Scientific Journal Impact Factor
О
SAMIMIY MULOQOT -BOLA QALBIGA YOL
Kabilova Aziza Tursunovna
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Nutq bola qalbining badiy ifodasi bilan belgilanadi. Bola nutqinirivojlantirishda esa pedagogning mahoratini oshirish lozim Bu borada esa qator adabiyotlar, yangi qaror va nizomlarning ishlab chiqilishi tarbiyachi uchun katta dasturi amaldir. Maqolada «Nutq, muloqot, o 'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari sohasida "Ilm yo'li" variativ dasturining ahamiyati va yangicha yondashuvlar xususida so^zyuritiladi.
Kalit so zlar: Soha, Kompetensiyaviy yondashuv, tarbiyachi, pedagogika, maktabgacha talim
Speech is defined by the artistic expression of the child's heart. In the development of the child's speech, it is necessary to improve the skills of the teacher. In this regard, the development of a number of publications, new decisions and regulations is a great program for the educator. The article discusses the importance of the Way of Science alternative program and new approaches in the field of speech, communication, reading and writing skills.
Keywords: Field, Competence approach, educator, pedagogy, preschool education
Речь определяется художественным выражением детского сердца. В развитии речи ребенка необходимо повышать квалификацию учителя.В связи с этим разработка ряда публикаций, новых решений и положений - отличная программа для воспитателя. В статье обсуждается важность альтернативной программы «Путь науки» и новые подходы в области речи, общения, навыков чтения и письма.
Ключевые слова: поле, компетентностный подход, педагог, педагогика, дошкольное образование.
Ozining tilida qo'g'irchog'i bilan so'zlashayotgan Muniraxon goh allani, goho onasi aytib bergan ertakni so'zlab berar, uning biyron gapirishidan hayratlanardim. Yoshiga nisbatan uning qo'g'irchog'i bilan qilgan bu muloqotidan bundayin
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
O
so'zamolligi boisini onasidan so'raganimda, qizcha ta'lim olayotgan dargohda tarbiyachi opasining nutqi ravonligi, yosh bolalar bilan erinmay, sabr toqat bilan so'zlashishini qizaloqning onasi to'lqinlanib gapirib berdi.
Darhaqiqat, maktabgacha ta lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchining nutqini rivojlantirishda «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalarining ahamiyati beqiyos.
Malumot o'rnida «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari haqida gap ketganda, «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so'ng 6-7 yoshli bolaning o'zlashtirish qobiliyati turiga ahamiyat qaratish lozim. Ular quyidagilardan iborat:
• nutqni eshitadi va tushunadi;
• o'z nutqida to'g'ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
• ikkinchi tilni o'rganishga qiziqish namoyon qiladi;
• ikkinchi tilni egallash bo'yicha dastlabki bilimlarini ko'rsatadi;
• badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
• so'zning lug'aviy, bo'g'inli va fonetik tuzilishi to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi;
• turli ma'no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so'zlab berishni biladi;
• yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
Dastlab bola nutqini rivojlantirishda bolaning idrokiga uning buyumlarning
rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlashi, tanish ohangni ajrata olishi, ayniqsa unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko'rish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, kuzi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanishi muhimligiga e'tibor qaratish lozim. Bola taassuroti - buyumlarni ko'rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi ham uning muloqoti, nutqini mukammalashida yordam beradi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning nutqiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o'z vaqtida va to'g'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so'zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tendensiyalari kengayib bormoqda [1-4]. Respublikasining 2020 yil 23 -sentyabrdagi
466
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
'Talim -to'g'risidagi O'RQ-637- son qonun'. 2019 yil 16 -dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonunlari, 2020 yil 19 -martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 'Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risidagi 132 -son qarori tizimdagi islohotlarning rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan bolaning «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalarida ham bolalarni bir yillik majburiy tayyorlashda "Ilm yo'li" dasturida tarbiyachilar uchun muhim amaliy manbadir. Dasturda xalqaro tajribalar hisobga olingan Dasturning asosiy sohalaridan- nutq muloqot , o'qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari bolalarning muloqot malakasini egallashlari uchun kompetentlik yondashuvdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Malumki, boladagi nutq va muloqot uning yosh jihatiga ham bogliq. Shuni e'tiborga olgan holda mulohazamizni ham 6-7 yoshdagi bolalar muloqotiga yondoshsak tahlillarimiz yanada oydinlashadi. Malumot o'rnida "Ilm yo'li" variativ dasturida bolaning 6-7 yoshida fiziologik rivojlanishi o'ziga xosligiga organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo'linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro'y berishi, bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo'yi o'sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o'zgara borishi, 7 yoshli bolalarning bo'yi o'rtacha 113-122 sm ga, o'rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo'lishi hamda Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllanganligi, harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emasligi, yirik va ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etishi kabi xususiyatlar keltirilgan. Va yana qo'l panjalari mushaklarning koordinatsiyasi intensiv rivojlanishi, umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog'liqligi, qo'l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko'rish vositasi bo'lishi alohida qayd etilgan. Bolaning nutqi va muloqoti ham shu fiziologik jarayonlar bilan kechadi.Manbalarda takidlanganidek bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya'ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki "nima bo'ldi" yoki "nima bo'ladi" tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo'ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq -ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo'ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me'yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo'lib sanaladi. muloqot jarayonidagi etakchi ehtiyoj - o'zaro tushunish, his-
467
Scientific Journal Impact Factor
o
tuyg'ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o'zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o'rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
"Mening dadam seni dadangdan kuchli", "Meni oyim seni oyingdan chiroyli". Darhaqiqat maktabgacha ta'lim tashkilotlardagi amaliy darslarimiz, kuzatuvlarimizda tarbiyalanuvchilarning ana shunday muloqotiga guvoh bo'lamiz. Aksariyat bolalarda muloqot tashabbusi gapga chechanlardan chiqadi. Birinchi yaqinlik gam so'zamol bolalardan boshlanadi. Bir-biriga o'zining muloqotida dadalari bilan maqtanayotganlar bir-biriga tan olinishga va bu orqali hurmatga ehtiyoj sesiladi. Musobaqalashuv tarzidagi taqlidlar ham bola nutqi rivojida turtki bo'ladi. Biroq muloqotlar tarbiyachi tomonidan tizimga solinishi kerak. Bunda tarbiyachi har bir so'z, tortishuvlar, maqtanishlarni nazoratga olishi va o'zi ham shu muloqotga kirishib o'z munosabatini bolalarga hos erkalash, yoki qat'iyatlik bilan tanbeh bera olishi kerak. Sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik-ranjish, qarshilik, janjalni ham nazorat qilish lozim. Guruhda bolalarning tutgan o'rni bo'yicha farqlanishi paydo bo'lishi esa tabiiy holdir.
Yangicha metodlar bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o'zlashtirilishida o'z natijasini berishi aniq. Boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyatiga ham yordam beradi.
Pedagog kun davomida olib borilgan ta'limiy faoliyatlarni xulosalash bo'yicha kun yakunida kun natijalari bo'yicha qisqacha suhbat o'tkazishi bolalarni xotirasini mustahkamlash va muloqot faolligiga erishishiladi. Mashg'ulotlardan tashqari sayr va kuzatish, ovqatlanish davomida ham mulqoqotga kirishadi. Bundan tashqari maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun imkoniyatdir. Buni pedagog uni boshqarishi lozim. To'g'ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya'ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo'llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug'atdan foydalanishni o'rgatsa bolalarning lug'ati boyishiga katta yordam beradi. Pedagog o'z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og'zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she'rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo'lishiga erishiladi. Didaktik o'yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o'yinlarini,
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
ularning grammatika sohasidagi faolligini rag'batlantirishning muhim vosita hisoblanadi. Pedagogning bolalarga so'z birikmasini o'ylab ko'rish, so'ngra gapda so'zlarni bir-biri bilan to'g'ri bog'lash qobiliyatini shakllantirishda didaktik o'yinlarning ham ahamiyati bor. Bundan tashqari, nutqiy mahorat va ko'nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so'zni o'zgartirish, hikoya to'qish va h.q.) qo'llaniladi. Bolalarni maktabda qiynalmasdan o'qishlari uchun muloqot va til masalalariga e'tibor berish talab etiladi. Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to'liqroq o'zlashtiriladi.
REFERENCES
1. Norbosheva, M. Rivojlantiruvchi erkin faoliyat markazlarini tashkil etish va uning ahamiyati. O 'zbekiston respublikasi oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlatpedagogika universiteti,
2. "Ilm yo'li" variativ dasturi. Toshkent "Sano-standart" 2020 yil. 13, 15-bet.
3. Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent - 2019
4. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.
5. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent "Oqituvchi" 1993 yil