Научная статья на тему 'TUT KO‘CHATLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

TUT KO‘CHATLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
405
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tut / ipak qurti / ko‘chat / yetishtirish / texnologiya / mulberry / silkworm / seedling / cultivation / technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kh. Abdullayeva, S. To‘Xtasinov

Ushbu maqolada tut ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY FOR GROWING MULBERRY SEEDLINGS

This article describes the results of scientific research on the technology of growing mulberry seedlings.

Текст научной работы на тему «TUT KO‘CHATLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UDK:630;631

TUT KO'CHATLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti, PhD To'xtasinov Sarvarbek Xabibullo o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7095124

Annotatsiya. Ushbu maqolada tut ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tut, ipak qurti, ko'chat, yetishtirish, texnologiya.

ТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ САЖЕНЦЕВ ТУТОВНИКА

Аннотация. В данной статье описаны результаты научных исследований по технологии выращивания саженцев тутового дерево.

Ключевые слова: тутовое дерево, тутовый шелкопряд, саженец, выращивание, технология.

TECHNOLOGY FOR GROWING MULBERRY SEEDLINGS

Abstract. This article describes the results of scientific research on the technology of growing mulberry seedlings.

Keywords: mulberry, silkworm, seedling, cultivation, technology.

KIRISH

Tut barglari ipak qurti uchun kerakli ozuqa bo'lgani bois, har doim qimmatli o'simliklar qatoriga kiritilgan. Bundan tashqari, qadimdan tut daraxtidan musiqa cholg'u asboblari, yozuv qog'ozi ishlab chiqariladi. Tut po'stlog'idan tayyorlangan beshiklarga qurt tushmaydi, onalarimiz farzandlarimiz o'zidan ko'paysin deya, mevali daraxt — bolani tutdan yasalgan beshiklarga belashadi.

Xalqimiz ipak qurtini yetti xazinaning biri, deya alohida e'zozlaydi. Zotan, marvariddek oppoq pilla ham, shoyi, atlas, adras kabi ko'rkam matolar ham tabiatning mo''jizasi bo'lmish ipak qurti mahsulidan yaraladi. Faqat u pillachining qalb qo'ri, mislsiz mehnati evaziga bunyod bo'ladi. Biroq keyingi yillarda kasanachilar orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq so'nib, pillachilikning shuhrati ham pasaygani bor gap. Shunday bir paytda Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 29 martda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi -faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ayni muddao bo'ldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Vazirlar Mahkamasining 11-avgustda qabul qilingan "2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida"gi qarorlari tarmog'ni yangi bosqichga ko'tarish borasida ustuvor yo'nalishlarni belgilab berdi.

Mamlakatimizning iqlim sharoiti va mavjud salohiyat qishloq xo'jaligining har bir tarmog'i kabi pillachilikni ham istiqbolda yanada rivojlantirish muhim omildir. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, qishloq joylarda aholi bandligini ta'minlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimiz assortimentini ko'paytirish va ularning raqobatdoshligini oshirish uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirgi kunda tut ko'chatlarini yetishtirishda uning hosildorligini keskin ko'tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, va undan bir qancha maxsulolar tayyorlash hajmini oshirish, aholini hamda qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan to'liq ta'minlab, yuqori sifatli mahsulotni chetga chiqarish yuklatiladi. Tutchilikni yanada rivojlantirish uchun parvarishlash agrotexnikasini doimo takomillashtirib, zamonaviy texnika va texnologiyalarga moslab borish, shu bilan bir qatorda tut maydonlarida uchrovchi zararkunanda, kasallik va begona o'tlardan himoya qilish talab etiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi vaqtda O'zbekistonda tut ko'chatlari yetishtirish texnologiyasi bo'yicha ilmiy ishlar deyarli bajarilmagan. CHunki, keyingi biz tomonimizdan o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari bundan dalolat beradi. SHunday ekan, tut ko'chatlarini yetishtirsh texnologiyasini va tutning biologik hususiyatlarini chuqurroq o'rganib samarali himoya qilish va yetishtirish uchun zamin yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Andijon viloyatida Andijon o'rmon xo'jaligi bo'limida tut ko'chatlari yetishtirish texnologiyasini o'rganish maqsadida tut plantatsiyasini tashkil etish. Tut ko'chatlarin o'sish va rivojlanishida ilg'or texnologiyalarni qo'llab sifatli ko'chat va hosil olish asosiy maqsad bo'lib hisoblanadi.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tut yetishtiriladigan maydonda quyidagi bir qator ilmiy tadqiqot ishini bajarishni o'z oldimizga maqsad qilib olingan:

• Bular qatoriga tut yetishtirshni tashkil etish uchun tajriba maydonini tanlash;

• Tut o'simligining biologiyasini o'rganish;

• Tut ko'chatlari ekilgan plantatsiyalarini tashkil etish;

• Tut ko'chatarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarini o'tkazish;

• Fenologik natijalarini qayd etib borish;

• Tut ko'chatlarin texnologiyasi ilmiy tadqiqotini o'tkazib ishlab chiqarishga tavsiya berish.

MUHOKAMA

Tut ko'chatlarini yetishtirishda ayniqsa, agrotexnik tadbirlarin o'z vaqtida bajarish, sug'orish va o'g'itlash meyorlarini belgilash nihoyatda muhimdir.

Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda oxirgi yillarda 450 ming qutidan ortiq ipak qurtlari parvarishlanib, 26 ming tonna pilla yetishtirilmoqda.

Mamlakatimiz fermer xo'jaliklarida ipak qurtidan mo'l va sifatli pilla hosil yetishtirish, uning ozuqa bazasi bo'lgan tut daraxtlaridan olinadigan barg sifatiga bog'liq. Xo'jaliklarda tut daraxtlari va tutzorlari yetarli bo'lgan, ularni o'z vaqtida agrotexnik qoidalariga amal qilgan holda parvarish qilib kelayotgan fermer xo'jaliklari yildan-yilga pilladan yuqori hosil olishga erishmoqda.

Respublikada plantatsiyalar barpo etish uchun ko'chatzorda tutning standart ko'chatlarini jadal yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Buning natijasida o'rmon xo'jaliklarida ko'chatzorda yetishtirilgan yalpi ko'chatlarning 85% dan ortiq qismi standart ko'chatlar sifatida shakllanishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Tut o'simligi ko'chalarining chiqishini aniqlash va tayyorlashda tajribadagi o'simliklar kuzatildi. Tut o'simligining qalamchalaridan ko'chatlarini yetishtirish bo'yicha hisobtexnologik karta tuzildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ma'lumki, o'simliklarda agrotexnik chora tadbirlari me'yorlarda qo'llash o'simlik standart ko'chatlarining miqdorini oshirish bilan bir qatorda uning sifat ko'rsatkichlariga xam ijobiy tasir ko'rsatadi.

Tajribalar tut o'simligini standart ko'chatlarini olish uchun qalamchalar ekishdan avval "Kornevin" stimulyatorining 0,01 va 0,001 %li eritmasida 24 soat ushlab turildi. Bu qalamchalarni ildiz olishi, vegetatsiya yakunida saqlanishini hamda o'sish sur'atini oshiradi.

Fitoregulyatorning tut o'simligi qalamchalaridan standart ko'chatlarni chiqish miqdoriga ta'siri o'rganilganda quyidagi natijalarga erishdik:

Agar 60 sm li qatorlarga orasi 20 sm masofada 1 ta, egatning 2 tarafiga ekilsa 1 gektar maydonga o'rtacha 167000 ta qalamcha ekiladi.

1-variantda ishlov berilmagan qalamchalarning ko'karuvchanlik qobiliyati 72%ni tashkil qilsa, ekilgan 167000 ta qalamchadan 120240 ta standart ko'chat olish mumkin.

2-variantda qalamchalarni o'tqazish oldidan «Kornevin" moddasining 0,001% li suvdagi eritmasida 24 soat mobaynida ushlanganda qalamchalarning ko'karuvchanlik qobiliyati 78%ni tashkil qilsa, ekilgan 167000 ta qalamchadan 130260 ta standart ko'chat olish mumkin.

3-variantda qalamchalarni o'tqazish oldidan «Kornevin" moddasining 0,01%li suvdagi eritmasida 24 soat mobaynida ushlanganda qalamchalarning ko'karuvchanlik qobiliyati 84%ni tashkil qilsa, ekilgan 167000 ta qalamchadan 140280 ta standart ko'chat olish mumkin.

Bizning tajribalarimiz yakunida ishlov berilgan qalamchalar ishlov berilmagan qalamchalarga farqli ravishda erta rivojlandi va ularning miqdori 84-78% ni tashkil etdi. Ishlov berilmagan qalamchalarda esa 72% standart ko'chatlar olindi.

Tajriba natijalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, tut ko'chatlarni chiqish miqdoriga uning qalamchalarini fitoregulyatorlarga bevosita bog'liqdir.

Tut mevalari ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarini o'zida mujassam etgan noyob o'simliklardan biridir. O'simlik qimmatbaho yog'ochlik xususiyatiga ega va barglari ipak qurti uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi.

Ipak qurtidan mo'l va sifatli pilla hosili yetshtirish uning ozuqa bazasi ya'ni tut plantatsiyalari va yakka tartibda qatorlab ekilgan tut daraxtlaridan olinadigan bargga bog'liqdir. Ularni o'z vaqtida agrotexnika qoidalariga amal qilgan holda parvarish qilish fermer xo'jaliklari uchun yildan-yilga pilladan yuqori hosil olish imkonini beradi.

1- jadval.

Tut o'simligi standart ko'chalarining chiqishi. (dona/ ga)

Variant № Ko'rsatmalar Takrorlanishlar O'rta cha Qo'shim cha ko'chat

I II III IV

1 Ishlov berilmagan qalamchalar 120138 120222 120251 120349 120240 -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2 0,001% eritmada saqlangan qalamchalar 130119 130277 130254 130390 130260 10020

3 0,01% eritmada saqlangan qalamchalar 140196 140288 140291 140345 140280 20040

XULOSA

Tajriba natijalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, tut ko'chatlarni chiqish miqdoriga uning qalamchalarini fitoregulyatorlarga bevosita bog'liqdir.

Tut mevalari ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlarini o'zida mujassam etgan noyob o'simliklardan biridir. O'simlik qimmatbaho yog'ochlik xususiyatiga ega va barglari ipak qurti uchun ozuqa bo'lib xizmat qiladi.

Ipak qurtidan mo'l va sifatli pilla hosili yetshtirish uning ozuqa bazasi ya'ni tut plantatsiyalari va yakka tartibda qatorlab ekilgan tut daraxtlaridan olinadigan bargga bog'liqdir. Ularni o'z vaqtida agrotexnika qoidalariga amal qilgan holda parvarish qilish fermer xo'jaliklari uchun yildan-yilga pilladan yuqori hosil olish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi portali

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.