Научная статья на тему 'BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA SHAROITLARI'

BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy texnologiyalar / tashxislash / aqliy rivojlanish / “maktabga tayyorgarlik” o‘rganish / tahlil qilish / yosh dinamikasi / psixologik tayyorgarlik / intelektual tayyorgarlik / maxsus tayyorgarlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hasanova Irodaxon Najmiddin Qizi

. Zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bugungi kunning pedagogik zaruriyati bo‘lib qolmoqda. Chunki bolaning bilish jarayonlari, yutuqlari va kamchiliklari vaqtida e’tiborga olinsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilsa, tarbiyalash ishlari samarali bo‘ladi. Ushbu maqolada maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarurligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA SHAROITLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA SHAROITLARI Hasanova Irodaxon Najmiddin qizi

Namangan davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11047702

Annotatsiya. Zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bugungi kunning pedagogik zaruriyati bo'lib qolmoqda. Chunki bolaning bilish jarayonlari, yutuqlari va kamchiliklari vaqtida e 'tiborga olinsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilsa, tarbiyalash ishlari samarali bo'ladi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'limga oid ish shakllari, didaktik o'yinlardan, ko'rgazmali-predmetli mashg'ulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan kengfoydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qo'llagan holda amalga oshirilish zarurligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy texnologiyalar, tashxislash, aqliy rivojlanish, "maktabga tayyorgarlik" o'rganish, tahlil qilish, yosh dinamikasi, psixologik tayyorgarlik, intelektual tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik.

Аннотация. Современный в данных обстоятельствах дети школа к образованию подготовка сегодняшний дня педагогический необходимость существование остается Потому что ребенка знать процессы , достижения и недостатки вовремя внимание это современно педагогический от технологий если б/у , обучение работает эффективный будет Этот в статье Необходимо реализовать методы воспитательной работы с широким использованием форм работы, связанных с дошкольным воспитанием, дидактических игр, демонстрационно-предметной деятельности, различных форм практической и изобразительной деятельности детей . о мысль держал .

Ключевые слова : современный технологии, диагностика, психическое развитие» , « в школу» подготовка , изучение , анализ делай , молодой динамика , психология подготовка, интеллектуальный подготовка, спец. подготовка

Abstract. Modern in the circumstances the children school to education preparation today's of the day pedagogical necessity being remains Because of the child to know processes , achievements and disadvantages on time attention it is modern pedagogical from technologies if used , training works efficient will be This in the article It is necessary to implement educational work methods with the wide use offorms of work related to preschool education, didactic games, demonstration-subject activities, various forms of practical and visual activities of children . about thought held .

Keywords : modern technologies , diagnosis , mental development , " to school preparation , study , analysis do , young dynamics , psychological preparation , intellectual preparation , special preparation

Kirish.

"Hozirgi davrda xalqimiz eng rivojlangan mamlakatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug'vor maqsadlar bilan yashamoqda. Mamlakatimizning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi. Bu borada bir fikrni alohida ta'kidlash joizki, keyingi yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar va tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda" hamda ushbu islohotlar bevosita ta'lim, xusususan, maktabgacha ta'lim tizimida ham muhim ijobiy yangilanishlarni yuzaga keltirmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida "Inson qadri uchun - 100 maqsad" belgilangan bo'lib, ular orasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida o'ringa ega. Strategiyaning 39-maqsadi "Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish" deb nomlanib, unda "Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish" asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan. Albatta, ulkan taraqqiyot sari intilayotgan har bir jamiyat o'z e'tiborini yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga qaratishi, asosiy investitsiyani bola kelajagi uchun sarflashi va bu borada samarali natijalarni ko'rsatuvchi yo'nalishlarni tanlashi lozimligi dunyo olimlari tomonidan alohida ta'kidlab o'tilmoqda.

Asosiy qism. Bugungi kunda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni uch yoshdan qabul qilish belgilab qo'yilgan. Bu holat tibbiy, pedagogik, psixologik, metodik jihatdan maqsadga muvofiq bo'lib, bolalar uch yoshga to'lganda o'z fikrini fodalash, mustaqil tarzda ovqatlanish, o'yin faoliyatiga kirishish, atrofdagi narsa-buyumlarga o'z qiziqishlarini bayon etish, tengdoshlari bilan o'zaro muloqot o'rnata olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola yosh rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, ma'naviy, imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, uni intensiv mashg'ulotlar bilan maktab ta'limiga tayyorlovga o'rgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab ta'limining shakl va metodlarini qo'llamaslik kerak. Bolalarning yoshga bog'liq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'limga oid ish shakllari, didaktik o'yinlardan, ko'rgazmali-predmetli mashg'ulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qo'llagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini rag'batlantiradi va intellektual rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Pedagogika va psixologiyaning asosiy muammolaridan biri bolalarning maktabga tayyorgarligi masalasidir. Bolalarni maktabga tayyorlash muammosi ta'limning rivojlanishi jarayonida paydo bo'ldi. Yillar davomida turli avlod vakillari o'rtasida o'zaro munosabatlar shakllandi. Bunda esa hayot tajribalarining ko'rsatishicha, insonlar o'rtasida yosh va individual farq darajalari sezildi. Shu sababdan, bolalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirishning turli toifalari yuzaga keldi. Bu esa bolalarni bilim egallashlariga tayyorlashni taqozo etdi.

Aristotel fan tarixida birinchi bo'lib yosh davriyligini taklif etgan bo'lib, u yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash zarurligini ta'kidlagan.

Antik davrning yana bir taniqli faylasufi, rim notiq va o'qituvchisi Fabiy Kvintilian "Notiqqa ko'rsatma" nomli maxsus pedagogik risolasida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning ayrim masalalari o'z aksini topgan. Xususan, ushbu risolada bolani maktab hayotiga tayyorlashga alohida to'xtalib o'tilgan.

Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy maktabgacha ta'lim masalalarini batafsil ishlab chiqishga muvaffaq bo'ladi va u bola hayotining yettinchi yili maktab ta'limida davom etishini hamda ona farzandini jismoniy, axloqiy va aqliy jihatdan maktabga tayyorlashi, bu bolada ushbu sifatlarni rivojlantirish uchun optimal vaqt ekanligiga katta e'tibor qaratadi. U ota-onalarga bolada oldindan maktabga muhabbat va qiziqish uyg'otishni, bolalarga maktabda o'qish qanchalik muhimligini tushuntirishni, bolalarning harakatlarini tartibga solishni tavsiya etadi.

Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan, Abu Nasr Farobiyning ta'kidlashicha, "Inson aqliy qobiliyati u tug'ilgan vaqtidayoq (bola miyasida) tabiiy holda salohiyat holida aqliy tushunchalarni (olam haqidagi bilimlarini) idrok etishga tayyorlangan bo'ladi. Ammo idrok etish qobiliyatlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

turli insonlarda turlichadir. Yoki odamlarda aqliy tushunchalarni idrok etishga imkoniyat bo'lmasa, ba'zilar bu imkoniyatlarni ishlatmaydi". Farobiyning ushbu fikrlaridan anglash mumkinki, bolalar qaysidir ma'noda ma'lum qobiliyatlarga ega bo'ladi, lekin uni tashqi olamda namoyon eta olish uchun yetarlicha muhit mavjud bo'lishi talab etiladi.

L.S.Vigotskiy bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha katta izlanishlar olib borgan bo'lib, u bolalarga maktabgacha ta'lim jarayonidan "ilm" olishga o'rgatish kerakligini ta'kidladi. Bunda u maktabga tayyorgarlikning mohiyatini, bolalar bog'chasi ishining mazmunini chuqur o'rgandi hamda bog'cha maktabdan nusxa ko'chira olmasligini isbot etdi. Yuqoridagilar bilan bog'liq holda shuni aytish mumkinki, bugungi kunda bolalarning maktabga tayyorgarligini shakllantirish muammosi tobora kuchayib bormoqda. Birinchidan, maktab yoshiga yetgan, maktabga ilk qadam qo'yayotgan bolalarga qo'yiladigan talablar oshdi;

- ikkinchidan, boshlang'ich sinflarda metodist - innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi dasturlarning joriy etilishi natijasida bolaning maktabga tayyorgarlik darajasiga qarab u yoki bu dastur bo'yicha ta'limini tanlash imkoniyati paydo bo'ldi;

- uchinchidan, ijtimoiy sharoitlar o'zgarganligi sababli, ko'plab bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga qatnaganligi yoki uyda tarbiyalanganligiga qarab maktabga tayyorgarlikning turli darajalarini egallaganligi.

Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra, "maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi (1-rasmga qarang):

maxsus tayyorgarlik

jismoniy

»

intellektual

-

> *

shaxsiy (ruhiy, psixologik)

Bolalarni maktabga tayyorlash yo'nalishlari.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni ta'lim olishga bo'lgan huquqini amalga oshirishni ta'minlash, ularning jismoniy, aqliy, ma'naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash asosiy vazifalar sifatida belgilab o'tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog'lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo'lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog'ligini mustahkamlash, organizmini chiniqtirishni maqsad qiladi.

Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel, F.G.Kazaryan, L.V.Karmanova, N.A.Fomin, V.P.Filin va boshqalarning ishlarida ochib berilgan.

G.M.Kasatkina, V.N.Novoxatkolarning izlanishlari natijasiga ko'ra, bola hayotining oltinchi yili kuchni, jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

tarbiyalashning asosiy davri hisoblanadi. Negaki, olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo'ladi.

T.Yu.Logvinaning fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo'ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo'ladi va asosan o'g'il bolalarda ushbu ko'rsatkichlar qizlarga nisbatan yanada yuqoriroq darajadaga ko'tariladi.

Respublikamiz olimlaridan D.Asqarova maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining ahamiyati va ularni tashkil etish usullari haqida o'z izlanishlarini olib borgan va bolaning har jihatdan kamol topishida jismoniy o'sishning ijobiy natijalarini ko'rsatib o'tgan.

Maktabga jismoniy tayyorlik ko'pgina tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bular:

- bola salomatligining yaxshi bo'lishi;

- organizmning chiniqqanligi;

- ma'lum darajada chidamliligi;

- ish qobiliyati;

- kasalliklarga qarshilik ko'rsata olishi kabilar.

Bolaning maktab hayotiga jismoniy tayyorgarlikgi uning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va kurish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning maktabga shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda tutadi.

Ye.Ye.Kravsovaning xulosalariga ko'ra maktabga ruxiy tayyorlik ko'rsatkichlari bolaning kattalar va tengdoshlari orasida bir-biri bilan kelishib amalga oshiriladi. Umuman olganda, bolaning yuqori ko'rsatkichlari uning intellektual rivojlanishining yaxshiligini namoyon etadi.

Rus pedagog-olimlari N.V.Nijegorodseva, V.D.Shadrikov, va N.P.Voroninlar maktabda o'qitishga psixologik tayyorlikni alohida bir tizim deb hisoblaydilar. Bu tizim esa o'quv sifatidan iborat. Mana shu sifat maktabda yutuqli o'qitishga turli xilda ta'sir etadi. Shuning natijasida, fundamental va boshlovchi sifatga bo'linadi, bu esa bir qator dastur materiallarini o'zlashtirishga yordam beradi.

Natijalar va muhokama. Maktabga tayyorlik tashxisi quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:

- bolalarning psixologik rivojlanish turlarini tushunish. Bunda maqsad o'quv-tarbiyaviy jarayonga yakka holda yondoshish;

- maktabda bilim olishga tayyor bo'lmagan bolalarni aniqlash va ular bilan yakka tartibda ish olib borish;

- bo'lg'usi birinchi sinf o'quvchilarini saralash, ularning rivojlanish darajasiga qarab, bolaning kelajakda yaxshi natijalar bilan rivojlanishi;

- maktabga tayyor bo'lmagan bolalarni yana bir yilga kechiktirish ko'zda tutiladi.

Bolani maktabga tayyorlashning keyingi bosqichi uning intellektual tayyorgarligi

hisoblanib, unda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi

Maktabda o'qishga intellektual tayyorgarlik bolaning yuqori aqliy jarayonlari: diqqat, xotira, idrok, fikrlash, tasavvur va nutqning ma'lum darajada rivojlanishini, shuningdek, atrof-muhit to'g'risida zarur bilimlar zaxirasining mavjudligini nazarda tutadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

6-7 yoshgacha bo'lgan bolalar asosan mantiqiy operatsiyalarni (umumlashtirish, tasniflash, tahlil qilish, taqqoslash va boshqalar), semantik yodlashni o'zlashtirishi kerak. Maktabga intellektual tayyorgarliklari yuqori darajada bo'lishi kerak. Bolalar turli voqeliklar o'rtasidagi aloqalarni sezish, ko'rish qobiliyati, bolaning bu jarayonni nima va nima uchun ekanligini tushunishi kerak. Bugungi zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash har bir pedagogning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Ta'lim samaradorligi, yangi ta'lim darajasi sharoitlariga moslashish muvaffaqiyati ko'p jihatdan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maxsus tayyorlash darajasi bilan belgilanadi. Maktab ta'limiga maxsus tayyorlash - katta yoshdagi guruhlarning o'ziga xos roli, butun pedagogik jarayonning muhim vazifalari va natijalaridan biri. Bolalarning yoshga bog'liq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'limga oid ish shakllari, didaktik o'yinlardan, ko'rgazmali-predmetli mashg'ulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qo'llagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini rag'batlantiradi va intellektual rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Maktabga maxsus tayyorgarlik - bu bolaning birinchi sinfda asosiy fanlar (matematika, o'qish, yozish kabi) bo'yicha o'quv materiali mazmunini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan bilim va ko'nikmalarni egallash jarayonidir.

Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki Maktabga maxsus tayyorgarlik - bu bolaning birinchi sinfda asosiy fanlar (matematika, o'qish, yozish kabi) bo'yicha o'quv materiali mazmunini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan bilim va ko'nikmalarni egallash jarayonidir.

Uzluksizlikning ifodasi - tayyorlov bosqichlarida bolaning shaxsiyatini har tomonlama shakllantirishning yagona, progressiv yo'nalishini amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda bolalarni o'qitish va tarbiyalashning vazifalari, mazmuni, shakllari va usullari o'rtasida chuqur bog'liqlikni o'rnatishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T. 2021. - B. 6.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-y.dagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son. https://lex.uz/docs/-5841063.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son. https://lex.uz/docs/-5841063.

4. O'zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-son qarori / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son.

6. To'ychiyeva I.I. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi bolalarining fikrlash faolligini rivojlantirish. Ped. fan. bo'yicha fal. dok. diss. - T. 2020. - B. 152. ( - 12 b.)

7. https://cyberleninka.m/artide/n/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya.

8. https://cyberleninka.ru/article/n/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya

9. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shaxri / Tuzuvchi A.Irisov, M.Maxmudov va bosh. - T.: Yangi asr avlodi, 2016. - B. 48.

10. Возрастная и педагогическая психология / Л.С.Выготский. - М.: Академия, 1998. - 325 с.

11. Asqarova D.Q. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi // O'quv qo'llanma. - T. 2002. - B. 139.

12. Abdullayev Z.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko'nikmalarini rivojlantiri

13. Ноткина Н.А. Развитие двигательных качеств у детей дошкольного возраста. Игры и упражнения. - СПб., 1995.- 64 с.

14. Логвина Т.Ю. Физкультура, которая лечит. Пособие для педагогов и медицинских работников дошкольных учреждений / Т.Ю. Логвина. - Мозырь : ООО ИД «Белый ветер», 2003. - 172 c.

15. Asqarova D. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish usullari // Журнал Мир исследований, 3/2021. - B. 42-49.

16. Samadov S.S. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining yosh xususiyatlari va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari // Fan va ta'lim jurnali, 5-son, 2022. - B. 1383-1388.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.