Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA’LIM TARBIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA’LIM TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shaxs / Jismoniy rivojlanish / Ruhiy rivojlanishda / ijtimoiy rivojlanishi / tevarak-atrof / ijtimoiy-tarixiy / qiziqishi / qobiliyati / aql.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rasulova Gulxayo Madaminovna

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasining o’ziga xosligi, maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog’lom rivojlanishidagi axamiyati, maktabgacha ta’lim davrida yosh davrlarining o’ziga xos xususiyatlari masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA’LIM TARBIYASI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA'LIM TARBIYASI

Rasulova Gulxayo Madaminovna

Qoqon Pedagogika kolledji direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211778

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim-tarbiyasining o'ziga xosligi, maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog'lom rivojlanishidagi axamiyati, maktabgacha ta'lim davrida yosh davrlarining o'ziga xos xususiyatlari masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, Jismoniy rivojlanish, Ruhiy rivojlanishda, ijtimoiy rivojlanishi, tevarak-atrof, ijtimoiy-tarixiy, qiziqishi, qobiliyati, aql.

Аннотация. В данной статье рассмотрены особенности развития и воспитания дошкольников, возрастные педагогические и психологические особенности дошкольников и их значение в здоровом развитии ребенка, научная теория вопроса об особенностях возрастных периодов. в дошкольном образовании представлены его значение, уровень изученности и значимость в настоящее время.

Ключевые слова: личность, Физическое развитие, Психическое развитие, социальное развитие, окружающая среда, социально-исторический, интерес, способности, интеллект.

Abstract. This article examines the features of the development and upbringing of preschool children, the age-relatedpedagogical andpsychological characteristics of preschoolers and their importance in the healthy development of the child, the scientific theory of the issue of the characteristics of age periods. in preschool education its meaning, level of study and significance at the present time are presented.

Keywords: personality, Physical development, Mental development, social development, environment, socio-historical, interest, abilities, intelligence.

«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta'sir etadi. Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. U o'zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlan- ganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi.

Jismoniy rivojlanish bo'yicha o'sishi, vaznning ortishi, sezgi a'zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to'g'ri boshqara bilish bilan bog'liqdir.

Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosa- batida namoyon bo'ladi.

Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, ta'lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo'lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayon,ida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning maz- muni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o'zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.

Ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonida-faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi.

Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.

Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.

Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.

Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini egallab boradi.

2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o'tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlari- da, faoliyatlarda o'z-o'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.

Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofidagi tabiat to'g'risida, ijtimoiy hayot, kishilar to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.

Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to'g'risidagi konkret

faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda asosiy e'tibor muhim bog'liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllan- tirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi.

Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o'ynaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya tashkilotlarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albat- ta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.

Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga munosabat sistemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda bolalik va o'smirlik yoshi, ayniqsa, muhimdir.

Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg'ular [burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta'sir, etadi.

Shaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o'quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo'ysa, u shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o'z ichki ishining yakuni bo'lib, bu jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o'zlashtiriladi.

Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o'zgarishi, eskining yo'q bo'lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo'lib, uning manbayi va harakatlantiruvchi shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.

Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o'zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo'ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.

Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o'zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o'yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o'yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar

Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro'y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo'lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo'ladi.

Maktabgacha pedagogika tarbiyani yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to'plangan

ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta'sir ko'rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog'chasida, maktabda, mehnat ja- moalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir.

Shaxsni shakllantirishga muhit (ijtimoiy va tabiiy muhit) katta ta'sir ko'rsatadi.

Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi.

Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o'simliklar, hayvonot duny- osining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Jamiyat tabiiy boyliklarni muhofaza qilib va ko'paytirib, kishilarni hayvonlarni, o'simliklarni, suv havzalarini va hoka- zolarni muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqot- da bo'lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o'z navbatida odamga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi.

Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq.

Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. "Muhit" tushunchasi o'zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.

Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks et- tiradi. Ayni chog'da u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o'z tug'ma la- yoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa yo'q bo'lishi yoki "mudroq"ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi.

Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish jarayoniga ta'siri roliga alohida e'tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta'siri g'oyat muhim ekanligini ta'kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas, u ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta'siri ostida o'zgarib boradi, deya ta'kidlaydilar.

Oila muhiti - mikro muhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois, mustaqillikka erishilgandan so'ng o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsad- da tashkil etilgan "Oila" ilmiy markazi oilaning bu boradagi im- koniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Mavjud ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori bo'ladi. Ushbu ta'sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tarbiya - biror maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, u muayyan darajadagi dastur g'oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.

Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta'sirlarning barchasi bilan bog'liq holda ta'sir qiladi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta'sirlarning kuchini ma'lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta'siri stixiyali, tarbiyaning ta'siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.

Irsivat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xususiyat va o'xshashliklarning naslga [bolaga) o'tish jarayonidir.

Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi tipi va qayishqoqligini [bular uning atrof-muhit ta'siriga beriluvchan qilib qo'yadi), asab reaksiyalari jo'shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat turlariga qobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari-qobiliyat nishonalari ham meros bo'ladi. Irsiyat qonunlari to'g'risidagi fan - genetika odamlarda yuzlab turli qobiliyat nishonalari - mutlaq eshitish, favqulodda ko'rish xotirasi, g'oyat tez ta'sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste'dodgacha mavjud bo'lishini nazarda tutadi.

Nasldan-naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

Anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan- naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan emas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyillikni aks ettiradi, xolos.

Ma'lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste'dod nishonasi aks etganda, aynan ana shu iste'dodning shakllanishida muhim rol o'ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga ega oila muhitini nazardan chetda qoldirmaslik lozim.

Fiziologiya va psixologiya fanlari bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, inson bolasi tayyor qo- biliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatning ro'yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo'lgan layoqat bilan tug'iladi. Layoqat go'yo "mudroq" holatda bo'lib, uning "uyg'onishi" - rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi.

Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli

Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarni ko'zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo'lida tar-biyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.

1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o'zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallanadi.

2. Tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar ham o'qitilib, sog'lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.

3.Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sir ini bartaraf etish mumkin.

3. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosa- batlari sistemasiga kiradi.

Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usul- larini hali egallamagan bo'ladi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tan- laydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilana- di. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan

tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo'lib boradi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin' rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tush- unchalar daraj asidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosidagi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugun- gi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojla- nishini olg'a harakatlantiradi.

Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustah- kam bog'liq bo'ladi, avval erishilgan bosqich yanada yuqori-

roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko'zi ojiz va kar bolalar uchun mo'ljallangan jamoat tashkilotlarida ayniqsa, aniq namoyon bo'ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi, uning biror tomonining ruhiy ri- vojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun Maktabgacha ta'lim pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniq- li pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi:

«Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir».

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli

Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o'zlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko'rgazmali, o'yin, eng oddiy mehnat va o'quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o'zlashtirib, faollik ko'rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan

bog'liq bilimlar, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shaklla- nadi.

Faoliyat - kishining moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.

Faoliyat - insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat - bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni).

Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyek- tiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyala- nishining yosh bilan bog'liq davrlarida faoliyatning turli xil- lari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi, lekin burida ularning roli bir xil bo'lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning

rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzuyi, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma'lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni dar: hoi emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbar-" ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog'chasidagi tarbiya va ta'lim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.

Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.

Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo'lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi,uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo'yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog'liq bo'ladi. Hayotning dastlabki yillarida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o'z ichiga oladigan yo'l-yo'riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo'ladi. Tarbiyachilar bolalar bilan muomalada bo'lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. Shunday yo'l bilan bolalar o'ziga xos buyumlar bilan bog'liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o'zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.

Buyumlar bilan bog'liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta'lim tashkilotsida ham bir va ikki yoshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to'g'risida dastlabki bilimlarni o'zlashtiradilar.

Bola ikki yarim yoshga to'lganda buyumlar bilan bog'liq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o'yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o'zini- o'zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o'zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o'z imkoniyatlarini anglab yetadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O'zini-o'zi anglashning dastlabki shakllari xulq-at- vor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo'ladi.

Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta'siri ostida ro'y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o'z xohishlariga ko'ra qo'shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba'zan ijodiy xususiyatga ega bo'ladi.

Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim yoshida yetakchi bo'ladigan o'yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o'yinlar chog'ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o'xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yetadilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o'yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo'l-yo'riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o'yinlarda bolalar odamlar o'rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahami-yatini anglab yetadilar va o'zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo'ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O'yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashti- rishga, shaxsning jamoatchilik

xususiyatlarini shakllantirishga ko'maklashadi.

Muntazam mehnat topshiriqlari o'z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo'ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko'nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Mashg'ulotlardagi eng oddiy o'quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o'zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta'lim paytida bolalarning e'tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o'zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo'ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O'zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va mehnatda qo'llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta'sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.

Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg'ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o'tish imkonini beradi.

Kichik maktab yoshida asosiy narsa o'qish bo'lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o'z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o'zgacha nuqtayi na- zardan maktab o'quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo'yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko'rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo'yayotgan tobora murak- kablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy- tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo'ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san'atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg'otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova ,A. Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.