INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
XORAZM VILOYATI DENDROFLORASI Bekchanov Xudaybergan O'rinovich
Urganch davlat universiteti dotsenti Abdusharipova Malohat Xudaynazar qizi
Urganch davlat universiteti o'qituvchisi
Xasanova Oyxanum Adilbekovna
Urganch davlat universiteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7335479
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyati hududida tabiiy holda tarqalgan daraxtlar ilmiy nomlari, botanik tavsifi, tarqalish hududlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Bu maqola bilan tanishish orqali viloyatimiz hududidagi daraxtlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tarqalganligini bilib olishingiz mumkin.
Kalit so'zlar: dendroflora, botanika, viloyat, ekologiya, daraxt, hudud, o'simlik.
ДЕНДРОФЛОРА ХОРАЗМСКОЙ ОБЛАСТИ
Аннотация. В данной статье приведены научные названия, ботаническое описание, ареалы распространения деревьев, распространенных в природе в Хорезмской области. Прочитав эту статью, вы сможете узнать, распространены ли деревья нашего края в других регионах нашей страны.
Клюевые слова: дендрофлора, ботаника,область, экология, дерево, растения.
DENDROFLORA OF THE KHORAZM REGION
Abstract. This article presents the scientific names, botanical description, distribution areas of trees common in nature in the Khorezm region. After reading this article, you can find out if the trees of our region are common in other regions of our country.
Keywords: dendroflora, botanica, region, ecologiya,tre, flower.
KIRISH
Butun dunyo xilm-xil o'simliklar bilan burkangan. Har bir hudud o'zig xos o'simliklarga ega. Bu hududlarning o'ziga xosligi ham ob-havosi, tuprog'i, o'simliklar va hayvonot dunyosi bilandir. Xorazm viloyati ham shunday hududlar sirasiga kiradi. Iqlimining keskin kontenentalligi ham o'simliklarining shu hududga moslashganligi bilan bog'liq. Ya'ni yozining juda issiq bo'lishi va qish faslining quruq sovuq bo'lishiga bardoshli o'simliklar kam sonlilikni tashkil etadi. Ammo Xorazm viloyatida tarqalgan o'simliklarni boshqa viloyatlarda ham uchratish mumkin. Bu ma'lumotlar esa ushbu daraxtlarning naqadar moslashuvchan ekanligini bildiradi. Shu o'simliklarning ham Xorazm iqlim havosi va tuprog'ini me'yorda saqlab turish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ular orasidagi ayrim daraxtlar boshqa mamlakatlardan olib kelib iqlimlashtirilgan. Iqlimlashtirishdan oldin viloyatimiz iqlimi va tuprog'i hisobga olingan.
Tajribamiz davomida Xorazm viloyatining barcha tumanlarini daraxtlari bilan tanishib chiqdik. Tumanlarning barchasida uchrovchi daraxt turlari ham majud. Quyida Xorazm viloyatida tabiiy holda uchrovchi daraxt turlari bilan tanishamiz.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Zarangdoshlar (Aceraceae) oilasida bitta - zarang (Acer) turkumi bor. Zarang turkumiga 150 ga yaqin turlari kiritilgan. Zarang tabiatda daraxt hamda buta ko'rinishidagi o'simlikdir. Barglari butun, panjasimon bo'lakli yoki murakkab toq patsimon tuzilgan bo'lib, ular doira shaklida joylashadi. Ko'p turlarining guli ayrim jinsli. Ba'zi turlari bir uyli, boshqalari ikki
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
uylidir. Gullari shingil yoki to'pgul hosil qiladi. Mevasi ikkita qanotchali bo'lib ajraladi. Zarangning yog'ochi mustahkam, pishiq, bir tekis rangli bo'ladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Sho'radoshlar (Chenopodiaceae) oilasiga asosan 2 ta muhim turkum - saksovul va sho'ra turkumlari kiritilgan bo'lib, undagi turlar qum-sahro, cho'l o'simliklari hisoblanadilar. Ular ko'chma qumlar harakatini to'xtatib, xalq xo'jaligiga katta samara keltiradilar.
Oq saksovul yoki qumli saksovul (lot. Haloxylon persicum) - buta asosan (jumladan, Isroil, Misr, Sinay yarim oroli, janubiy Iroq, Saudiya Arabistoni, Eron, Ummon, BAA, Afg'oniston), Markaziy (Qirg'iziston, Turkmaniston)da tarqalgan. Qozog'iston Respublikasining Mang'istan viloyati "Qizil kitobi"ga kiritilgan. Oq saksovulning novdasi 4,5-5 m balandlikda kuchli baquvvat poya, po'stlog'i och kulrang tusda.
Qora saksovul (lot.Haloxylon ammodendron) — amarantlar (Amaranthaceae) oilasining Chenopodioideae kenja oilasiga mansub saksovul (Haloxylon) turkumiga mansub yog'ochli o'simlik turi. Taqir cho'llarda, sariq-sho'rxok tuproqlarda, sho'rlangan qumli va bo'z tuproqlarda o'sadi. Tuproqni himoyalash, qumlarni to'xtatish, cho'1 yaylovlarni saqlash kabi cho'ldagi muhim vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, qora saksovulzorlar katta xo'jalik ahamiyatiga ega.
Jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasining vakillari daraxt yoki buta o'simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan bo'lib, novdalarida navbat bilan joylashadi. Gullari to'g'ri, xushbo'y. Mevasi rezavor yoki soxta quruq meva. Hasharotlar yoki shamol vositasida changlanadi. Bular qurg'oqchilikka va tuproqning sho'rtobligiga chidamli bo'lib, o'rmonzorlarni melioratsiya qilishda ahamiyatga ega. Oila tarkibidagi turkumlardan jiyda va chakanda juda keng tarqalgan bo'lib, xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega.
Tor bargli jiyda(lot.Elaeagnus angustifolia)— jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasiga mansub yog'ochsimon o'simliklar turi. Balandligi 3-7 m, ba'zan tikanli buta yoki past daraxt.Yosh kurtaklari kumushrang, qolganlari kulrang tusga ega. Barglari chiziqsimon yoki cho'zinchoq-nayzasimon, lansetsimon-oval yoki tuxumsimon, poyasi 5-8 sm uzunlikdagi, uchi uchli, tagiga qarab toraygan, tepasi kulrang-yashil, pastgi qismi kumushsimon oq rangda. Barglarini yozib bo'lgach gullaydi.
Sharq jiydasining (Elaeagnus orientalis L.) areali Pomir Oloy, Kavkaz tog'i hududlarini qamrab olgan, 500 m dan baland tog' yonbag'irlarida ko'plab o'sadi. 7-8 m balandlikkacha rivojlanuvchi daraxt, daraxt tanasi to'q jigarrang, barglari lansetsimon shaklda, oq g'ubor bilan qoplangan. Sharq jiydasining xalq seleksiyasi tomonidan yaratilgan mahalliy navlari "non jiyda" nomi bilan ataladi. Non jiyda O'zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida aholi tomonidan ko'plab o'stiriladi, ayniqsa, uning sho'rlangan va sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylarda o'suvchi
ekotiplari o'rmon melioratsiyasi uchun katta ahamiyatga egadir. Uzoq o'tmishda jiyda mevasi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblangan, mevasi quritilgan holda qish-bahor mavsumida iste'mol qilingan.
Oila:Fagaceae;EyK0Bbi; Qoraqayindoshlar .Bu oilaning vakillari baland bo'yli katta daraxtlar bo'lib, barglari oddiy tuzilgan va novdalarida navbat bilan joylashadi, ayrim turlarining bargi kuzda to'kilmay, qish bo'yi saqlanadi. Gullari ayrim jinsli, mevasi bir urug'li bo'lib, po'sti qattiq yog'ochlangan. Qoraqayindoshlar oilasining bir necha turkumi bo'lib, bulardan qoraqayin, kashtan va eman turkumlari eng ko'p tarqalgan va katta xo'jalik ahamiyatiga ega.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Qoya emani (Tosh eman)- olxa oilasiga mansub, balandligi 2G-3G m gacha, barglari uzunligi S-I2 sm va kengligi 3,5-7 sm bo'lgan daraxt. Barglari ustki qismi och yashil rangda, pastgi qismi rangpar. Barglari o'simlikda bahorgacha quriydi, ular yuqorida yalang'och va yorqin yashil, pastda esa rangpar bo'ladi. O'tsiz emanning shoxlari uzunligi bir yarimdan ikki yarim santimetrgacha bo'ladi. Eman daraxtining gullashi apreldan maygacha bo'lgan davrga to'g'ri keladi.
Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasi tarkibiga daraxt, buta va chala buta o'simliklar kiradi. Ularning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: barglari murakkab patsimon tuzilgan bo'lib, yonbargchali, novdalarida ketma-ket joylashadi. Gullari besh doirali, har xil tuzilgan, tugunchasi ustki, bir uyali. Mevalari dukkak bo'lib, odatda ikki pallaga ajraladi. Ildizida tugunak bakteriyalar bor, ular havodagi erkin azotni o'zlashtiradi va o'simlikni azot bilan ta'minlaydi, bir paytning o'zida tuproqni azotga boyitadi.
Yapon soforasi yoki yapon stiphnolobium (lot. Styphnolobium japonicum) - bargli daraxt; dukkaklilar oilasining (Fabaceae) Styphnolobium (Styphnolobium) jinsi turlari. Keng sharsimon shox-shabbali, balandligi 25 m gacha bo'lgan daraxt. Eski shoxlari qobig'i quyuq kulrang, yoriqlari mavjud. Yosh shoxlari yashil, tikansiz. Barglari murakkab, umumiy bandda 917 dona, cho'zinchoq tuxumsimon, uzunligi 2-5 sm. Gullar sarg'ish-oq, xushbo'y. Iyul-avgust oylarida har ikki yilda gullaydi. Individual gullar 3-4 kun yashaydi. Sophora gullashning aniq belgilangan davriyligiga ega. Mo'l-ko'l gullash davrida alohida eski daraxtlarda 500 000 tagacha gul hisoblangan. Mevasi 3-8 sm uzunlikdagi, munchoqsimon quyuqlashgan, dastlab yashil-jigarrang, pishganida qizg'ish rangga ega bo'lgan shirali, ajralmas silindrsimon loviya. Mevalar sentabr-oktabr oylarida pishib, butun qishda daraxtda qoladi.
Ipak akatsiya (Albizia julibrissin) yoki Konstantinopol akatsiyasi — dukkaklilar (Fabaceae) oilasi, Albizia avlodiga mansub daraxt turi. O'simlik ipak gul , ipak akatsiyasi, ipak daraxti nomlari bilan ham yuritiladi. Daraxtning balandligi б-9 Об gacha) metr. Kengligi б-7 metr bo'lgan yoyiladigan yoki asosan soyabonli ochiq shox-shabbaga ega. Barglari ikki qanotli, ochiq, 9-15 bo'lakchadan iborat bo'lib, ularning har birida ikkilamchi pog'onada o'tirgan 15-3G juft barglar bor. Barglari yuqorida quyuq yashil, pastda oq rangda. Albizia qishda barglarini to'kadi. May-avgust oylarida gullaydi. Gullar sarg'ish-oq, 5 nurli simmetriyaga ega. Albiziya mevalari yassi ko'p urug'li loviya, yoshligida yashil, balog'at yoshida somon-sariq yoki jigarrang, uzunligi IG-20 sm. Urug'lari cho'zilgan oval, tekis, xira, jigarrang, uzunligi 6-7 mm. Daraxt tez o'sadi, 50-IGG yil yashaydi.
Oddiy Gledichiya (lot.Gleditsia triacanthos) - dukkaklilar (Fabaceae) oilasining Gleditsia turkumiga mansub daraxt turi. Balandligi 2G-40 m gacha bo'lgan kuchli daraxt, tepasida chiroyli, ochiq, yoyilgan, keng silindrsimon, yumaloq shox-shabbali. Magistral diametri 75 sm gacha, to'q jigarrang, yoriqli po'stloqga ega. 300 yilgacha yashaydi. Ildiz tizimi kuchli, juda tarvaqaylab ketgan. chuqur ildizlarga, qo'shimcha ravishda kuchli yuzaki ildizlarga ega bo'lib, ular yon tomonlarga ajralib turadi. Shoxlari biroz tekis, kulrang yoki jigarrang-yashil, kurtaklari ustida tikanlari joylashgan.Tikanlar uzun, oddiy yoki uch shoxli, qizg'ish-jigarrang, yaltiroq, o'tkir, eng kamida tagida tekislangan, uzunligi 20-3G sm gacha.
MUHOKAMA
Maklyura (Maclura) turkumiga Olov rangli maklyura (Maclura augaptiasa Nutt.) turi kiradi. Bu tur katta daraxt bo'lib, balandligi 20 m ga yetadi. Shox-shabbasi juda qalin. Maklyura ikki uyli o'simlik, gullari ayrim jinsli. U aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi sentabr-oktabr
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oylarida yetiladi. Ildizidan bachkilaydi va parxish yo'li bilan ko'paytiriladi. U Shimoliy Amerikada tabiiy holda o'sadi. MDH da Kavkazda, Markaziy Osiyoda, Krimda, Karpatda, Ukrainaning janubiy hududlarida ekiladi. Shimoliy mintaqalarda qishgi sovuqlardan zararlanadi. Qurg'oqchilikka chidamli, yer tanlamaydi va tuproq sho'riga bardosh beradi. Maklyuraning yog'ochi o'zakli, o'zagi sariq-novvoti rangda, og'ir, qattiq bo'lib, yaxshi randalanadi, shuning uchun duradgorlikda foydalaniladi. Ildizidan va yog'ochidan bo'yoq moddasi olinadi.
Oq tut (Morus alba L.) turi tabiiy ravishda Xitoy,Yaponiya, Hindiston va Markaziy Osiyo, Kavkazda keng tarqalgan va madaniylashtirilgan. Balandligi 15 metrgacha bo'lib, tana diametri SG sm gacha yetadi. 25G yilgacha yashashi aniqlangan. Oq tut aprel may oyida barglar paydo bo'lishi bilan bir paytda gullaydi. Mevalari shirin, iste'molga yaroqli, iyun-iyul oylarida pishib yetiladi. Oq tut qalamchalari bilan yaxshi ko'payadi. Oq tut uzoq o'tmishda Markaziy Osiyo va Kavkaz aholisi tomonidan madaniylashtirilgan, ayniqsa, uning marvarid tut,balxi tut nomi bilan xalq seleksiyasi mahsuli bo'lgan navlari aholi tomonidan ko'plab ekiladi. Tut mevasi quritilgan holda hamda yangi terilgan holda iste'mol qilinadi, uning tarkibida qand moddasi va С vitamini mavjud. XULOSA
Qora tut (Morus nigra L.) oq tutga nisbatan kam tarqalgan, asosan Eron, Markaziy Osiyo va Kavkazda o'stiriladi. Daraxti 10-15 m balandlikda bo'lib, morfologik belgilariga ko'ra oq tutdan deyarli farq qilmaydi. Mevalari iyun-iyul oylarida pishib yetiladi. Xalq seleksiyasi tomonidan yaratilgan «shotut» navi aholi tomorqalarida keng miqyosda mevali daraxt sifatida o'stiriladi. Asosan qalamchadan, qimmatli navlari payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi. Mevasi tarkibida shakar, limon va molik kislotalar, pektin, tannik, kul, rang berish xususiyatiga ega (litrin) va boshqa moddalar, yog', vitaminlar, trigonellin, kauchuk kabilar mavjud. Mevalari iste'mol qilinsa tanadagi qonni ko'paytiradi, teri kasalliklari tufayli buzilgan metabolizmni o'zgartirish xususiyatiga ega. Qora tutning pishgan mevalari chanqoqni yaxshi qondiradi.
Yuqorida Xorazm viloyatida uchrovchi ayrim daraxt turlari haqida ma'lumotlar keltirib
o'tildi.
REFERENCES
1. Afanasiev K. S., Derbennikovye, SSSR florasi, M.- L., I949;
2. Aghababyan Sh. M. "SSSR pichanzorlari va yaylovlarining em-xashak o'simliklari" I95I. -4SI-4S2 b.
3. Altymyshev A. "Qirg'izistonning dorivor boyligi"(tabiiy kelib chiqishi). - Frunze: Qirg'iziston, I976, - IG5-IG6 - 352 b
4. Barabanov E.I. "Botanika"- oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. - M: "Akademiya" nashriyot markazi, 2GG6, - 3G9b.