Научная статья на тему 'ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN VA ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN VA ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1484
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
NUTQ / O‘QISH / SAVOD / TO‘G‘RI VA RAVON NUTQ / SAVODGA TAYYORGARLIK

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O‘Ktamova N.Sh.

Ushbu maqolada nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikning to‘g‘ri qo‘llanilishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikningusul va metodlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar keng bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECULIARITIES OF TEACHING TO READ TO CHILDREN WITH HEARING DEFECTS AND HEARING DEFECTS

In this article, information about the correct use of speech, reading and literacy training, methods and methods of speech, reading and literacy training, as well as their specific features, is described in detail.

Текст научной работы на тему «ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN VA ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI O‘QISHGA O‘RGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'ktamova N. Sh. Buxoro davlat pedagogika institutm maktabgacha ta'limyo'nalishi 1-bosqich talabasi

ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN VA ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI O'QISHGA O'RGATISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikning to'g'ri qo'llanilishi, nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikningusul va metodlari hamda o'zigaxos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar keng bayon etilgan.

Kalit so'zlar: nutq, o'qish, savod, to'g'ri va ravon nutq, savodga tayyorgarlik.

Uktamova N.Sh. preschool education 1st year student Bukhara State Pedagogical Institute

PECULIARITIES OF TEACHING TO READ TO CHILDREN WITH HEARING DEFECTS AND HEARING DEFECTS

Annotation. In this article, information about the correct use of speech, reading and literacy training, methods and methods of speech, reading and literacy training, as well as their specific features, is described in detail.

Key words: speech, reading, literacy, correct and fluent speech, preparation for literacy.

Maktabga tayyorlov guruhida ona tilini o'rgatish ishining alohida bo'limi savodga o'rgatish bo'limidir. Mazkur bo'lim eshitishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarda dastlabui o'qish va yozish malakalarini rivojlantirish, aniqrog'i yozma nutqni o'zlashtirish vazifasini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Og'zaki nutqdagidek kabi, yozma nutqning impressiv shakli, ya'ni o'qish va ekspressiv shakli - yozuv ajratiladi. Impressiv va yekspressiv nutqni egallashda nafaqatgina kar bolalar, balki eshitadigan balalar xam katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Qiyinchiliklar o'qish mexanikasini egallash va o'qiganlarning mazmunini tushunib yetishda ko'zga tashlanadi.

O'qish va yozish malakalari - nutqiy malakalaridir, o'qish va yozish esa nutqiy faoliyatning turlari hisoblanadi. Nutqiy faoliyat va malakalarni egallashda motiv (sabab) va ehtiyojlar katta ahamiyatga ega. Eshituvchi bola tomonidan og'zaki nutq muloqot jarayonida o'z - o'zidan tabiiy ravishda o'zlashtiriladigan bo'lsa, yozma nutq ongli va maqsadli ravishda o'zlashtirilishini talab etadi.

O'qish va yozuvning psixologik - fiziologik negizini o'rganib chiqqan psixologlar, tilshunoslar, metodislar nutqiy faoliyatning mazkur turlarini egallash uchun bolalardan iroda, aql, jismoniy kuchning talab etilishini e'tirof etadi. O'qitishning boshida o'qish jarayoni sekin kechadi: bola bitta harfni idrok etadi, tanib oladi, kerakli tovushga aylantiradi. So'zda qancha harf bo'lsa, shucha aqliy - irodaviy harakat bajariladi. O'qishning texnik tomonini o'zlashtirilishi ham diqqat e'tibor va g'ayratni talab etadi. Biroq o'qilgan so'zning ma'nosi har doim ham bolalar tomonidan yaxshi tushunilmaydi. O'qilganlarning ma'nosini tushunishi o'qish bilan bir vaqtda kechmaydi. O'qish chog'ida tovushlarni birlashtirish katta qiyinchiliklarni tug'diradi, bolalar alohida tovushlarni talaffuz etadi, lekin bo'g'inlay olmaydi.

Hozirgi paytda umumta'lim maktablarda bolalar sovodini chiqarishda tovushli analitik - sintetik metod qo'llaniladi. Ushbu metodga ko'ra o'qituvchi bolalarga jonli nutqdan so'zlarni, so'zlardan bo'g'inlarni, bo'g'inlardan tovushlarni ajratishni o'rgatadi. So'zdagi tovush va uning talaffuzi ajratilgandan keyin o'qituvchi tovushning belgisini, ya'ni harfni ko'rsatadi. Keyin bolalar yangi harflardan bo'g'in va so'zlarni tuzishga o'rganadilar.

Surdopedagogikada mavjud bo'lgan turli tizimlar doirasida sovod o'rgatish muassasalariga turlicha yondashilgan. Mimik tizimda asos etib, bolalarning imo ishoralari nutqini rivojlantirilishi olinadi. Yozma nutqga imo ishorali belgilarni garfik belgilariga o'tkazish orqali o'rgatilar edi. Yozishga o'rgatish jarayoni quydagi ko'rinishda bo'lgan: buyum va u haqidagi tasavvuridan mimik belgiga, undan yozuvga; o'qishda - grafik obrazdan -mimik belgiga, undan predmet tasavvurga o'tiladi.

Tilga o'rgatishning yozuvli tizimda asos etib, yozma nutq olinar edi. Yozma nutq negizida og'zaki nutq shakllantiriladi. Yozuvda tushunchalar grafiklarga aylantiriladi, o'qishda grafik obrazlarda - tushunchalarga o'tilardi. Ushbu ikki tizim amalyotida savotga o'rgatish jarayoni grafik obrazlarni eslab qolish bilan taqqoslashga keltirilardi. Savod o'rgatish yozma nutqni rivojlantirish bilan uyg'unlikda kechadi, shu sababli nutq o'stirish deganda savod o'rgatish ham nazarda tutiladi.

Savodga o'rgatish muammolariga mamlakatimiz surdopedagoglari U.Yu.Fayziyeva, F.J.Alimxodjayeva, I.K.Kislitsina, X.Gaynuddinovlarning ilmiy izlanishlari bag'ishlangan. Ilmiy tadqiqotlarda o'qishga o'rgatishda analitik - sintetik tovushli metoddan foydalanish yo'llari ochib beriladi.

Har bir pedagogik tizimning o'ziga xosligi o'sha tizimning nazariy asoslari, undan kelib chiqqan ta'lim, yo'nalishlari konkret tashkiliy sharoit va shakllariga bog'liqdir.

Surdopedagogikaning barcha tanish bo'lgan tizimlarida birinchi navbatda ta'limning turli bosqichlari ajratilgan. Til bo'yicha barcha o'zlashtiriladigan material bosqichlari bo'linib mazmun va hajm jixatdan murakkablashib, kengaytirilib borgan.

Ta'limning muayyan bosqichi uchun nutqiy malakalarning rivojlantirishga bitta talablar, keyingi bosqichda murakkabroq talablar qo'yilgan. Ta'limni bosqichma bosqich berilishi ko'p xolda bir tomonlama belgilanib, bolalarga yoki dastlabki bilim asoslarini olish imkonichtlari yaratilgan yoki maktab kursi bo'yicha keng ma'lumot olish sharoiti yaratilgan. To'liq ma'lumot olish imkoniyati bolalarning aqliy qobilyati, eshitish holati, oilaviy tarbiya sharoiti, eshitish qobilyatini pasayish vaqtiga bog'liq bo'lsada, eng muhimi kar bolaning ota - onalarining moddiy - ta'minot ahvoliga bog'lanardi. Ta'lim olish muddati kar bolalar uchun turlicha bo'lgan.

Kar bolalarning zamonaviy maktabida 12 yillik ta'lim olish belgilanib uning davomida umumta'lim maktabining 9 yillik hajmdagi ma'lumot beriladi. Ta'limni bosqichlarga ajratish avvalo ta'limning asosiy maqsadi 9 yillik maktabi o'quv fanlari doirasida umumta'lim ma'lumot berish, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida davom etirishi uchun zamin yaratish.

Ta'lim jarayonining bosqichlarga ajratilishi kar bolalarning yosh va psixofizik imkoniyatlariga ham bog'liqdir. Ba'zi tilni egallashga oid va nutqiy malakalarga qo'yiladigan talablar katta yoshdagi bolalar tomonida, psixik bilish jarayonlarining ma'lum darajaga yetgan holdagina o'zlashtirishi mumkun, ayrim talablar faqat boshlang'ich maktabda o'zlashtirilishi mumkin.

Shunday qilib kar bolalar maktabida ona tilini o'qitishni bosqichlarga bo'linishi didaktik (ta'limni xajmi) psixofiziologik, lingvistik omillarga bog'liqdir.

Kar bolalarga ta'lim berish kursi 4 ta asosiy bosqichga ajratiladi.

Dastlabki bosqich - maktabgacha davrni o'z ichiga oladi va bolalar maxsus maktabgacha ta'lim muassasasiga borgan xolda 4 - 5 yil davom etadi maktabgacha tayyorgarlik ko'rmagan bolalar maktabning tayyorlov sinfida ta'lim oladilar.

Ikkinchi bosqich - 1-4 boshlang'ich sinflarni qamrab oladi. Unda 7-yoshdan 10-11 yoshgacha bo'lgan bolalarta'lim oladilar.

Uchunchi bosqich - 5-7 o'rta sinflarni qamrab, unda 11-13 yoshli o'quvchilar ta'lim oladilar.

Turtinchi bosqich - 8-12 sinflarni qamrab oladi.

Ko'rsatilgan bosqichlar ona tili faniga kirgan o'quv fanlarining vazifalari, mazmuni, bolalarni nutqiy rivojlantirish yo'nalishlari, qo'llaniladigan metodik yo'llari bilan farqlanadi.

Tayyorlov bsqichning bosh vazifasi - qisqa muddat ichida muloqot uchun zarur bo'lgan nutqiy materialni egallashini taminlashdir.

Ta'limni mazmuni dastlabki muomilani o'rnatish va egallangan tajriba va bilish faoliyatini nutqida aks ettirishda ishtirok etadigan darak, undov, so'roq gap va so'zlardan tashkil topadi.

Tilga oid qobilyatlarni rivojlantirish nutqni idrok qilish, tushunish, bayon etish va hosil qilish psixofiziologik mehanizmini shakillantirishdir. Bolalar ta'limning dastlabki kunlaridanoq shunday sharoitga tushib qoladiki, ularga

murojat etilgan nutqqa munosabat bildirish, mazmuniga qarab nima so'rayotgani, nimaga undalyotgani tushunish zarurati to'g'iladi.

Nutqni idrok etish talaffuzga o'rgatish va eshitish qobilyatini rivojlantirish darslarida o'rgatiladi. Nutqni qabul qilish va ifodalash jarayonlarini jadallashtirish, maqsadida daktilolamyadan foydalaniladi. Maktabgacha tayyorgarlikni ko'rmagan bolalar uchun daktilologiya dastlabki nutq shakli bo'lib, og'zaki nutq bilan bir vaqtda o'stiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (yangi tahriri), 2020

2. O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida - T.:2019 y.

3. Tosheva, Nurzoda. "Use of modern information technologies to increase the effectiveness of language learning: use of modern information technologies to increase the effectiveness of language learning." Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali 1.1 (2021).

4. Tosheva, N. T. "Pedagogical and psychological approaches to the development of cognitive activity of primary school students." Pedagogical sciences 6 (2011): 44-46.

5. Tosheva, Nurzoda. "Katta yoshdagi bolalarni oilaviy va milliy qadriyatlar vositasida axloqiy tarbiyalash." Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali 1.1 (2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.