Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA MAKTAB XAMKORLIGI YO`LLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA MAKTAB XAMKORLIGI YO`LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5967
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / ta‟lim / faoliyat / bolalar / yosh / o„yin / qonun

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lola Uchqunovna Abdullaeva

Mamlakatimizda mustaqillik yo‟lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta‟lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‟onasi hisoblanmish maktabgacha ta‟lim sohasida ham katta o‟zgarishlar qilinmoqda. MTM bilan maktab o„rtasidagi izchillik ta‟limning shakl va uslublarida ham bu o„z aksini topgan. Bugungi kunda ushbu izchillik dozlarb masaladir. Ushbu maqolada maktabgacha ta‟lim muassasasi va maktab xamkorligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA MAKTAB XAMKORLIGI YO`LLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI VA MAKTAB XAMKORLIGI

YOLLARI

Lola Uchqunovna Abdullaeva

CHDPU "Maktabgacha ta'lim" fakulteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

Mamlakatimizda mustaqillik yo'lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta'lim sohasida, jumladan uning birinchi pog'onasi hisoblanmish maktabgacha ta'lim sohasida ham katta o'zgarishlar qilinmoqda. MTM bilan maktab o'rtasidagi izchillik ta'limning shakl va uslublarida ham bu o'z aksini topgan. Bugungi kunda ushbu izchillik dozlarb masaladir. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab xamkorligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya , ta'lim, faoliyat, bolalar, yosh, o'yin, qonun.

From the very first steps on the path to independence, our country has undergone radical political and economic reforms that cover all spheres of society. Significant changes are taking place in the field of education, including pre-school education, which is its first step. The coherence between PSE and the school is reflected in the forms and methods of education. Today, this consistency is a matter of dosage. This article discusses preschool and school partnerships.

Keywords: upbringing, education, activity, children, age, play, law.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to'g'risidagi Qonun talablari asosida tashkil etiladi.

Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim tarbiya mazmuni shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e'tibor berilmoqda.

MTMda bolalarni bilim, ko'nikma va malakalari har o'quv yili yakunida nazorat mashg'ulotlar orqali tekshirilib boriladi. 6-7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu davlat talablari ko'rsatkichlari

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

asosida tekshiriladi.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o'qishga tayyorlash muhirn o'rinni egallaydi. U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o'qishga o'qituvchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aqliy, ma'naviy-irodaviy va ko'tarinki sohalariga aloqador keyingi o'qitishlar uchun muhim bo'lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi. Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e'tibori barcha bolalarning maktabgacha ta'lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to'liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta'limiga to'laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o'ziga xosdir. Bu o'ziga xoslik maktabning ta'lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni og'ishmay shakllantirishga yo'llangan faoliyat va xulq-atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.

Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xii faoliyatlarida: o'z-o'ziga xizmat qilishda, navbatchi likda, tabiat qo'ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo'la boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.

Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg'ulotlarni bajonidil bajarish, o'z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o'stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak. Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o'qishga tayyorlash muhirni o'rinni egallaydi. U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o'qishga o'tuvchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aqliy, ma'naviy-irodaviy va ko'tarinki sohalariga aloqador keyingi o'qitishlar uchun muhim bo'lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi.

Tayyorlov guruhi tarbiyachisining asosiy e'tibori barcha bolalarning maktabgacha ta'lim dasturida nazarda tutilgan mazmunni to'liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab ta'limiga to'laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon o'ziga xosdir. Bu o'ziga xoslik maktabning ta' lim-tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni og'ishmay shakllantirishga yo'Ilangan faoliyat va xulq-atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.

Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xil faoliyatlarida: o'z-o'ziga xizmat qilishda, navbatchi likda, tabiat qo'ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo'la boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

qobiliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi.

Jismoniy tarbiya dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg'ulotlarni bajonidil bajarish, o'z harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o'stiruvchi harakat faolligini rivojlantirish kerak. To'g'ri tashkil etilgan sayr bolalarni ng jismoniy rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

Tarbiyachi bolalarning normal uxlashi va ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha g'amxo'rlik qilib boradi. Ta'lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog'chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o'stirishdi r. MTMi va maktabning boshlang'ich sinfida qo'llani ladigan juda ko'p usullar bir xil bo'lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratil gan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o'qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar- ning murakkabroq shakllarini egallab olishlarga yordam beradi.

Tarbiyachining mashug'ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTM o'rtasidagi ta'lim usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi.

Maktabdagi dars, MTMidagi mashg'ulot bir muncha o'ziga xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga ta'limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib turadi. Mashg'ulot va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta'limning ilmiy asoslangan metod va usullaridan foydalanish, ta'lim berish jarayonida bolalarda o'quv faoliyati elementlari, o'z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma'lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan shug'llanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani maktab ta'limiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.

Shunday qilib, MTMlari bilan maktab o'rtasida ta'lim-tarbiya ishidagi izchillik bola shaxsini aniq maqsad bilan har tomonlama rivojlantirib borish imkonini yaratadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o'rtasidagi aloqa ikki yo'nalishda olib boriladi:

1. Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktabning pedagoglar jamoasi o'rtasidagi aloqa.

2. Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari va boshlang'ich sinf o'quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

Maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta'lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko'nikmalarga asoslanadilar.

MTM bilan maktab pedagoglarining o'zaro aloqa o'rnatishlaridan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta' limiga tayyorlash uchun o'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha maktab bilan maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasida mustaxkam aloqa o'rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun MTMsi va maktabda olib bori layotgan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.

MTMsi bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bi lan aloqa bog'laydi. Pedagogik tashviqot ishlari MTMsi maktabga tayyorlov guruhi tarbiyach isining va birinchi sinf o'qituvchisini MTMning maktabga tayyorlov guruhi da va birinchi sinfda olib boriladigan ta'l im-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va I sinf dasturi mazmunini , tayyorlov guruh i bolalari va maktabdagi 1 sinf o'quvchilarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishni taqozo etadi. Mana shunday usulda ish olib bori lganda o'qituvchi va tarbi yachilar maktabni 1 sinf va MTMni tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo'lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirshlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.

Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o'rnatiladi: o' qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo'yicha, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha birgalikda o'tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning MTMdan maktabga o'tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo'yicha tarbiyachi va o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va boshqalar kiradi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTMning tayyorlov guruhida va maktabning 1-sinfida olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari bilan o'zaro tanishishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan,

o'qituvchi MTMning tayyorlov guruhiga borib o'zining bo'lajak

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

o'qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari o'zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o'qiyotganini o'rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi.

Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o'qituvchiga bola bilan munosabatda bo'lganda pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o'z navbatida 1- sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog'lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o'qiyotganlari, xulqi, o'qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o'qituvchidan so'rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta'lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.

Tarbiyachi va o'qituvchilar ilg'or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ'ibot qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr al mashadilar.

Maktabgacha ta'l im muassasasi bilan maktab o'rtasidagi uzviy aloqa samarali bo'lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTM bilan maktab o'rtasidagi aloqa izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo'lishi zarur.

Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo'yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o'zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko'rsatilishi lozim.

Maktab bilan MTM yil davomida mana shunday aloqa o'rnatib borishi natijasida ta'lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.

Bolalarni maktab o'quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg'ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o'tkazish, rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o'yinchoqlar ko'rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.

Ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta'limiga xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziq ish va bilish jaryonlarini rivojlantiradi. Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko'nikmala ma'lum izchillik bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko'rsatmasi va namunasi bo'yicha ish-harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda qo'llashga, o'zining xulqi, ishi, hatti-harakatini nazorat qilish va to'g'ri baholashga o'rganib boradilar.

Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o'z ishida yaxshi natijaga intilishi, ma'lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi

shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Tarbiyachi mashg'ulot paytida har bir bolaning diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o'ziga xos xususiyatlami e'tiborga oladi.

Ta'lim jarayoniga alohida yondoshish aqliy vazifalarni, ularni bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo etadi. Masalan, bola biror narsani o'zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi o'zllashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi.

Demak, maktabga tayyorlov guruhida qo'llaniladigan metodlarning o'ziga xos tomoni bor. Ko'rgazmali metodlar bu erda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash faol iyatini faollashtirish uchun ham qo 'llaniladi.

Masalan, manzarali rasm chizish mashhg'ulotida namunan ko'rsatishdan mashg'ulotning boshida xotirani, xayol obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashug'lotning oxirida esa o'zining bajargan ishini, rasmni to'g'ri bajarganini tekshi rish uchun namuna bilan taqqosligi ko'rish maqsadida foydalaniladi.

Bilimlarni bolalar puxta o'zlashtirib olshilari, ta'lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o'yin metodlarini ko'rgazmali metod bilan to'g'ri qo'shib olib borishda og'zaki metod katta ahamiyatga ega. O'yin metodlari, ayniqsa didaktik o'yinlar metodi ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki ta'lim o'yinlar, ayniqsa didaktik o'yinlar orqali olib borilgan bolalar o'quv vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi, faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi.

REFERENCES

1. Maxmudova O.A., Maxmudova S.A. "Maktabgacha ta'lim tizimida plastik materiallar bilan ishlash texnologiyalari". O'quv qo'llanma. "NISO POLIGRAF". Toshkent, 2019-120b.

2. Maxmudova O.A. "Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o'rgatish metodikasi". O'quv qo'llanma. "NISO POLIGRAF" Toshkent, 2019 y.-152 b.

3. Kumon Publishing. Geometry & Measurement Grade 1 PDF Math Workbook, Kumon Publishing, 2008 USA, - 80 p

4. Djuraeva D.R. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendentsiyalari. Uslubiy qo'llanma - T.: 2015.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.