MAKTABGACHA KATTA VA TAYYORLOV GURUH BOLALARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Madraximova Mohiraxon Imomaliyevna Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti, Farg'ona davlat universiteti https:Moi.org/10.5281/zenodo.6578595 Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq madaniyatini egallashning ta'lim -tarbiyadagi samarali usul va yo'llari yoritilgan
Kalit so'zlar: til va nutq madaniyati, lahja, nutqiy ko'nikma, nutqiy malaka, nutqiy taqlid, namunali til, madaniy nutqiy tarbiya.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ РЕЧИ У ДОШКОЛЬНИКОВ И ДОШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье рассматриваются эффективные способы и средства овладения культурой речи в образовании.
Ключевые слова: язык и культура речи, диалект, навыки говорения, навыки говорения, подражание речи, образцовый язык, культурно-речевое воспитание.
PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE FORMATION OF SPEECH CULTURE IN
PRESCHOOL AND PRESCHOOL CHILDREN Annotation. This article discusses effective ways and means of mastering the culture of speech in education
Keywords: language and speech culture, dialect, speaking skills, speaking skills, speech imitation, exemplary language, cultural speech education.
"Nutq madaniyatini barcha so'zlovchilar egallashlari lozim"
I.Beloled
KIRISH
Til qonuniyatlarini egallagan, ya'ni gapirayotgan sheva yoki lahjasining me'yoriy shakllari asosida yoshlikdan so'zlay olish malakasiga erishgan har bir kishi hech qanday yordamsiz o'sha tilda fikrlasha oladi. Ammo shaxsning o'zi egallagan tilni qaysi darajada bilishi ushbu shaxsning o'z faoliyati, intilishlari, hayotiy tajribasi hamda hayotiy ehtiyojiga bog'liq bo'lgan masaladir.
Demak, kishilarda tabiiy va an'ana tusiga ega bo'lgan ona tilini yoshlikdan egallay olish va undan o'rinli, tanqidiy foydalana olish qobiliyati bor ekan, unda nutq madaniyati sohasi kimlarni ko'zda tutib ish olib boradi, degan qonuniy savol tug'ilishi tabiiydir. Bu savolga berilgan javoblar hozirgi zamon tilshunosligida juda kam. Mavjud javoblarda esa ushbu masala turlicha talqin etilganligini ko'ramiz. Bular ichida uchtasi xarakterlidir:
1. Nutq madaniyati sohasi butun millatni (xalqni) ko'zda tutib ish olib boradi.
2. Nutq madaniyati faqat ziyolilar nutqini yaxshilashni ko'zda tutadi.
3. Nutq madaniyati sohasi birinchi navbatda yosh avlod nutqini to'rilashni ko'zda tutib ish
olib boradi.
Nutq madaniyati tushunchasi hozirgi ilmiy ma'noda adabiy til bilan bog'liqdir. Shu tufayli adabiy tilni egallamagan, unda so'zlay olmaydigan kishining nutqiy madaniyati haqida gapirish ham ortiqchadir. Demak, oldin ham qayd etilganidek, nutq madaniyati sohasi adabiy
tilda gapiruvchilar, adabiy tilni egallagan va egallayotganlar nutqini, nutqiy faoliyatini ko'zda tutgan holda ish ko'radi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko'p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot o'rnatish, o'ziga, o'z ishlari va kechinmalariga e'tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta'sir qilish, o'z faoliyatini yo'lga qo'yish, o'zining va birga o'ynayotgan o'rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob'ektiv munosabatlarning alohida sohasi bo'lib, bola ularni so'zlar, tovushlar, qofiyalar, ma'nolar bilan o'ynash orqali anglab yetadi.
TADQIQOT METODLARI
Bola o'zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun fikr bildiradi, imo-ishoralardan foydaladi. MTTlarda bolalar nutqini rivojlanishida asosan quyidagi me-todlaridan foydalaniladi.
1. Atrof olam bilan tanishtirish.
2. Hikoya tuzish orqali.
3. Muloqot.
4. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
5. Ko'rgazmali qurollar yordamida.
Nutq madaniyati ijtimoiy-madaniy hayotning qonuniy talabi bo'lsa-da, uni egallash aslida har bir shaxsning madaniy saviyasi, ong va bilimiga bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan jamiyatdagi barcha shaxslarni bir vaqtning o'zida bir xilda yuksak madaniyat darajasiga erishgan deyish mumkin bo'lmaganidek, aniq shaxslarning barchasini ham bilim va madaniy saviyasi jihatdan nutq madaniyatini egallashga bir xilda hozirlangan, qobiliyatli odam deyish qiyin.
Shunday qilib, nutq madaniyati sohasi bir davrning o'zida jamiyat a'zolarining barchasini madaniy nutqiy tarbiya ostiga ola olmaydi. Ushbu ma'noda madaniy nutqiy tarbiya ma'lum chegarali tomonlarga ega. Nutq madaniyati sohasi asosan, adabiy tilni egallaganlar, unda so'zlash va yozishni istovchilarni hamda yosh avlod nutqini to'g'rilashni ko'zda tutadi. Lekin nutq madaniyati bu bilan chegaralanib qolmasligi kerak albatta. Nutq madaniyati sohasining to'liq, ya'ni pirovard maqsadi barcha xalq ommasining nutqini adabiy tarbiyalay olishdek maqsadni ko'zda tutmog'i lozim.
Har qanday holda ham nutq madaniyati - bu avvalo nutqiy ko'nikma, nutqiy malaka hosil qilishdir. Bu ko'nikma nutqiy-amaliy jarayon bo'lib, maxsus mehnat va mashq evaziga, o'qish va uqish orqali erishiladigan qobiliyat, mahoratdir. Inson aloqa quroli bo'lmish tilni, jumladan adabiy tilni o'rganish va egallashi to'rt xil yo'l bilan amalga oshadi, deyish mumkin:
1. Tilni tabiiy holda egallash. Bunga bolaning o'z ona tilini oila muhitida, shuningdek atrof-muhit ta'sirida o'rganishi va bilib olishi kiradi. Bola tilni ota-onadan, oila a'zolaridan, duch kelgan kishidan tabiiy holda eshitish va o'zlashtirish orqali egallaydi.
2. Tilni o'qitish va o'rgatish orqali egallash. Bunga asosan o'rta, o'rta maxsus va oliy maktab ta'limi kiradi. Shuningdek, qisman bolalar bog'chasidagi ta'limni ham shu omilga qo'shish mumkin.
2G22 № 2
3. Til va nutq madaniyatini mustaqil o'qish, shug'ullanish orqali o'rganish. Tilni va nutq madaniyatini egallashda mustaqil o'qish, til va nutq ustida mustaqil ishlash muhimdir. Bu ish ikki xil xarakterlidir. Birinchisi, kishi tilga oid maxsus adabiyotlar, darsliklar va qo'llanmalar, lug'atlarni o'rganadi. Undagi til va nutqqa oid qonuniyatlarni egallaydi.
Ikkinchisi, nolingvistik adabiyotlarni mustaqil o'qiydi va bu hol kishi nutqining o'sishiga, adabiy til normalarini egallashiga turtki bo'ladi. Mustaqil shug'ullanish adabiy tilni egallash, nutq madaniyati malakasini hosil qilishning muhim omilidir. Chunki bunda adabiy til normalari ixtiyoriy, ongli ravishda o'zlashtiriladi. Bu yo'l bilan hosil qilingan nutqiy malaka esa mustahkam bo'ladi.
4. Til va nutq madaniyatini egallashning ko'rinishlaridan biri nutqiy taqliddir. Har bir kishi o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va o'tkir gapiradigan kishilar nutqiga havas bilan qarashi va unga taqlid qilishga intilishi mumkin. Bu holda nutqiy taqlid - namunali til, nutq madaniyatini egallashga intilishning omillaridan biriga aylanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Nutq madaniyati bolaning umuman tilni bilish darajasi bilangina emas, balki adabiy tilni namunali bilishi va undan nutqning og'zaki va yozma ko'rinishlarida namunali foydalana olishi darajasi bilan o'lchanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqiy tarbiyaning mazmunini o'zaro bog'langan ikki soha tashkil etadi: ona tilini (fonetika, leksika, grammatikani) o'rgatish hamda tilni bilish faoliyatida va muloqotda qo'llash usullari.
Tilni egallash atrofdagi olam hodisalari va turli xildagi munosabatlar haqidagi bilimlarning kengaygan taqdirda ro'y beradi. Lekin, tilni va nutqni anglab etish vazifasini bolaning imkoniyati darajasida shakllantirish - maktabgacha katta yoshdagi bola tilini rivojlantirishdagi markaziy bo'g'indir.
Tilni egallash atrofdagi olam hodisalari va turli xildagi munosabatlar haqidagi bilimlarning kengaygan taqdirda ro'y beradi. Lekin, tilni va nutqni anglab etish vazifasini bolaning imkoniyati darajasida shakllantirish - maktabgacha katta yoshdagi bola tilini rivojlantirishdagi markaziy bo'g'indir.
Tilni qo'llash sohasida uchta bo'g'in ajralib chiqadi: atrofdagilar bilan emotsional aloqalarni yo'lga qo'yish; fikrni ifodalash, axborot-matn tuzishni bilish; sherik bilan nutqiy hamkorlikni yo'lga qo'ya olish. Maktabgacha davrdagi katta yoshda kommunikativ havaskorlik sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqot dastlabki o'ringa chiqadi, unda bola o'zining muloqotga bo'lgan ehtiyojini qondiradi, o'zining tilni bilish va ravon nutqni o'stirish va rivojlantirish borasidagi o'z yutuqlarini amalga oshiradi va sherik bilan hamkorlik qilishni o'rganadi.
Bolalar nutqini rivojlantirish maqsadida zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun tarbiyachi bu boradagi asosiy ishlar yo'nalishlariga amal qilishi lozim:
1.Ravon nutqni rivojlantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini - dialogik va monologik shakllarini ko'rib chiqish lozim.
Dialog ikki yoki bir necha so'zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog'liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda,
sintaksik jihatdan sodda bo'lgan darak, undov (iltimos, talab), so'roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish - so'rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin.
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta'lim muassasasidagi hayoti, uning do'stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog'liq turli xil mavzularda suhbat o'tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko'nikmalar monologik nutqni o'stirish va rivojlantirish uchun ham zarurdir.
MUNOZARALAR
Bolalar o'rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko'pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro'y berayotgan hodisaga nisbatan o'z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e'tibor berishni, do'stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko'rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o'rganadigan ko'plab xalq o'yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo'lga qo'yish uchun stol o'yinlari va chop etilgan («loto", «domino") o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo'lib o'ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o'z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o'rganadilar. Bunday o'yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so'zlarni tanlab olish, akustik va artikulyasion jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.
1.Monologik nutqni rivojlantirish
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o'qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o'rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko'rsatkich (gaplar o'rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog'lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo'ladi. Gaplarni bog'lashning eng keng tarqalgan usuli - bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o'rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so'zni qayta takrorlashdan qochadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o'rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so'zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo'yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o'ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so'z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to'lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib
berish, voqealar to'qish, shaxsiy tajribasidan so'zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo'naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o'yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo'llab-quvvatlashi darkor. Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko'ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikrlarida kontaminatsiyalangan (aralash) ko'rinishda uchrashi mumkin, ya'ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo'shilib ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matnlar tuzishni o'qitishni ishlarning suhbat, o'zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo'yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.
2. Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish
So'z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So'z ustida ishlash nutqni o'stirish va rivojlantirish borasidagi ishlarning umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi.Xulosa qilib aytganda, bolaning jismonan va ruhan sog'lomligi bilan birga nutqining rivojlanganligi ham maktabga tayyor ekanligini bildiruvchi omillardan biri hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1. Ф.РДодирова. Р.М ^одирова. «Болалар нуткини ривожлантириш назарияси ва методикаси». Т., «Истиклол», 2006.
2. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.
3. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 326-329.
4. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
5. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.