Научная статья на тему 'TUT DARAXTI KO‘CHATLARINI IN VITRO USULIDA ETISHTIRISHDAN TASHQI IQLIMGA MOSLASHTIRISH'

TUT DARAXTI KO‘CHATLARINI IN VITRO USULIDA ETISHTIRISHDAN TASHQI IQLIMGA MOSLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tut daraxti / in vitro / iqlimlashtirish / mikroko'paytirish / torf / perlit / vermikulit / baktofert.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Qo‘Ziboyeva Maxliyo Farhod Qizi, Valiev Sayfiddin Tojiddinovich

Ushbu maqolada in vitro sharoitda yetishtirilib, keyinchalik tashqi iqlimga moslashtirilgan tut ko‘chatlarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda iqlamlashtirish bosqichlari va ularning samaradorligi tahlil qilindi. Ularda torf, perlit, vermikulit va baktofert tuproq aralashmalaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bosqichma-bosqich iqlimlashtirish jarayoni orqali in vitro sharoitida yetishtirilgan ko‘chatlarning 80% gacha muvaffaqiyatli tashqi muhitga moslashtirildi. Bu usul an‘anaviy usullarga nisbatan tut ko‘chatlarini tezroq va samaraliroq yetishtirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUT DARAXTI KO‘CHATLARINI IN VITRO USULIDA ETISHTIRISHDAN TASHQI IQLIMGA MOSLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK 631.312:631.51

TUT DARAXTI KO'CHATLARINI IN VITRO USULIDA ETISHTIRISHDAN TASHQI IQLIMGA MOSLASHTIRISH

1Qo'ziboyeva Maxliyo Farhod qizi, 2Valiev Sayfiddin Tojiddinovich

1Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, 2q.x.f.d., katta ilmiy xodim. Ipakchilik

ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13859550

Annotatsiya. Ushbu maqolada in vitro sharoitda yetishtirilib, keyinchalik tashqi iqlimga moslashtirilgan tut ko 'chatlarining rivojlanish xususiyatlari o'rganildi. Tadqiqotda iqlamlashtirish bosqichlari va ularning samaradorligi tahlil qilindi. Ularda torf, perlit, vermikulit va baktofert tuproq aralashmalaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko 'rsatdiki, bosqichma-bosqich iqlimlashtirish jarayoni orqali in vitro sharoitida yetishtirilgan ko 'chatlarning 80% gacha muvaffaqiyatli tashqi muhitga moslashtirildi. Bu usul an'anaviy usullarga nisbatan tut ko 'chatlarini tezroq va samaraliroq yetishtirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: tut daraxti, in vitro, iqlimlashtirish, mikroko'paytirish, torf, perlit, vermikulit, baktofert.

Аннотация. В данной статье изучены особенности развития сеянцев шелковицы, выращенных in vitro и затем адаптированных к открытому климату. В ходе исследования были проанализированы этапы акклиматизации и их эффективность. В них использовались торфяные, перлитовые, вермикулитовые и бактофертные почвосмеси. Результаты показали, что до 80% саженцев, выращенных in vitro, были успешно акклиматизированы к внешней среде посредством поэтапного процесса акклиматизации. Этот метод позволяет вырастить рассаду шелковицы быстрее и эффективнее, чем традиционные методы.

Ключевые слова: шелководста, in vitro, акклиматизация, микроразмножение, торф, перлит, вермикулит, бактоферт.

Abstract. In this article, the development characteristics of mulberry seedlings grown in vitro and then adapted to outdoor climate were studied. The study analyzed the stages of acclimatization and their effectiveness. Peat, perlite, vermiculite and bactofert soil mixtures were used in them. The results showed that up to 80% of the seedlings grown in vitro were successfully acclimatized to the outdoor environment through a step-by-step acclimatization process. This method makes it possible to grow mulberry seedlings faster and more efficiently than traditional methods.

Keywords: mulberry tree, in vitro, acclimatization, micropropagation, peat, perlite, vermiculite, bactofert.

Kirish. Iqlimlashtirish, tirik organizmlarning yangi muhitga iqlimiy moslashuvi yoki atrof muhitga ko'nikishi deb tavsif beriladi. O'simliklarni mikroklonal ko'paytirishda issiqxona va dala sharoitlariga iqlimlashtirish ahamiyati juda kattadir.

Mikroklonal ko'paytirilgan o'simlik nihollari incubator sharoiti va issiqxona yoki dala sharoitidan keskin farq qiladi. In vitroda o'stirilgan nihollar yoki novdalar stresslardan holi va o'simlik ko'payishi uchun optimal sharoitlarga ega yagona mikroiqlimda saqlanadi. O'simlikni o'stirish maxsus idishlarda, kuchsiz yorug'likda, aseptik sharoitlarda, yetarli namgarchilikka ega atmosferada nihollar rivojlanadi, geterotrof oziqlanadi. Bu sharoitlar natijasida nootadiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

morfologik, anatomic va fiziologik xususiyatlarga ega nihollar rivojlanadi. Mikroklonal novdalar yoki nihoollar inkubatorlardan issiqxonalarga ko'chirilganda, ularni moslashtirish uchun kerakli choralar ko'rilmasa, muhitning o'zgarishi natijasida tez qurib qolishi, yoki nobud bo'lishi mumkin. In vitro sharoitidan in vivo sharoitga ko'chirilganda yuqorida aytib o'tilgan kamchiliklarni to'g'irlash muhim omil hisoblanadi[1], [2], [5], [6].

Issiqxona sharoitida tut nihollarining o'sishi va rivojlanishi. Tadqiqotlarda iqlimlashtirish jarayonida yaxshi o'sib rivojlangan nihollarni uch oy muddatga issiqqxona sharoitiga moslashtirish uchun ko'chirib o'tkaziladi hamda o'sib rivojlanishi o'ragniladi. Issiqxonada havo harorati 25-27C va nisbiy namlik 60-65% ni tashkil qiladi. Issiqxonada va xususan dala maydonida yorug'lik kuchi inkubatornikidan ko'proq, namgarchilik o'stirish idishlarnikidan kamroq bo'ladi. Kasseta substratidagi suv potensiali saxarozali ozuqa muhiti suvpotensialidan ko'p bo'lishiga qaramay, barglarning suv yo'qotishi cheklanmaganligi sabali nihollar so'lib qolishi mumkin. In vitro o'stirilgan barglarda kutikula usti mum qavati bo'lmaydi, barg og'zi hujayralari bo'rtib chiqqan va yaxshi yopilmaydi, bargning ichki to'qimalari yaxshi rivojlanmagan va fotosintez jarayonlari jadal ketmaydi. Mikroklonal novdaning bargida epidermal qavati yupqa bo'ladi [3], [4], [7].

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati tutning Jarariq-9 navini ko'paytirish, ildiz chiqarish, in vivoga steril holatda o'stirilgan materialni iqlimlashtirilgan sharoitda o'stirish hamda tashqi muhit tabiiy sharoitlarida o'stirish va ko'chirib o'tkazish usullari bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tut daraxtining in vitro usulida serhosi, navdor va ozuqaviy sifati yuqori bo'lgan navlarini iqlimlashtirilgan va tabiiy sharoitlarda o'stirish yilning istalgan vaqtida in vitro usulida ko'paytirib, ipak qurtini sifatli ozuqa beruvchi tut navlari orqali ozuqa bazasini samaradorligini oshirib boorish bilan asoslanadi.

Tadqiqot materiali va usullari: Morfologik, biologik, texnologik ishlab chiqarish va statistik tahlil usullaridan hamda "Tut ipak qurtini boqishda intensiv texnologiya" va "Biorganik kimyo instituti" ning "biotexnologiya laboratoriya" usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, sog'lomlashtirilgan tut ko'chatlarini mikroqalamchalash usulida yetishtirish V.A. Zlenko, U. Kotikov, tok o'simligida kasalliklarni aniqlash I.I. Minkevichning « Meva va ekinlari kasalliklarini aniqlash va hisobga olish metodologiyasi » nomli metodikasi asosida o'tkaziladi.

Tajriba Andijon viloyati Marhamat tumani Ipak fermer xo'jaligi qoshidagi ipak qurti ozuqa bazasini sifatli ko'chatlar bilan bilan ta'minlashhga ixtisoslashgan in vitro laboratoriyasi.

Turli ko'rsatgichlarga ega tutning Marhamat-2017, JARARIQ-2, SANIISH-34, Ge'zal

navlari.

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqot ob'ekti sifatida O'zbekistonda keng tarqalgan va istiqbolli hisoblangan "Marhamat-2017", "JARARIQ-2", "SANIISH-34", "JARARIQ-7" va "Gezal" tut navlari tanlandi. In vitro usulida yetishtirilgan o'simliklarni tashqi muhitga moslashtirish uchun avval kassetalarga ekildi. Kasetalardagi tuproq aralashmalariga quyidagi tarkibiy qo'shimchalar turli nisbatda tanlandi.

1. Torf: Perlit: Vermikulit: Bactofert (1:1:1:0,5)

2. Torf: Qum: Kompost: Bactofert (2:1:1:0,5)

3. Kokopit: Perlit: Vermikulit: Bactofert (1:1:1:0,5)

4. Torf: Biogumus: Vermikulit: Bactofert (2:1:1:0,5

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Ushbu komponentlar birgalikda o'simliklar uchun optimal muhit yaratib, ularning o'sishini va rivojlanishini qo'llab-quvvatlandi. Har bir aralashma uchun pH darajasi, suv sig'imi, havo

o'tkazuvchanligi va ozuqa elementlari tarkibi aniqlandi.

1-jadval

Tuproq tarkibini tanlash uchun sinov natijalari

Tuproq aralashmasi Suv sig'imi Havo pH Ozuqa

(%) otkazuvchanligi % elementlari miqdori %

Torf: Perlit: Vermikulit: 60-70 30-40 5,8-6,2 100

Bactofert (1:1:1:0.05)

Torf: Qum: Kompost: 50-60 20-30 6,0-6,5 100

Bactofert (2:1:1:0.05)

Cocopeat: Perlit: 70-80 20-30 5,5-6,0 100

Vermikulit: Bactofert

(1:1:1:0.05)

Torf: Biogumus: 55-65 30-40 6,2-6,8 100

Vermikulit: Bactofert

(2:1:1:0.05)

1-jadval tahliliga ko'ra turli xil tuproq aralashmalarini sinovdan o'tkazishda quyidagi natijalar olindi. Torf: Perlit: Vermikulit: Bactofert (1:1:1:0.05) aralashmasi eng yaxshi natijalarni ko'rsatdi. Bu aralashma optimal suv sig'imi (60-70%), yaxshi havo o'tkazuvchanlik va maqbul pH darajasini (5.8-6.2) ta'minladi. Bundan tashqari, bu aralashma yetarli miqdorda ozuqa elementlariga ega bo'lib, ko'chatlarning o'sishi uchun qulay sharoit yaratdi. Torf, Qum, Kompost va Bactofert (2:1:1:0.05)aralashmasi ham yaxshi natijalar ko'rsatdi, ammo suv sig'imi biroz past (50-60%) bo'ldi, bu esa tez-tez sug'orishni talab qildi. Cocopeat, Perlit, Vermikulit va Bactofert (1:1:1:0.05) aralashmasi yuqori suv sig'imiga ega bo'ldi (70-80%), ammo bu ba'zan ortiqcha namlikka va ildiz chirishiga olib keldi. Torf, Biogumus, Vermikulit va Bactofert (2:1:1:0.05) aralashmasi ozuqa elementlari bilan boy bo'lsa-da, ba'zi hollarda tuzlarning ortiqcha to'planishiga va pH darajasining ko'tarilishiga olib keldi. Shunday qilib, barcha tut navlari uchun Torf, Perlit, Vermikulit va Bactofert (1:1:1:0.05) aralashmasi eng maqbul deb topildi.

Ko'chatlarni issiqxona sharoitiga moslashtirish natijalariga ko'ra ildiz olgan mikroqalamchalar perlit, vermikulit va torf aralashmasidan iborat substratga ekilib, yuqori namlikka ega bo'lgan mini issiqxonalarga joylashtirildi. 6 haftalik moslashtirish davri oxiriga kelib, ko'chatlarning 78% yashab qolgani aniqlandi. Moslashtirish davrida ko'chatlarning bo'yi, barg soni va ildiz tizimining rivojlanishi muntazam ravishda kuzatib borildi. 6 hafta oxiriga kelib quyidagi natijalar qayd etildi: Ko'chatlarning o'rtacha bo'yi 8,5 sm, barg soni, 6,2 dona, ildiz uzunligi 5,8 sm ni tashkil etdi. Shu bilan birga moslashtirish jarayonida ko'chatlarning fiziologik ko'rsatkichlari ham o'rganib borildi.

Issiqxonada moslashtirilgan ko'chatlar ochiq maydonga ko'chirib o'tkazilgandan so'ng, ularning yashab qolish foizi kuzatib borildi. 4 hafta o'tgach, ko'chatlarning 85% yashab qolgani aniqlandi. Yashab qolish foizi: 6 haftalik moslashtirish davri oxiriga kelib, ko'chatlarning yashab qolish foizi quyidagicha bo'ldi, "Marhamat-2017" - 82%, "Jarariq-2" - 79%, "SANIISH-342 -85%, "Jarariq-72" - 80%, "Gezal" - 83%, "SANIISH-34" navi eng yuqori yashab qolish foizini ko'rsatdi, bu uning moslashuvchanlik qobiliyati yuqori ekanligidan dalolat beradi

2-jadval

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Ko'chatlarni nostril va tashqi muhitga moslashtirish

№ Parametrlar Moslashtirish boshida 6 hafta oxirida

1 Ko'chatlarning bo'yi (sm) 8,5 15,2

2 Barg soni (dona) 6,2 12,5

3 Ildiz uzunligi (sm) 5,8 12,3

4 Barglarning suv saqlash qobiliyati (%) 45 68

Morfologik o'zgarishlar: Moslashtirish davrida ko'chatlarning o'rtacha bo'yi 8,5 sm dan 15,2 sm gacha o'sdi. Barg soni 6,2 donadan 12,5 donagacha ko'paydi. Ildiz uzunligi 5,8 sm dan 12,3sm gacha yetdi. "Jarariq-7" va "Gezal" navlari boshqa navlarga nisbatan tezroq o'sish sur'atlarini namoyish etdi

80 70 60 50 40 30 20 10 0

Ko'chatlarni noseteril sharoitga moslashtirish

Ko'chatlarning Barg soni (dona) Ildiz uzunligi (sm) Barglarning suv

bo'yi (sm) saqlash qobiliyati

(%)

■ Moslashtirish boshida ■ 6 hafta oxirida

1-rasm. Ko'chatlarni nostril sharoitga moslashtirish jarayonida kuzatilgan farqi.

1-rasmda moslashtirish jarayonida barcha nav ko'chatlari uchun umumiy tendensiyalar kuzatildi, ko'chatlarning bo'yi, bargning soni ildiz uzunligi hamda barglarning ser-suvligida farqlari aniqlandi.

Moslashtirish boshida barcha navlarda barglar och yashil rangda, yupqa va nozik edi. 2-3 hafta o'tgach, barglar to'q yashil tusga kirdi va qalinlasha boshladi. "Gezal" va "Jarariq-2" navlarida bu jarayon boshqa navlarga nisbatan tezroq kechdi. Poya rivojlanishida dastlabki 2 hafta davomida poyaning o'sishi sekin kechdi. 3-4 haftadan boshlab poyaning o'sish sur'ati tezlashdi. "Jarariq-7" navi eng tez poya o'sishini namoyish etdi. Ildiz tizimi rivojlanishi, moslashtirish boshida ildizlar nozik va kam tarmoqlangan edi. 3-4 hafta o'tgach, ildizlar tez o'sa boshladi va tarmoqlanish kuzatildi. "Marhamat-2017" va "SANIISH-34" navlari eng yaxshi rivojlangan ildiz tizimini hosil qildi. Kurtaklanish 5-6 hafta o'tgach, ko'pchilik ko'chatlarda yangi kurtaklar paydo bo'la boshladi. "Gezal" navi eng erta kurtaklanishni namoyish etdi.

Tashqi muhitga moslashtirish uchun issiqxonada 6 hafta davomida moslashtirilgan ko'chatlar ochiq maydonga ko'chirib o'tkazildi. 4 hafta o'tgach, ko'chatlarning yashab qolish foizi Marhamat-2017 navida 90,0%, Jarariq-2 navida 87,0%, SANIISH-34 navida 93,0%, Jarariq-7 navida 88,0% va Gezal navida esa - 88,5% darajasida boldi. Tashqi muhitga moslashtirilgan ko'chatlarning o'sish va rivojlanish ko'rsatkichlari an'anaviy usulda yetishtirilgan ko'chatlarga nisbatan 15-20% yuqori bo'ldi.

Xulosa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Tut daraxti ko'chatlarini in vitro usulida ko'paytirish zamonaviy texnologiya bo'lib, u orqali kasalliklardan himoyalangan va sifatli ko'chatlar olish mumkin. Biroq, in vitro usulidan keyingi moslashtirish jarayoni alohida e'tiborni talab qiladi. Ko'chatlarni tashqi iqlimga moslashtirishda harorat, namlik va ozuqa rejimini to'g'ri tanlash orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. Ushbu jarayonda biologik va agrotexnik tadbirlarning muvozanatini saqlash ko'chatlarning kelgusidagi o'sish va rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi

Tut ko'chatlarini in vitro usulida ko'paytirish ipak qurtining ozuqa bazasini mustahkamlaydi va shu orqali sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Singh, M.K., et al. (2022). Optimizing acclimatization conditions for in vitro raised mulberry plantlets. HortScience, 57(5), 612-618.

2. (Conover CA, Poole RT (1984) Acclimitization of indoor foliage plants. Horticultural Reviews 6, 199-154). (Радчевский П.П. Влияние Stimolante 66f на регенерационную активность черенков винодара сорта Молдова, вход и качество саженцев. Научный журнал Куб ГАУ, №105(01), 2015года. 32-34)

3. (Hazarika BN, Nagaraju V, Parthasarathy V.A. Micropropagation of Murraya kionigiiSpreng. Annals of Plant Physiology, 149-151). Datta, R.K. (2000). Mulberry cultivation and utilization in India. FAO Electronic Conference on Mulberry for Animal Production.Vijayan,

4. K., et al. (2019). In vitro propagation of mulberry (Morus spp.): A review. Scientia Horticulturae, 251, 39-46.

5. Kumar, G.S., et al. (2020). Acclimatization of in vitro raised mulberry plantlets: Challenges and prospects. Journal of Applied Biology & Biotechnology, 8(2), 1-6.

6. Vijayan, K., et al. (2019). Improvement of regeneration efficiency in mulberry (Morus alba L.). Scientia Horticulturae, 252, 180-185.

7. Kumar, G.S., et al. (2020). Enhanced acclimatization protocol for in vitro raised mulberry plantlets. Plant Cell, Tissue and Organ Culture, 142, 59-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.