Научная статья на тему 'CHORVOQ SUV OMBORLARI ATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT TURLARNING BOTANIK TASNIFI'

CHORVOQ SUV OMBORLARI ATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT TURLARNING BOTANIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
46
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Chorvoq suv ombori / daraxt turlari / o’rmon / ko’kalamzorlashtirish / Salix alba / Morus alba L. / Животноводческий резервуар / древесные породы / лес / озеленение / Salix alba / Morus alba L.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Yuldasheva S. Sh., Xaydarova X.N., Ermatov B. E. O’g’li

Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi oqibatida Chorvoq suv ombori atrofi landshaftlarda, o'simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta'sirini organish maqsadida Chorvoq suv ombori atrofida keng tarqalgan ayrim daraxt turlarining botanik tasnifi maqolada yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

БОТАНИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ ДЕРЕВЬЕВ, РАСПРОСТРАНЕННЫХ ВОКРУГ ЖИВОТНОВОДЧЕСКИХ ВОДОЕМОВ

В данной статье в результате изменения климата резко сокращается растительный покров в ландшафтах вокруг Червокского водохранилища. В целях снижения уровня загрязнения окружающей среды, проведения постоянного мониторинга уровня ее загрязнения, изучения состояния источников загрязнения и их воздействия на окружающую среду в статье приведена ботаническая классификация некоторых древесных пород, распространенных на территории Червокское водохранилище.

Текст научной работы на тему «CHORVOQ SUV OMBORLARI ATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT TURLARNING BOTANIK TASNIFI»

CHORVOQ SUV OMBORLARIATROFIDA TARQALGAN AYRIM DARAXT

TURLARNING BOTANIK TASNIFI Yuldasheva S. Sh.

Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi, b.f.f.d (Phd).

Xaydarova X.N.

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti,b.f.n.

Ermatov B. E o'g'li.

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.7817339

Annatatsiya: Ushbu maqolada iqlim o'zgarishi oqibatida Chorvoq suv ombori atrofi landshaftlarda, o'simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta'sirini organish maqsadida Chorvoq suv ombori atrofida keng tarqalgan ayrim daraxt turlarining botanik tasnifi maqolada yoritilgan

Kalit so'zlar: Chorvoq suv ombori, daraxt turlari, o'rmon, ko'kalamzorlashtirish, Salix alba, Morus alba L.

БОТАНИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НЕКОТОРЫХ ВИДОВ ДЕРЕВЬЕВ, РАСПРОСТРАНЕННЫХ ВОКРУГ ЖИВОТНОВОДЧЕСКИХ ВОДОЕМОВ

Аннотация: В данной статье в результате изменения климата резко сокращается растительный покров в ландшафтах вокруг Червокского водохранилища. В целях снижения уровня загрязнения окружающей среды, проведения постоянного мониторинга уровня ее загрязнения, изучения состояния источников загрязнения и их воздействия на окружающую среду в статье приведена ботаническая классификация некоторых древесных пород, распространенных на территории Червокское водохранилище.

Ключевые слова: Животноводческий резервуар, древесные породы, лес, озеленение, Salix alba, Morus alba L.

BOTANICAL CLASSIFICATION OF SOME TREE SPECIES DISTRIBUTED AROUND LIVESTOCK RESERVOIRS

Abstract: In this article, as a result of climate change, vegetation cover is sharply decreasing in the landscapes around the Chervok Reservoir. In order to reduce the level of environmental pollution, to carry out continuous monitoring of its level of pollution, to study the state of polluting sources and their impact on the environment, the article describes the botanical classification of some tree species that are common around the Chervok reservoir.

Keywords: Livestock reservoir, tree species, forest, greening, Salix alba, Morus alba L.

KIRISH

Iqlim o'zgarishi oqibatida oxirgi o'n yillikda Chorvoq suv ombori atrofida yaylovlardan iborat landshaftlarda, o'simlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Bu jarayon tuproq qatlami mustaxkamligia ta'sir etmoqda va changi miqdorining havoga tez ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Global iqlim o'zgarishi sharoitida bahor-yoz mavsumlarida kuchli shamol ta'sirida changi va qum zarralarining yerdan yuqoriga ko'tarilishi va uning atmosfera qatlamlarida gorizontal va vertikal harakatlanib, ko'rinish masofasining 500 metrgacha qisqarishi va havoning ifloslanishi bilan tavsiflanuvchi havfli meteorologik jarayonlarning takrorlanishlar soni ortib bormoqda.

Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga ta'sirini

kamaytirish, shuningdek, o'rmonlashtirish va daraxtzorlarni ko'paytirish bo'yicha respublikada tizimli ishlar olib borilmoqda.

TADQIQOTNING MAQSADI

Chorvoq suv ombori atroflarida tarqalgan ayrim daraxt turlar tarkibini aniqlash.

TADQIQOT O'BEKT VA USULLAR

Chorvoq suv ombori atroflarida tarqalgan ayrim daraxt turlari. Tadqiqot ishini amalga oshirishda umumiy ekologik, dala, kuzatish, statistik usullardan foydalaniladi. O'simlik turlarini indentifikatsiya qilish ishlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institute O'zbekiston Milliy Gerbariysi hamda o'rganilayotgan o'simlik turlarini Ilmiy (lotincha) nomlarini yozishda so'nggi nomenoklatura N.J.Turland (2018) qoidalari va a International Plant Names Index - IPNI (www.ipni.org) Xalqaro ma'lumotlar bazasi asos qilib olindi.

TADQIQOT NATIJALARI

Chorvoq suv omborlari atrofida tarqalgan ayrim daraxt, buta va o'simliklarning turlarini aniqlashda quyidagi turlar keng tarqalganligi kuzatildi.

Oqtol (Salix alba) boshqa tollar ichida eng yirigidir. Bo'yi 30 m gacha diametri 2 m gacha boradi. Po'stlog'i kul rang, bo'yiga yorilgan bo'ladi. Barglari lansetsimon, cheti mayda tishchali. To'nkasidan novda chiqarib tiklanadi, qalamchalarida yaxshi ko'payadi. Tol yog'ochi oq pusht rang, yumshoq, yengil bo'lib, qurilishda va boshqa xo'jalik ishlarida keng qo'llaniladi.

Po'stlog'ida 5-11 % salitsin moddasi bor. Bu tol turi daryo qirg'oqlarida, ko'l bo'ylarida, botqoq yerlarda yaxshi o'sadi. Bu tol turidan tashqari quyidagi tol turlari ham tavsiya etiladi:

1.Sinuvchan tol (iva lomkaya - Salix fragilis).

2. Sariq tol (iva jeltoya - Salix dophnoides).

3. Savat tol (iva korzinochnaya - S.viminalis).

4. Qizil tol (iva krasnaya - S.purpurea).

5. Majnuntol (iva plakuchaya - S.babylonica).

Sinuvchan tol (Salix fragilis L.) kichikroq daraxt, oddatda po'stlog'i yorilgan bo'ladi, shoxlari och sariq va yashil rangda bo'lib, juda mo'rt. Barglarining plastinkasi keng lantsetsimon, chet tishlari, bezli, tuksiz, yaltiroq. Oqtol barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, kuchalasining bo'yi 5-7 sm, changchisi 2 ta erkin joylashgan. Urug'idan, qalamchadan, poyadan yaxshi ko'payadi. U MDH ning barcha xududlarida uchraydi.

Yog'ochi qurilishda va turli boshqa asbob uskunalar yasash uchun ishlatiladi. Po'stlog'ida 10% ga yaqin salitsin va tannin moddasi bor, ular meditsinada ishlatiladi. Bu tol ham oqtol singari ko'kalamzorlashtirishda ko'p ekiladi.

Sariqtol (Salix daphnoides Will.) bo'yi 15 m ga yetadi, qiyshiq tanali po'slog'i bo'yiga yorilgan, qoramtir rangda. Shox-shabbasi oval yoki piramida shaklida,novdasi sariq-yashil, g'isht rangda tukli, barglari cho'ziq, lansetsimon, o'tkir uchli, cheti tishchali, bezli, tuksiz. Barg yozishdan oldin gullaydi, kuchalasi yo'g'on, uzun gullarida 2 ta changchi, qisqa ustuncha bor. Bu tolning po'stlog'ida 6-12% tannin moddasi bor, novdasidan savat to'qiladi. qumda va qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o'sadi. Qalamchadan ko'paytirish mumkin. g'arbiy Yevropadagi tog'larda tarqalgan.

Savat toli (Salix viminalis L.) buta bo'lib, bo'yi 5-6 m, yosh novdalari kulrang tukli yoki tuksiz, shoxlari ham tuksiz. Barglari chiziq- lansetsimon, o'tkir uchli, cheti tekis, pastga egilgan, orqa tomoni ipaksimon tukli. Barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Bu tol Rossiyaning o'rmon-tundradan sahro zonasigacha tarqalgan. O'rta va g'arbiy Yevropada, Xitoyda, Mongoliyada va Xindistonda uchraydi. U daryo bo'ylarida, orollarda o'sib, qalin o'rmon hosil

qiladi. Bu tol qalamchadan yaxshi ko'karadi. Uning novdasidan eng yaxshi savat to'qiladi. Po'stlog'ida 6-15 % tannin moddasi bor.

Majnuntol (Salix babylonica L.) Bo'yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bo'lgan daraxt. Po'stlog'i bo'yiga yorilgan, to'q kul rangda . Shoxlari uzun, ingichka bo'lib, ko'pincha pastka osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki qizg'ish rangda. Kurtaklari mayda, o'tkir uchli, yashil-qo'ng'ir rangda. Barglari tor lansetsimon, bo'yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, uchi o'tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz butun. Yosh novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo'yi 0,7-0,9 sm, bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari lansetsimon yoki juvoldizsimon, o'tkir uchli, cheti tishchali. Ikki uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari bor, gullari zich joylashgan, barg yozib bo'lgandan so'ng gullaydi. Gulyon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon, uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi ko'payadi.

Majnuntol Mesopotamiyada tarqalgan. Kavkazda va O'rta Osiyo respublikalarida manzarali o'simlik sifatida ariqlar, hovuzlar bo'yiga ko'p ekiladi. Shox-shabbasi egilib o'sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan keltirilgan matsudan tolidir. Uning barglari to'q-yashil rangda bo'lib, shox-shabbasi pastka osilib o'sganligidan nihoyatda chiroyli. Bulardan tashqari jung'or toli (Salix songorica), turon toli (Salix turanica) turlari ham bor.

Oq tut (Morus alba L.) Ushbu tut turi tabiiy ravishda Xitoy, Yaponiya Hindiston va Markaziy Osiyo, Kavkazda keng tarqalgan va madaniylashtirilgan.Balandligi 15 metrgacha bo'lib,tana diametri 80 sm gacha yetadi. 250 yilgacha yashashi aniqlangan. Katta yoshli daraxt tanasi po'stlog'i qalin darz ketgan va kul rangda. Yangi novdalari kul rang-yashil yoki qizig'ish -kulrang bo'lib egiluvchanligi yuqori. Barglari turlicha shakllarda: oddiy, tuxumsimon, chekkalari tishli va hokazo.

Oq tut aprel may oyida barglar paydo bo'lishi bilan bir paytda gullaydi. Gullari mayda, ko'rimsiz mevalari shirin,istemolga yaroqli iyun - iyul oylarida pishib yetiladi. Urug'lari mayda,dumaloq och kul rang - sariq rangda, diametiri 2 mm atrofida. Uning darajasi 50-60 %.

Oq tut qalamchalari bilan yaxshi ko'payadi. Oq tut uzoq o'tmishda Markaziy Osiyo va Kavkaz aholisi tomonidan madaniylashtirilgan, ayniqsa uning marvarid tut nomi bilan xalq selensiyasi mahsuli bo'lgan navi ko'plab ekiladi. Tut mevasi quritilgan holda ham istemol qilinadi uning tarkibida S vitamini mavjuddir, Oq tut barglari asosan pilla qurtini boqishda ozuqa manbai bo'lib xizmat qiladi, o'rmon melioratsiyasida ham foydalaniladi. Har yili hosil beradi, bitta daraxtdan 20-50 kg meva terish mumkin.

Qora tut (Morus nigra L.) Qora tut oq tutga nisbatan kam tarqalgan, asosan Eron, Markaziy Osiyo va Kavkazda o'stiriladi. Uning barglari ipak qurti uchun kam ishlatiladi. Daraxti 10-15 m balandlikda bo'lib morfologik belgilariga ko'ra oq tutda deyarli farq qilmaydi. Mevalari iyun-iyul oylarida pishib yetiladi, to'q qizil, to'q siyoxrangda bo'lib, nordon - shirin tamga egadir. Uning mevaalri oq tut mevalariga nisbatan qadirlanadi va oziq - ovqat sanoatida va vinochilikda bo'yovchi sifatida ishlatiladi. Qora tutning xalq seletsiyasi mahsuli bo'lgan shotut navi aholi tomonidan ko'plab ekiladi. Asosan qalamchadan qimmatli navlari payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi.

Qizil tut (Morus rubra L.) Ushbu tut turi Shimoliy Amerikadan introduksiya qilingan 15 metrgacha bo'lgan yirik daraxt, tanasi jigarrang - kulrang bo'lib, barglari pilla qurti boqishda ahamiyati pastroqdir. Mevalari yirik, iyun - iyulda pishib yetiladi, qizil, och qizil rangda bo'lib, shirin tamga ega. Markaziy Osiyodan tashqari ,Qrim va Kavkazda bog' va parklarida, bazan

Ukraina Belorussiya, Boltiq bo'yi davlvtlarida uchraydi. Sovuqqa chidamli. Pishiq, zich yog'ochga egadir.

XULOSA

Suv bo'ylarida sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilishsuv havzasini tozaligini saqlash, qirg'oq bo'ylarini ko'kalamzorlashtirish dam olish va cho'milish uchun sharoitlar yaratish katta ahamiyatga egadir. Chorbog' havzasi atrofida daryo qirg'oqlarini mustahkamlovchi o'rmonzorlar barpo etish uchun tuproq sharoitlari, uning namligi va sizot suvlarining sathi hisobga olgan holda turlarini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ablayev S.M. Yuldashev Y.X. //Madaniy o'rmonlar Toshkent 2002 y

2. Qayimov A.K., Berdiyev E.T. "Dendrologiya"darslik "CHo'lpon" T. 2012-330 b.

3. Qayimov A.Q. Soxraneniye bioraznoobraziya geneticheskix resursov lesov i ix ratsionalnoye ispolzovaniye v Uzbekistane //Vestnik Jabu 2006. Jalalabat, vip 1. S 82-85

4. Xanazarov A.A. O'zbekistonda o'rmonzorlar barpo qilish asoslari, Toshkent 2002. 126 b.

5. Xanazarov A.A. O'rmonchilar uchun qo'llanma. T., Mexnat, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.