Научная статья на тему 'BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
8033
348
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maktab / ma’naviyat / estetika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gavxar Imindjanovna Shodiyeva

Maqola maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivolanishi bolaning maktab ta’limining yangi sharaoitlariga va o’quv materialini ongli egallashi hamda faol kirib borishlari bo’yicha metodik tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo’lajak o’quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi, tafakkur faoliyatida narsalarning ko’p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bogliqlik, belgilarni anikqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o’xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko’nikmalarini tarkib toptirish yo’llari haqida metodik tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK

JIHATLARI

Gavxar Imindjanovna Shodiyeva

QDPI

Annotatsiya: Maqola maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivolanishi bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialini ongli egallashi hamda faol kirib borishlari bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo'lajak o'quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi, tafakkur faoliyatida narsalarning ko'p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bogliqlik, belgilarni anikqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o'xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko'nikmalarini tarkib toptirish yo'llari haqida metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: maktab, ma'naviyat, estetika

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL

EDUCATION

Gavhar Imindzhanovna Shodiyeva

KSPI

Abstract: The article provides methodical recommendations on general preparation for school, mental, spiritual, aesthetic and physical development of the child by the time of going to school, the child's new conditions of school education and the conscious acquisition and active penetration of the educational material. In addition, in the formation of mental readiness for school, the general level of thinking activity of the future student, the ability to analyze things in multiple ways in thinking activity, the ability to use sensory standards of social structure in researching the characteristics and qualities of science and phenomena, the main communication and connection between things and phenomena, the ability to make simple generalizations based on the identification of signs, the ability to compare things based on the consistent separation of similar and different signs, methodical recommendations are given.

Keywords: school, spirituality, aesthetics

O'zgarayotgan zamon va yangilanayotgan makon dunyo xalqlari fe'l-atvori tizimida miya faolligi, sa'yi-harakatlarda tezkorlik, topqirlik va ayni chog'da har bir ishda rejaviylik, puxta tayyorgarlik, fahm-farosat, muammolarni hamkorlik asosida hal etish xususiyatlarini rivoj topishini taqozo etmoqda. Shuningdek, shaxs va jamiyat, shaxs va davlat munosabatlari tizimida alohida sub^ktlar-insonlar rolining benihoya oshib borishi kuzatilmoqda.

Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qo'yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy nazariy, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqazo etmoqda.

Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:

- malakali tarbiyachi va psixolog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

- maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;

- zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

- maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

- maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo'yicha malakali psixologik konsultatsiya xizmati ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

- maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialini ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayan darajasi bilan ifodalanadi. Psixologik tayyorgarlik maktab ta'limi nuqtai-nazaridan 1-sinfga borayotgan bolaning psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarini muvoffaqiyatli jamlaydi. Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o'qishga

intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqi, bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarli va yuqori bo'lishi bolaning aqliy, jismoniy, ijtimoiy rivojlanishining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o'quv materialini, ongni faol egallashni, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o'qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo'shimchadir, u bolada matematika va ona tili kabi o'quv fanlarini o'rganish uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. MTMda bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o'stirish xamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi sistemasiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo'lishi darkor.

Beruniy inson kamolotida ilmiy bilimlarni egallash usullari yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.O'quvchiga bilim berishda u:

- o'quvchini zeriktirmaslik;

- bilim berishda bir xil narsa yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;

- uzviylik, izchillik;

- yangi mavzularni qiziqarli asosan, ko'rgazmali bayon qilishga e'tibor berish kerakligini uqtiradi.

Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o'z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiyasini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga egadir.

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo'lib maktabda o'qitish zarurligini ko'rsatadi va ta'limda quyidagilarga rioya qilish zarurligini ta'kidlaydi.

- Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik;

- Ta'limda yengildan og'irga borish orqali bilim berish;

- Mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

- Bilim berishda bolalarning mayl, qiziqishi va qobilyatini hisobga olish;

- O'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borishni ta'kidlaydi.

Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini o'zgarishi

va kichik maktab yosh davridagi bolalar o'quv faoliyatining o'ziga xosligi bilan ham uzviy bog'liqdir. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, maktabda psixologik aniq bir mazmun doimiy xisoblanmaydi, balki u doimo o'zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari intellektual (aqliy), ma'naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat xollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi xaqida gapirliganda uning so'z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko'prok e'tibor beriladi. Ota-ona, xatto ayrim o'qituvchilar ham bola qanchalik ko'p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo'ladi, deb o'ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika,

ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go'yo ma'lumotlar ummonida suzib yurgandek bo'lmoqdalar. Bu esa ulardagi so'z boyliklarning keskin o'sishiga asos bo'lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri xam shunday jadallikda rivojlanayapti, degan gap emas. Maktabda amal qilinayotgan o'quv dasturlarini o'zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, taxlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bo'lishini taqozo etadi. Shuning uchun xam xozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, so'rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib o'tilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga mo'ljallangan metodikalardan iboratdir. Bolarni maktab ta'limiga o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga ham bog'liq bo'ladi.Maktab ta'limiga tayyorgarlik maktabgacha ta'lim muassasalari va oilada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaga berilgan ta'lim va tarbiyaning muhim yakunidir.Bolaning maktab ta'limiga tayyorgarlik darajasi maktab bolaga qo'yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi.Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial-psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi. Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq endi ta'lim majburiy bo'ladi va birinchi sinf o'quvchisidan to'rtta jiddiy munosabat talab etiladi.Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi. Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi. Bog'cha tarbiyachilari har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to'g'ri aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik bilim va tajribalarga ega bo'lishlari kerak, bunda ular maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan bo'lsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hech qanday kuchli ta'sirlar bo'lmagan bo'lsa, unda bola yetti yoshda ta'lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba'zi oilalar va bog'chada maktabga tayyor bo'lmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan o'tishadi va o'qishga tayyorgarligi darajasi haqida mutaxassis xulosa chiqaradi. Bolaning o'yinqaroqligi, mustaqil bo'la olmasligi, his-tuyg'u va ijtimoiy rivojlanishining juda past darajaliligi uning maktabga tayyor bo'lishiga to'siq bo'ladi. Bunday bolalar o'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar. Ular kundalik faoliyatlarida yordamga muhtoj: berilgan va-zifalarni tushuna olmaydilar va mustaqil bajara olmaydilar, qo'llarining mayda harakatlari yaxshi

rivojlanmagan. Lug'at boyligi, o'z fikrlarini ifodalashi chegaralangan, xotirasi sust, umumlash-tirishni bajara olmaydi va hokazo. Bularga nafaqat bolaning yomon ijtimoiy ahvoli sabab bo'ladi, balki nasliy omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil tug'ma jarohatlari, nevrozlar keltirib chiqaradigan sharoitlar ham sabab bo'ladi. Bola o'qishni butun mamlakat oldida javobgar bo'lgan o'z burchi, kishilarning mehnat hayotidagi ishtiroki tarzida anglay boshlaydi.Bola o'quvchi bo'lgandan so'ng,maktabgacha ta'lim yoshidagiga nisbatan sifat jihatdan yangi o'rin egallaydi.

Ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyati maktab ta'lim tizimini doimo takomillashtirib borishidir. Maktab ta'limiga 1-sinfga keluvchi o'quvchidan qandaydir maxsus bilim va ko'nikmalarni emas, balki ilgarigi yillarga nisbatan aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy irodaviy sifatlarinng yuksakroq rivojlangan darajasini o'z xatti-harakatini boshqarish qobilyatini katta ishonchlilik qobilyatini talab qiladi.Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi ta'lim -tarbiyaviy ishining butun sistemasi bilan bolalardan maktab ta'limi talablariga to'liqroq muofiq keluvchi maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdir.

Shunga ko'ra psixologik-pedagogik adabiyotlarda tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlanish sifatida aniqladi va ikkita o'zaro bog'langan jihatlardan maktabga, o'qishga, umumiy psixologik tayyorgarlik va "maxsus tayyorgarlik" tarzida ko'rib chiqiladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik bolalar bog'chasining maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli maqsadga muofiq ta'lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo'ladi. Maktabga tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidaki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharoitiga va o'quv materialini yaratadi. Umumiy tayyorgarlik tushunchasi maktab ta'limi nuqtai nazaridan 1-sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarni muovfaqiyatli jamlaydi. Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqidan bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o'quv faoliyati elemintlarini egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi.Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligining barcha majmua bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda o'quv materialini ongli faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o'qishga umumiy psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir.U bolada matematika va ona atili kabi o'quv fanlarini o'rganish uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o'stirish hamda savodni egallashga tayyorlash

yuzasidan o'tadigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi tizimiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo'lishi darkor.U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo'lishi kerak. Bolaning maktabda o'qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o'zaro bog'langan jihatlar mavjud bo'lib, ulardan muhimlari ma'naviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. Maktabda o'qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat iroda axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashga hamda o'zining o'qituvchi, sinfdoshlar bilan o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio'quvchi tutgan o'rnidan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xilqiga qo'yiladigan talablarga ko'ra aniqlanadi.Bu talablar maktabda o'qishning dastlabki kunlaridanoq o'quvchi oldiga o'quv majburiyatlarini mustaqil va ma'suliyatni his etgan holda bajarish tartibli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishini talab etadi.Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada maktyabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo'naltirilgan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy hulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi.Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida rivojlanadigan o'z xulq-atvorini boshqarish qobilyati qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo'yilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o'ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg'itadiganiga qarshi o'laroq oxirigacha bajarish ko'nikmasi va shu e'tiborga loyiqdir.Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyorilikni rivojlanish asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o'zaro bo'ysinuvchilari tashkil qiladi.Sabablarning o'zaro bo'ysinganligi katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga aloqadordir. Tabiiyki, maktabgacha tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turmaydi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-atvori turiga o'tishni ta'minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib topishi muhimdir.

Maktabgacha ta'limda axloqiy-irodaviy tayyorgarlikning qaror topishida, shuningdek, tayyorlov guruhidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Tayyorlov guruhidagi bolada mustaqillikni muvoffaqiyatli shakllanishining dalolati tarbiyachining eslatish va ko'magisiz xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to'g'ri odatiy usullaridan foydalanish yordam berishga tayyorlik qobilyatidir.Mustaqillik

bilan uzviy bog'langan xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq-atvoridagi maqsadga yo'llanganlikda o'z faoliyatini maktabgacha ta'lim muassasalarida qabul qilingan qoidalarga muofiq ongli tashkil eta bilishda faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o'z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish o'z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma'suliyatni his qilishda o'z ifodasini topadi.Tayyorlov guruhi bolalar xulq-atvoridagi mazkur xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o'taydi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muofiq tashkil eta bilishdir.Tajribaning ko'rsatishicha, maktabdagi o'qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda "jamoachilik" sifatlari:do'tlarga nisbatan xayrixoh, xushmuomilalik, g'amxo'rlik bildirish, o'zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvoffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog'liqligini ko'rsatdi.Bola xulq-atvorida jamoatchilik xislatlarini bunday majmuining mavjudligi uni maktabga, axloqiy, irodaviy tayyorligining ko'rsatkichi bo'la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilanmuomilada ko'tarinki ijobiy ruxni yuzaga keltiradi. Maktabda bolaning o'qituvchi bilan o'zaro munosabati ham ishga oid yangi asosda tashkil topadi.O'qituvchining baxosi o'quvchi bilimi va uni o'quv majburiyatlarini bajarish sifatining mezoniga aylanadi. Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o'qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo'lishidir. Bilimlarning bu fondi o'qituvchi o'z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko'rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining to'liqligi; o'zlariga tushunarli o'quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustqkil qo'llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, ya'ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar o'rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir. Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiyqismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo'lishidir. Bu o'rinda

Birinchidan bilish jarayonining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi;

materialni ma'no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo'yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;

Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;

Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo'lajak o'quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar bog'chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko'p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bogliqlik, belgilarni anikqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, uo'shashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko'nikmasi tarkib toptiriladi. Bulajak o'quvchilarda akliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o'z faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo'yish va uni xhl etish kuo'ikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o'quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o'z ichiga oladi. Bolalar muntazam ta'lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan o'z, xulq-atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat kilish kunikmasini, uzining va boshka bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo'lishi bolanimaktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug'atning boyligi, o'z fikrini mantiqiy grammatik to'g'ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi-bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o'qishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang'ich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, ko'nikma va malakalar doirasi ham kiradi.

Shunday qilib, maktabdagi o'qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zaro bog'langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof, dunyo haqidagi anglangan sistemalashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar, tasavvurlar va elementar o'quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.

Xulosa qilib aytganda, ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarni va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo'lishini yodda tutishlari lozim. Shundagina, ba'zi bolalar endigina birinchi so'zlarni o'zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma'lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo'ladilar.

Foydalanilagan adabiyotlar

1. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

2. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

3. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.

4. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.

5. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.

6. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

8. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

9. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

10. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

11. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

12. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

13. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

14. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

15. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.

16. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.

17. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

18. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

19. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

20. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

21. Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.

22. Hudoyberdiyev I. Islom, shahs va milliy psixologiya. T. 1994 y.

23. Хужамуродов И. "Маънавий кадриятлар ва миллий узликни англаш" Тошкент. 1991 й.

24. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

25. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

26. Madaminov, S. (2022). A Look at the Lifepath of Niccolo Paganini. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 39-41.

27. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

28. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

29. Tursunov, B. (2022). LIVES DEVOTED TO THE ART OF DOIRA. Oriental Art and Culture, 3(4), 340-343.

30. Tursunov, B. S. (2022, December). THE ROLE AND DEVELOPMENT OF THE DOIRA INSTRUMENT IN THE HISTORY OF OUR COUNTRY. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 130-132).

31. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.