INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K: 638.24
TUT QALAMCHALARIDAN KO'CHAT YETISHTIRISHDA PLYONKA RANGLARINI NAMNI SAQLASH BEGONA O'TLARNI CHIQISHIGA VA ILDIZ OLISHIGA TA'SIRI
1Absalomov Usmon To'lqinovich, 2Valiev S.T
1Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, 2q.x.f.d., katta i.x, Ipakchilik ITI ilmiy
ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.13859399
Annotatsiya. Maqolada qalamchadan tut ko'chatlarini yetishtirishda plyonkalar rangining ta'siri o'rganildi. Mulcha sifatida anorganik mulcha oq va qora plyonkadan foydalanildi. Mulchallash texnalogiyasi tuproq haroratini yaxshilashda qo'llaniladigan samarali usul bo'lib tuproq haroratini ko'taradi va kechasi tuproqni radiasion sovushini sekinlashtiradi. Ko'chatlarni kerakli suv va ozuqalar bilan ta'minlashda,tomchilatib sug'orish uchun plyonka ostiga yotqizilgan quvurlarning xizmati katta. Ular kerakli chuqurlik va ko'lamda er namligini saqlab turishi va suv, mineral o'g'itlar, zararli hashorat, begona o 'tlarga qarshi kurashish vositalari ham quvurlar yordamida amalga oshirilganda, oq va qora ranglardagi plyonkalarga bog'liqligi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Tut, ozuqa, navdor, plyonka, tomchilatib, suv, agrotexnika, qalamcha, suv quvur, shlanglar.
Аннотация. B cmambe изучено влияние цвета мульчи на развитие сеянцев шелковицы при черенковании. В качестве мульчи использована полиэтиленовая плёнка белого и чёрного цвета. Технология мульчирования - эффективный способ повышения температуры почвы за счет повышения температуры почвы и замедления радиatsiонного охлаждения почвы в ночное время. Проложенные трубы обеспечивает рассады необходимой водой и питательными веществами. Влажность почвы на необходимой глубине и объеме зависит от черно-белых плёнок при подаче по трубопроводу воды, минеральных удобрений, вредных насекомых и средств борьбы с сорняками.
Ключевые слова: шелководста, подкормка, семена, пленка, капельница, вода, агротехника, ручка, водопровод, шланги.
Abstract. The article studies the influence of mulberry varieties on growing seedlings from cuttings, inorganic mulch (polyethylene film) was used as mulch. Mulching technology is an effective way to increase soil temperature by increasing soil temperature and slowing down the radiation cooling of the soil at night. The service of laid pipes is excellent in providing seedlings with the necessary water and nutrients. Information on how to maintain soil moisture at the required depth and volume and whether water, mineral fertilizers, harmful insects, and weed control agents depend on black and white films when supplied through a pipeline.
Keywords: mulberry, top dressing, seeds, film, dropper, water, agricultural technology, pen, water supply, hoses.
Kirish. Mamlakatimizda pilla etishtirish va ipakchilik sohasida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xomashyo bazasini kengaytirish hamda ipak qurti urug'i hajmlarini keskin ko'paytirish, pilla etishtiruvchilarni qo'llab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali sohadagi bandlikni ikki baravarga oshirish, shuningdek, bozor
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
mexanizmlarini joriy qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarga qaramasdan, bugungi kungacha ipak qurti ozuqa bazasini sifatli navdor tut ko'chatlariga bo'lgan talabini qondirish bo'yicha bir qator muammolar saqlanib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-85-sonli « Pillachilik sohasida kasanachilikni qo'llab-quvvatlash hamda pilla etishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonda muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023 yil 1 HroHdan boshlab O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg'ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so'mdan, ammo 120 million so'mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratish ko'zda tutilgan.
Olimlarni ta'kidlash, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishda tuproqni mulchalash muhim rol o'ynaydi. Bu murakkab harakatning agrotexnologik usuli. Mulch namlikning bug'lanishini kechiktiradi va uning yuqori va pastki tuproq gorizontlarida bir tekis taqsimlanishiga yordam beradi, ildiz qatlamining namligini 3- 6% ga oshiradi. Shu sababli, tuproq tuzilishi yaxshiroq saqlanadi, ularning yuzasida qobiq hosil bo'lmaydi va shuning uchun tuproqni bo' shatishga hoj at yo' q.
Qurg'oqchilik davrida o'simliklar mutlaq emas, balki suvning nisbiy etishmasligidan ko'p aziyat chekishini aniqladilar. Bu notekis yog'angarchilik, noto'g'ri sug'orish yoki fermerlarning namlikni saqlay olmaslik natijasi bo'lishi mumkin. Havoning nisbiy namligining oshishi bilan ifodalangan tuproqning sirt qatlamida qulay mikroiqlimni yaratishda eng muhim o'rin mulchalash hisoblanadi.
Tadqiqot uslublari. Tadqiqot maqsadi. Tuproqlarni mulchalash agrotexnologiyasini qullash orqali tut qalamchasining kurtak hosil va kallus hosil bo'lishiga hamda ildiz olishligiga ta'sirini o'rganish.
Tajriba sxemasi quyidagi uch variantdan iborat bo'ladi:
1. Nazorat varinat (mulchalanmagan oddiy maydon).
2. Qora polietilen plyonka bilan mulchalangan.
3. Oq polietilen plyonka bilan mulchalangan.
Tajriba 4 ta qaytariqda va 2 yarusda o'tkaziladi. Bitta paykalning eni 3 m, uzunligi 35 m, maydoni (3x35) 105 m2. Shundan kuzatuv maydoni 67,5 m2 Bitta paykal 4 qatordan iborat bo'lib, shundan ikki chetda bittadan kuzatuv qator himoya qatorlari, o'rtadagi ikkita qator kuzatuv qatori bo'ladi.
Ishning maqsadi turli xil mulchalash materiallarining (qora va oq rangdagi polietilen plyonka) Tut qalamchasidan navdor ko'chat ko'karishiga, ularning o'sish fazasiga, ta'sirini o'rganishdan iborat.
Tadqiqot ob'ektlari tut daraxtining Jarariq -2, Jarariq -7, Jarariq -14, SANIISh -34, SANIISh -43 va Mustaqilik -2018 navlari navdor ko'chatlarini mulchalash materiallari yordamida ochiq erga etishtirish usuli edi. Tajribalar tutchilikda qabul qilingan standart usullar bo'yicha o'tkazildi. Fenologik kuzatuvlar ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirildi. Sintetik mulchalash materiallari orasida eng mashhurlaridan biri qora shaffof polietilen plyonkadir. Tut qalamchalari mart oyining 1- o'n kunliklarida ochiq dalaga ekish juda samarali.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Qora plyonka ko'proq issiqlikni tortadi va to'playdi, bu o'simliklarning ildiz tizimining o'sishi va rivojlanishi uchun, ayniqsa, ularning rivojlanishining boshida juda muhimdir. Bunday texnologiyalar vaqtincha agrofiber boshpanalarini yoki past plyonkali tunnellardan foydalanishi mumkin.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Tutchilikning ilg'or texnologiyalaridan biri navdor ko'chatni plyonka ostida etishtirishni tashkil etish hisoblanadi. Biz tadqiqot ishlarimizni olib borish uchun shu tajriba qo'llanildi. Qolaversa, bu an'naviy usulda navdor tut ko'chatini plyonka ostiga ekishning o'zi emas. Tut qalamchasidan navdor ko'chatni ochiq maydonda etishtirishda yangi qoplama materiallaridan foydalanish muhim qishloq xo'jaligi texnikasi bo'lib, bu o'simliklarning salbiy omillarga chidamliligini oshirish va kimyoviy ishlov berishni minimallashtirish imkonini beradi, bu esa hosilni va sifatini oshiradi.
1-jadval
Qora va oq rangli plyonka ostida ekilgan qalamchalarni birinchi kurtak hosil bo'lishi ko'rsatkichlari.
Qalamcha olingan tut navlari nomi Ekilgan sana Qalamcha uzunligi sm Kurtak hosil bo'lishiga ketgan kun Kallus hosil bo'lishiga ketgan kun Ildiz hosil bo'lishiga ketgan kun
Oq rangli plyonkada
Jarariq -2 01.04 15 - 18 8 22 33
Jarariq -7 01.04 15 - 18 8 21 35
Jarariq -14 01.04 15 - 18 8 21 29
SANIISh -34 01.04 15 - 18 9 23 36
SANIISh -43 0.104 15 - 18 9 22 36
Mustaqilik -2018 01.04 15 - 18 8 23 35
Qora rangli plyonkada
Jarariq -2 01.04 15 - 18 6 13 24
Jarariq -7 01.04 15 - 18 6 14 25
Jarariq -14 01.04 15 - 18 6 14 25
SANIISh -34 01.04 15 - 18 7 15 26
SANIISh -43 0.104 15 - 18 7 15 27
Mustaqilik -2018 01.04 15 - 18 7 15 26
1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, tajribac agi barcha tut navlarining qalamc halarini kurtak
hosil va kallus hosil bo'lishi hamda ildiz hosil bo'lishiga ketgan kuni bo'yicha ko'rsatgichlarda qora plyonka ko'proq issiqlik tortshi va to'plashi hisobiga barcha natijalar yuqori bo'ldi. Shuningdek, kerakli chuqurlik va ko'lamda er namligini saqlab turishi va suv, mineral o'g'itlar, zararli hashorat, begona o'tlarga qarshi kurashish vositalari ham quvurlar yordamida amalga oshirilganda oq va qora ranglardagi plyonkalarga.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
1-rasim. Plyonka ostida qalamchadan navdo tut ko'chatlari etishtirish jarayoni Xulosa. Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, tut qalamchalarini tajribadan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: - mulchalash ochiq erlarda tut daraxtining Jarariq -2, Jarariq -7, Jarariq -14, SANIISh -34, SANIISh -43 va Mustaqilik -2018 navlari qalamchalarini ijobiy ta'sir ko'rsatdi. - Ochiq dalalarda etishtiriladigan tut qalamchasining kurtak hosil va kallus hosil bo'lishiga hamda ildiz olishligiga qora va oq rangdagi polietilen plyonka ta'sirini o'rganish hamda samarali harorat miqdorigani yaxshilaydi yangi tizimini keng joriy qilish mamlakatimizning pillachilik sohasi rivojiga katta hissa qo'shadi. Natijada, tabiiy va moddiy resurslar tejalishi bilan birga, tutzorlardan olinayotgan barg hosildorligi va sifati muttasil oshib bormoqda. Bu mamlakatimizda ipak mahsulotlarin hajmi oshishiga imkon berayotgani bilan yanada ahamiyatlidir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi «Pillachilik sohasida kasanachilikni qo'llab-quvvatlash hamda pilla etishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-85-sonli farmoni - Toshkent, 2020. 1-6-b.
2. Yanchenko E.V., Engalichev D.I., Engalicheva N.A., Alekseeva K.L. Bolgar qalampirining hosildorligi, biokimyoviy tarkibi va mevalarining saqlanishiga mulchalash materiallarining ta'siri. Rossiyaning sabzavot ekinlari.;(6):90-96.
3. Mashrabov, M. Maxmatmurodov A EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021-Volume 22 [Issue 55-56]. EUROPE: International Knowledge Press S, 107, 3.
4. Manjula, M.N. Kumari K. Worldwide scenario of drought in general and effect on mulberry in particular - a review. //Journal of agricultural technology, 2015. 11,4. - P. 803810.
5. Reddy R.M. Chaitanya A.K., Jutur P., Sumithra K. Differential antioxidative responses to water stress among five mulberry (Morus alba L.) cultivars. //Environmental and Experimental Botany, 2004. 52,3. - R. 33-42.