Научная статья на тему 'Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda savodxonlikka o‘rgatish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida'

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda savodxonlikka o‘rgatish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
320
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
maktab ta’limiga tayyorlash / rivojlanish sohasi / maxsus tayyorgarlik / umumiy tayyorgarlik / savodxonlikka o‘rgatish / o‘qish savodxonligi / o‘qish malakalari / yozish malakalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abbosxon Oribjon O‘g‘li Hakimov

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni savodxonlikka o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik asoslari, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda o‘qish va yozish malakalarini egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda savodxonlikka o‘rgatish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida»

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda savodxonlikka o'rgatish - ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida

Abbosxon Oribjon o'g'li Hakimov abbosxonxakimov730@gmail .com

NamDPI

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni savodxonlikka o'rgatishning ijtimoiy-pedagogik asoslari, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda o'qish va yozish malakalarini egallashning ahamiyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: maktab ta'limiga tayyorlash, rivojlanish sohasi, maxsus tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, savodxonlikka o'rgatish, o'qish savodxonligi, o'qish malakalari, yozish malakalari

Literacy training in preparing children for school education -as a social and pedagogical necessity

Abboskhon Oribjon o'g'li Hakimov [email protected]

NamSPI

Abstract: The article discusses the social and pedagogical foundations of teaching children to read and write in preschool educational organizations, the importance of acquiring reading and writing skills in preparing children for school education.

Keywords: preparation for school education, area of development, special training, general training, literacy training, reading literacy, reading skills, writing skills

KIRISH

Bolaning ta'lim olishga bo'lgan huquqini amalga oshirishni ta'minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma'naviy kamolotini saqlash va mutahkamlash, shuningdek, umumta'lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta'lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta'minlash maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadlari [3] hisoblanadi.

Bu maqsadlar negizida bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang'ich ta'limga tayyorligini ta'minlash vazifasi turadi. Mustaqillikdan keyingi davrda

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 464 [Ml^^^H

maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularni maktab ta'limiga tayyorlash masalalariga e'tibor qaratildi. Biroq, bu boradagi ishlarning sifati va samaradorligi davr talabiga javob bermasligi, sohadagi mavjud kamchiliklar va muammolarning o'z vaqtida bartaraf etilmaganligi natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarni boshlang'ich ta'limga tayyorgarlik darajasining me'yorlarga muvofiq kelmasligi kuzatildi. Bu salbiy holat ta'limning keyingi bosqichlarida o'quvchilarning o'zlashtirishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

2017 yildan boshlab, Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida davlat ijtimoiy siyosatining asosiy e'tibori maktabgacha ta'limga qaratilishi mazkur sohada tub burilishlar yasash davrini boshlab berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Yurtboshimiz tomonidan maktabgacha ta'lim sohasidagi muammolar va kamchiliklar izchil tahlil etildi, bular qatorida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 47 foizdan ziyodroqqa kamayganligi, mavjud ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasining zamonaviy talablarga javob bermasligi, maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan kadrlar o'rta maxsus ma'lumotga ega ekanligi bois maktabga tayyorlov guruhlarida mashg'ulotlar yetarlicha, zamonaviy talablar darajasida o'tilmayotganligi, ayniqsa, bolalar qamrovining pastligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalari chuqur tahlil etilib, ta'lim tizimini rivojlantirishning ko'plab yo'nalishlari belgilab berildi. Hususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrovini oshirish borasidagi vazifalar ko'rsatib o'tildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni[1] va «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi PQ-3305-sonli Qaroriga muvofiq maktabgacha ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, bolalarni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, maktab ta'limiga tayyorlash sifatini oshirishning barcha jihati belgilab berildi.

Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlandi[2].

Konsepsiya mamlakatimizda maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlari belgilash hamda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo'ldi.

Natijada 2017-2022 yülarda respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasida izchil chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Jumladan, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning huquqiy-me'yoriy asoslari yaratildi, bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy tayyorlash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilish, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta'lim tashkilotda tarbiyaviy ishni maktab yoshdagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta'minlaydigan; ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi.

Pedagogik-psixologik adabiyotlarda (A.V.Zaporojets, L.A.Venger, G.M.Lyamina, R.R.Petrochenko, T.V.Taruntayeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o'zaro bog'langan jihatlarda: maktabga o'qishga «umumiy, psixologik tayyorgarlik» va «maxsus tayyorgarlik» tarzida ko'rib chiqiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlik - maktabgacha ta'lim tashkilotining maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta'lim-tarbiyaviy muhim yakuni sifatida namoyon bo'ladi.

Maktabga umumiy tayyorgarlik - bolaning maktabga borish vaqtida kelib aqliy, ma'naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darjasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlarga va o'quv materialini ongli egallashga faol va o'quv materialini ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.

Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik - bolaning o'qishga intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur strategiyalarining yetarli yuqori darajasi, bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan daraj asida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirishi, maktabga o'quv materialini ongli, faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.

Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorgarligi maktab o'qishga umumiy, psixologik tayyorligiga qo'shimchadir. U bolada matematika, ona tili, tabiat kabi o'quv fanlarni o'rganish uchun bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalar mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarda eng oddiy matematik tasavurlarni tarkib toptirish, nutq o'stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabga o'qishga maxsus tayyorlashning zarur doirasini ta'minlaydi.

Bugungi kunga qadar maxsus tayyorgarlik, ya'ni bolani savodxonlikka o'rgatish va uning 1-sinf o'quv dasturlarini yetarli darajada egallash haqidagi tasavvurlarini shakllantirishgina nazarda tutilib, bolaga o'qishni, uning ustiga tez o'qishni va yozishni unchalik muhim emasligini anglatar edi[6].

Bola tarbiyasi xususida sharq va g'arb olimlari, allomalari o'zlarining fikrlari qarashlarini bayon yetib ketishgan.1934 -yilda takomillashtirilgan Tarbiyalash programmas nashr yetildi. Unda bolalar bog'chasida bolalarning kop qirrali hayotini tashkil yetish va uning mazmuni masalalariga katta ye'tibor berildi. Qur'oni Karim va Hadislarda ham ta'lim-tarbiya jarayoniga alohida to'htalib o'tilgan. Ilm-ulug' hikmat, ilm-iymon, ye'tiqod. Demak, din asosini ham ta'lim ilm tashkil yetadi. Beshikdan qabrgacha ilm izla kabi ibratli so'zlar ham hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan deb ayta olamiz. Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo ta n olgan olimlardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin Marg' inoniy, Imom at-Termiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, sof diniyyo'nalishda ta'lim-tarbiya tizimini olib borishgan Madrasalaarda ta'lim-tarbiya olib borilgan. Al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoyil Juzjoniy, Ahmad Yassaviy, Al-Farobiy kabilar ma'naviy va axloqiy qarashlar doirasida ta'limtarbiya asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar. Farobiy birinchi bo'lib ta'lim-tarbiyaga ta'rif bergan. Ta'lim - so'z va o'rganish bilan amalga oshiriladi.Tarbiya-amaliyot, ish tajriba bilan ya'ni shu yo'l orqali amalga oshiriladi.Har kimki ilm hikmatini desa, uni byoshligidan boshlasin va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin. Beruniy inson kamolotida ilmiy bilimlarni yegallash usullari yo'llari haqidagi fïkrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.O'quvchiga bilim berishda u:

- o'quvchini zeriktirmaslik;

- bilim berishda bir xil narsa yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;

- uzviylik, izchillik;

- yangi mavzularni qiziqarli asosan, ko'rgazmali bayon qilishga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o'z zamonasi uchun yemas, hozirgi davr ta'lim-tarbiyasini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga yegadir. Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo'lib maktabda o'qitish zarurligini ko'rsatadi va ta'limda quyidagilarga rioya qilish zarurligini ta'kidlaydi.

- Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik;

- Ta'limda yengildan og'irga borish orqali bilim berish;

- Mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

- Bilim berishda bolalarning mayl, qiziqishi va qobilyatini hisobga olish;

- O'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borishni ta'kidlaydi. Ibn Sino bola ta'lim-tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug'illanishi kerak deydi. Amir Temur va Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalalari davlat va hokimiyat taraqqiyotining

muhim omillaridan biri deb baholangan. Amir Temur, Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobir kabilarning ilm-ma'rifatni rivojlantirishga qo'shgan xissasi ye'tiborga loyiqdir. Shu bois, mazkur madaniy va ma'rifiy taraqqiyot davri ta'li-tarbiya taraqqiyotining ikkinchi bosqich hisoblanadi. Tasavvuf tariqatlari va ularda bag'rikenglik, insonga mehrli munosabat qoidalari inson komilligi va tariqatlar tizimidagi tarbiya jarayonining muhim omillaridan deb belgilangan. Naqshbandiya, qubraviya, yassaviya, mavlaviya, cheshtiya va suxravardiya tariqatlari doirasida ta'lim-tarbiya g'oyalari tarannum yetilgan. Mahdumi A'zam, Muhammad Shaybonixon, Abulg'oziyxon, Turdi Farg'oniy, So'fi Olloyor, Maxtumquli, Maxmur, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Ahmad Donish kabilarning bag'rikenglik va dunyoviy tafakkur rivojidagi o'rni ular qarashlaridagi gumanistik g'oyalar tizimi bilan belgilanadi. Ma'rifatparvarlik yo'nalishidagi ishlangan bag'rikenglik qarashlari O'rta Osiyodagi islom madaniyati tarkibidagi to'rtinchi bosqich mazmunini belgilab beradi. Turkiston madaniy hayotida insonsevarlik g'oyalarning rivojlantirilishi ta'lim-tarbiya bilan uzviy bog'langan holda targ'ib qidingan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Rizouddin ibn Fahruddin, Avaz O'tar, Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X. Niyoziy, Abdulla qodiriy kabilar ijodida ilgari surilgan ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari oz zamonasining yeng ilg'or g'oyalari tizimidan mustahkam o'rin olgan yedi. Bu davr ta'lim-tarbiya ziyosining ilmiy-nazariy ishlanishida beshinchi bosqich hisoblanadi. Qadimgi Yunoniston madaniyat maktabi va dastlabki pedagogik fikrlar G'arb olimlarininig qarashlarida xususan, Qadimgi Yunoniston va Gretsiyada madaniyat maktabi va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda yerta rivojlandi.Gretsiyada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar yedilar.Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan taayinlab qo'yilgan tarbiyachilaar rahbarligida maydonchalarda turli o'yinlar bilan shug'illanadilar.Afinada jismoniy, ma'naviy jihatdan yetuk kishini u yerda yeng ko'rkam va barkamol inson hisoblashgan.Platon o'yinlarni maktabgacha tarbita vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat berdi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan materiallarni sinchiklab,tanlash kerakligini aytadi.

XX asr 80-90 yillari va XXI asrning boshida bolalarni o'qish va yozishga o'rgatish davri 1-sinfning dastlabki 2-3- oylarida amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblangan bo'lsa, oradan 15-20 yil o'tib, ya'ni hozirgi davrda bu talablarni o'zgartirishning zaruriyati yuzaga keldi.

Chunki, XXI asr insoniyat taraqqiyotiga globallashuv, ilm-fan va texnologiyalarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya vositalarining hayot bilan chambarchas bog'lanishi va nihoyat ana shu omillar ta'sirida insoniyat taraqqiyotning yangi bosqichiga o'tishi bilan izohlanadigan davr sifatida

tarixga kirib keldi. Bunday taraqqiyot va ulkan rivojlanishlar natijasida inson ontogenezida o'ziga o'zgarishlarni yuzaga keltirdi, bolalar taraqqiyotida akseleratsiya jarayonining yangi sifat ko'rsatkichlari kuzatila boshlandi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Dunyo aholisining, xususan, yoshlarning jismoniy, psixik rivojlanishida kuzatilayotgan akseleratsiya jarayoni ularni bilishga bo'lgan ehtiyojlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini ham ma'lum darajada ertaroq yuzaga chiqishiga turki bo'lmoqda.

Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyotidagi jadallashuv natijasida 5 yoshdan boshlab o'qish va yozish malakalarni egallashning tabiiy-ixtiyoriy imkoniyatlari ularni maktab ta'limiga tayyorlashga qo'yiladigan talablariga mazmunan va shaklan yangicha yondashuv zaruriyatini dolzarb muammo sifatida yuzaga keltirdi.

So'nggi yillarda bolalarni maktab ta'limiga maxsus tayyorgarlashga qo'yiladigan talablari anchagina murakkablashdi. Maktabgacha ta'limning mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash maqsadida «Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti» tasdiqlandi [4].

Davlat standartida tarkibida tasdiqlangan "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"da maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash asosiy vazifalar qatorida ko'rsatib o'tildi. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta rivojlanish sohalariga bo'lingan bo'lib, "Nutq, muloqot, o'qish va yozish malaklari" sohasida bolalarni maktab ta'limiga maxsus tayyorlashga qo'yilgan talablar (kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlari) belgilab berilgan.

"Nutq, muloqot, o'qish va yozish malaklari" sohasi tarkibida "o'qish malakalari" kichik soha sifatida ajratilgan hamda ushbu sohaning asosiy talabi "bolaning kitob va o'qishga qiziqish bildirishi" kutilayotgan natija sifatida belgilangan.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashri)da savodxonlikka o'rgatish ishlari katta guruhdan boshlanishi qayd etilgan[5], bo'lib, dasturda qayd etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari namunaviy o'quv rejasida «Savodxonlikka o'rgatish» faoliyat turining taxminiy miqdori quyidagicha taqsimlangan:

№ O'quv yili davomida Sog'lomlashtirish davri mobaynida

Bir hafta ichida Bir oy ichida O'quv yili mobaynida Bir hafta ichida Bir oy ichida Sog'lomlash-tirish davrida

Katta (5 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar ) guruh

1. 1 4 36 1 4 12

Maktabga tayyorlov (6 yoshdan 7 yoshgacha) guruhi

2. 2 8 72 1 4 12

Maktabgacha yoshidagi bolalarni savodxonlikka o'rgatish bo'yicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqilgan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka o'rgatishning maktabgacha yoshga mo'ljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.Ye.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 469 [Ml^^^H

Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini o'rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o'rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o'qishga e'tiborli bo'lishini aniqladi. Shundan kelib chikib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlarni tahlil qilishga o'rgatishning eng optimal davri, 6 yoshni esa o'qishga o'rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta'kidladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida savodxonlikka o'rgatish bolalarda elementar o'qish va yozish ko'nikmalarini shakllantirish vazifasini bajarishga yo'naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi.

O'qish savodxonligi - insonning yozma matnlarni tushunish va ularni tahlil qilish, mazmunidan o'z maqsadlariga erishishda, bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotda faol qatnashishda foydalanish qobiliyatidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodxonlikka o'rgatishning asosiy vazifasi bolalarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali to'g'ri, ongli ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bolalar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, bilimlar tizimini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini rivojlantirish ham savodga o'rgatish davrida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bolaning boshlang'ich sinfda ta'lim olish samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqi qanchalik rivojlanganligiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytganda, 1-sinfga qadam qo'yguncha bolaning o'qish malakalarini egallab olishi, uning "erta rivojlanish" sohasidagi yutuqlari deb tan olinishi lozim. Agar bola shunday ko'nikma va malakalarga ega bo'lsa, turli o'quv predmetlaridagi materiallarni mustaqil o'qib-o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi. Aksincha, bolaning o'qish malakalarini yetarlicha egallamasligi uning rivojlanishdan ortda qolishiga hamda o'quv-bilish faoliyatining yangi elementlarini faol o'zlashtirolmasligiga olib kelishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5198-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-sonli Qaroriga 1-Ilova.

3. O'zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi «Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida»gi 802-sonli Qaroriga 1- Ilova.

4. "Ilk qadam" (takomillashtirilgan) Davlat o'quv dasturi. -Toshkent, 2022 y.

5. Ahmedova H. Va boshqalar. Bolangiz maktabga tayyormi? -T.: "Ma'rifat-Madadkor" nashriyoti, 2000 y. -320-b.

6. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дши философиядагы мейiрбан жэне кемел адам TYcirnri. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.

7. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.

8. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.

9. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

10. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

11. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

12. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

13. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

14. Vol. 2 No. 8 (2023): Results of National Scientific Research International Journal Impact Factor Published: Aug 30, 2023Keywords:Ta'lim tarbiya tizimi, muassasalart, jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish mashg'ulotlari, o'quv mashg'ulotlari, psixologik xususiyatlari, mulliy g'urur, estetik dunyoqarash, estetik xatti-harakatlar.

15. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG'ULOTLARI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY G'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of national scientific research, 2(8), 60-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.8320633

16. Askarova, M. (2019). Development of reading and text comprehension skills in primary school students. In Scientific researches for development future (pp. 91-93).

17. KaMonoBa A3HMaxoH Ognn^OH ktoh. (2024). HCTOM ^HHH TAL-ttHMOTH^A TAL^HM-TAPBH^ MACA.HA.ftAPHHHHr nE^ATOrHK OAOmOT^ArH AMA^H AXAMH^TH. Results of national scientific research international journal, 3(1), 201-207. https://doi.org/10.5281/zenodo.10581873

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.