Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O`YIN FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O`YIN FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
40765
1568
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
o`yin / nutq / qoida / harakat / ijtimoiy ta’sir / munosabat / didaktik o`yin / harakatli o`yin.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — N.A. Neqqadamova, A.K. Rahmonova

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O`YIN FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O YIN FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

NA Neqqadamova1, A.K. Rahmonova2

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatini rivojlantirish haqida ma'lumot berilgan.

Kalitsoplar: o'yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta'sir, munosabat, didaktik o'yin, harakatli o'yin.

O'yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan hisoblanadi. O'yin doim haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi. O'yin ma'lum maqsadga ko'ra yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida bolada o'quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o'yin faoliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak.

Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas hamina-haiiimaning o'rniga o'zi gapiradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi. Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.

O'yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o'yiinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish — ulami to'g'ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki ovz hayoti bilan yashaydi».

O'yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi. Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o'yinlar qiziqtira boshlaydi.

O'yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko'nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengdoshlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.

Bolalarning o'yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o'yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o'yinda bolalar o'rtog'ining o'yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o'ynab, «yonma-yon» o'tirganlaridan xursand bo'ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o'yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta'sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o'yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo'ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o'yinga qiziqishi aniq bo'la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o'yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o'yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o'yinlar ma'qulroq bo'ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o'yin bilan uzoqroq o'ynashga o'rgatishdir. Uchinchi bosqichda o'ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do'stona munosabat va o'zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o'ynovchilar soni ko'p bovlmasa-da, bolalar qiziqib o'ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o'yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o'zaro yordam, o'rtoqlik, do'stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog'chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta'minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o'yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o'yinlar qoidalarining ichki, yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o'ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o'yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo'ladi. Bu o'ynovchiga suyujetni osonlik bilan o'zgartirish, qo'shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o'yinlar bolalarda katta qiziqish uyg'otadi va ularga ulkan ta'sir ko'rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o'yinlardan foydalanish xato bo'lur edi. Bolalarning qoidali o'yinlarni

1Neqqadamova Nodira Aslonovna - Shofirkon tuman "Kichkina xo'jayin" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori (Buxoro, O'zbekiston).

2Rahmonova Aziza Kamolovna - Shofirkon tuman MTB Ta'lim sifatini ta'minlash va metodik xizmat ko'rsatish sho'ba metodisti (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so'ng esa bolalarning bir-biriga bo'lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o'zini va o'zi bilan birga o'ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o'yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o'ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo'ladi. O'yinning ijtimoiy ta'siri, u uyg'otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

© N.A. Neqqadamova, A.K. Rahmonova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.