Научная статья на тему 'TURLI YOSHDAGI BOLALAR GURUHLARDA OCHIQ HAVODAGI OʻYIN FAOLIYATI'

TURLI YOSHDAGI BOLALAR GURUHLARDA OCHIQ HAVODAGI OʻYIN FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ochiq havo / oʻyin maydonchasi / taʼlimiy jarayon / sayr / qiziquvchanlik / quvnoqlik / jismoniy rivojlanish / ijtimoiy / hissiy va intellektual rivojlanish.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Normirzayeva Muhayyo Olimovna

Mazkur maqolada bolalarning ochiq havodagi faoliyatining ahamiyati, ochiq havodagi bolalarning oʻyin faoliyati, bolalarning ochiq havodagi faoliyati ularni barcha yoʻnalishlarda rivojlantirishi, bunga jismoniy rivojlanish, ijtimoiy koʻnikmalarni va madaniy tasavvurlarni egallash, hissiy va intellektual rivojlanishi kirishi, sayrni tashkil etish mazmuni yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI YOSHDAGI BOLALAR GURUHLARDA OCHIQ HAVODAGI OʻYIN FAOLIYATI»

TURLI YOSHDAGI BOLALAR GURUHLARDA OCHIQ HAVODAGI OYIN FAOLIYATI

Normirzayeva Muhayyo Olimovna

MTTDMQTMOI "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11295646

Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalarning ochiq havodagi faoliyatining ahamiyati, ochiq havodagi bolalarning o'yin faoliyati, bolalarning ochiq havodagi faoliyati ularni barcha yo'nalishlarda rivojlantirishi, bunga jismoniy rivojlanish, ijtimoiy ko'nikmalarni va madaniy tasavvurlarni egallash, hissiy va intellektual rivojlanishi kirishi, sayrni tashkil etish mazmuni yoritib berildi.

Kalit so'zlar: ochiq havo, o'yin maydonchasi, ta'limiy jarayon, sayr, qiziquvchanlik, quvnoqlik, jismoniy rivojlanish, ijtimoiy, hissiy va intellektual rivojlanish.

Bolalarning ochiq havoda bo'lishlari o'yin maydonchasi bilan chegaralanmaydi, balki shuningdek, o'z ichiga xiyobon, yaqin atrof, suv havzasi va ishlov beriladigan uncha katta bo'lmagan yer maydonlari ham kiritiladi. Bularning hammasi bolalar o'rganishlari va katta bo'lishlari uchun ajoyib joylardir.

Ochiq havoda o'ynash bilan bolalar katta qiziquvchanlik va quvnoqlikni namoyon qiladilar. To'rt devor bilan chegaralanmagan joylarda hamma narsa doimiy o'zgarib turadi va bolalar borliqning barcha sohalari haqida bilimlarni oladilar, tarbiyachilar esa kuzatish ga, ular bilan o'zaro harakat qilishga va ayrim faoliyat turlarini rejalashtirishga tayangan holda bolalarning rivojlanishini rag'batlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tashqi muhitning sezilarli xususiyati bo'lib ob-havo sanaladi. Bolalar uning barcha holatlarini o'z ko'zlari bilan ko'rishlari lozim. Buning ustiga kichkina bolalarga yomg'ir ostida yugurish yoki kuchli qor yog'ayotganda sayr qilish juda yoqib, katta yoshlilar bu narsaga odatda unchalik to'g'ri munosabat bildirmaydilar.

Ayrim xona ichidagi mashg'ulotlarni tashqarida o'tkazish mumkin va bu bolalarni bu mashg'ulotlarga boshqacha ko'z bilan qarashaga majbur qiladi. Masalan, shamol esishi paytida daraxt ostida o'tirib olib, shamolli kun haqidagi hikoyani eshitish xuddi shu narsani xonada o'tirib eshitgandan ko'ra boshqacha tusda bo'ladi. Ochiq havoda bo'lish rang, hid, tovush, taktil sezgilar bilan istalgan mashg'ulotlarni boyitadi. Bunga bog'liq holda bola tabiat bilan bevosita aloqa o'rnatadi va uning hissiyotlari o'tkirlashadi.

Turli yoshdagi bolalar guruhlarda ochiq havoda sayr qilish - kun tartibining zaruriy tarkibiy qismidir: toza havoda nafas olish, tabiat holatini his qilish, yangicha usulda harakat qilish ham bolaga, ham katta yoshli kishiga birdayin foydalidir. Harakat va holatni o'zgartirish stress (zo'riqish) holatini yumshatadi.

Bolaning ochiq havodagi faoliyati uni barcha yo'nalishlarda rivojlantiradi. Bunga jismoniy rivojlanish, ijtimoiy ko'nikmalarni va madaniy tasavvurlarni egallash, hissiy va intellektual rivojlanish kiradi.

Jismoniy rivojlanish. Guruh tashqarisidagi maydon - bu qiziqarli mashg'ulotlar va keng ta'lim imkoniyalaridir; biroq, ko'pchilik bolalar uchun bu eng avvalo jismoniy o'sish va rivojlanishni rag'batlantiradigan omildir. Jismoniy mashqlar bolaga o'zini ijtimoiy jihatdan namoyon qilishga, qoidalarni o'zlashtirishga, boshqalar bilan o'zaro aloqadorlikni his qilishga, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlashga, intellektual jihatdan o'sishga va muammolarni hal qilish

amaliyotini o'tkazishga yordam beradi. Jismoniy mashqlarning rejali dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar dasturining muhim qismidir.

Ochiq havodagi o'yin yirik harakatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Ochiq maydon bolalarga yugurish, sakrash, o'mbaloq oshish - umuman, hech qanday cheklovlarsiz harakat qilishga tabiiy sharoitlarni yaratib beradi. Maydonchadagi qurilmalar butun tana mushaklarini, harakatlar koordinatsiyasini, muvozanat hissini rivojlantiruvchi bolalarni o'rmalashga, sudralishga va boshqa mashqlarga undashi lozim.

Ochiq havodagi o'yin harakatli o'yinlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan kompleks ta'lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg'ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir etadi.

Qoidalar katta tarbiyaviy ahamiyatga molik. Ular o'yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faolnyatini, ularning hatti-harakati, o'zaro munosabatlarini yo'lga soladi, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Atrof-muhit tabiiy ravishda bolalarni bir-birlari va kattalar bilan o'zaro harakat qilishga undaydi. Xonadan tashqarida ovozni baland qilib gapirish mumkin va bu muloqot usulbini o'zgartiradi. Xona ichida o'zini bosiq tutadigan bolalar tashqariga chiqqach ancha kirishimli bo'lib qoladilar. Xona ichida va undan tashqarida o'zaro harakat qilish muhitidagi farq tarbiyachilarga bolalarni har xil vaziyatlarda ko'rishga va ularning xarakteri hamda imkoniyatlarini yaxshiroq bilib olishga yordam beradi.

Guruh tashqarisida o'ynay turib, bolalar kim velosiped haydashi, arg'imchoqqa navbatga turishi yoki harakatli o'yinlarni o'ynashlari haqida bahslashish paytida muhim ijtimoiy ko'nikmalarni orttiradilar. Kelisha olish mahorati bolalar predmetlarni o'zaro almashishlari paytida (masalan, velosipedni aravachaga) yuzaga chiqa boshlaydi. Ular biron narsadan foydalanishda navbatga turish haqida gap ketganda murosa qilishni o'rganadilar ("Mening varrak uchirish navbatim keldi, sen ko'p uchirdingku" kabi). Ular bir-birlarini arg'imchoqda uchirishlari, chelakni qumga to'ldirishda, birga aravachani sudrashda va birga qurilmalar bo'ylab o'rmalash paytida kooperatsiyalashishni o'rganadilar. Mana shunday o'zaro harakatlar davomida bolalar do'st orttiradilar va ular bilan bemalol muloqot qiladilar.

Hissiy rivojlanish. Xonadan tashqarida bo'lgan paytlarida bolalar to'qnashadigan ko'pchilik qiyinchiliklarni yengib o'tish ularda ijobiy o'z-o'zini baholashning shakllanishiga yordam beradi. Bolalar tepalik ustiga chiqishni eplaganlarida, o'simlikni o'stira olganlarida yoki yog'ochdan biron narsa yasay olganlarida qoniqish hissini tuyadilar. Ochiq havodagi o'yin paytida bolalarda o'z kuchiga ishonch paydo bo'ladi, ular o'z tanalarining imkoniyatlarini anglaydilar, harakatlarni boshqarish usullarini o'zlashtiradilar.

Ochiq havodagi o'yinlar bolalarni o'z hissiyotlarini boshqara olishga, quvonch, hayrat, hayajon, jahl, xafalik kabi hissiyotlarni tushunishga, jahli chiqqanida, qo'rqqanida o'zini tuta olish (itarmaslik, urmaslik, o'yinchoqni boshqalardan tortib olmaslik, yig'lamaslik)ga o'rgatadi. Xato qilsa uzr so'rashni, o'rtoqlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lishni tarbiyalaydi.

Intellektual rivojlanish. Bolalar narsalar va buyumlar bilan to'g'ridan-to'g'ri o'zaro harakat qilish natijasida o'rganib boradilar. Atrof-muhit tarbiyachilarga boladagi rang, shakl, o'lcham, miqdor to'g'risidagi tushunchalarning boyitilishiga imkon beradi. Tabiat rang va rang tuslarining ko'plab namunalarini beradi (barg, osmon, tosh, gul, bino va shu kabilarga qarash

lozim). U yerda sanash va toifalarga ajratish mumkin bo'lgan juda ko'p narsalarni topish mumkin (bugun ertalab ochilgan gullar soni; tengdoshi velosipedda aylanib chiqqan doiralar soni va h.k.).

Bolalar vaziyatni kuzatish va tahlil qilishni ham o'rganadilar. Tabiiy o'zaro harakatlar bola javob topishi bilan intellektual ravishda rivojlana boradigan ko'plab savollarga egadir. Bola "Nima uchun Qorbobo har kuni kichrayib borayapti?" deb so'raganida, u harorat o'zgarishi, erish va bug'lanish oraisdagi farqlar haqida bilimlarni ola boshlaydi.

REFERENCES

1. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti - T.:2020.

2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2020-y.

3. Grosheva I.V., Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Ismailova M.A.,

4. Kenjabaeva D.A., Gulyamova N.B., Miftaeva N.A. "O'yin orqali ta'lim olish" Toshkent, 2020-y.

5. Groshyeva I.V., Olimov Q.T., Nazarova V.A, Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Kenjabayeva D.A., Gulyamova N.B., Miftayeva N.A. "Kuzatish va baholash" T., 2020.

6. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V., Mikailova U.T., Suleymanova Yu.T., Daukayeva A.G., Vlasova Ye.N., Galimova E.F. "Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish". T., 2020.

7. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarning maktabgacha ta'lim sohasidagi uzviylik: ilg'or tajribalar."Uzluksiz ta'lim" Ilmiy uslubiy jurnal 2019 y 4-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.