2022
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 3
ISSN: 2181-3337
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISHIDA NUTQ O'STIRISH MASHG'ULOTLARINING AHAMIYATI Begaliyeva Zebunniso Alisher qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim)
fakulteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6762523
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlay olishi, tasavvur olami rivojlanishi, tovushlarni anglay olishi, ya'ni, aqliy rivojlanish jarayonida aqliy mashg'ulotlarning o'rni va ahamiyatli tomonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Kalit so'zlar: mustaqil fikrlash, aqliy rivojlanish, tendensiya, uzluksiz ta'lim, nutq shakllantirish, nutq o'stirish metodikasi, maktabgacha ta'lim.
РОЛЬ УПРАЖНЕНИЙ ПО РЕЧЕВОМУ РАЗВИТИЮ В УМСТВЕННОМ РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
Аннотация. В данной статье представлена подробная информация о роли и значении умственной тренировки в процессе умственного развития, то есть мышления, развития воображаемого мира, понимания звуков детьми дошкольного возраста.
Ключевые слова: самостоятельное мышление, психическое развитие, направление, непрерывное образование, формирование речи, приемы развития речи, дошкольное образование.
THE ROLE OF SPEECH DEVELOPMENT EXERCISES IN THE MENTAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN
Abstract. This article provides detailed information on the role and significance of mental training in the process of mental development, that is, thinking, the development of an imaginary world, understanding sounds by preschool children.
Keywords: independent thinking, mental development, direction, lifelong education, speech formation, speech development techniques, preschool education.
KIRISH
Har bir ona zimmasidagi asosiy va muhim vazifalaridan biri bu farzandini yetuk, komil va yurt uchun kerakli shaxs etib tarbiyalash hisoblanadi. Shu maqsadda har bir ona bolasining to'g'ri ta'lim olishini istaydi. Ayniqsa bolalarning maktabga chiqish jarayonida fikrlashi, tasavvur olamida katta o'zgarishlar bo'lishni boshlaydi. Ma'lumki, mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga ko'maklashuvchi usullarni qo'llab, bolalarga muhim bo'lgan bilim berish maktabgacha va boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayoniga tadbiq etildi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi sanaladi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlash bilan bir qatorda, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 3
ISSN: 2181-3337
Maktabgacha ta'limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o'qishga tayorlash bilannbir qatorda, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalash kabi muhim vazifalarni o'ziga oladi. Shularni hisobga olib,"Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sonli qarori hamda "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlandi. Bu qonun hujjatlarida Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish kabi masalalar o'z ifodasini topgan.
Mamlakatimizning olib borayotgan mana shunday siyosati maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglardan g'oyat katta ma'suliyat hamda o'qitishning yangi texnologiyalaridan keng foydalanishni davr talabi etib belgilab qo'ydi. Shularni hisobga olib, maktabgacha ta'lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta'limiga tayyorlash, ular orasida bola nutqini rivojlantirish masalasi eng muhim va birinchilardan bo'lib xizmat qiladi. Ularning so'z boyligi oshishi ravon gapirishi va o'z fikrini to'liq ifoda etib, aytib bera olishga o'rgatish masalaning dolzarbligini ko'rsatib beradi. Hech shubhasiz bu oson ish emas.
Nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan - Bolajon tayanch dasturini o'quv jarayoniga joriy etish, nutq o'stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o'stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o'rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o'zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to'g'ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so'z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi. Demak, nutq o'stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o'stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo'nda va obrazli so'zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o'rgatadi, bolalarga ta'lim beradi.
TADQIQOT NATIJALARI
Nutq o'stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og'zaki nutqini o'stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiymuomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo'lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so'zlash odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o'stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo'lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo'ladi, bola
2022
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 3
ISSN: 2181-3337
o'z nutqini to'zatib boradi. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi.
Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog'liqdir. «...Tilni egallash jarayoni -bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko'nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to'satdan yuz berishi, "o'z-o'zidan harakatga kelishi" bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko'rib chiqishni talab qiladi.
"Antonim so'zlar " o'yini
Bu o'yin katta va tayyorlov guruhlarda o'tkazilishi mumkin. O'yin mashg'ulot bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan umiddamiz. O'yin induvidual, guruh bilan ham o'tkazilsa ham bo'ladi. O'yin sharti qo'yidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so'zni aytadi, bola esa shu so'zning qarama-qarshi ma'no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiqyumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar. Odatda bollar o'yin boshida bir oz qiynaladilar, aytilgan so'zga javoban, antonim emas sinonim so'zlar bilan javob beradilar. Ammo o'yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so'ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik ilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar. Masalan: chaqqoonyalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar.
"Avvalnima bo'lgan edi" o'yini
Bu o'yin shartiga ko'ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo'lganini aytishlari kerak. Masalan: jo'ja-tuxum, ot - toychoq, kapalak - qurt kabilar. Bundan tashqari bittadan ko'p ma'noga ega bo'lgan so'zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non - un - bug'doy, uy - g'isht - loy, stol - yog'och -daraxt - urug', ko'ylak - mato - ip -paxta - chigit tarzida o'yin davom etaveradi. Bu tarzda tashkil etilgan darsda o'quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va o'z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o'rganadi. Boshlang'ich ta'limda ona tili bolalarda mantiqiy fikrlash, lug'at boyligini oshirish, og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya'ni to'g'ri o'qish va yozish)ga, fonetika, leksika, so'z yasalishi va gramatikaga oid bilimlarni o'rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilishi lozim.
MUHOKAMA
Ma'lumki, ona tili darsida ham lug'at ishlarini o'tkazish bolalarda o'zi uchun notanish bo'lgan so'zni izohi haqida qiziqish paydo bo'ladi. Bu so'zlarning izohini topishda o'quvchining o'zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi metod bolalarning so'z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug'at bilan ishlashga ham o'rgatadi. Darslarda interaktiv usullar qo'llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda sinfdagi barcha bolalar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi bolalar tomonidan mustaqil o'rganiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. Bolalarning sinfda o'zini erkin his qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
shundagina u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Tarbiyachi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o'rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to'g'ri qo'llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko'p qo'llansa, bolalarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Demak, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda MTT, oila, mahalla, maktabning roli juda katta. Ular birgalikda bolaga ham ta'lim va tarbiya beradilar. Uzluksiz ta'limda izchillik esa o'z navbatida Vatanga sadoqatli, imon-e'tiqoti butun, o'z mustaqil fikriga ega, har tomonlama qobiliyatli, o'z kelajagini o'zii qura oladigan shaxslarni tarbiyalashda dasturul amal hisoblanadi.
Bola tarbiayasida mustqil fikrlash uning komil inson darajasida intilib, orzuumidlar va ezgu maqsadlar yo'lida yashashga undaydi, vijdon oldida soflikni ta'minlaydi. Faqat MTT-oila-maktab hamkorligi yaxshi yo'lga qo'yilgandagina, har bir oilada badiiy adabiyotga qiziqish ortgandagina, jamiyatda o'sish va rivojlanish sezilarli darajada o'z kuchini ko'rsatadi. Inson ma'naviyatli va madaniyatli bo'lib tug'ilmaydi, u bilim olish jarayonida shakllanadi. Bizning oldimizda turgan eng katta masalalardan bir esa, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol topgan shaxs sifatida tarbiyalanishi uchun qo'limizdan keladigan barcha ezgu ishlarni qilishdir, Zero, ertangi kun O'zbekiston taraqqiyoti bilimli, salohiyatli, oqil va odil shaxslar qo'lida bo'lishi har doim muhim vazifa hisoblanib kelingan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni, bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to'g'ri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo'lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o'stirish fanining o'rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o'zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o'zgarishlar, yangilanishlar tilda o'z aksini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.M.Qodirova. O'zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o'rgatish. -T.: O'qituvchi, 1993.
2. Babaeva D.R. Nutq o'stirish metodikasi. O'quv qo'llanma. - T.: TDPU, 2016.
3. F.R.Qodirova. R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. -T. 4.2004.