Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA'

ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
230
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy texnologiyalar / tashxislash / aqliy rivojlanish / “maktabga tayyorgarlik” o‘rganish / tahlil qilish / yosh dinamikasi / psixologik tayyorgarlik / intellektual tayyorgarlik / maxsus tayyorgarlik. / современные технологии / диагностика / психическое развитие / исследование «подготовка к школе» / анализ / возрастная динамика / психологическая подготовка / интеллектуальная подготовка / специальная подготовка.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hasanova Irodaxon Najmiddin Qizi

Zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bugungi kunning pedagogik zaruriyati bo‘lib qolmoqda. Chunki bolaning bilish jarayonlari, yutuqlari va kamchiliklari vaqtida e’tiborga olinsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilsa, tarbiyalash ishlari samarali bo‘ladi. Ushbu maqolada maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarurligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОДГОТОВКА ДЕТЕЙ К ШКОЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ

В современных условиях подготовка детей к школьному обучению и сегодня остается педагогической необходимостью. Ведь при своевременном учете познавательных процессов, достижений и недостатков ребенка, при использовании современных педагогических технологий воспитательная работа будет эффективной. В данной статье рассматривается необходимость реализации методов воспитательной работы с широким использованием форм работы, связанных с дошкольным воспитанием, дидактических игр, показательно-предметной деятельности, различных форм практической и изобразительной деятельности детей.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA»

Hasanova Irodaxon Najmiddin qizi,

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA

UO'K: 373.29

DOI: 1Q.3492Q/SO/VOL_2Q23_ISSUE_3_9

HASANOVA I.N-Q. ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARNI MAKTAB TALIMIGA TAYYORLASH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA

Zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bugungi kunning pedagogik zaruri-yati bo'lib qolmoqda. Chunki bolaning bilish jarayonlari, yutuqlari va kamchiliklari vaqtida e'tiborga olinsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilsa, tarbiyalash ishlari samarali bo'ladi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'limga oid ish shakllari, didaktik o'yinlardan, ko'rgazmali-predmetli mashg'ulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qo'llagan holda amalga oshirilish zarurligi haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: zamonaviy texnologiyalar, tashxislash, aqliy rivojlanish, "makta-bga tayyorgarlik" o'rganish, tahlil qilish, yosh dinamikasi, psixologik tayyorgarlik, intellektual tayy-orgarlik, maxsus tayyorgarlik.

ХАСАНОВА И.Н-К. ПОДГОТОВКА ДЕТЕЙ К ШКОЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ

В современных условиях подготовка детей к школьному обучению и сегодня остается педагогической необходимостью. Ведь при своевременном учете познавательных процессов, достижений и недостатков ребенка, при использовании современных педагогических технологий воспитательная работа будет эффективной. В данной статье рассматривается необходимость реализации методов воспитательной работы с широким использованием форм работы, связанных с дошкольным воспитанием, дидактических игр, показательно-предметной деятельности, различных форм практической и изобразительной деятельности детей.

Ключевые слова и понятия:: современные технологии, диагностика, психическое развитие, исследование «подготовка к школе», анализ, возрастная динамика, психологическая подготовка, интеллектуальная подготовка, специальная подготовка.

HASANOVA I.N-Q. PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL EDUCATION IN MODERN CONDITIONS AS A PEDAGOGICAL NECESSITY

In modern conditions, preparing children for school education remains a pedagogical necessity today. Because if the child's cognitive processes, achievements and shortcomings are taken into account in time, if modern pedagogical technologies are used, the educational work will be effective. This article discusses the need to implement educational work methods with the wide use of forms of work related to preschool education, didactic games, demonstration-subject activities, various forms of practical and visual activities of children.

Key words and concepts: modern technologies, diagnosis, mental development, «preparation for school» study, analysis, age dynamics, psychological preparation, intellectual preparation, special preparation.

Kirish. "Hozirgi davrda xalqimiz eng rivojlan-gan mamlakatlarga xos hayot darajasiga erish-ish, yangi jamiyat qurishdek ulug'vor maqsadlar bilan yashamoqda. Mamlakatimizning zamo-naviy va jozibador qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi. Bu borada bir fikrni alohida ta'kidlash joizki, keyingi yil-larda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar va tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda"1 hamda ushbu islohotlar bevos-ita ta'lim, xususan, maktabgacha ta'lim tizimida ham muhim ijobiy yangilanishlarni yuzaga keltirmoqda.

Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida "Inson qadri uchun - 100 maqsad" belgilangan bo'lib, ular orasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida o'ringa ega. Strategiyaning 39-maqsadi "Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish"2 deb nomlanib, unda "Maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayon-larini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish"3 asosiy vazifa sifatida bel-gilab berilgan. Albatta, ulkan taraqqiyot sari intilayotgan har bir jamiyat o'z e'tiborini yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga qaratishi, asosiy investitsiyani bola kelajagi uchun sarflashi va bu borada samarali natijalarni ko'rsatuvchi yo'nalishlarni tanlashi lozimligi dunyo olimlari tomonidan alohida ta'kidlab o'tilmoqda.

1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T. 2021. - B. 6.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-y. dagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son. - https://lex.uz/docs/-5841063.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi

PF-60-son farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son. - https://lex.uz/docs/-5841063.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni uch yoshdan qabul qilish belgilab qo'yilgan4. Bu holat tibbiy, pedagogik, psixologik, metodik jihatdan maqsadga muvofiq bo'lib, bolalar uch yoshga to'lganda o'z fikrini ifodalash, mustaqil tarzda ovqatlanish, o'yin faoliyatiga kirishish, atrofdagi narsa-buyumlarga o'z qiziqishlarini bayon etish, tengdoshlari bilan o'zaro muloqot o'rnata olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarn-ing qisqacha tahlili. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola yosh rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, ma'naviy, imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, uni intensiv mashg'ulotlar bilan mak-tab ta'limiga tayyorlovga o'rgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab ta'limining shakl va metodlarini qo'llamaslik kerak. Bolalarning yoshga bog'liq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'limga oid ish shakllari, didaktik o'yinlardan, ko'rgazmali-predmetli mashg'ulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalan-gan holda tarbiyaviy ishlar usullari qo'llagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini rag'batlantiradi va intellektual rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Pedagogika va psixologiyaning asosiy muammolaridan biri bolalarning maktabga tayyorgarligi masalasidir. Bolalarni maktabga tayyorlash muammosi ta'limning rivojlanishi jarayonida paydo bo'ldi. Yillar davomida turli avlod vakillari o'rtasida o'zaro munosabat-lar shakllandi. Bunda esa hayot tajribalarining ko'rsatishicha, insonlar o'rtasida yosh va individual farq darajalari sezildi. Shu sababdan, bolalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirishning

4 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-son qarori / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

turli toifalari yuzaga keldi. Bu esa bolalarni bilim egallashlariga tayyorlashni taqozo etdi.

Aristotel fan tarixida birinchi bo'lib yosh davriyligini taklif etgan bo'lib, u yetti yosh-gacha bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash zarurligini ta'kidlagan1.

Antik davrning yana bir taniqli faylasufi, rim notiq va o'qituvchisi Fabiy Kvintilian "Notiqqa ko'rsatma" nomli maxsus pedagogik risolasida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash-ning ayrim masalalari o'z aksini topgan. Xusu-san, ushbu risolada bolani maktab hayotiga tayyorlashga alohida to'xtalib o'tilgan.

Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy maktabgacha ta'lim masalalarini batafsil ish-lab chiqishga muvaffaq bo'ladi va u bola hay-otining yettinchi yili maktab ta'limida davom etishini hamda ona farzandini jismoniy, axlo-qiy va aqliy jihatdan maktabga tayyorlashi, bu bolada ushbu sifatlarni rivojlantirish uchun optimal vaqt ekanligiga katta e'tibor qaratadi. U ota-onalarga bolada oldindan maktabga muhabbat va qiziqish uyg'otishni, bolalarga maktabda o'qish qanchalik muhimligini tus-huntirishni, bolalarning harakatlarini tartibga solishni tavsiya etadi2.

Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan, Abu Nasr Farobiyning ta'kidlashicha, "Inson aqliy qobiliyati u tug'ilgan vaqtidayoq (bola miya-sida) tabiiy holda salohiyat holida aqliy tus-hunchalarni (olam haqidagi bilimlarini) idrok etishga tayyorlangan bo'ladi. Ammo idrok etish qobiliyatlari turli insonlarda turlichadir. Yoki odamlarda aqliy tushunchalarni idrok etishga imkoniyat bo'lmasa, ba'zilar bu imkoniyatlarni ishlatmaydi"3. Farobiyning ushbu fikrlaridan anglash mumkinki, bolalar qaysidir ma'noda ma'lum qobiliyatlarga ega bo'ladi, lekin uni tashqi olamda namoyon eta olish uchun yetarli-cha muhit mavjud bo'lishi talab etiladi.

1 https://cyberleninka.ru/article/ri/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya.

2 https://cyberleninka.ru/article/n/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya

3 Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shaxri / Tuzuvchi

A.Irisov, M.Maxmudov va bosh. - T.: Yangi asr avlodi, 2016.

- B. 48.

Etnopedagogikaning dunyoviy hikmatlari, o'tmish faylasuf va mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalash haqidagi g'oyalari bolalarni maktabga tayyorlash muammosining empirik asosini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha katta izlanish-lar olib borgan bo'lib, u bolalarga maktabgacha ta'lim jarayonidan "ilm" olishga o'rgatish ker-akligini ta'kidladi. Bunda u maktabga tayyor-garlikning mohiyatini, bolalar bog'chasi ishin-ing mazmunini chuqur o'rgandi hamda bog'cha maktabdan nusxa ko'chira olmasligini isbot etdi4. Yuqoridagilar bilan bog'liq holda shuni aytish mumkinki, bugungi kunda bolalarning maktabga tayyorgarligini shakllantirish muammosi tobora kuchayib bormoqda. Zamo-naviy sharoitda maktablarning faoliyatida quy-idagi jarayonlarni hisobga olgan holda ushbu masalani o'rganish, tahlil etish, buning doira-sida izlanishlar olib borish zarurati yuzaga keldi:

- birinchidan, maktab yoshiga yetgan, maktabga ilk qadam qo'yayotgan bolalarga qo'yiladigan talablar oshdi;

- ikkinchidan, boshlang'ich sinflarda metodist - innovatorlar tomonidan ishlab chiq-ilgan yangi dasturlarning joriy etilishi natijasida bolaning maktabga tayyorgarlik darajasiga qarab u yoki bu dastur bo'yicha ta'limini tan-lash imkoniyati paydo bo'ldi;

- uchinchidan, ijtimoiy sharoitlar o'zgarganligi sababli, ko'plab bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga qatnaganligi yoki uyda tarbiyalanganligiga qarab maktabga tayyorgar-likning turli darajalarini egallaganligi.

Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra, "maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi (1-rasmga qarang)5:

4 Возрастная и педагогическая психология / Л.С.Выготский. - М.: Академия, 1998. - 325 с.

5 Asqarova D.Q. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi // O'quv qo'llanma. - T. 2002. - B. 139.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

1-rasm. Bolalarni maktabga tayyorlash yo'nalishlari1.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning maktabga-cha ta'lim tashkilotlarida bolalarni ta'lim olishga bo'lgan huquqini amalga oshirishni ta'minlash, ularning jismoniy, aqliy, ma'naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash asosiy vazifalar sifa-tida belgilab o'tilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog'lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo'lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog'ligini mustahkamlash, organizmini chiniqtirishni maqsad qiladi.

Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlanti-rishning yosh dinamikasi V.S.Farfel, F.G.Kazaryan, L.V.Karmanova, N.A.Fomin, V.P.Filin va boshqa-larning ishlarida ochib berilgan2.

G.M.Kasatkina, V.N.Novoxatkolarning izlan-ishlari natijasiga ko'ra, bola hayotining oltinchi yili kuchni, jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini tarbiyalashning asosiy davri hisoblanadi. Negaki, olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamli-likni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo'ladi3.

T.Yu.Logvinaning4 fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik,

1 Возростная и педагогическаяпсихология / Л.С.Виготский. - М.: Академия, 1998. - 325 с.

2 Abdullayev Z.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko'nikmalarini rivojlantirish // Academic research in educational sciences 3.1, 2022. - B. 288-298.

3 Ноткина Н.А. Развитие двигательных качеств у детей дошкольного возраста. Игры и упражнения. - СПб., 1995.- 64 с.

4 Логвина, Т.Ю. Физкультура, которая лечит. Пособие

для педагогов и медицинских работников дошкольных

учреждений / Т.Ю. Логвина. - Мозырь : ООО ИД «Белый

ветер», 2003. - 172 c.

makonda mo'ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo'ladi va asosan o'g'il bolalarda ushbu ko'rsatkichlar qizlarga nisbatan yanada yuqoriroq darajaga ko'tariladi.

Respublikamiz olimlaridan D.Asqarova maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining ahamiyati va ularni tashkil etish usullari haqida o'z izlanishla-rini olib borgan va bolaning har jihatdan kamol topishida jismoniy o'sishning ijobiy natijalarini ko'rsatib o'tgan5.

Maktabga jismoniy tayyorlik ko'pgina tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bular:

- bola salomatligining yaxshi bo'lishi;

- organizmning chiniqqanligi;

- ma'lum darajada chidamliligi;

- ish qobiliyati;

- kasalliklarga qarshilik ko'rsata olishi kabilar.

Bolaning maktab hayotiga jismoniy tayyorligi uning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va kurish-motor muvofiqligi riv-ojlanganligi bilan izohlanadi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning maktabga shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar duny-osiga, tabiiy hodisalarga shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda tutadi.

Ye.Ye.Kravsovaning6 xulosalariga ko'ra maktabga ruhiy tayyorlik ko'rsatkichlari bolaning kattalar va tengdoshlari orasida bir-biri bilan kelishib amalga oshiriladi. Umuman olganda, bolaning yuqori ko'rsatkichlari uning intellektual rivojlanishining yaxshiligini namoyon etadi.

Rus pedagog-olimlari N.V.Nijegorodseva, V.D.Shadrikov, va N.P.Voroninlar7 maktabda o'qitishga psixologik tayyorlikni alohida bir tizim deb hisoblaydilar. Bu tizim esa o'quv sifa-tidan iborat. Mana shu sifat maktabda yutuqli o'qitishga turli xilda ta'sir etadi. Shuning nati-

5 Asqarova D. Мак:аЬдас1ла yoshdagi Ьо1а1аг rivojlanishida jismoniy :агЫуа т^11д'и1о:1апт o'tkazish usullari // Журнал Мир исследований, 3/2021. - В. 42-49.

6 Кравцова Е.Е. Психология и педагогика обучения дошкольников: учебное пособие. - Мозаика-Синтез, 2013. - 264 с.

7 Нижегородцева Н.В., Шадриков В.Д., Воронин Н.П. "Готовность к обучению в школе: теория и методы исследования" Ярославль: Изд-во ЯГПУ, 1999. - 247 с.

jasida, fundamental va boshlovchi sifatga bo'linadi, bu esa bir qator dastur materiallarini o'zlashtirishga yordam beradi.

Maqolaning ilmiy yangiligi. Maktabga tayy-orlik tashxisi quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:

- bolalarning psixologik rivojlanish turla-rini tushunish. Bunda maqsad o'quv-tarbiyaviy jarayonga yakka holda yondashish;

- maktabda bilim olishga tayyor bo'lmagan bolalarni aniqlash va ular bilan yakka tartibda ish olib borish;

- bo'lg'usi birinchi sinf o'quvchilarini saral-ash, ularning rivojlanish darajasiga qarab, bolan-ing kelajakda yaxshi natijalar bilan rivojlanishi;

- maktabga tayyor bo'lmagan bolalarni yana bir yilga kechiktirish ko'zda tutiladi.

Bolani maktabga tayyorlashning keyingi bosqichi uning intellektual tayyorgarligi hiso-blanib, unda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilim-lari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab bera-digan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligi-ning asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi1. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma'lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivo-jlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi.

Maktabda o'qishga intellektual tayyorgarlik bolaning yuqori aqliy jarayonlari: diqqat, xotira, idrok, fikrlash, tasavvur va nutqning ma'lum darajada rivojlanishini, shuningdek, atrof-muhit to'g'risida zarur bilimlar zaxirasining mavjudlig-ini nazarda tutadi.

Tadqiqotning maqsadi. 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalar asosan mantiqiy operatsi-yalarni (umumlashtirish, tasniflash, tahlil qilish, taqqoslash va boshqalar), semantik yodlashni o'zlashtirishi kerak. Maktabga intellektual tayy-orgarliklari yuqori darajada bo'lishi kerak. Bola-lar turli voqeliklar o'rtasidagi aloqalarni sezish, ko'rish qobiliyati, bolaning bu jarayonni nima va

1 http://psihdocs.ru/maktabgacha-esh-davrining-psihologik-hususiyatlari-bofcha-eshi.html?page=4

nima uchun ekanligini tushunishi kerak. Bugungi zamonaviy sharoitda bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash har bir pedagogning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo'lishidir. Bu o'rinda:

- birinchidan, bilish jarayonining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma'no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok qilish, qo'yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;

- ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifo-dalashning tez va aniqligi;

- uchinchidan bolada atrof-muhitga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi2.

Asosiy qism. Ta'lim samaradorligi, yangi ta'lim darajasi sharoitlariga moslashish muvaf-faqiyati ko'p jihatdan maktabgacha ta'lim muas-sasalarida bolalarni maxsus tayyorlash darajasi bilan belgilanadi. Maktab ta'limiga maxsus tayy-orlash - katta yoshdagi guruhlarning o'ziga xos roli, butun pedagogik jarayonning muhim vazi-falari va natijalaridan biri.

Maktabga maxsus tayyorgarlik - bu bolaning birinchi sinfda asosiy fanlar (matematika, o'qish, yozish kabi) bo'yicha o'quv materiali mazmunini muvaffaqiyatli o'zlashtirishni ta'minlaydigan bilim va ko'nikmalarni egallash jarayonidir3.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki uzluksi-zlikning ifodasi - tayyorlov bosqichlarida bolaning shaxsiyatini har tomonlama shakllantirish-ning yagona, progressiv yo'nalishini amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabda bolalarni o'qitish va tarbiyalashning vazifalari, mazmuni, shakllari va usullari o'rtasida chuqur bog'liqlikni o'rnatishdan iboratdir.

2 Dosboyeva Sh.A. Bolaning maktab ta'limiga aqliy tayyorligi // "Science and Education" Scientific Journal March 2021 / Volume 2 Issue 3. - B. 384-351.

3 Нижегородцева Н.В., Шадриков В.Д., Воронин Н.П. "Готовность к обучению в школе: теория и методы исследования" Ярославль: Изд-во ЯГПУ, 1999. - 247 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

с МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ / ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 61 и

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T. 2021. - B. 6.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni / Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son. https://lex.uz/docs/-5841063.

3. O'zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 391-son qarori / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son.

5. To'ychiyeva I.I. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi bolalarining fikrlash faolligini rivojlantirish. Ped. fan. bo'yicha fal. dok. diss. - T. 2020. - B. 152. ( - 12 b.)

6. https://cyberleninka.ru/article/n/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya.

7. https://cyberleninka.ru/article/n/podgotovka-detey-k-obucheniyu-v-shkole-vchera-i-segodnya

8. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shaxri / Tuzuvchi A.Irisov, M.Maxmudov va bosh. - T.: Yangi asr avlodi, 2016. - B. 48.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Возрастная и педагогическая психология / Л.С.Выготский. - М.: Академия, 1998. -325 с.

10. Asqarova D.Q. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi // O'quv qo'llanma. - T. 2002. - B. 139.

11. Abdullayev Z.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko'nikmalarini rivojlantirish // Academic research in educational sciences 3.1, 2022. - B. 288-298.

12. Ноткина Н.А. Развитие двигательных качеств у детей дошкольного возраста. Игры и упражнения. - СПб., 1995.- 64 с.

13. Логвина Т.Ю. Физкультура, которая лечит. Пособие для педагогов и медицинских работников дошкольных учреждений / Т.Ю. Логвина. - Мозырь : ООО ИД «Белый ветер», 2003. - 172 c.

14. Asqarova D. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish usullari // Журнал Мир исследований, 3/2021. - B. 42-49.

15. Samadov S.S. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining yosh xususiyatlari va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari // Fan va ta'lim jurnali, 5-son, 2022. - B. 1383-1388.

16. A'zamova M.N. Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirish: ped. fanl. bo'yicha fals. doktori (PhD)... diss. avtoreferati. -T.: - B. 11. (48).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.