Научная статья на тему 'GOLUBIKA (VACCINIUM ULIGINOSUM L.) KO‘CHATINI YETISHTIRISHNING SAMARALI USULLARI'

GOLUBIKA (VACCINIUM ULIGINOSUM L.) KO‘CHATINI YETISHTIRISHNING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

338
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
golubika / nav / novda / yashil qalamcha / substrat / tuproq / kallus / ildiz / rivojlanish / ko‘chat / issiqxona / blueberry / variety / twig / green cuttings / substrate / soil / callus / root / development / seedlings / greenhouse

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Akbar Choriyevich Qurbonmurodov, Ilxom Turg‘unovich Normuratov

Maqolada golubika ko‘chatini yetishtirishning samarali usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Golubika ko‘chatlari vegetativ usulda qalamcha, parxish va ona ildizdan ajratib olish usullarida ko‘paytiriladi. Golubika ko‘chatini yetishtirishning ushbu usullari bilan o‘simlikning ildiz va ildizpoyali novdalari, hamda bir yoshli yangi novdalaridan foydalaniladi. Golubika ko‘chatlariga qalamcha tayyorlash uchun novdalar dekabr’ va mart oylarida kesib olinadi. Buning uchun bir yillik, yaxshi pishgan novdalarni kesib olish kerak bo‘ladi. Dekabr’ oyida kesilganda novdalarning qotgan qismini kesib olib tabiiy mato bilan o‘rash va muzlatgichda +3 +5 °C haroratda yoki qorda saqlash kerak. Fevral’ oyi oxiri–mart oyining boshlarida ham bir yillik, yaxshi pishgan novdalarini kesib, qalamcha tayyorlasa bo‘ladi. Golubika ko‘chatini yashil qalamchalari orqali yetishtirishda novdalarning uzunligi 10 sm uzunlikda kesib olinishi kerak. Golubikaning qalamchalarini issiqxonada maxsus tayyorlangan joyga 5×5, 5×7, 10×5 yoki 10×10 sm sxemada ekiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on effective methods of growing blueberry seedlings. Blueberry seedlings are propagated vegetatively by cuttings, pruning and weeding. With these methods of growing blueberry seedlings are used root and rhizome branches of the plant, as well as new one-year branches. To prepare cuttings for blueberry seedlings, the branches are cut in december and march. To do this, you need to cut the annual, well-ripened twigs. When cut in December, the remaining part of the twigs should be cut, wrapped in natural cloth and stored in the refrigerator at a temperature of +3 +5 °C or in the snow. In late February-early March, you can cut the annual, well-ripened branches and prepare cuttings. When growing blueberry seedlings through green cuttings, the branches should be cut to a length of 10 cm. Blueberry cuttings are planted in a specially prepared place in the greenhouse in the scheme 5×5, 5×7, 10×5 or 10×10 cm.

Текст научной работы на тему «GOLUBIKA (VACCINIUM ULIGINOSUM L.) KO‘CHATINI YETISHTIRISHNING SAMARALI USULLARI»

GOLUBIKA (VACCINIUM ULIGINOSUM L.) KO'CHATINI YETISHTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Akbar Choriyevich Qurbonmurodov

Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktorant

Ilxom Turg'unovich Normuratov

Toshkent davlat agrar universiteti, professor i .normuratov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada golubika ko'chatini yetishtirishning samarali usullari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Golubika ko'chatlari vegetativ usulda qalamcha, parxish va ona ildizdan ajratib olish usullarida ko'paytiriladi. Golubika ko'chatini yetishtirishning ushbu usullari bilan o'simlikning ildiz va ildizpoyali novdalari, hamda bir yoshli yangi novdalaridan foydalaniladi. Golubika ko'chatlariga qalamcha tayyorlash uchun novdalar dekabr' va mart oylarida kesib olinadi. Buning uchun bir yillik, yaxshi pishgan novdalarni kesib olish kerak bo'ladi. Dekabr' oyida kesilganda novdalarning qotgan qismini kesib olib tabiiy mato bilan o'rash va muzlatgichda +3 +5 °C haroratda yoki qorda saqlash kerak. Fevral' oyi oxiri-mart oyining boshlarida ham bir yillik, yaxshi pishgan novdalarini kesib, qalamcha tayyorlasa bo'ladi. Golubika ko'chatini yashil qalamchalari orqali yetishtirishda novdalarning uzunligi 10 sm uzunlikda kesib olinishi kerak. Golubikaning qalamchalarini issiqxonada maxsus tayyorlangan joyga 5x5, 5x7, 10x5 yoki 10x10 sm sxemada ekiladi.

Kalit so'zlar: golubika, nav, novda, yashil qalamcha, substrat, tuproq, kallus, ildiz, rivojlanish, ko'chat, issiqxona.

The article provides information on effective methods of growing blueberry seedlings.

Blueberry seedlings are propagated vegetatively by

EFFICIENT WAYS OF GROWING BLUEBERRY SEEDLINGS (VACCINIUM ULIGINOSUM L.)

ABSTRACT

https://t.me/ares uz

cuttings, pruning and weeding. With these methods of growing

Multidisciplinary Scientific Journal

February, 2022

blueberry seedlings are used root and rhizome branches of the plant, as well as new one-year branches. To prepare cuttings for blueberry seedlings, the branches are cut in december and march. To do this, you need to cut the annual, well-ripened twigs. When cut in December, the remaining part of the twigs should be cut, wrapped in natural cloth and stored in the refrigerator at a temperature of +3 +5 °C or in the snow. In late February-early March, you can cut the annual, well-ripened branches and prepare cuttings.

When growing blueberry seedlings through green cuttings, the branches should be cut to a length of 10 cm. Blueberry cuttings are planted in a specially prepared place in the greenhouse in the scheme 5x5, 5x7, 10x5 or 10x10 cm.

Keywords: blueberry, variety, twig, green cuttings, substrate, soil, callus, root, development, seedlings, greenhouse.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi PQ-4549-son, «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorida mamlakat qishloq xo'jaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya qilish, fermer va dehqon xo'jaliklari, tomorqa egalarining daromadini oshirish, raqobatbardosh va sifatli mahsulot yetishtirish hamda eksport hajmini ko'paytirish, aholi salomatligini muhofazalash maqsadida sabzavotlar turini ko'paytirish va yetishtirish texnologiyalarini joriy etish vazifalari belgilangan. SHu bilan birga aholining oziqlanishida sabzavot mahsulotlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda va shu sababli respublikada ushbu sohani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Golubika (Vaccinium uliginosum L.) dunyo iste'mol bozorida katta talabga ega bo'lgan mevali o'simliklardan biri hisoblanadi. SHimoliy Amerikada golubikanning madaniy navlari keng tarqalgan qimmatbaho oziq-ovqat va dorivor o'simlikdir.

Golubika mevalari inson solamatligi uchun foydali mevalardan biri hisoblanadi va Antioksidantlarga boy bulib, ular teri guzalligi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Golubika mevalari tarkibida 8% gacha qand moddalari, 2,7% gacha organik kislotalar, 0,6% gacha pektin moddalar, 1% gacha oqsil, 1,6% gacha kletchatka, 63 mg% gacha C, 0,02 mg% gacha B1, 550mg% gacha PP vitaminlar va 0,25mg% gacha karotin bor.

https://t.me/ares uz

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

479

Qand va kislotalar pektin va oshlovchi moddalar bilan birgalikda golubika mevalarining o'ziga xos ta'mini xosil kiladi. Bundan tashkari, ular ishtaha ochuvchi, oshqozon va oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishini kuchaytiradi, ichaklar peristal'tikasini (xarakatini) rag'batlantiradi (kuchaytiradi). Golubika tarkibidagi pektin moddalar ularni oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda, hamda odam organizmiga radiaktiv va og'ir metallar tushish ehtimoli bo'lgan zararli ishlab chikarishlarda profilaktika chorasi sifatida kabul kilish imkoniyatini beradi. Golubika ham xalq tabobatida, xam rasmiy tibbiyotda keng qo'llaniladi.

NATIJALAR

Golubika ko'chatlari vegetativ usulda qalamcha, parxish va ona ildizdan ajratib olish usullarida ko'paytiriladi. Golubika ko'chatini yetishtirishning ushbu usullari bilan butaning ildiz va ildizpoyali novdalari, hamda bir yoshli yangi novdalaridan foydalaniladi. Golubika ko'chatlariga qalamcha tayyorlash uchun novdalar dekabr' va mart oylarida kesib olinadi. Buning uchun bir yillik, yaxshi pishgan novdalarni kesib olish kerak bo'ladi. Dekabr' oyida kesilganda novdalarning qotgan qismini kesib olib tabiiy mato bilan o'rash va muzlatgichda +3 +5 °C haroratda yoki qorda saqlash kerak. Fevral' oyi oxiri-mart oyining boshlarida ham bir yillik, yaxshi pishgan novdalarini kesib, qalamcha tayyorlasa bo'ladi.

Mart oyida yangi yig'ib olingan va dekabr' oyida yig'ilgan novdalardan qalamcha tayyorlashni boshlasa bo'ladi. Novdalardan nish urgan kurtaklari bilan 1015 santimetr uzunlikdagi qalamchalar kesilishi kerak (nish urgan kurtaklari ko'p novdalar 7-10 santimetr uzunlikda kesilsa bo'ladi). Pastki qismi burchak holda qiya kesiladi, yuqori kesma gorizontal holatda, pastki qiya kesilgan burchagi 1,5-2 santimetr uzunlikda bo'lishi kerak. Golubika -bu juda qiyin ildiz otadigan o'simlik, shu sababli ekishdan oldin qalamchalarning ildiz hosil qilish qobiliyatini oshirish uchun ularning pastki qismiga ishlov berish uchun maxsus ildiz otish vositalaridan (stimulyatorlardan) foydalanilsa foydali bo'ladi.

Qalamchalar issiqxonada maxsus tayyorlangan tuproqda ildiz otadi. Issiqxonada taxtalardan eni bir metr bo'lgan to'rtburchak ramkalar yasash kerak va uni toza chirindi, chirigan go'ng (imkoni bo'lsa chirigan torf), tayyor kompost va qum aralashmasi bilan to'ldirish kerak. Golubikaning qalamchalarini issiqxonada maxsus tayyorlangan joyga sxemaga ko'ra 5x5, 5x7, 5x10 yoki 10x10 santimetrga ekiladi.

Sxemadagi qalamchalar orasidagi masofa, ildiz otgan qalamchalarni tuvaklarga ko'chirib o'tqazishgacha vaqt

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

davomiyligiga bog'liq. Qalamchalar ekilishi bilan substrat qondirib sug'oriladi. Ushbu maxsus joylarga simli yoylarni o'rnatib plyonka va quyosh nuridan saqlash uchun spondbond (maxsus to'r) bilan o'rab, termos hosil qilish kerak.

Golubika qalamchalarining ildiz otish jarayoni kamida 2 oy davom etadi. Shu vaqt ichida qalamchalar sug'orishni, shamollatishni, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishni talab qiladi. Bundan tashqari, qizib ketish va kuchli sovushning oldini olish uchun issiqxonada harorat rejimini kuzatib borish kerak. Qalamchalar ildiz otgandan so'ng sim yoylar, ustidagi plyonka hamda spanbond olib tashlanishi va yosh o'simliklar muntazam ravishda sug'orilishi hamda oziqlantirilishi kerak.

May oyining oxiri-iyun' oyining boshlarida yozgi yashil novdalardan ham qalamchalar tayyorlanadi. Joriy yil davomida o'sib shakllangan yangi novdalari keskin harakat bilan novdaning o'tgan yilgi qismi bilan burchak ko'rinishida pastga qarab kesiladi. Tayyorlangan qalamchaning pastki qismidagi barglar kesib tashlanadi (novdaning uzunligiga qarab 1/4 dan 1/2 gacha), shundan so'ng bahorda ekilgan qalamchalar kabi qalamchaning tuproqqa ekiladigan qismi ekishdan oldin maxsus ildiz ottirish stimulyatorlarga botirib olinsa foydali bo'ladi.

Tayyorlangan qalamchalarni barglari bir-birining ustiga tushmaydigan qilib issiqxonadagi maxsus tayyorlangan tuproqli, avvaldan tayyorlangan maxsus ramka yoki substratli joyga ekish kerak. Amalga kirib, ko'kargan qalamchalarni ildiz otish jarayoni kamida 1,5 oy davom etadi. Ildizlanish davrida qalamchalarni muntazam sug'orish kerak, bu qalamchalarda qoldirilgan barglarning tushib ketishining oldini oladi.

Issiqxonada qalamchalarni doimiy nazoratga olgan holda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda azotli o'g'it bilan yengil oziqlantirish kerak, issiqxonaning o'ta qizib ketishining oldini olib, tez-tez shamollatib turish lozim. Iyun' oyida issiqxonadan qoplamali materiallarni olib tashlash kerak. Oktyabr oyi oxirida o'simliklar 5-7 sm toza chirindi va chirigan go'ng aralashmasi qatlami bilan qoplanilishi kerak. Noyabr oyining oxirida ushbu qalamchalar ekilgan maxsus joylarga simli yoylarni o'rnatib plyonka va spondbond (maxsus to'r) bilan qoplash kerak. Ushbu shaklda yosh o'simliklar qishlaydi. Erta bahorda, yosh o'simliklar ko'chatlarini yaxshi o'sishi uchun tuvaklarga yoki idishlarga ko'chiriladi.

MUHOKAMA

Golubika tupidagi barcha shoxlarini qisqa tarzda, 20-25 sm uzunlikda kesib, ko'chat atrofidagi tuproqqa mineral o'g'itlarni ikki karra qo'llagan holda va shoxlari kesib tashlangan tupni qipiq

https://t.me/ares uz

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

481

qobig'i bilan to'liq va mustahkam holda qoplab, butaning atrofida tabiiy issiqxona yaratish mumkin. Qipiqning qatlami qalinligi kamida 25-30 santimetrga teng bo'lishi lozim. Bu holda, bahorda yangi o'sib chiqqan yosh kurtaklar qipiq qobig'i ichida ildiz hosil qiladi. Bir yildan so'ng, buta atrofi ehtiyotlab qipiqdan tozalanadi va ildiz otgan novdalari kesib olinib, ko'chatxonaga yoki plastik idishlarga ekiladi. 1-2 yil o'tgach, tayyor bo'lgan golubika ko'chatlari doimiy joyga ekilishi mumkin. Yana 1-2 yil o'tgach, yosh o'simliklar birinchi hosilini bera boshlaydi.

Golubikani butasining yer osti ildiz poyalaridan ham ko'paytirish mumkin. Golubika ko'chatini ko'paytirish uchun o'z ildiz tizimiga ega yosh, yaxshi rivojlangan butalar tanlanadi. Erta bahorda yoki kuzda ular tuproqdan qazib olinishi va ona o'simlikdan ajratilishi kerak, shundan keyin ularni tuvak va idishlarga yoki avvaldan tayyorlangan maxsus ko'chatxonalarga ekish mumkin.

Golubika ko'chatlari vegetativ usulda qalamcha, parxish va ona ildizdan ajratib olish usullarida ko'paytiriladi. Golubika ko'chatini yetishtirishning ushbu usullari bilan o'simlikning ildiz va ildizpoyali novdalari, hamda bir yoshli yangi novdalaridan foydalaniladi. Golubika ko'chatini yashil qalamchalari orqali yetishtirishda novdalarning uzunligi 10 sm uzunlikda kesib olinishi kerak. Golubikaning qalamchalarini issiqxonada maxsus tayyorlangan joyga 5x5, 5x7, 10x5 yoki 10x10 sm sxemada ekish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. "Agrobank" ATB va I. Namozov, S.A. YUnusovlar hamkorligida tayyorlangan" 100 ta kitobdan iborat to'plami. Toshkent-2021 y. 16-22 b.

2. Sachivko T.V. "Otsenka sortov golubiki v kolleksionnom pitomnike botanicheskogo sada UO BGSXA" UO "Belorusskaya gosudarstvennaya sel'skoxozyaystvennaya akademiya". 2018.

3. Turkiya Respublikasi "Oziq-ovqat qishloq xo'jaligi vazirligi" hamda "Denizbank" hamkorligida tayyorlangan" 100 ta kitobdan iborat to'plami. 20-30 b.

4. Xaitov A.A. O'zbekiston iqlim sharoitida aholi tomorqalari va sanoat darajasida golubika ko'chatlarini yetishtirishni yo'lga qo'yish, butalarini parvarishlash va rezavor mevalar yetishtirish bo'yicha qo'llanma. Toshkent. 2020, 5-36 b.

XULOSA

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.