Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY INTELLEKTINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY INTELLEKTINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / intelekt / tafakkur / Ijtimoiy kompetensiya / o’yin / faoliyat / idrok / mantiqiy fikrlash / qobiliyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Soliyevich, Xamidova Nozilabonu Valijon Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy intellektini shakllantirish,bolaning qiziquvchanligi asosan uning atrofdagi dunyoni bilishga qaratilgan haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY INTELLEKTINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY INTELLEKTINI

SHAKLLANTIRISH 1Soliyev Ilhomjon Soliyevich, 2Xamidova Nozilabonu Valijon qizi

1FarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 2FarDU, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047814

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy intellektini shakllantirish,bolaning qiziquvchanligi asosan uning atrofdagi dunyoni bilishga qaratilgan haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: bola, intelekt, tafakkur, Ijtimoiy kompetensiya, o'yin, faoliyat, idrok , mantiqiy fikrlash,qobiliyat.

Аннотация. В статье описано формирование социального интеллекта дошкольников, любознательность ребенка направлена в основном на познание окружающего мира.

Ключевые слова: ребенок, интеллект, мышление, социальная компетентность, игра, деятельность, восприятие, логическое мышление, способности.

Abstract. The article describes the formation of social intelligence of preschool children, the child's curiosity is mainly aimed at learning about the world around him.

Keywords: child, intellect, thinking, social competence, game, activity, perception, logical thinking, ability.

Bugungi kunda uzluksiz ta'limning muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim bosqichiga e'tibor har qachongidan ortib bormoqda. Ushbu ta'lim bosqichi keyingi ta'lim bosqichlarining poydevori ekani ham barchaga ma'lum. O'zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko'p bosqichli ta'lim tizimiga o'tmoqda. O'quv-tarbiya jarayonida qo'llanilayotgan ta'lim texnologiyalari shaxsning rivojlanishiga, mustaqil ishlashga xizmat qilishi zarur. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'llaydigan Davlat talablariga muvafiq sog'lom va yetuq maktabda o'qishga tayyolangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi" sida esa "...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish" masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo'yildi.

Inson umri davomida juda ko'p vaziyatlarga duch keladi. Yuzaga kelgan tasodiflarga to'g'ri yechim berish - inson ma'naviy dunyosidan darak beradi. Shaxsning xatti-harakati uning tarbiyaviy jihatlari bilan birga shaxslararo munosabatlar taajribasiga ham bog'liq. Ta'lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning o'zaro hamkorigi, do'stona munosablarini yo'lga qo'yilishi ularning kayfiyatini ko'taradi va har qanday topshiriqni oson bajarishadi. Buning uchun, albatta har bir boladan shaxslararo munosabatlarni ijobiy olib borish talab etiladi. Buning uchun avval kattalar, atrofdagi yoshi ulug'larni o'rnak bo'lgudek munosabatlarini qabul etishi kerak. Bu hayot va hayotiy tajribalar tushunchasini bildiradi. Ushbu tushunchalarning mohiyati ilmda ijtimoiy intellekt deb tushuntiriladi, ijtimoiy intellekt haqida tushuncha berishdan avval intellekt atamasiga ta'rif berib o'tsak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Intellekt (lot. intellects - bilish, tushunish, idrok qilish) - insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o'zgartirish, fikrlash, o'qish-o'rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni oldindan ko'ra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, so'zlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug'ma iste'dod, miya imkoniyatlari, jo'shqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bog'liq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi.

«Ijtimoiy intellekt» atamasi psixolog E.Torndayk tomonidan 1920 yilda «shaxslararo munosabatlarda uzoqni ko'rishni» anglatish uchun kiritilgan. G.Allport ijtimoiy intellektni odamlar bilan munosabatlarda silliqlikni ta'minlaydigan maxsus «ijtimoiy sovg'a» deb ta'riflagan, uning mahsuli tushunishning chuqurligi emas, balki ijtimoiy moslashuvdir deb takidlagan.

Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy intellektini rivojlanishi hayot faoliyatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanadi. Zamonaviy bola o'zini o'zi shaxsiyatga da'vat etishga va jamiyatda o'zining ko'zlagan maqsadlariga intilishida, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlarni rivojlantirish va jamiyatga tez va moslashuvchan bo'lishida, ijtimoiy hayotga madaniyat va muloqot usullari orqali kirishganda ma'lum bir qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu esa maktabgacha ta'lim oldida turgan mummolardan biri bo'lib kelmoqda.

Bolaning ijtimoiy intellektini rivojlanishining yangi pozitsiyasi jamiyatga ehtiyojlar, ijtimoiy manfaatlar, shaxslararo munosabatlar tizimiga taalluqli qadriyatlar, boshqa odamlar bilan muloqot orqali o'zlashtirish jamiyatga kirish uchun muhim yo'ldir. Bolaning ijtimoiy intellektini rivojlanish jarayoni turli xil bolalar faoliyatida, aloqa va xatti-harakatlarda ta'minlanadi, buning natijasida shaxsiy va ijtimoiy tajriba to'planadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy intellektini rivojlantirishni tashkil etish ularning ijtimoiy muloqot normalari, standartlari va madaniyat vositalaridan olingan qadriyatlar ta'siri ostida ularning o'zaro muloqotini shakllantiradi. Bolalarning ijtimoiy intellektini rivojlantirishning muhim nuqtasi murakkablik, ya'ni bir-birini to'ldiruvchi bir nechta qobiliyatlarni bir vaqtning o'zida takomillashtirishdir. Boshqa bir-biriga bog'liq bo'lgan qobiliyatlarning rivojlanish darajasini ko'tarish haqida qayg'urmasdan har qanday qobiliyatni rivojlantirish deyarli mumkin emas. Masalan, qo'llarning nozik va aniq harakatlari o'z-o'zidan qobiliyatning o'ziga xos turi bo'lsa-da, ular tegishli harakatlar zarur bo'lganda, boshqalarning rivojlanishiga ham ta'sir qiladi. Nutqdan foydalanish qobiliyati, uni mukammal o'zlashtirish nisbatan mustaqil qobiliyat sifatida ham qaralishi mumkin.

Intellektual rivojlanish darajasi ijodkorlik bolalar va ularning rivojlanish tezligi bolarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu o'ta individual yondashuvni talab qiladi:

□ □o'yin usullari (rol o'ynash va simulyatsiya o'yinlari);

yengillik usullari;

□ □intellektual o'yinlar (kognitiv faoliyatni rivojlantirish uchun (TRIZ), rivojlanish uchun mantiqiy fikrlash, ijtimoiy aql, ijodkorlik);

har xil psixo-gimnastika mashqlari;

□ □art-terapevtik texnika va usullari, ertak terapiyasi usullari, qum terapiyasi, shaxsning ijodiy o'zini o'zi ifoda etishga qaratilgan musiqiy terapiya;

□ □o'zini o'zi tashkil etish, o'zini o'zi boshqarish va o'zini anglash mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan o'yinlar shular jumlasidandir.

Bolaning ijtimoiy xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy rivojlanishi bolalar tomonidan jamiyatda qulay yashashga yordam beradigan jamiyatning qadriyatlari, urf-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

odatlari va madaniyati hamda shaxsning ijtimoiy fazilatlarini o'zlashtirish jarayonini o'z ichiga oladi. Ijtimoiy moslashuv jarayonida bolalar ma'lum qoidalar asosida yashashni o'rganishadi va xulq-atvor normalarini hisobga olishadi.

Muloqot jarayonida bola unga eng yaqin muhiti: ota-onalar, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari va tengdoshlari tomonidan ta'minlanadigan ijtimoiy tajribani egallaydi. Ijtimoiy kompetensiya bolaning faol muloqot qilishi va ma'lumot almashishi tufayli erishiladi.

Ijtimoiy jihatdan moslashmagan bolalar ko'pincha boshqa odamlarning tajribalarini rad etishadi va kattalar va tengdoshlari bilan aloqa qilishmaydi. Bu kelajakda madaniy ko'nikmalar va zarur ijtimoiy fazilatlarni o'zlashtirmaslik sababli antisosial xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin. Har qanday faoliyatning maqsadi bor va bolaning maqsadga erishish qobiliyati unga o'ziga ishonch bag'ishlaydi va uning vakolatlari to'g'risida tushuncha beradi. Muhimlik hissi to'g'ridan-to'g'ri jamiyatni baholashni aks ettiradi va uning qadr-qimmatiga ta'sir qiladi. Bolalarning o'zini o'zi qadrlashi ularning ijtimoiy salomatligi va xulq-atvoriga bevosita ta'sir qiladi.

Ijtimoiy intellekt - ushbu terminning fan sohasiga kirib kelishi ilmiy inqilobni yuzaga keltirdi. Ya'ni olimlar bir-biridan farq qiluvchi fikirlarni bildiradi. Ijtimoiy intellekt tushunchasi ilk bor 1920-yilda E.Torndayk tomonidan fanga olib kirilgan. Uning fikricha ijtimoiy intellekt -"odamlarning muloqot jarayonida birbirini to'g'ri tushunshi, munosabatlarni oqilona olib borish" degan ma'noni

bildiradi.

Ijtimoiy intellekt bu - o'zaro munosabatlarning muvafaqqiyatli olib borilishini ta'minlaydigan qobiliyatlar to'plami. Boshqalarning fe'l-atvorini anglash qobliyati, o'ziga xos xatti-harakatlarda, vaziyatlarda o'zini oqilona boshqara olish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Ijtmoiy intellektni tushuntirshga oid qarashlar juda ko'p ammo uning yagona ta'irifi belgilanmagan.

Olimlarning qarashlaridan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha ijtimoiy intellekt -"insonlar bilan bo'lgan muloqot jarayonini ijobiy olib borilishga, ijtimoiy munosabatarning yaxshi o'rnatilishiga, ijtimoiylashuv jarayoniga yordam beruvchi shaxs xususisiyati" degan fikir yuzaga keladi.

Rivojlangan ijtimoiy intellektga ega bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar materialni tezroq yodlaydilar, qobiliyatlariga ishonchliroq, yangi muhitga osonroq moslashadilar va maktabga yaxshi tayyorgarlik ko'rishadi. Maktabgacha yoshda abstraktsiya, umumlashtirish va oddiy xulosalarning dastlabki shakllarining shakllanishi, amaliy fikrlashdan mantiqiy fikrlashga o'tish, idrok, diqqat, xotira, hayolot rivojlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019 y., 07/19/4312/3106-son; 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son.

2. O'zbekiston respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. -T.: 2018.

3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017

4. Babaeva D.R. Maktabgacha ta'lim fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari. O'quv-uslubiy majmua. -t.: PKQTMOI, 2018.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

5. Xo'janazarova N. Tizimli yondashuv asosida muloqot ko'nikmalarining shakllantirilishi -maktabgacha yoshdagi bola ijtimoiylashuvining sharti sifatida. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son.

6. Hasanboeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. O'quv qo'llanma.-T.: Ilm ziyo. 2006. Hasanboeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. O'quv qo'llanma.-T.: Ilm ziyo. 2006.

7. Soliyev I., Xoshimova X. AQLIY RIVOJLANISHNING MANTIQIY MASALALAR YECHISHDAGI AHAMIYATI //Бюллетень педагогов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 5. - С. 12-14.

8. Sobirjonovich S. I. et al. Some Forms of Systematic Development of Teachers' Professional Skills: Advanced Practices and Recommendations //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. - 2023. - Т. 19. - С. 91-99.

9. Тургунбоев Б. BO 'LAJAK O 'QITUVCHILAR UCHUN RAQAMLI PEDAGOGIKANING O 'RNI //IQRO INDEXING. - 2024. - Т. 8. - №. 2.

10. Soliyev I. et al. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O 'STIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 67-69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.