Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL O‘YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISH'

INTELLEKTUAL O‘YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh davri / aql / o‘yinlar / intellektual o‘yinlar / ma'naviy qarash / tafakkur / bilish jarayonlari / faoliyat / xislatlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazirova Guzal Malikovna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlantirishda intellektual o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati, intellektual o‘yinlar vositasida bolalarda shakllanadigan xislatlar,o‘yinlarni tashkil etishda e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jarayonlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL O‘YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISH»

INTELLEKTUAL O'YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISH

Nazirova Guzal Malikovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11205559

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlantirishda intellektual o'yinlardan foydalanishning ahamiyati, intellektual o'yinlar vositasida bolalarda shakllanadigan xislatlar,o'yinlarni tashkil etishda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jarayonlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh davri, aql, o'yinlar, intellektual o'yinlar, ma'naviy qarash, tafakkur, bilish jarayonlari, faoliyat, xislatlar.

Abstract. This article is contains about intellectual games, which are very successful for developing children's mind. The main reason of such kind of intellectual games is to increase children's knowing process, concentrating logical thought and of course developing useful habits of our children.

Keywords: period of before school, intellect, games and intellectual games, logical thought, knowing process.

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlari yangi bosqichda jadal olib borilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, jumladan jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy nuqtai-nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalashdemokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" kabi vazifalar quyildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PK-4312-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi»da maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqqish va joriy etish nazarda tutilgan. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash yo'lida jadal ravishda amaliy faoliyat olib borilmokda. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishda asosiy o'quv dastur bu "Ilk qadam" Davlat dasturi hisoblanadi. Unga ko'ra MTT ta'lim jarayonini tashkil etishning tamoyillari sifatida ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi, o'yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish tamoyillari ko'rsatilgan.

Intellektual - so'zining lug'aviy ma'nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-farosat, aql-idrok, zakovat, zukko ya'ni zakovatli inson, zukko bo'lish demakdir. Biz ta'limni tashkil etish jarayonida intellektual salohiyatli bola, iqtidorli bola, iste'dodli bola kabi tushunchalarni ko'p ishlatamiz. Bolalarni intellekti, ya'ni aql-idroklarini rivojlantirishni maktabgacha tarbiya yoshidanoq boshlashimiz kerak. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning tafakkuri - aniq tafakkur bo'lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o'sha narsalar haqida fikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalar to'g'risida gapirilganda, ularni bola oldin o'zlashtirishga muvaffaq bo'lgan voqea-hodisalarga nisbatan qiyoslab tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Atrofdagilar bilan muomalada bo'lish asosida bolada ma'naviy qarash shakllanadi: endilikda ular turli xarakatlarni - yaxshi, - yomon deya baholab boradilar. Bu davrda bola hayotida o'yin bilan birga

faoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo'lib boradi, dastlabki mehnat ko'nikmalari hosila bo'ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan turli buyumlar yasaydi. Shuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarib boradilar va bolalarni kuchlari yetadigan ishlarga jalb qilinishi yaxshi samara beradi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi o'quv tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini rivojlantirish, ularni maktab ta'limiga tayyorlashga qaratilgan. Buning uchun tarbiyachi pedagogdan yangi pedagogik texnologiyalardan xabardor bo'lish uni ta'lim jarayoniga tadbiq etish talab etiladi. Ma'lumki maktabgacha ta'lim davridagi bola hayotining mazmunini asosan o'yin tashkil etadi. Shuning uchun bola tarbiyasida intellektual o'yinlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Intellektual o'yinlar bolaning aqliy tomondan shakllanishida asosiy vosita bo'lib hisoblanadi. Intellektual o'yinlarning mazmunida mujassamlangan vazifalar turlichadir. Masalan, o'yinchoqlar bolalarning sensor qobiliyatini rivojlantirishga turli xil sifatlar - rang, kattalik haqidagi tassavvurlarning hosil bo'lishiga yordam beradi va bevosita bilish jarayonlarini (sezgi, diqqat, xayol, idrok, xotira, nutq, tafakkur) rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. G.L. Lendret o'zining «O'yin terapiyasi muomala san'atidir» nomli kitobida o'yinchoq tanlashda nimalarga e'tibor berish kerakligini aytib: «O'yinchoq bola intellektini har tomonlama rivojlantirishga his-tuyg'ularini, o'z-o'zini anglashga, xulq-atvorini nazorat qilish-ga, o'zaro munosabatlarga kirisha olishiga yordam beradi. Lekin hamma o'yinchoqlar ham magazindan sotib olinadi. Ota-onalar o'z qo'llari bilan yasab, tikib bergan o'yinchoqlari bolaga yanada yaqin va qimmatlidir», — deb ta'kidlaydi.

Bunday o'yinchoqlar bilan harakat qilish bola intellektini o'stiribgina qolmay unda quvonch va qoniqish hissini hosil qiladi. Bola o'yinchoqni xuddi kattalardek taxlay olganidan quvonadi. Bu yoshda yiqilmas qo'g'irchoq ham berish kerak.

Bola o'ynab turib dunyoni taniydi, biladi, o'rganadi. O'yin bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ma'naviy jihatdan kamol topishida asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan bolaning taraqqiy etishida:

1. o'zligini anglashida;

2. ichki motivini yuzaga chiqarishda;

3. emotsiyalarini shakllantirishda;

4. nutqini rivojlantirishda;

5. ijtimoiylashuv jarayoni uchun shart-sharoit yaratadi.

Rus olimi A.V.Zaporojetsning tadqiqotlari ko'rsatishicha, o'yin bolaning harakatlari rivojlanishi va takomillashishi uchun qulay sharoit yaratadi, o'yinlar davomida uning motor rivojlanishi yaxshilanadi.

Intelektual o'yinlar bolalarda quyidagi xislatlarni shakllantiradi:

- Mehnat - kattalar mehnatiga qiziqish uyg'otish va mehnat qilish ehtiyojlarini tug'dirishga qaratilgan.

- Nafosat - buyumlar va hodisalarning go'zallik tomonlarini his qilishga qaratilgan.

- Aqliy - narsa va hodisalarning yangicha belgi xususiyatlari ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi haqidagi bilimlarini olish va mustaqil qo'llay olishga qaratilgan.

- Kommunikativ - o'yin davomida tengdoshlari bilan bilimlarini o'rtoqlashish, nutqini ijtimoiy faolligini oshirish kabi vazifalarni hal qilishga qaratilgan.

Intellektual o'yinlarni tashkil qilishda so'z o'yinlari, buyumli o'yinlar va stol ustida o'ynaladigan o'yinlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Buyumli o'yinlar orqali bola buyumlarning xususiyati va belgilari bilan tanishadi hamda o'yin orqali solishtirish (qiyoslash),

ajratish masalasini ketma-ket hal qilishga o'rganadi. So'z o'yinlari orqali bolalarda aqliy mehnat bilan shug'ullanish istagi tarbiyalanadi va ziyraklik, topqirlik ko'nikmalari shakllanadi. Bola tarbiyasida intellektual psixologik o'yinlar bola aqliy jihatdan takomillashuviga va ijtimoiylashuvida ahamiyati kattadir. Bolalarning mehnat faoliyatlarini o'zida qamragan mashg'ulotlar asosan bog'cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnati juda sodda bo'lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga ega. Bog'cha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan suhbatlar, ekskursiyalar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat mehnat qilish ishtiyoqi tug'iladi. Bog'cha yoshdagi bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o'zgalarning o'yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay balki, kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehnatining natijasi emas, balki mehnat jarayoning o'ziga qiziqish psixologik jixatdan xarakterlidir. Bog'cha yoshidagi bolalarning tarbiyasiga kattalar tomonidan baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rolb o'ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko'p xatolarga yo'l qo'yadilar. Bog'cha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo'lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma'lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar ahil-jamoa bo'lib mehnat faoliyati bilan shug'ullanadilar. O'rta va katta yoshdagi bog'cha bolalarga kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlari berish orqali ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo'lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Chunki ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin. Bog'chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turlari juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor va o'simliklarni parvarish qilish, bog'cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. O'rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o'yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatlarda bo'la boshlaydi. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijalar yoki mehnatning ijtimoiy mohiyatini kim uchun, nima uchun zarurligini tushunadilar. Bolalar kattalarning oiladagi uy ro'zg'or ishlariga zo'r ishtiyoq bilan yondashadilar. Bu yosh davrida bolalarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarining motivlari ham o'zgarib, rivojlanib boradi. Katta yoshli bog'cha bolalarning xatti - harakat motivlari to'la anglashilgan motivlardan iborat bo'ladi va ularning xatti-harakatlari, xulq atvorlari asosida yotgan motivlar har tomonlama katta odamlarga o'xshashligidan iboratdir. Ular ana shunday kuchli mayl asosida taqlidiy o'yinlarni, ta'limiy mashg'ulotlarni va mehnat mashg'ulotlarini tashkil qilib o'tkazadilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bog'cha yoshidagi bolalar hatti-harakatlari motivlari rivojlanishida axloqiy motivlarning roli nihoyatda kattadir. Bolalar o'z xatti-harakatlarini anglaganlari sari axloqiy motivlarini ya'ni ijtimoiy axloqiy qoidalarga rioya qilish motivlarining o'rni kuchayib boradi. Bolalar endi o'zlarining egoistik manfaatlari yuzasidan emas, balki ijtimoiy manfaat nuqtai nazaridan harakat qilishga o'rgana boshlaydilar. Pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etilgan o'yin faoliyati bolalarning har tomonlama ham jismoniy, ham psixik, ham estetik ham aqliy tomondan barkamol shaxs bo'lib yetishishlariga juda katta ta'sir qiladi.

O'yin bolaga kashf qilish, tajriba o'tkazish va motivattsiya kabi imkoniyatlarni beradi. O'yin bolaga bilim olishga, o'rganishga yordam beradi. O'yin davomida bolalar o'zlarining bilimlarini insonlar va atrof-muhitdan oladigan tasavvur orqali boyitadilar. Aynan o'yinlar orqali bolalar o'z ijodkorligi va tasavvurini kengaytiradilar. Boshlang'ich guruhlarda o'yin bolaga mustaqil bo'lish va hamkorlik qilish ko'nikmalarini o'rgatadi. Bu esa bolani ijtimoiy, hissiy va aqliy (intellektual) rivojlantiradi.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga berilgan juda katta e'tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo'la oladi. Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonidagina uyg'onishi, taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta'minlashi mumkin. Har bir tarbiyachi bolalarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish yo'lini izlab topishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emaaru 6o.na.napaa xa.nK OF3aKH h>kojh BocuracHja mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT CHfoaTHja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citati on_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

15. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

16. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - T. 3. - №. 6. - C. 56-60.

17. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - T. 11. - №. 12. - C. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.