Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR FAOLLIGINI SHAKILLANTIRISHDA O’YINLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR FAOLLIGINI SHAKILLANTIRISHDA O’YINLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

2538
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harakatli o'yinlar / didaktik o‟yinlar / faolyat / harakat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Uldona Narziboyevna Ravshanova

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishda,o'yinlardan foydalanish o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish vositasi sifatida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR FAOLLIGINI SHAKILLANTIRISHDA O’YINLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI»

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR FAOLLIGINI SHAKILLANTIRISHDA O'YINLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishda,o'yinlardan foydalanish o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish vositasi sifatida

Kalit so'zlar: harakatli o'yinlar, didaktik o'yinlar, faolyat, harakat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish o'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta'lim soxasida me'yoriy huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish soxasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qullab-quvvatlashga qaratilgan konseptual isloxotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy majlisga so'zlagan Murojaatnomasida Maktabgacha ta'lim soxasida kelgusida olib boriladigan keng isloxatlar xaqida tuxtalib o'tildi. "Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo'lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axlokiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois xam, kelgusi yillarda maktabgacha ta'lim soxasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz-ijtimoiy

Uldona Narziboyevna Ravshanova

Termiz davlat pedagogika institute magistranti

ANNOTATSIYA

KIRISH

axvolidan qat'iy nazar, maktabgacha yoshidagi xar bir bolani

June, 2022

ushbu ta'lim yo'nalishi bilan to'liq; qamrab olish uchu zarur sharoitlarni yaratishdan iborat".

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini o'zlashtirishi, maktabga moslashuvining yengil o'tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga jalb etilganligi, ta'limga qamralganligi aloxida axamiyatga egadir.Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o'sishiga o'yinning ta'siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o'yinni tashkil qilishning o'ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o'stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o'yinning bola harakatiga ta'sir etishining sababi va xususiyati shundagi, harakatning murakkab ko'nikmalarini sub'ekt aynan o'yin paytida emas, balki bevosita mashg'ulot orqali o'zlashtiradi. Uchinchidan, o'yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o'yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta'minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o'yin) sub'ekt (jonzot) ongining dastlabki ob'ekti darajasiga o'sib o'tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo'lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat'iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. SHunday ekan, o'yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets).

Bolaning o'yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o'z ifodasini topadi va uning o'z oldiga qo'ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi. Bolaning laboratoriya sharoitiga nisbatan o'yinlarda ko'proq so'zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig'ilgan ma'lumotlarni tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi: a) o'yinda bola tomonidan ma'lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi; b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada olinroq paydo bo'ladi va oson amalga oshadi.

O'yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq-atvoriga ham jobiy ta'sir ko'rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini tarkib toptirishga bog'liq psixologik muammoni o'rgangan Z.V.Manuylenkoning fikricha,

June, 2022

397

biror maqsadga yo'naltirilgan mashg'ulotga nisbatan o'yinda xulq ko'nikmalarini oldindan va osonroq egallashmumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o'zining ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z xulqini o'zi boshqarish ko'nikmasi o'yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda qariyb baravarlashadi. Ba'zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o'yindagiga qaraganda yuqoriroq ko'rsatkichga ham erishishlari ham mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o'yin va o'yin faoliyati bolada o'z xulqini boshqarish ko'nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolaning aqliy o'sishi to'g'risida fikr yuritilganda, , shuni aytish ham kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub'ekt o'yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o'tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko'rinishiga o'tishida unga tayanch nuqtasi bo'lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o'tuvchi narsalarning aksariyatidan o'yinga bevosita ob'ekt sifatida foydalaniladi. o'yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to'g'risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog'liq jihatini aks ettiradi. YUqorida aytilganidek, narsa bilan o'yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. o'yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko'rinishdagi mantiqan izchil, yig'iq shaklga o'tishning asosini tashkil qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bolada ma'naviy me'yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanadi. o'yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to'plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o'tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta'mmlaydi.O'yinning ijtimoiy tabiati shundan iboratki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo'la oladi. Jamiyatning katta a'zolari bolalarning yashashi va o'sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o'yinlarning rivojlanishi uchun ham ob'ektiv imkoniyatlar yaratadilar.

Sog'lom avlod - sog'lom yurt demakdir. Sog'lom avlodni tarbiyalash vazifasi esa birinchi navbatda maktabgacha tarbiya muassasalari zimmasidadir. Maktabgacha tarbiyani

June, 2022

398

insonparvarlashtirish uni yangilash jarayonining asosi hisoblanadi. Bolalarni o'rab turgan muhit o'zgarib bormoqda. Oddiy, sodda o'yinlar o'rniga kompyuter o'yinlari kirib keldi. Bolani aqliy, estetik rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda .O'yin - bu o'sib borayotgan bola tanasiga bo'lgan ehtiyoj hisoblanadi . O'yinda bolaning jismoniy kuchi rivojlanadi, qo'li qattiqroq, tanasi, aniqrog'i ko'zi moslashuvchan bo'ladi, aql-zakovati, topqirligi va tashabbusi rivojlanadi », deb yozgan taniqli sovet o'qituvchisi N.K. Krupskaya.Shuningdek, u taassurotlarni, o'yindagi tasavvurlarni, bolalarning hayotga kirib borishini, o'yinlarni haqiqat bilan, hayot bilan bog'lash imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatlariga ishora qildi.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin yetakchi faolyat hisoblanadi u juda muhim ahamiyatga ega: ular uchun o'yin - bu o'rganish, ular uchun o'ynash - bu mehnat, ular uchun o'yin - bu ta'limning jiddiy shakli. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin bu atrofdagi dunyoni o'rganish usulidir.Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'ynashga bo'lgan ehtiyoj va o'ynash istagi muayyan ta'lim muammolarini hal qilish uchun ishlatilishi kerak. O'yin, agar u yaxlit pedagogik jarayonga kiritilgan bo'lsa, ta'lim vositasi bo'ladi. O'yinni olib borish, o'yinda bolalar hayotini tashkil etish, bolaning shaxsini rivojlantirishning barcha jihatlariga ta'sir qiladi: his-tuyg'ular, ong, iroda va umuman o'zini tutish.O'yinda bola yangi bilim, ko'nikma va ko'nikmalarni egallaydi. Idrok, diqqat, xotira, taffakur fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga hissa qo'shadigan o'yinlar umuman maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishiga qaratilgan. Shunday qilib, o'yin bola^ xayoli tomonidan yaratilgan narea emas, aksincha bola^ xayolining o'zi o'yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan naTsadir Bolalarning o'yin faoliyatlaгida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlami yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: bolalarning tashqi muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgaгtiгuvchan jaгayondiг. Bola^ o'yin faoliyatlaгining yana biг ajoyib xususiyati shundan iboгatki, o'yin jarayonida bolaning qiladigan xatti -xarakatlari va bajaradigan rollari ko'pincha umumiylik xarakteriga ega bo'ladi. Buni shunday tushunish keгakki, bola o'zining turli-tuman o'yinlarida faqat o'ziga tanish bo'lgan yolg'iz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalaг(ba'zan kichik gumx bolalaгi xam) uzlaгining o'yinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tartiyachisini va shu kabi). O'rta, katta bog'cha yoshidagi bolalarning o'yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik

June, 2022

З99

xarakteriga ega bo'la boshlaydi. o'yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to'plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o'tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi.O'yinning ijtimoiy tabiati shundan iboratki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo'la oladi. Jamiyatning katta a'zolari bolalarning yashashi va o'sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o'yinlarning rivojlanishi uchun ham ob'ektiv imkoniyatlar yaratadilar.

Yuqoridagi mulohazalar asosida shuni aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining o'rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. SHunday ekan, o'yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o'yin mazmuniga ko'proq bog'liqdir. CHunki bolaning xatti-harkati qanchalik ihcham va umumlashgan bo'lsa, u kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o'tadi va shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to'g'ri ifodalashga intiladi.

Har qanday o'yinning va o'yin faoliyatining markazida bola katta kishilarning faoliyati va o'zaro munosabatini, muomalasini o'ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko'ra o'yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar, amaliy ko'nikmalar, malakalar va odatlarni o'rganishga imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi.

SHunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bolalar rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin xis-tuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar;

3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi.

XULOSA

Bolalar faolyatini to'g'ri tashkil etishda o'yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning faolyat jarayoninini o'yinsiz tasavvur

June, 2022

400

qilishimiz qiyin. CHunki, o'yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o'rganadi. Ko'pchilik psixologlar hamda pedagoglar o'yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug'ullanib, o'yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tganlar. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o'ynning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Faolyatlarni olib boorish jarayonida o'yinlardan samarali foydalansa faolyat jarayonda katta yutuqlarga erishib borladi . Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun rollarini bajaradigan vaziyatlarni yaratish, o'z-o'zini bilishga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi o'yinlardan iborat maxsus, innovatsion dastur asosida tadqiqotlar olib borilib, bolalarning faolligi munosabatlar xaqida tasavvurlarni shakllanishini kuzatiladi, yuqori samaraga erishish imkoniyatini berishi bo'yicha tadqiqiy ishlar olib boriladi.

REFERENCES

1. Sabitova, T., & Karomatov, A. (2022). TAJOHULI ORIF SAN'ATI. Academic research in educational sciences, 3(2), 765-769.

2. Sabitova, T., & Anisbekova, D. (2022). ALISHER NAVOIYNING" SABAI SAYYOR" DOSTONIDAGI OLTINCHI HIKOYA TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3(4), 596-602.

3. Sabitova, T. (2021). THE ROLE OF WORKS OF ORAL FOLK ART IN ENHANCING THE SPIRITUALITY OF YOUTH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(9), 77-88.

4. Shokirjonov, M., Eshonqulov, O. K., & Ibrohimov, F. (2022). JAMOAT TRANSPORTLARIDAN FOYDALANISH MADANIYATI YOHUD FAROSAT HAM BIR RIZQ. Conferencea, 322-325.

5. Ibrohimov, F. (2022). YANGI O 'ZBEKISTON YOSHLARINING MA'NAVIY VA AXLOQIY QARASHLARIXUSUSIDA. Conferencea, 326-329.

6. F. A. Ibrohimov, & I. Sh. Fayziyev (2021). SHAXS MA'NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI. Scientific progress, 1 (5), 591-599.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.