Научная статья на тему 'BOLALARNI KELAJAKDAGI HAYOTGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI O’YIN FAOLIYATLARI'

BOLALARNI KELAJAKDAGI HAYOTGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI O’YIN FAOLIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / hayot / faoliyat / o`yin / rivojlantiruvchi markaz / ijro / rol / vazifa / taqlid.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sultonova Nurxon Anvarovna, Tursunova Firdavsxon, Orinboyeva Yoqutxon

Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni kelgusu hayot uchun tayyorlashda rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish borasidagi ma`lumotlar va fikrlar berilgan. Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlardagi o`yin faoliyati xususiyatlari, e`tiborli jihatlari batafsil yoritib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI KELAJAKDAGI HAYOTGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI O’YIN FAOLIYATLARI»

BOLALARNI KELAJAKDAGI HAYOTGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI O'YIN

FAOLIYATLARI

1Sultonova Nurxon Anvarovna, 2Tursunova Firdavsxon, 3O"rinboyeva Yoqutxon

1Qoqon DPI, 2,3Qoqon davlat pedagogika instituti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11206166

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha talim yoshidagi bolalarni kelgusu hayot uchun tayyorlashda rivojlantiruvchi markazlardagi o'yin faoliyatlarini tashkil etish borasidagi malumotlar va fikrlar berilgan. Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlardagi oyin faoliyati xususiyatlari, etiborli jihatlari batafsil yoritib berishga harakat qilingan.

Kalit so^zlar: maktabgachayosh, hayot, faoliyat, oyin, rivojlantiruvchi markaz, ijro, rol, vazifa, taqlid.

Abstract. This article provides information and opinions on the organization of gaming activities in centers that develop children of preschool age in preparation for future life. It was also tried to provide detailed coverage of the features, attentive aspects of the game activity in the development centers.

Keywords: preschool age, life, activity, game, development center, performance, role, task, imitation.

KIRISH. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorida maktabgacha ta'lim tizimida olib boriladigan ishlar mazmuni aniq belgilab berildi. Unga ko'ra maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, MTTlarda bolalarni rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish kabi vazifalar belgilab qo'yildi. Qaror bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Bolaning rivojlanishi bu faoliyat jarayonida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishi demakdir. Maktabgacha bolalik davrida o'ynash bolaning yetakchi faoliyati hisoblanadi. O'yin davomida bola odamlar tomonidan to'plangan tajribaga ega bo'ladi.

O'yin faoliyati bolani rivojlanishning keyingi, yanayam yuqori bosqichiga - maktabda o'qishga o'tishga tayyorlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yinlar juda katta ahamiyatga ega: ular uchun o'yin - bu o'qish, ular uchun o'yin - bu mehnat, ular uchun o'yin bu jiddiy tarbiya shaklidir.

O'yinlarning barcha turlari orasida bolani rivojlantirish uchun eng yaxshi ta'sir etadigani syujetli va rolli o'yinlardir. Bolalar uchun eng sevimli, eng kerakli o'yinlar - bu shunday o'yinlarki, unda bolalar o'zlari o'yin maqsadini belgilaydi.Bular: uy qurish, maktabga borish, tushlik qilish... O'yin jarayoni ushbu maqsadga erishishdan iboratdir: bola reja tuzadi, amalga oshirish usullarini tanlaydi. U minadigan poezd stullardan qurilgan bo'lsin, uy yog'och chipslardan qurilsin, lekin gap bunda emas, bolaning tasavvurlari haqiqatni to'ldiradi; bu yerda reja tuzish jarayonining o'zi juda muhimdir.

O'yin faoliyatida bolaning kattalar hayotida ishtirok etish zarurati amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi markazlarda bolalar bilan ishlashda va o'yinlarni bolalarning yoshiga mos tarzda

tashkil qilish, pedagoglarning pedagogik mahoratlariga va ish uslublariga bog'liqdir. Pedagogik mahorat bugungi kunda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotida o'z faoliyatini olib borayotgan pedagoglar va barcha xodimlar uchun juda ham zarurdir. Aynan bugungi kun bolasi uchun, unga qiziq bo'lgan barcha savollariga, bizning jonkuyar tarbiyachilarimiz va ota-onalarimizning javoblari doiml bo'lishi shart. Ba'zida vaziyatdan chiqib ketishimizga ham to'g'ri keladi.Albatta bu bizning maxoratliligimizga bog'liqdir. Rivojlantiruvchi o'yin markazlarida bolalar erkin va mustaqil fikrlashga o'rganadilar. Tasavvur va tafakkur qilish tez rivojlanadi. Rivojlantiruvchi markazlarni joylashuvi quydagicha bo'lishi lozim.Tinch markazlarni shovqinli markazlardan xoli ya'ni, markazda bolalar ishlashlari va o'ynashlari uchun to'g'ri joylashtirishimiz maqsadga muvofiqdir. Bolalarni markazlarga mustaqil tanlab, borib o'ynashlarini va zerikib qolmaslaridan boshqa markazlarga yo'naltirib turish kerak. Aks holda bolalar zerikib anashu markaz ular uchun qiziq emasdek fikrlab qoladilar.

O'yin bu bolalar tomonidan o'zlarining zimmasiga olgan rollari yordamida va turli o'yin predmetlaridan foydalangan holda katta insonlarning faoliyatini va ularning munosabatlarini aks ettirishdir. O'yinlar davomida "ba'zi sharoitlarda kattalar tomonidan bajariladigan har qanday haqiqiy harakatlar bola tomonidan boshqa, o'yin sharoitida takrorlanadi.

Kattalar singari bo'lish istagini qondirgan holda bolalar o'yinlarda o'zlarining faollikka, mustaqillikka intilishini amalga oshiradilar, tashabbus ko'rsatadilar, ijodiy harakat qiladilar.

O'yinlar bolalarning hayotini quvnoq kechinmalar bilan to'ldiradi, ularni hissiy jihatdan boyitadi, tetik kayfiyatni yaratadi.

O'yin bu haqiqatni aks ettirish shaklidir. Syujetli va rolli o'yin - bu bolaning maxsus insoniy faoliyati bo'lib, u hayvonlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan o'yin analoglaridan tubdan farq qiladi. Ushbu o'yin nafaqat mazmunan, balki tuzilishi bo'yicha ham, mexanizmi bo'yicha ham ijtimoiy ahamiyatga ega.

O'yin faoliyati sabablari o'ziga xosdir. O'yin faoliyati asosan uning mahsulotiga emas, balki jarayonning o'ziga qaratilgan. Ushbu faoliyatning amalga oshirilishi bolaga doimo mamnuniyat va zavq bag'ishlaydi. Bu o'yin faoliyatining o'ziga xos xususiyati bo'lib, uni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Rus olimi A.V.Zaporojestning tadqiqotlari ko'rsatishicha, o'yin bolaning harakatlari rivojlanishi va takomillashishi uchun qulay sharoit yaratadi, o'yinlar davomida uning motor rivojlanishi yaxshilanadi.

D.B.Elkonin o'z tadqiqotida rolli o'yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o'yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o'yinning mazmunini tashkil qiladi.

O'yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta'sir qo'rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini boshqarish ko'nikmalarini tarkib toptirishga bog'liq psixologik muammoni o'rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo'naltirilgan mashg'ulotga nisbatan o'yinda xulq ko'knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o'zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xo'lqini uzi boshqarish ko'nikmasi o'yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba'zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o'yindagiga qaraganda yuqoriroq ko'rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o'yin va o'yin faoliyati bolada o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O'yinda bola o'zi boshqa sharoitlarda haligacha qila olmaydigan narsaga egadir. Masalan, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'z xulqini boshqarish qobiliyati o'yinda to'g'ridan-to'g'ri topshiriq berishdan oldin paydo bo'ladi; o'yinda bolalar boshqa holatlarga qaraganda ko'proq so'zlarni eslashadi; o'yin motivatsiyasi bo'lganda bolalar tomonidan oddiy mehnat operatsiyalarini bajarish boshqa motivatsiya turlarida o'sha operatsiyalarni bajarishdan ko'ra samaraliroq bo'ladi

Syujetli va rolli o'yinlar jarayonida bolalar turli xil narsalardan foydalanadilar, ular bilan harakat qiladilar, ularni taqqoslaydilar, qiyoslaydilar, ularning ba'zi xislatlaridan chalg'iydilar va fikrlaydilar, boshqalarini xayol bilan qurib bitkazadilar, ba'zi predmetlarni boshqalar sifatida ishlatadilar.

Bularning barchasi bolalarning sezgisini va his etishini yaxshilaydi, ularning tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi, tasavvurlarini rivojlantiradi va chiniqtiradi.

O'yin, albatta, birgalikdagi faoliyatdir. Bu shuni anglatadiki, muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun bolalar o'yin davomida bir-biri bilan aloqa qilishlari kerak. Maktabgacha yoshdagi davrda, ehtimol, bir-biri bilan aloqa qilish zarurati yanada yorqinroq ifoda etiladigan boshqa faoliyat mavjud emas. Shuning uchun o'yin davomida nutq vositalarini mahorat bilan egallash maxsus motivatsiyaga ega bo'ladi. O'yinlar davomida bolalarning muloqot qilishi ularning nutqini rivojlantirishga (so'zlarning ma'nosini kengaytirish, tabiiy sharoitda nutqda mashq qilishga) yordam beradi. aytish mumkinki, milliy xalq o'yinlaridan foydalanishda, ularni qo'llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo'ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o'z vaqtida ta'kidlagan edi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA. O'yinlar davomida bolalar rollarni o'z zimmalariga oladilar (ya'ni, ular o'zlarini boshqa odam sifatida namoyon qiladilar), rolning mantig'iga binoan har xil harakatlarni bajaradilar va olingan rolning tabiatiga zid bo'lgan boshqa harakatlarni to'xtatadilar. Bu bolalarning xayolotini rivojlantirishga yordam beradi, ularning irodasini chiniqtiradi; natijada bolalar ixtiyoriy xulq va birgalikdagi faoliyat ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Syujetli va rolli o'yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi va chuqurlashtiradi, bilimlarini kengaytiradi. O'yinda bolalarning amaliy kundalik hayotida yuzaga kelmaydigan va ularning bilimlarini, nutqiy zaxirasini va so'zlarning ma'nosini kengaytirishing mumkin bo'lgan holatlar yaratiladi. Ushbu o'yinlar davomida bola dunyoni o'rganadi.

Syujetli va rolli o'yinlar hayvonlarga, kitobga bo'lgan qiziqishni va ishtiyoqni, o'rganishga, ishning har xil turlariga qiziqishni, mehnat odamlariga hurmatni, mehnat qilish qobiliyatini va istagini rivojlantiradi. Ushbu o'yinlar davomida bolalar ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o'rganadilar, kundalik hayotda o'zini tutish normalarini o'zlashtiradilar.

Syujetli va rolli o'yinlari jarayonidagi qo'shma faoliyat bolalar o'rtasida do'stona, o'rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolaga o'yinda o'rtoqlar zarur - unga kimnidir davolashi, yuvintirishi, o'qitishi, dalahovliga olib borishi, kimdir uchun kechki ovqatni tayyorlashi, mahsulotlarni sotishi kerak. O'yin davomida bolalar birgalikda, kelishgan holda harakat qilishni, o'yindagi boshqa ishtirokchilarning manfaatlarini hisobga olishni, o'z manfaatlarini umumiy manfaatga bo'ysundirishni, yon berishni, umumiy maqsad uchun harakat qilishni o'rganadilar, ya'ni jamoaviy faoliyat, jamoada o'zini tutish ko'nikmalarini egallaydilar.

O'yin paytida bolalar axloqiy xatti-harakatlar normalarini oson va ongli ravishda o'zlashtiradilar. Kattalarning hayotini aks ettirgan holda bolalar ularning o'zaro munosabatlarni ham namoyish etadilar, o'rganadilar, o'zlashtiradilar. O'yin bu bolaning axloqiy

rivojlanishidir. O'yinlar bolalarning yaqinlashishi, bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beradi.

XULOSA. O'yinda mustaqil ravishda harakat qilish, u yoki bu harakatlarni amalga oshirish bilan birga bola o'zining qiziqishlari, shaxsiy fazilatlari, his-tuyg'ularini ham namoyish etadi. Shuning uchun, o'yinda, boshqa hech qanday mashg'ulotda kuzatilmagan holda, bolaning samarali tarbiyasi uchun zarur bo'lgan uning xususiyatlari va imkoniyatlarini bilib olish mumkin. O'yinda va o'yin orqali bolaning o'zini, o'ziga bo'lgan munosabatini, jamoadagi mavqeini, boshqa bolalarning unga bo'lgan munosabatini o'zgartirgan holda yanayam muvaffaqiyatli ta'sir ko'rsatish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori.

3. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan "Davlat talablari". 2018-yil 3-iyul, ro'yxat raqami 3032.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan) 2022-yil nashr etilgan dasturi.

5. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emaaru ooaaaapaa xaaK OF3aKH h>kojh BOCHTaaiaa mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnflT CHfoaraja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

6. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

7. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

8. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

9. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

10. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

11. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

12. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

13. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

14. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

15. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.