Научная статья на тему 'ZARANG (ACER) TURKUMI'

ZARANG (ACER) TURKUMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
677
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so'zlar: Zarang turkumi spermasiz / rudiment gullar / qanotchali mevalar / Turkiston zarangi / Semenov zarangi / O‘tkir bargli zarang / Dala zarangi / Yavor zarangi / Qandli zarang.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulshan Nurmatova Jumageldiyevna, Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich

Annotatsiya: Zamonaviy ishlab chiqarishda, zarang yog'ochlari bardoshli kayaklar va qurol-yarog'larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Aravachilar nozik modellashtirish bilan dekorativ yog'ochdan yasalgan haykallarni o'yish uchun zarangdan foydalanadilar. Grafik rassomlari zarang yog'ochini daraxt kesishda (daraxt kesish) ishlatadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZARANG (ACER) TURKUMI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZARANG (ACER) TURKUMI

Gulshan Nurmatova Jumageldiyevna

Termiz agrotexnalogiyalar va innavatsion rivojlanish instituti E-mail: [email protected]

Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich

Termiz agrotexnalogiyalar va innavatsion rivojlanish instituti E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Zamonaviy ishlab chiqarishda, zarang yog'ochlari bardoshli kayaklar va qurol-yarog'larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Aravachilar nozik modellashtirish bilan dekorativ yog'ochdan yasalgan haykallarni o'yish uchun zarangdan foydalanadilar. Grafik rassomlari zarangyog'ochini daraxt kesishda (daraxt kesish) ishlatadilar.

Kalit so'zlar: Zarang turkumi spermasiz, rudiment gullar, qanotchali mevalar, Turkiston zarangi, Semenov zarangi, O'tkir bargli zarang, Dala zarangi, Yavor zarangi, Qandli zarang.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7650486

Abstract: In modern production, maple wood is used to make durable kayaks and weapons. Carvers use maple to carve decorative wood sculptures with fine modeling. Graphic artists use maple wood in woodcuts (tree cutting).

Key words: Maple family without sperm, rudiment flowers, wingedfruits, Turkestan maple, Semenov maple, Sharp-leaved maple, Field maple, Sycamore maple, Sugar maple.

Аннотация: В современном производстве древесина клена используется для изготовления прочных байдарок и оружия. Резчики используют клен для вырезания декоративных деревянных скульптур с тонкой лепкой. Художники-графики используют древесину клена в гравюрах на дереве (резке деревьев).

Ключевые слова: кленовые бессемянные, зачаточные цветки, крылатые плоды, клен туркестанский, клен семенова, клен остролистный, клен полевой, клен платановидный, клен сахарный.

Bu oilaning bitta zarang turkumi bor. Zarang turkumiga 150 ga yaqin turi kiradi. Zarang daraxt hamda buta o'simlikdir. Barglari butun, panjasimon bo'lakli yoki murakkab toq patsimon tuzilgan va doira shaklida joylashadi. Ko'p turlarining guli ayrim jinsli, to'g'ri, besh a'zoli tipda. Changchi gullari rudiment (qisqarayotgan) tugunchali. Urug'chi gullar changdonida spermasiz changchilar bo'ladi yoki bo'lmasligi mumkin. Ba'zi turlari bir uyli, boshqalari ikki uylidir. Gullari shingil yoki to'pgul hosil qiladi. Mevasi ikkita qanotchali bo'lib ajraladi. Urug'ida endosperma yo'q, urug'pallalari ko'pincha yig'ilgan holda bo'ladi. Zarangning yog'ochi qalin pishiq, bir tekis rangli bo'ladi. Undan mebel, cholg'u asboblari yasashda, samolyotsozlikda

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

foydalaniladi. Ayrim turlaridan shirin ta'mli shira olinadi, undan zarang qandi tayyorlanadi. Ko'p turlari xushmanzara daraxt sifatida ekiladi.

Turkumning muhim turlari ustida to'xtalib o'tamiz. Turkiston zarangi (Acer turkestanica Rgl.) Bu zarang turi TyanShan va Pomir-Oloyda 1600-2500 m balandliklardagi tog' yon bag'irlarida keng tarqalgan. Balandligi 10-15 metr, ko'p hollarda ko'p tanali daraxt (3-10 tanali) ko'rinishda o'sadi. Daraxt tanalari odatda qo'ng'ir qiyshiq rivojlangan. Tana po'stlog'i kulrang, silliq. Barglari yirik, oddiy 5-7 panjali, zieh, yuqori tomoni to'q yashil, pastki qismi och yashil. Bir uyli o'simlik. Gullari to'plamsimon ko'rinishda sariq rangda. Aprel oyida barglari yozilishi bilan bir paytda gullaydi. Mevalari 2 qanotli, sentabrda yetiladi. Qanotchalari yirik, 7 sm, ikki tomonga turli burchak asosida joylashgan. Urug'i yupqa, mayda ariqchali 0,9 sm diametrda. Urug'lari qishda birinchi qor yoki sovuqlardan so'ng butunlay to'kiladi. Yosh daraxtlaming ildiz tizimi asosan tuproqning yuqori qatlamlarida joylashgan bo'lib, ona daraxtdan 10-15 metr atrofida tarqalgan. Faqat alohida ildizlar 2,0-2,5 metr chuqurlikkacha o'sgan bo'ladi. Issiqsevar, 250 yilgacha yashaydi. Birinchi yillari sekin o'sadi va tuproq namligiga bog'liq bo'ladi. Masalan, bu zarang 10-15 yilda bor yo'g 'i bir metrga o'sadi. 3,7 metr balandlikka 50 yilda, 7-8 metr balandlikka 100 yilda yetadi. Urug'idan ko'payadi.

Semenov zarangi (Acer Semenovii Rgl.) Ushbu zarang Markaziy Osiyoning dengiz sathidan 1000-2800 metr balandliklarida o'sadi, asosan tog' daryolari havzalarida tarqalgan. U asosan do'lana, qatrang'i, magaleb olchasi, olma, archa turlari bilan aralash o'sadi. U tog' melioratsiyasida jarliklar eroziyasiga uchragan yerlarini mustahkamlashda himoya

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

o'rmonzorlari La$o etishda juda ko'p qo'llaniladi. 5 metr balandlikkacha o'suvchi kichik daraxt. Ba'zan ko'p tanali daraxt ko'rinishida ham o'sadi. Ko'p yillik tanasi va shoxlari kulrang, bir yillik novdalari jigarrang. Barglari uch qirqimli, 3-4 tadan ko'p bo'lib o'sadi, zieh, yuqorisi yashilroq, pastki qismi och yashil rangda, chekkalari tishli. Gul to'plami zieh, mayda, sariq gullar to'plamidan iborat. Barglarini yozib boiganidan so'ng gullaydi. Gullari asalga boy. Mevasi 2-qanotchali, uzunligi 3-4 sm, qanotlari to'g'ri burchak ostida joylashgan. Yosh mevalari olovrang-qizil, lekin yetilishi davomida sarg'ayadi. Qurg'oqchilikka chidamli. Sovuqqa bardoshli. Tuproqqa talabchan emas. Tez o'sadi va o'rmon melioratsiyasida hamda tog'li hududlami ko'kalamzorlashtirishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.

O'tkir bargli zarang (Acer platanoides L.) bo'yi 30 m ga yetadigan katta daraxt. Shox-shabbasi qalin, keng, yumaloq shaklda, barglari yirik panjali, besh bo'lakli, boiaklarining uchi yumaloqto'mtoq. Bu zarang barg yozishdan oldin -aprel oyida gullaydi, sariqyashil, ayrim jinsli boladi.

Mevasi sentabr oyida yetiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi. Urug'i yirik, yassi tuzilgan, qanotchalari bor. 3 oy davomida stratifikatsiya qilinadi, so'ng sepiladi. Tabiiy holda kuzda to'kilgan urugiari erta bahorda unib chiqadi. O'tkir bargli zarang yosh vaqtida tez o'sadi, so'ng o'sishi sekinlashadi. Ildiz tizimi o'q ilidiz tipda bo'ladi. Asosiy ildizi yerga chuqur kirmaydi, biroq baquvvat yon ildizlari nihoyatda sertarmoq bo'ladi. Bu daraxt to'nkasidan ko'karadi, parxish yoii bilan ko'payadi va 150-200 yil yashaydi.

O'tkir bargli zarang MDH ning Yevropa qismidagi o'rmonlarda keng tarqalgan. MDH dan tashqari, u Skandinaviyada, 0 'rta Yevropada, 0 'rta yer dengizi, Bolqon yarim oroli hududlarining janubida hamda Kichik Osiyoda tarqalgan. U yaproqli va aralash o'mmonlarda boshqa daraxtlar bilan birga o'sadi. U yetarli darajada sovuqqa chidamli. Bargining yirik shox-shabbasining qalin boiishi uning soyaga chidamliligini bildiradi. U yer tanlaydi, sho'rtob tuproqda o'sa olmaydi. Nam tuproqni xohlaydi, qurg'oqchilikka chidamsiz.

Zarangning yog'ochi qimmatbaho hisoblanadi. U tiniq sariq yoki qizgish rangda, og'ir, qattiq boiadi. Guli nektarli. Joylami ko'kalam- zorlashtirishda katta rol o'ynaydi, chunki uning qizil bargi va yumaloq shox-shabbasi unga chiroyli tus beradi. 0 'rmon melioratsiyasi ishlarida ham muhim o'rinni egallaydi. Ihota o'rmon qatorlariga ekish tavsiya qilinadi.

Dala zarangi (Acer campestre L.) kichikroq daraxt. Po'stlog'i bo'yicha yorilgan, qo'ng'ir kul rang. Shox-shabbasi keng, qalin. Novdalari sariq-jigarrang bo'lib, bo'yiga o'sib ketgan po'kakli o'siqlari bor. Barglari panjasimon besh bo'lakli bo'lib, uchi bir oz to'mtoq. Bu zarang barglarini yozib bo'lgandan keyin gullaydi. Gullari novdalar uchida joylashadi, sariq-yashil rangda bo'ladi. Mevasi sentabrda yetiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi.

Urug'i yassi, bahorda sepiladigan bolsa, uzoq vaqt stratifikatsiya qilinadi. Kuzda sepilsa, stratifikatsiya qilinmaydi. Zarang yosh vaqtida tez o'sadi, so'ng o'sishi sekinlashadi. U 100-120 yil yashaydi. To'nkasidan bachki novda chiqaradi. Parxish yo'li bilan ko'payadi. Ildizidan ham bachkilaydi.

Dala zarangi MDH da o'rmon-dasht mintaqalarida tarqalgan. Qrim va Kavkazda u ko'p uchraydi. U O'rta va Janubiy Yevropada, Bolqonda, Kichik Osiyoda va Eronda ham tarqalgan. Bu zarang issiqsevar, soyaga chidamli daraxt, shuning uchun shimoliy hududlarga tarqala

JOl 1RNA L-RESE A RCHS. COM

I

8

MARCH, 2023

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

olmaydi. Unumdor yerlarda yaxshi o'sadi. Qurg'oqchilikka ham tuproqning bir oz sho'rtobligiga ham bardosh beradi. Yog'ochining xossalari o'tkir bargli zarangnikiga o'xshaydi. Bundan tashqari, bu zarang havoning ifloslanishiga chidamli, shuning uchun joylami ko'kalamzorlashtirishda ko'p ekiladi.

U yashil to'siq uchun juda qo'l keladi. O'rmon melioratsiyasi ishlarida va ihota o'rmonzorlar barpo etishda foydalanish tavsiya qilinadi.

Yavor zarangi (Acer pseudoplatanus L.) bo'yi 40 m, diametri 1 m ga yetadigan katta daraxt. Tanasi tik o'sadi, shox-shabbasi qalin, piramidal-yumaloq shaklda. Po'stlog'i qo'ng'ir-kul rang, bo'yiga yorilgan, u ajralib to'kilib turadi. Novdalari qo'ng'ir-kul rang, barglari yirik, besh bo'lakli bo'lib, boMaklari o'tkir uchli, chuqur kesilgan. Barglarining yuz tomoni to'q yashil, orqa tomoni ko'kish yoki oqish, ayrim tuplarida qizg'ish rangda bo'ladi. Bu zarang barg yozib bo'lgandan so'ng aprel-may oylarida gullaydi. Gullari yig'ilib shingilcha hosil qiladi va osilib turadi. Ular sariq-yashil rangda, ayrim jinsli (changchili va soxta ikki jinsli), bir uyli, ba'zan ikki uyli, nektarli. Mevasi sentabr oyida yetiladi, qanotchali bo'lib, qanotchalarida yong'oqchalar joylashadi. Urug'i bahorda sepilsa, stratifikatsiya qilinishi kerak. Dala zarangi tez o'sadi, chuqur ildiz otadi, to'nkasidan ko'karadi.Parxish yo'li bilan ko'payadi va ayrim vaqtlarda ildizidan bachkilaydi.

Bu zarang Kavkazda, Karpat tog'i o'rmonlarida, Ukrainaning g'arbiy oblastlarida tarqalgan. Tog'li hududlarda dengiz sathidan 1200- 1500 m gacha balandliklarda eman, qoraqayin hamda boshqa yaproqli daraxtlar bilan birga o'sadi va birinchi yarusni tashkil qiladi. Qisman soyaga chidamli, sovuqqa chidamsiz. Bu zarang Leningrad, Moskva va Voronejda ekiladi, ammo sovuqdan ancha zararlanadi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yog'ochi tiniq, oq-sariq rangda bo'lib, duradgorlik ishlarida foydalaniladi, undan cholg'u asboblari, miltiq qo'ndog'i yasaladi. Bu zarang juda chiroyli daraxt. U turli shaharlarda, parklarda ko'p ekiladi. Joylami ko'kalamzorlashtirish uchun va o'rmonchilik ishlarida keng foydalanish uchun tavsiya qilinadi.

Qandli zarang (Acer sacharum March.) ning bo'yi 40 m, diametri, 1,5 m ga yetadi. Po'stlog'i kul rang, barglari uch bo'lakli bo'lib, bo'yi 14 sm, tub tomoni o 'roqsimon tuzilgan. Bo'laklari yashil, tuksiz. Guli qo'ng'iroq shaklda, bo'yi 5 mm, yashil sariq bo'lib, yig'ilib soyavonsimon to'pgul hosil qiladi. Mevasi qanotchali bo'lib, yong'oqchasi bilan birgalikda 4 sm keladi, tuksiz. Bu zarang urug'idan yaxshi ko'payadi. Ildiz tizimi yer yuziga yaqin joylashadi. Soyasevar daraxt. Kuzda barglari tiniq sariq, pushti, qizil krangga kirganda juda chiroyli ko'rinadi. U 300 yilgacha yashaydi.

Yog'ochi juda qattiq va pishiq bo'ladi. Undan shirin suyuqlik olinadi, uning tarkibida qandning miqdori 6% ga yetadi. Bitta yirik daraxtdan mavsumda o'rtacha 1 kg, maksimal 3 kg qand olish mumkin.

Qandli zarang barglari. Buning uchun erta bahorda daraxtning tanasini teshib naycha o'matiladi va shirasi yig'ib olinadi. Har xil konfet va konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda undan foydalaniladi. Bu zarang Shimoliy Amerikaning sharqidagi o'rmonlarda asosan Sharqiy Kanadadan toki Djordjiya, Alabama va Missisipi shtatlarigacha bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Xalq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega, Kanada davlatining bayrog'ida ushbu zarang turining bargi timsol sifatida aks ettirilgan. Zarangning yana bir qancha turlari tatar zarangi (Acer tataricum L.), shumtolbargli zarang (Acer negundo L.), daryobo'yi zarangi (Acer ginnala Maxim.) bo'lib, ular ko'kalamzorlashtirishda va o'rmon melioratsiyasi ishlarida hamda o'rmon xo'jaligining har xil tarmoqlarida keng qo'llaniladi.

Xulosa: Barcha zaranglarni nima farq qiladi? Albatta, ularning barglari - oddiy, katta, palmate yoki lobli, uzun poyalarda o'tirganlar - ular daraxtni bezatadi, chiroyli bir tekis yumaloq toj hosil qiladi. Ammo har xil zarang turlari bunday barglarga ega emas, ba'zilari murakkab barmoqli yoki uchburchak (masalan, kulrang zarang, Manchurian, Maksimovich).

Shunday bo'lsa-da, barcha zarang daraxtlari o'zlarining mevali lionfaliklari tomonidan tan olinadi yoki ularni "vertolyotlar" deb atashadi. Oqartiruvchi urug'lar shunday maxsus qurilmalarga ega va shamolda aylanib yurib, juda uzoq vaqt qulamaydi va ona daraxtidan ancha masofaga uchib ketishi mumkin: ular shu tarzda tarqalib, oralig'ini kengaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ya. X. YULDASHOV ,,KO'CHATCHILIK VA GULCHILIK ISHLISH'' Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma TOSHKENT «DAVR NASHRIYOTI» 2013

2. Khaitovna PM, Faksriddinovich MS Technology of growing cauliflower // Texas Journal of Interdisciplinary Research. - 2022. - T. 6. - S. 8-10.

3. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:u-x6o8ySG0sC

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

4. https://scholar.google.com/titations?view_op=view_titation&M=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:2osOgNQ5qMEC

5. https://scholar.google.com/titations?view_op=view_citation&M=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:qjMakFHDy7sC

6. https://doi.org/10.5281/zenodo.7115076

7. https://doi.org/10.5281/zenodo.7131539

8. E.T. Berdiyev , X.F.Xamroev ,,Dendralogiya"Uslubiy ko'rsatma Toshkent 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.