Научная статья на тему 'ASER SEMINOVINING TOSHKENT BOTANIKA BOG'I SHAROITIDA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ASER SEMINOVINING TOSHKENT BOTANIKA BOG'I SHAROITIDA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BIOLOGIYA / ERKIN / HAYOT TARZI / NOVDA / O`SIMLIK

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xomidova X.Yu.

Ushbu maqolada Aser seminovining biologic xususiyatlari haqida so`z boradi. Daraxtlar tanasi urug‘i unib chiqshi va undan hosil bo‘lgan nixollarning asosiy novdasini o‘sib rivojlanishi natijasida shakllanadi xamda tuproqda tarkibidagi suvda erigan mineral moddalarning ildiz orqali barglariga, barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘lgan organik moddalarning butun o‘simlik tanasi bo‘ylab xarakatlanishi ta’minlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ASER SEMINOVI IN THE CONDITIONS OF THE TASHKENT BOTANICAL GARDEN

This article talks about the biological properties of Aser seminovi. The body of trees is formed as a result of the germination of seeds and the growth of the main branch of the shoots, with the mineral substances dissolved in water in the soil being transferred to the leaves through the roots, and the organic substances formed in the form As a result of photosynthesis in the leaves, the whole body of the plant becomes. Movement is provided

Текст научной работы на тему «ASER SEMINOVINING TOSHKENT BOTANIKA BOG'I SHAROITIDA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Xomidova X. Yu.

O'zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakultiti 2- kurs magistranti

ASER SEMINOVINING TOSHKENT BOTANIKA BOG'I SHAROITIDA

BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Aser seminovining biologic xususiyatlari haqida so^z boradi. Daraxtlar tanasi urug'i unib chiqshi va undan hosil bo'lgan nixollarning asosiy novdasini o'sib rivojlanishi natijasida shakllanadi xamda tuproqda tarkibidagi suvda erigan mineral moddalarning ildiz orqali barglariga, barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'lgan organik moddalarning butun o'simlik tanasi bo'ylab xarakatlanishi ta'minlanadi.

Kalit so^zlar: biologiya, erkin, hayot tarzi, novda, o^simlik.

Homidova Kh. Yu.

2nd year master student faculty of biology National University of Uzbekistan

BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ASER SEMINOVI IN THE CONDITIONS OF THE TASHKENT BOTANICAL GARDEN

Abstract. This article talks about the biological properties of Aser seminovi. The body of trees is formed as a result of the germination of seeds and the growth of the main branch of the shoots, with the mineral substances dissolved in water in the soil being transferred to the leaves through the roots, and the organic substances formed in the form As a result of photosynthesis in the leaves, the whole body of the plant becomes. Movement is provided.

Key words: biology, free, lifestyle, branch, plant.

Novda daraxtning yer ustki shox-shabbasini ushlab turishga yordam beradi. Nixolning usib rivojlanishi jarayoni natijasida unda yosh novdalar o'sib chiqadi va ular xam o'z navbatida shoxlay boshlaydi, bunday beto'xtov shoxlanish natijasida daraxtning shox-shabbasi hosil bo'ladi. Novda uch qismdan iborat bo'lib, barg birikkan joy novda bo'g'imi, ikkita bo'g'im oralig'i, novda bo'g'imidagi barg va poya orasidagi hosil bo'ladigan burchak, barg qo'ltig'i deb ataladi.

Novdaning eng yuqori nuqtasida va barg qo'ltig'ida kurtaklar joylashadi. Daraxtlarning po'stlog'i muxim morfologik belgi sifatida qaraladi, unga ko'ra daraxt turlari bir-biridan farqlanadi. Daraxtning shox shabbasi asosiy tanadan chiqib o'sib rivojlangan yonlama shoxlar va barglar yig'indsisdan iborat bo'ladi. Har xil gorizantal shoxlanish piramidasimon, konussimon, tuxumsimon shakldagi shox shabbani hosil qiladi. O'rmonda o'sgan daraxtlarning shox

shabbasining tanasining eng yuqori qismida joylashgan bo'ladi, aksincha ochiq yerda o'sgan daraxt yo'g'on shox shabbasi ko'p bo'yi past bo'ladi.

Dala zarangi (A cer cam pestre L.) kichikroq daraxt. Po'stlog'i bo'yicha yorilgan, qo'ng'ir kulrang. Shox-shabbasi keng, qalin. Novdalari sariq-jigarrang bo'lib, bo'yiga o'sib ketgan po'kakli o'siqlari bor. Barglari panjasimon besh bo'lakli bo'lib, uchi bir oz to'mtoq. Bu zarang barglarini yozib b o 'lgandan keyin gullaydi. Gullari novdalar uchida joylashadi, sariq-yashil rangda bo'ladi. Mevasi sentabrda yetiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi. Urug'i yassi, bahorda sepiladigan bolsa, uzoq vaqt stratifikatsiya qilinadi. Kuzda sepilsa, stratifikatsiya qilinmaydi. Zarang yosh vaqtida tez o'sadi, so'ng o'sishi sekinlashadi. U 100-120 yil yashaydi. To'nkasidan bachki novda chiqaradi. Parxish yo'li bilan ko'payadi. Ildizidan ham bachkilaydi. Dala zarangi MDH da o'rmon-dasht mintaqalarida tarqalgan. Qrim va Kavkazda u ko'p uchraydi. U 0 'rta va Janubiy Yevropada, Bolqonda, Kichik Osiyoda va Eronda ham tarqalgan. Bu zarang issiqsevar, soyaga chidamli daraxt, shuning uchun shimoliy hududlarga tarqala olmaydi. Unumdor yerlarda yaxshi o'sadi. Qurg'oqchilikka ham tuproqning bir oz sho'rtobligiga ham bardosh beradi.Yog'ochining xossalari o'tkir bargli zarangnikiga o'xshaydi. Bundan tashqari, bu zarang havoning ifloslanishiga chidamli, shuning uchun joylami ko'kalamzorlashtirishda ko'p ekiladi. U yashil to'siq uchun juda qo'l keladi. o'rmon melioratsiyasi ishlarida va ihota o'rmonzorlar barpo etishda foydalanish tavsiya qilinadi.

Yavor zarangi (A cer pseudoplatanus L.) bo'yi 40 m, diametri 1 m ga yetadigan katta daraxt. Tanasi tik o'sadi, shox-shabbasi qalin, piramidal-yumaloq shaklda. Po'stlog'i qo'ng'ir-kul rang, bo'yiga yorilgan, u ajralib to 'kilib turadi. Novdalari qo'ng'ir-kul rang, barglari yirik, besh bo'lakli bo'lib, o'tkir uchli, chuqur kesilgan.

Barglarining yuz tomoni to 'q yashil, orqa tomoni ko'kish yoki oqish, ayrim tuplarida qizg'ish rangda bo'ladi. Bu zarang barg yozib bo'lgandan so'ng aprel-may oylarida gullaydi. Gullari yig'ilib shingilcha hosil qiladi va osilib turadi. Ular sariq-yashil rangda, ayrim jinsli (changchili va soxta ikki jinsli), bir uyli, ba'zan ikki uyli, nektarli.

Mevasi sentabr oyida yetiladi, qanotchali bo'lib, qanotchalarida yong'oqchalar joylashadi. U rug'i bahorda sepilsa, stratifikatsiya qilinishi kerak. Dala zarangi tez o'sadi, chuqur ildiz otadi, to'nkasidan ko 'karadi. Parxish yo'li bilan ko'payadi va ayrim vaqtlarda ildizidan bachkilaydi.

Bu zarang Kavkazda, Karpat tog'i o 'rmonlarida, Ukrainaning g'arbiy oblastlarida tarqalgan. Tog'li hududlarda dengiz sathidan 1200-1500 m gacha balandliklarda eman, qoraqayin hamda boshqa yaproqli daraxtlar bilan birga o'sadi va birinchi yarusni tashkil qiladi. Qisman soyaga chidamli, sovuqqa chidamsiz. Bu zarang Leningrad, Moskva va Voronejda ekiladi, ammo sovuqdan ancha zararlanadi.

Yog'ochi tiniq, oq-sariq rangda bo'lib, duradgorlik ishlarida foydalaniladi, undan cholg'u asboblari, miltiq qo'ndog'i yasaladi. Bu zarang juda chiroyli daraxt. U turli shaharlarda, parklarda ko'p ekiladi. Joylami ko'kalamzorlashtirish uchun va o 'rmonchilik ishlarida keng foydalanish uchun tavsiya qilinadi.

Qandli zarang (Acer sach aru mM arch.) ning b o 'yi 40 m, diametri, 1,5 m ga yetadi. P o'stlog'i kul rang, barglari uch bo'lakli bo'lib, bo'yi 14 sm, tub tomoni o 'roqsimon tuzilgan. B o'laklari yashil, tuksiz. Guli qo'ng'iroq shaklda, b o 'yi 5 mm, yashil sariq b o 'lib, yig'ilib soyavonsimon to'pgul hosil qiladi. Mevasi qanotchali bo'lib, yong'oqchasi bilan birgalikda 4 sm keladi, tuksiz. Bu zarang urug'idan yaxshi ko'payadi. Ildiz tizimi yer yuziga yaqin joylashadi. Soyasevar daraxt. Kuzda barglari tiniq sariq, pushti, qizil rangga kirganda juda chiroyli ko'rinadi. U 300 yilgacha yashaydi.

Yog'ochi juda qattiq va pishiq bo'ladi. Undan shirin suyuqlik olinadi, uning tarkibida qandning miqdori 6% ga yetadi. Bitta yirik daraxtdan mavsumda o'rtacha 1 kg, maksimal 3 kg qand olish mumkin. 40-rasm. Q andli zarang barglari.

Buning uchun erta bahorda daraxtning tanasini teshib naycha o'matiladi va shirasi yig'ib olinadi. Har xil konfet va konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda undan foydalaniladi. Bu zarang Shimoliy Amerikaning sharqidagi o 'rmonlarda asosan Sharqiy Kanadadan toki Djordjiya, Alabama va Missisipi shtatlarigacha bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Xalq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega, Kanada davlatining bayrog'ida ushbu zarang turining bargi timsol sifatida aks ettirilgan. Zarangning yana bir qancha turlari tatar zarangi (Acer tataricum L.), shum tolbargli zarang (A cer negundo L.), daryobo'yi zarangi (Acer ginnala Maxim.) bo'lib, ular k o 'kalamzorlashtirishda va o 'rmon melioratsiyasi ishlarida hamda o 'rmon xo'jaligining har xil tarmoqlarida keng q o'llaniladi.

Toshkent shaxri sharoitida zarang mart oyining ikkinchi o'n kunligidan boshlab o'sa boshlaydi (20.03). Aprel oyining oxiridan (20.03.) iyun oyining boshigacha (10.03.) o'sish faol bo'ladi. Kuz mavsumida novda va barglar yetuk xolatni egallaydi. Zarang mevasidagi urug'lar sentabr oyidan pishib yetila boshlaydi (1-rasm)

Kuzatilgan kunlar 1-rasm. Acer semenovii ning o'sish dinamikasi

Adabiyotlar:

1. Агроклиматический бюллетень. - Ташкент: УЗНИГМИ, 2012 гг.

2. Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии высших растений. Плод. - Л.: Наука, 1986. - 392 с.

3. Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии высших растений. Семя. - Л.: Наука, 1990. - 204 с.

4. Ашурметов О.А. Методика изучения семенной продуктивности растений на примере видов рода Glycyrrhiza L. // Увеличение кормопроизводства на научной основе: Тез. докл. Респ. науч. конф. -Ташкент, 1982. - С. 50-52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.