30 ming so'mdan topshiriladi. Agar 1200 kg da 100% ozuqa bargi bo'lsa, shuni 90 foizi zararlansa, yani X =120 kg ga teng bo'ladi, jami 300 kg barg ozuqasi qolib 1-karopka ipak qurtidan 10 kg pilla olinsa, 300 ming so'm bo'ladi, 40 kg bo'lsa, 1 200 000 ming so'm bo'ladi, shunda 900000 ming so'm iqtisodiy zarar ko'rilmoqda. Buni bartaraf etish uchun tut bargini zararlanishini oldini oluvchi biofizik tutqichni hozirgi kunda qo'llash pilla hosildorligi va pilla tolasini sifatini oshirishda katta ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasida "O'simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o'tlardan himoyalash to'g'risida" gi qonun. "Xalq so'zi" ro'znomasi, 2000 y.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2018 y. PF-5587-son "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

3. CH.I.Bekkamov. Takroriy qurt boqish mavsumida ipak qurtlarini navdor tut barglari bilan oziqlantirishni ipak bezi faoliyati va mahsuldorligiga ta'siri. CH.I.Bekkamov, N.S.Soxibova, M.I.Nazirova. — Tekst : neposredstvennbiy // Molodoy uchenbiy. — 2019. — № 51 (289). — S. 509-511.

4. R.Aliev, L.O.Olimov, M.A.Aliboev. UZ FAP 00332. Zararli uchar hashoratlarni qirish qurilmasi. O'zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi byuleteni №1. 31.01.2008 y.

5. Aliboev Maxammadillo Akbaralievich. Nasirov Ilxam Zakirovich UZ. № DGU 15712. Zararli uchar hashorotlarni qirish usuli. O'zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi guvohnomasi.28.04.2022 y.

6. Z.G.Nosirova. Klassiфikatsiya i rol yestestvennbix vragov tytovoy ognevki (Glyphodes pyloalis, Crambidae: Lepidoptera) v klimati4eskix ysloviyax Yzbekistana // Agrarnaya Rossiya. 2020. № 8. S. 42-48. DOI: 10.30906/1999-5636-2020-8-42-48

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 iyuldagi «2007 yilda meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 145-sonli Qarori.

8. Mavlyanova R. va bosh. O'zbekiston qovunlari. O'simliklar genetik resurslari xalqaro instituti (IPGRI), 2005.

9. Let pests kill itsetves with pleasure. JIADUO. Science industry and Trade Co.Ltd. 03726213725 Http://www.jiaduo.net 0392-3367660 Http://www.jiaduo.net E-mail: zhgji aduo@sohu.net

10. JIADUO FREQUENCY TREMBLER DESTROY PESTS LAMP. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/34066138/https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/28701814/201 7 iyul; 155: 213-224. doi: 10.1016/j.agsy.2017.01.019.

11. https://www.researchgate.net/institution/Council-for-Agricultural-Research-and-Agricultural-Economy-Analysis.

12. Abdullaev U. "Tutchilik" Toshkent "Mehnat"-1991 y.

13. Umarov SH. R. Tut ipak qurtini (Bomvux Mori Linn) takroriy boqishda mahsuldorlikni oshirishning ilmiy asoslari. Avtoreferat q.x.f doktori disser. Toshkent-2011 y.

14. Nasirillaev K.N, Lejenko S. S, Musaboy O. Pilla texnologiyasini yaxshilash. "Agroilm" Toshkent-2007.

15. Ahmedov N.A.Fermer xo'jaliklarida ipak qurtini boqish. Toshkent. ToshDAU-2006 y.

16. Ahmedov N. A- "Qurtlarni navdor tut bargi bilan oziqlantirish-mahsuldorlikni oshirishning samarali usuli" "Ipak" 1999 y. № 4 5. cncycl. accoona.ru www.mavicanet.com/ www.slovar.info/word/www.nuron.uz/www.sk.kg/ www.ab.az/ruwww.sheki-ipek.com.az

17. Bekkamov, CH. I. Takroriy qurt boqish mavsumida ipak qurtlarini navdor tut barglari bilan oziqlantirishni ipak bezi faoliyati va mahsuldorligiga tasiri /

18. Ch. I. Bekkamov, N. S. Soxibova, M. I. Nazirova. — Tekst: neposredstvennbiy // Molodoy uchenbiy. — 2019. — № 51 (289). — S. 509-511. — URL: https://moluch.ru/archive/289/65367/ (data obraщeniya: 29.06.2022).

19. Turetskiy cho'rnbiy chay (2021 g.) - spisok poleznbix svoystv dlya zdorovya potrebiteley https://www.iournals.elsevier.com/journal-of-functional-foods.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

20. Let pests kill itsetves with pleasure. JIADUO. Science industry and Trade Co.Ltd. 03726213725 Http://www.jiaduo.net 0392-3367660 Http://www.jiaduo.netE-mail:zhgjiaduo@sohu.net JIADUO FREQUENCY TREMBLER DESTROY PESTS LAMP

21. Nosirova Z. G'., Ergasheva X.A. Efficiency Of Hormonal Insecticides In Fight Against of Mulberry Pyralis // The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering. 2020. Issue 10.P. 1-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.