Научная статья на тему 'O’YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOSLIGI'

O’YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o`yin / faoliyat / tarbiyachi / bolalar / vazifa / tarbiya / ta’lim / aloqa / ijodiy faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmadaliyeva Farogat Sultonaliyevna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinning bola faoliyatining asosiy turi sifatida, o‘yinning kelib chiqish tarix , o’yin faoliyati nazaryasi go`dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlari,o’yinning kuchi tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOSLIGI»

O'YINNING BOLA FAOLIYATI SIFATIDAGI MOHIYATI VA

O'ZIGA XOSLIGI

Axmadaliyeva Farog'at Sultonaliyevna

Uchko'prik tuman 40- Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11193730

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'yinning bola faoliyatining asosiy turi sifatida, o'yinning kelib chiqish tarix , o'yin faoliyati nazaryasi godakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlari,o'yinning kuchi tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: oyin, faoliyat, tarbiyachi, bolalar, vazifa, tarbiya, ta'lim, aloqa, ijodiy faoliyat.

Аннотация. В данной статье игра как основной вид детской деятельности в дошкольных образовательных организациях, история игры, теория игровой деятельности, психологические особенности ребенка до года, научно-теоретическое значение приобщения к силе. игры, ее уровень исследования и важность в настоящее время.

Ключевые слова: игра, деятельность, воспитатель, дети, задание, воспитание, обучение, общение, творческая деятельность.

Abstract. In this article, the game as the main type of children's activity in preschool educational organizations, the history of the game, the theory of game activity, the psychological characteristics of the child under the age of one, the scientific theoretical importance of introducing the power of the game, its the level of research and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: game, activity, educator, children, task, upbringing, education, communication, creative activity.

Maktabgacha yoshdagi bola faoliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko'proq o'yinni yoqtiradilar. Chunki o'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg'ulotdir. O'yin - bolalarning o'zaro munosabatini yo'lga soladi, xis-tuyg'ularini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya berish jarayoniga o'yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg'ulotlarni jonlantiradi.

Didaktik o'yinlar-ta'lim xarakteriga ega bo'lib, bolalar bilimining mustahkamlanishiga va kengayishiga, ularni umumlashtirishga, tizimga solishga yordam beradi. Ta'lim va tarbiya berish jarayonida har xil o'yinlardan, og'zaki, stol ustida, harakatli, ijodiy, hayolan sayohat, o'yin viktorinadan foydalanish, muammoli xolatlar keltirib chiqarish, yechimini topish, bahslashish, natijaga erishish mashg'ulot samaradorligini oshiradi. Didaktik o'yinning xususiyatlari shundaki, ta'limga aloqador masalalar, mashg'ulot jarayonida o'yin asosida, uning qoidalariga muvofiq tarzda olib boriladi. Bola o'ynar ekan, u nimanidir o'rganishni o'ylab o'tirmaydi. Lekin o'yin jarayonida nimanidir o'rganadi. Didaktik o'yin mazmuni ta'limning muhim qismi sifatida kiritilgan bo'ladi. Didaktik o'yin bolalarning aqliy qobiliyatini o'stiradi. Bola o'yin jarayonida faollashadi. O'yin vazifalari diqqatni jamlashni, o'yin mazmunini anglashni talab qiladi. O'yin bolani ta'lim-tarbiya olishga, zarur ko'nikma hosil qilishga undaydi. Didaktik o'yinlar bolalarning ma'naviy va axloqiy kamolotida, ularning mukammal inson bo'lib kamol topishida tarbiyaviy ta'sir qudratiga ega. O'yin timsolida bolalar jamoa bo'lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda ijod qilishga, ishlashga va mustaqillikka o'rganadilar. Didaktik o'yinlar bolalarning aqliy

faoliyatini, ongini o'stirishga, ularning fikrlash tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis-tuyg'ularini shakllantirishga, ayniqsa ularning sezgi a'zolari (sezish, ko'rish, tinglash va boshqalar) faoliyatini oshirishga yordam beradi. Uning idroki, zehni, xotirasi, irodasi mustahkamlana boradi. Diqqati, topqirligi ortib boradi. Olgan bilimlarni o'z faoliyatida mehnat, o'yin jarayonida sinab ko'rish ishtiyoqi paydo bo'ladi. Didaktik o'yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantishga ta'sir etuvchi vosita sifatida foydalanish bilan bir qatorda, nutqni o'stirish, atrof-muhit bilan tanishtirish, xisoblash ko'nikmalarini hosil qilish, ekologik va estetik tarbiyani amalga oshirishda keng foydalaniladi. Bolalar bilan o'tkaziladigan har bir didaktik o'yin ularda aniq bilimga, narsa va buyumlarga qiziqish uyg'otishi, bolalar diqqatini jalb qila olishi lozim. Bolalar oldiga qo'yilgan vazifa bolalar tushunchasiga mos bo'lmasa, ularni qiynab qo'ysa, u vaqtda o'yin o'z qimmatini yo'qotadi. Didaktik o'yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish lozim. Bundan maqsad ayrim muammolarni xal qilishdir, ya'ni mashg'ulotlarda faol qatnashgan bolalar bilan birga sust, loqayd bolalarni ham o'yinga jalb qilib olingan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Ta'limning o'yin jarayonini, ayniqsa ochiq havoda amalga oshirish bolalarda kuzatuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirib, ularni ranglarni, shakllarning katta-kichikligini, xidini, ta'mini aniqlashga, umuman sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishga o'rgatib boradi. Jismoniy mashqlar o'tkazish chog'ida ham turli she'riy yoki topishmoqli o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda mustaqil bajarish malaka va ko'nikmalarini hosil qilish, ularning zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulini o'stirish, qiziqishlarini oshirish maqsadida mashg'ulotlarni zamonaviy usullardan foydalanib o'tish davr talabidir. Matematika, nutq o'stirish, atrof-olam bilan tanishtirish, mehnat mashg'ulotlarida "Sahnalashirilgan", "O'yin-musobaqa", "Teatrlashtirilgan", "Sayohat", "Konvert" mashg'ulotlaridan foydalanish samarali natija beradi. O'yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o'yin jarayonida faqat namoyon bo'libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o'zlashtiriladi. Shuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya'ni to'g'ri tashkil qilingan o'yin bola shaxsini har tomonlama o'stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida -sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O'yin oz mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti - harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo'lishi tufayli bolalarda ma'naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob - axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o'yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo'lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o'yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo'ladi. Bolalar uchun o'yin mazmunining hech bir chegarasi yo'q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o'z o'yinlarida aks ettira oladilar. O'yinning ahamiyati bola shaxsining o'sib kamolotga yetishiga ta'sir ko'rsatishdin iboratdir. O'yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o'z-o'ziga munosabati o'zgarayotgan o'yinda namoyon bo'ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o'yinda ifodalanadi. O'yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma'qul tomonga "o'zgartirish" imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi. O'yin

uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o'ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonlarda o'yinning tutgan o'rni alohida bo'lib, o'yindan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi. Zero:

- o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi.

- o'yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir.

- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir.

- o'yin bolalarga ta'lim-tarbiya berishning metod va usulidir.

Bolalar o'yini o'zining mazmuni, xususiyati va tashkiliy jihatlarga egadir.

O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkilotsi ishida katta o'rin egallaydi. O'yinda yosh organizmga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi, xayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda o'yin munosib o'rin egallaydi. Atoqli trener va shifokor E.A.Arkin o'yinni "ruhiy vitamin" deb bekorga aytmagan. Bolalarning to'laqonli jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash uchun harakat faolligining turli shakllaridan foydalaniladi. O'yin jarayonida bolaning jismoniy o'sishi uchun muvofiq sharoit yaratish nihoyatda muhimdir. Bunga erishmoq uchun o'yinlarning bolalarga yetarli suratda zavq tug'dirishini, ularda faollik hosil bo'lishini, bu o'yinlar turli hil harakatlarni o'z ichiga olishini, serharakat o'yinlar ketidan kam harakatli o'yinlarga o'tilishini ta'minlash zarur. Harakatli o'yinlar bolalarda quvnoqlikni oshirishga yordam beradi, o'zaro munosabatlar, xis-tuyg'ularni tarbiyalaydi. O'yin qoidalarini bajara olish malakalari, jasurlik, odillik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Mashg'ulot, sayr va kunning turli jarayonlarida amalga oshiriladigan harakatli o'yinlar bola shaxsi rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

O'yinning kuchi.

O'yin faloiyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta'lim bilan uzviy aloqada bo'lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Tadqiqotchilar o'yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqni shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o'z o'rnini belgilab olishi, uning muomala chog'idagi hatti-harakatini aniqlab olishi hamda miyaning keyingi o'rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Tug'ilgandan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davrda bolaning aqliy qobiliyatlari rivojlanayotgan davrda o'yin juda muhim ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar. O'yin inson o'zligining namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O'yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o'ylaydi, o'yin davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta' sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo'ladi.

Pedagogning vazifa va ma'suliyatlaridan biri bolaning o'rgangan narsalarini qiyoslashi va mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o'rganishi uchun ma'noli o'yinlarni uyushtirishdir"-Monigan, Skal, Van Xun Almi

Ba'zida eng samarali ta'lim olish vositasi tengdoshlar bilan muloqot hisoblanadi! Bolalar birga ishlaganda ko'proq o'rganadi! - Djon Devyu.

O'yin faoliyati nazaryasi go'dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari aloqida aqamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida go'dakka chiroyli va jozibador o'yinchoqlar 9 sm masofadan ko'rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo'lganida bolaning intilishi, qo'l cho'zishi, sustlashgan, cho'zilishi,

ixtiyorsiz harakati mutlaqo so'ngan. U o'yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga qam ana shunday befarq qaragan. Masofaga qanchalik qisharsa, bolaning unga intilishi, qizikishi shunchalik kuchayib borishini kuza-tish mumkin. Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go'daklarda jozibali narsalarning o'zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma'lumotlarga qaraganda go'dak beqisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko'ruv qo'zqatuvchisiga diqqatni to'plash 26 sekunddan 37 sekundgacha harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 3B sekundgacha, harakatdagi ko'ruv qo'zqatuvchisiga qarashi 41 sekunddan 7B sekundgacha, harakatdagi insonga e'tibor berishi 49 sekunddan BB sekundgacha ortgan. Tajribada go'dakning harakatlanayotgan odamga diqqatini to'plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan. Go'dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o'zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o'rnini faolrog'i egallaganidandir. Go'dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o'quvi paydo bo'ladi. Olimaning fikricha 3 oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo'lishi vujudga keladi. Uch oylik go'dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.Yu.Kistayakovskaya ma'lumotiga ko'ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o'giradi, xatto, qo'rqib yiqlab yuboradi. Bolada o'zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog'lanib qolishi sodir bo'ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko'rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo'l-oyog'ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to'lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-uruqlariga, xatto qo'ni -qo'shnilarga ham bog'lanib (o'rganib) ko'nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o'yin faoliyatini boshlaydi. O'yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyqulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo'ladi, vaqt o'tishi bilan o'yinning o'zi bolaga quvonch baqishlaydi. Go'dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko'mak berish ishtiyoqi tuqiladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o'ta boshlaydi. Ma'lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko'lamini kengaytirishga yordam beradi. Bolaning umumpsixologik taraqqiyoti faqat o'yin jarayonidagi (A.Leontev) amalga oshishini inobatga olib ularning o'yinlarining mazmunan boyitishiga katta e'tibor qaratishimiz lozim. Bog'cha yoshidagi bolalarning suyujetli va rollarga bo'linib, o'ynaladigan o'yinlari deyarli hamma vaqt jamoa xolda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlar bolalarning ko'pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O'yin sharoitining o'ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va xodisalarga faol yo'naltirishini talab qiladi. Bu esa, o'yin faoliyati davomida bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya'ni ular kuzatuvchan, tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur taqlid qiladigan bo'ladilar. Syujetli va rollarga bo'linib, o'ynaladigan o'yinlar o'yin jarayonida bolalarning bir-birlari bilan faol munosabatda bo'lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumki, syujetli va rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning o'z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o'z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o'yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog'cha bolalarining o'yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya'ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. Shu narsa xarakterliki, bog'cha yoshidagi bolalarning turli - tuman

o'yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o'qish faoliyatiga tayyorlaydi. Roli o'yin mazkur yosh davirdagi bolalarning eng muhim faoliyati bo'lib, ular bunday o'yinda go'yot katta yoshdagi odamlarning barcha vazifali va ishlarni amalda bevosita bajaradilar, shu boisdan o'yin voqealari, oilaviy turmush hodisalari shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg'u, o'zaro muomala va mulaqatlarning xususiyatlarni o'ziga va o'zgalarga atrof muhitiga munosabatlarni yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o'yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o'tovchi narsalarda ham foydalaniladi. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqeolik to'g'risidagi xilma xil o'yin faoliyatni takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan. N.M.Aksarinaning ta'kidlashicha o'yin o'z-o'zidan vujudga kelmaydi buning uchun kamida uchta sharoit bo'lishi lozim bunga:

1) taasurotlar tarkib topish

2) har-xil ko'rinishdagi o'yinchoqlar va tarbiyaviy ta'sir vositalarning muhayyoligi

3) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqatga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta'sir ko'rsatish uslubi hal qiluvchi rol o'ynaydi.

D.B.Elkonin o'z tadqiqotida rolli o'yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha o'yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o'yinni mazmunini A.P.Usovaning tatqiqotlarida ta'kidlanishicha, rolli o'yin ishtirokchilarni safi yosh ulg'ayishiga qarab jinsiy tofovutlariga binoan kengayib boradi. Uch yoshli bolalar iiki uchtadan guruhga birlashib, uch besh daqqiqa birga o'ynab oladilar 4-5 yoshli guruhi 2^tadan ishtirokchidan iborat bo'lib ularning hamkorligidagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi o'yin davomida qatnashchilar soni ham ortib boradi. 6-7 yoshli bolalarda roli o'yini guruh yoki jamoa bo'lib birga o'ynash istagi vujidga keladi avval rolar taqsimlanadi o'yining qoidalari va shartlari tushintriladi (o'yin davomida bolalar bir -birlarni harakatini qatiq nazorat qiladilar). D.B.Elkonin o'z tadqiqotida rolli o'yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o'yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatini aniqroq aks ettirishi o'yinning mazmunini tashkil qiladi. A.P.Usovaning tadqiqotlarida ta'kidlanishicha, rolli o'yin ishtirokchilarining safi yosh ulgayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi:

a) uch yoshli bolalar 2-З tadan guruxga birlashib, З-5 daqiqa birga o'ynay oladilar;

b) 4-5 yoshlilar guruxi 2-5 ishtirokchidan iborat bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o'yin davomida qatnashchilar soni ortib ham boradi;

v) 6-l yoshli bolalarda rolli o'yinni gurux yoki jamoa bo'lib birga o'ynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o'yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o'yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar) D.B.Elkonin harakatli o'yinning qoidalari mazmuni o'zaro bog'liqligidan kelib chiqib ularni besh guruhga ajratadi:

1) harakatga taqlid qilish;

2) muayyan syujetni drammalashtirilgan o'yinlar;

3) syujeti oddiy o'yinlar;

4) syujetsiz qoidali o'yinlar;

5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o'yinlari.

Bolani o'yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to'g'risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o'z shaxsiy faoliyatida sinab ko'rish istagidir, shuningdek, jamoa bo'lib o'ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida to'plangan ma'lumotlar tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo'yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin:

1) o'yin faoliyatida bola turli harakatlarni to'laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko'rsatishga ishtiyoqmand bo'ladi;

2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi. Bola o'sib borgan sayin narsalar va o'yinchoqlarning nomini o'zgartirish, yangi nom bilan atash engillashadi. Shuningdek faqat yangi vaziyatda jismlar nomini o'zgartirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni yangi nomga muvofiq qo'llash imkoniyati ham vujudga keladi. o'yin faoliyatida foydalaniladigan narsalarni yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. o'yin faoliyatida narsalar nomini o'zgartirish o'zining psixologik mlhiyati bilan murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so'z bilan predmetning o'zaro munosabatida ularga uzviy bog'liq harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining o'rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o'yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o'yin mazmuniga ko'proq bog'liqdir. Chunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo'lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o'tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to'g'ri ifodalashga intiladi. Har qanday o'yinning va o'yin faoliyatining markazida bola katta kishilarning faoliyati va o'zaro munosabatini, muomalasini o'ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko'ra o'yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar, amaliy ko'nikmalar, malakalar va odatlarni o'rganishga imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bolalar rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin xistuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar;

3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi. Bola psixikasining taraqqiy etishda o'yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o'yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o'yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o'rganadi. Ko'pchilik psixologlar hamda pedagoglar o'yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug'ullanib, o'yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tganlar. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o'ymnning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo'lsa, bola hayotida o'yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida to'plangan boy ma'lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o'yinlar katta rol o'ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o'sishiga o'yinning ta'siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki:

birinchidan, o'yinni tashkil qilishning o'ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o'stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi.

Ikkinchidan, o'yinning bola harakatiga ta'sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko'nikmalarini subyekt aynan o'yin paytida emas, balki bevosita mashg'ulot orqali o'zlashtiradi.

Uchinchidan, o'yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o'yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta'minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o'yin) subyekt (jonzot) ongining dastlabki ob'ekti darajasiga o'sib o'tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo'lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat'iy yurishturishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday ekan, o'yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets). Bolaning o'yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o'z ifodasini topadi va uning o'z oldiga qo'ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi. Bolaning laboratoriya sharoitiga nisbatan o'yinlarda ko'proq so'zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig'ilgan ma'lumotlarni tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:

a) o'yinda bola tomonidan ma'lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;

b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada olinroq paydo bo'ladi va oson amalga oshadi. O'yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulqatvoriga ham jobiy ta' sir ko' rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini tarkib toptirishga bog'liq psixologik muammoni o'rgangan Z.V.Manuylenkoning fikricha, biror maqsadga yo'naltirilgan mashg'ulotga nisbatan o'yinda xulq ko'nikmalarini oldindan va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o'zining ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xulqini o'zi boshqarish ko'nikmasi o'yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda qariyb baravarlashadi. Ba'zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o'yindagiga qaraganda yuqoriroq ko'rsatkichga ham erishishlari ham mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o'yin va o'yin faoliyati bolada o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o'sishi to'g'risida fikr yuritilganda, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, subyekt o'yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chuniki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o'tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko'rinishiga o'tishida unga tayanch nuqtasi bo'lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o'tovchi narsalarning aksariyatidan o'yinga bevosita obyekt sifatida foydalaniladi. O'yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to'g'risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog'liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o'yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish

jarayonida shu narsalar bilan bevoisita amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa e'tiborliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining kuchi, aqli etadigan narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zini kuchi ham, aqli ham etmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga, ya'ni bilib olishga intilaveradi. Buning natijasida bolaning xaddan tashqari tez ortib borayotgan turlari ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasida keskin qarama - qarshilik yuz beradi. Masalan bola avtomashinani, tramvayni o'zi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib samolyotda uchkisi, rostakam militsioner bo lgisi keladi. Biroq, bola o'zidagi bunday extiyojlarni birortasini ham xaqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Chunki bu yoshdagi bolada bunday kasblarga mansub bo'lgan murakkab ko'nikma va malaka yo'q, bo lishi ham mumkin emas. Rus pedagogi A.S.Makarenko "Bola o'yinda qanday bo'lsa, o'sib ulg'aygach ishda ham ko'pincha, ko'p jixatdan shunday bo'ladi" -deb to'g'ri aytgan edi. A.M. Gorkiy "O'yin bolalar yashayotgan va o'zgartirishi ish lozim bo'lgan dunyoni bilish yo'lidir"-deb bejiz aytmagan. O'yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini tarkib toptirishga bog'liq psixologik muammoni o'rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadra yo'naltirilgan mashg'ulotga nisbatan oyinda xulq ko'nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil bog'cha yoshi davrining xususiyati sifatida o'zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xulqini o'zi boshqarish ko'nikmasi o'yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba'zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o'yindagiga qaparanda yuqoriroq ko'rsatkichga ham erishishlari mumkin.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.