INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
EGATLAB VA TOMCHILATIB SUG'ORISH USULLARI VA MULCHALASH
TURLARINING POMIDOR NAVLARINING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA
HOSILDORLIGIGA TA'SIRI 1T.E.Ostonaqulov, 2Y.A.Teminova
1QarDU professori 2QarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002101
Annotatsiya. Maqolada pomidor Volgogradskiy 5/95 va Mustaqillik-28 navlarini turli sug'orish usullari va mulchalash turlarida o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini o'rganish yakunlari bayon etilgan. Eng baland bo'yli (70,7-73,7 sm), barg sathili (0,75-0,77 m2), shoxlangan (4,9-5,1 dona), baquvvat ildiz (116-118 g), palakli (491-493 g), mahsuldor tuplar (593-598 g) tomchilatib sug'orish usulida qoraplyonka bilan mulchalanganda kuzatildi. Shunda o'suv davri mulchasiz variantga nisbatan 4-5 kunga jadallashishi aniqlandi. Eng yuqori (33,5-43,6 t/ga ) sifatli biokimyoviy tarkibda hamda suvdan samarali foydalanishni tomchilatib sug'orish usuli mulchalangan (ayniqsa qora plyonka bilan) variantlar ta'minlanishi ma'lum bo'ldi.
Kalit so'zlar: Sug'orish usuli, mulchalash, sug'orish tartibi, o'suv davri, barg sathi, mahsuldorlik, qo'shimcha hosil, meva biokimyoviy tarkibi.
Kirish. Sabzavot ekinlari tuproq namligiga talabchan bo'lib, bu o'simlik to'qimalarida suvning ko'pligi (65-95%), barglar sathining kattaligi, og'izchalarning ko'pligi, transpiratsiyaning jadal borishi, ildiz tizimining tuproqda yuza joylanganligi bilan harakterlanadi
[7].
Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida suvdan, yerdan, o'g'it, texnika, o'g'it va ishchi kuchidan samarali foydalanish sabzavot ekinlarini to'g'ri tanlash, o'simlikni o'suv davri davomida yetarli namlik bilan ta'minlashga bog'liq [6,7].
Sabzavot ekinlarini, ayniqsa ko'chati bilan o'stiriladigan karam, pomidor kabilarni o'z vaqtida va meyorida tekis bir xil suv bilan ta'minlab, barqaror, mo'l va sifatli hosil olish ko'p jixatdan sug'orish tartiboti, texnologiyasi va usullarini ishlab chiqishga va keng joriy etishga bog'liq.
Keyingi yillarda mamlakatimizda sabzavotchiligida egatlab sug'orish bilan istiqbolli usul sifatida tomchilatib sug'orish joriy etilmoqda. Chunki, tomchilatib sug'orish suvni 40-60% tejash, irrigatsion eroziyaga qarshi kurashish, begona o'tlarni yo'qotishga, qator orasini ishlashni minimallashtirish, o'g'it, gerbitsid va fungitsidlardan samarali foydalanish kabilarga imkon yaratishi ma'lum.
Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar sharoitida pomidor ekinini turli sug'orish usullarida va har xil mulchalash turlarida o'stirilganda o'simlik o'sishi va hosildorligiga ta'siri yetalicha o'rganilmagan. Shuni hisobga olib, biz Qarshi tumani Beklar MFY Rajab Mustafoyev tomorqa xo'jaligi qadimdan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar sharoitida mahsus dala tajribasi o'tkazdik.
Materallar va metodlar. Tadqiqotning maqsadi pomidor Volgogradskiy 5/95 va Mustaqillik-28 navlarini egatlab va tomchilatib sug'orish usullarida shaffof va qora plyonkalar bilan mulchalashning pomidor ekini sug'orish tartiboti ko'rsatkichlariga, o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, barg sathi hosil bo'lishi, mahsuldorlik elementlari-bir tup ildiz, palak va meva
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
hosiliga umumiy va tovar hosildorligiga, pishgan mevaning biokimyoviy tarkibiga 1 m3 suvga hosil chiqimi yoki 1 s hosilga suv sarfini o'rganishdan iborat.
Tadqiqot obyekti sifatida ikkita sug'orish usuli (egat va tomchilatib), 3 ta (mulchasiz(nazorat), yorug'lik o'tkazuvchi shaffof va qora plyonka bilan mulchalash) variantlarida pomidor Volgogradskiy 5/95 va Mustaqillik-28 navlari 1-repraduksiya urug'laridan yetishtirilgan 5-7 chinbargli ko'chatlar olindi.
Egatlab va tomchilatib sug'orish usullarida egatlar uzunligi 90 m qilib olinib, har 30 m mulchasiz, shaffof va qora plyonka bilan yopildi. So'ngra ko'chatlar o'tkazildi. Ekish 70x20 sm tartibda 26-martda amalga oshirildi. Delyankalar maydoni 84 m2 (mulchalash bo'yicha), 42 m2 (navlar bo'yicha), sug'orish usuli bo'yicha esa 252 m2 Takrorlar soni 3 ta bo'ldi. Ikkala sug'orish usulida sug'orish tartiboti cheklangan dala nam sig'imi (CHDNS)iga 65-75-80%, ya'ni ko'chat o'tkazilgandan gullashgacha 65%, gullashdan pishish boshlanguncha 75%, pishish boshlangandan oxirgi terimgacha 85 % ushlandi.
Tajriba dalasida barcha agrotexnik tadbirlar, kuzatish, o'lchash, hisoblash va tahlillar umumqabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borildi [1,2,3,4,5].
Tadqiqot natijalarining muhokamasi. Sug'orish oldi tuproq namligidagi farqlanish 23% dan oshmadi. Sug'orish sxemasi ikkala o'rganilgan pomidor navlarida ham egatlab sug'orilganda mulchasiz variantda 15 marta sug'orilib 2-2-11, yorug'lik o'tkazuvchi shaffof va qora plyonka bilan mulchalnanganda esa 11 marta sug'orilib, 1-1-9 ni tashkil etdi. Tajriba dalasining 0-50 sm qatlamida CHDNS 21,46 % ni tashkil qilib, sug'orish meyorlari egatlab sug'orilganda ko'chat o'tkazilgandan gullashgacha bo'lgan davrda 803-818, "gullashdan pishishgacha" davrda 562-582, pishish boshlangandan oxirgi terimgacha bo'lgan davrda esa 450487 m3/ga bo'lib, tomchilatib sug'orishda esa 0-50 sm tuproq qatlamida namlikni belgilangan meyorda, ya'ni 1-davrda 65% da saqlash uchun 340-404, ikkinchi davrda 75% da ushlash uchun 242-291 va 3-davrda 80% ni ta'minlash uchun 221-238 m3/ga meyorda sug'orildi. Suv sarfini hisoblash "Chipoletti" suv o'lchagichi yordamida amalga oshirildi.
Sug'orish usullari va mulchalash turlari pomidor navlarining o'sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga sezilarli ta'sir etishi aniqlandi.
Pomidor Volgogradskiy 5/95 navi egatlab sug'orilib, mulchasiz o'stirilganda o'suv davri 67 kunni, shaffof plyonka bilan mulchalanganda 65 kunni, qora plyonka bilan mulchalanganda 62 kunni, ya'ni mulchasiz variantga nisbatan 2-5 kunga jadallshgani kuzatildi. Pomidor Mustaqillik-28 navida ham ushbu qonuniyat qayd etildi va o'suv davri 58-63 kunni tashkil qildi.
Tomchilatib sug'orish usulida ikkala o'rganilgan pomidor navlarida o'suv davri egatlab sug'orishga nisbatan 1-3 kunga tezlashgani aniqlanib, mulchasiz variantda 61-65 kunni, shaffof plyonka bilan mulchalanganda 59-63 kunni, qora plyonka bilan mulchalanganda esa 56-61 kunni tashkil etishi qayd etildi.
O'simlik bo'yi, barg sathi va yon shoxlar soni egatlab va tomchilatib sug'orish usullarida qora plyonka bilan mulchalangan variantda eng yuqori bo'lishi kuzatildi.
Pomidor o'rganilgan Volgogradskiy 5/95 va Mustaqillik-28 navlarida eng baland bo'yli (70,7-73,2 sm), barg sathili (0,75-0,77 m2) va sershoxli (4,9-5,1 dona) o'simliklar tomchilatib sug'orilganda qora plyonka bilan mulchalanganda olindi.
Pomidor navlarining mahsuldorlik ko'rsatkichlari tajriba variantlari, ya'ni sug'orish usullari va mulchalash turlari bo'yicha keskin farqlanib, baquvvat ildiz (111-118 g), palak vazni (467-493 g ) hamda mahsuldorlik (561-598 g) egatlab va tomchilatib sug'orish usullarida qora
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
plyonka bilan mulchalanganda qayd etildi. Eng past mahsuldorlik ko'rsatkichlari, ya'ni ildiz vazni (104-106 g), palak massasi (436-444 g) va mahsuldorlik (514-532 g) egatlab sug'orilganda mulchasiz variantda pomidor ikkala navlarida ham olindi. Turli egatlab va tomchilatib sug'orish usullari va mulchalsh turlarida pomidor navlarining hosildorligi gektaridan 26,5 dan 43,6 tonnagacha farqlandi.
Egatlab sug'orilganda shaffof plyonka bilan mulchalash navlar bo'yicha 3,5-3,7 t/ga yoki 111,8-114,0 %, qora plyonka bilan mulchalash esa, 5,9-6,2 t/ga yoki 118,8-123,4 % qo'shimcha hosildorlikni ta'minlagan bo'lsa, tomchilatib sug'orish usulida bu ko'rsatgich 3,9-4,7 (113,0113,2%) va 6,6-7,4 t/ga (120,4-122,3%) ni tashkil etdi.
Tomchilatib sug'orish usuli egatlab sug'orishga nisbatan mulchalash variantda navlar bo'yicha 3,1-4,8 t/ga, shaffof plyonka bilan mulchalanganda 3,3-5,8 t/ga,qora plyonka bilan mulchalanganda yesa 3,5-6,3 t/ga qo'shimcha hosil olishni ta'minladi. Eng yuqori hosildorlik (36,2-43,6 t/ga) sifatli biokimyoviy tarkib bilan ikkala o'rganilgan pomidor navlarida ham tomchilatib sug'orish usulida qora plyonka bilan mulchlangan variantda olinishi ma'lum bo'ldi. Shunda sug'orish uchun ketgan har 1 m3 suvga hosil chiqimi eng yuqori (8,96-10,79 kg) yoki 1 sentner hosil uchun sarflangan suv miqdori eng kam (9,3-11,2 m3) ni tashkil etdi.
Xulosalar. Pomidor navlarining o'sishi, rivojlanishi, barg sathi hosil bo'lishi, ildiz, palak shakllanishi, mahsuldorlik ko'rsatkichlari sug'orish usuli hamda mulchalash turlariga bog'liq ekan. Eng balang bo'yli (70,7-73,7 sm), barg sathili (0,75-0,77 m2), shoxlangan (4,9-5,1 dona), baquvvat ildizli (116-118 g), palakli (491-493 g), mahsuldor tuplar (593-598 g) tomchilatib sug'orish usulida qora plyonka bilan mulchalanganda kuzatildi. Shunda o'suv davri mulchasiz variantga nisbatan 4-5 kunga jadallashishi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik (33,5-43,6 t/ga) sifatli biokimyoviy tartibda hamda suvdan samarali foydalanishni tomchilatib sug'orish usulida mulchalangan (ayniqsa qora plyonka bilan) variantlar ta'minlanishi ma'lum bo'ldi.
REFERENCES
1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi.-Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2002. -B.217.
2. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. Москва., 1992. -С.320.
3. УзР хузурида экишга тавсия этилган к-х.экинлар Давлат реестри. Тошкент, 2022. -Б.103
4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва. Агропромиздат. 1985. -С. 351.
5. Литвинов С.С.. Методика полевого опыта в овощеводстве. Москва. 2011. -С.648.
6. Низомов Р.А. Помидор етиштириш (очи; майдонда). Тошкент., 2021. -Б.82.
7. Остонакулов Т.Э., Зуев В.И., ^одирхужаев О.К. Мевачилик ва сабзавотчилик (Сабзавотчилик). Дарслик. Тошкент. 2019. -Б.552.