Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHDA MARKAZLARDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHDA MARKAZLARDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
68
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish / rivojlantiruvchi muhit / markaz / talab / badiiy / estetik / did / badiiy-estetik did / tevarak-atrof / kuzatuvchanlik / rivojlantiruvchi markazlar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yuldasheva D, Ergasheva S

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayoni ilk qadam davlat o’quv dasturi asosida olib borilishi aosida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHDA MARKAZLARDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHDA MARKAZLARDAGI FAOLIYATNING AHAMIYATI

1Yuldasheva D., 2Ergasheva S.

1Dotsent, FarDu 2FarDu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11046231

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiyajarayoni ilk qadam davlat o'quv dasturi asosida olib borilishi aosida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish yoritilgan.

Kalit so'zlar: rivojlanish, rivojlantiruvchi muhit, markaz, talab, badiiy, estetik, did, badiiy-estetik did, tevarak-atrof, kuzatuvchanlik, rivojlantiruvchi markazlar.

Bolaning rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan markazlar faoliyati nafaqat bolani mustaqil hayotga tayyorlaydi balki bugungi kunni samarali о'tishi, о'sish va rivojlanish jarayoni tabiiy holda kechishi uchun zarur shar-sharoitlar yaratishni ko'zda tutadi.

Buyuk olimlar Jan Piaje, Erikson, Lev Vigotskiy nazariyalari bo'yicha bolani o'rab turgan rivojlantiruvchi muhitni faollik markazlariga bo'lishni tavsiya etadi. Buning uchun guruhdagi barcha materiallar va jihozlar sohalar bo'yicha tartibga solinishi lozim. Bu bolalar o'yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar faollik markazlari deb ataladi. Bugungi kunda rivojlantiruvchi markazlar deb yuritilmoqda.

Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish tamoyillari, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishga qo'yiladigan talablar.

1. Eng avvalo markazlarda toza havo , toza joy, normal harorat va yorug' xonalarda tashkil etilishi lozim.

2. Har bir markaz bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joyda bo'lishini ta'minlash.

3. Markazlarda bolalarning harakat, tajriba, va kashf qilishlarini rag'batlantirish, buning uchun zarur shar-sharoitlar yaratish. Masalan jihozlarning yetarli bo'lishi, kichik tadqiqot va tajribalar uchun ham

4.Markazlardagi barcha jihoz va qo'llanmalar bolaning bo'yi yetadigan balandlikda bo'lishi g'amda bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo'lishi kerak.

5. Markazlardagi faoliyat davomida bolalar o'rtasida hamkorlik va muloqotni rag'batlantirish ( kichik guruhlar, juft bo'lib va o'yin o'ynashlariga sharoit yaratilgan bo'lishi kerak.)

6. Bolalarda muassasaga tegishlilik, markazlarda jihozlarni o'z joyida turishi, mavzular bo'yicha taqsimlanishi zarur.

7. Markazlar mazmunli qismlarga bo'linishi va uerda bola uchun kerakli va qiziqarli ashyolar, jihozlar, o'yinchoqlar, tarqatmalar bo'lishi

8. Markazga tegishli mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to'siq bo'lmaydigan qilib joylashtirilgan bo'lishi, bola o'ziga tegishli jihozlarni bemalol harakatlantira olishi , nogironlarga mos mebel ham bo'lishi kerak.

9. Markazlardagi rivojlantiruvchi muhit tarbiyachilarga ham, bolalarga ham qulay bo'lishi

kerak.

10. Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash

muhim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

11. Bolaning o'z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish zarur. 12. Markazlardagi bolalar faoliyati samarasi kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko'ra oladigan va tushunadigan holatda ilib qo'yish.

«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» o'quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola

tarbiyasi, uning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish (rivojlanish) markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi:

- o'zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

- tanqidiy fikrlash;

- tanlashni amalga oshirish;

-muammolarni eta olish;

- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;

- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to'g'risida g'amxo'rlik qilish.

Oqilona tashkil etilgan sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko'rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag'bat uyg'otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlari, buning uchun esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo'ladi. Tarbiyachi o'quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining o'ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma'lum bosqichlarini bosib o'tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tibor bilan munosabatda bo'lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta'kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o'ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya'ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma'naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga , tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e'tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani ko'p axborot bilan chalg'itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yo'llarini birgalashib qidirishdan iboratdir. Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalarning o'zlari tegishli rivojlanish markazini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ixtiyoriy tanlay boshlaydilar.Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o'ylab topadiki, unda barchaga birdek ko'rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holdaa o'zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug'ilib qolsa topshiriq va materiallarni o'zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.

Ilk qadam o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:

-Qurish-yasash, konstruksiyalash va markazi;

- Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi;

- Til va nutq;

- Ilm-fan va tabiat markazi;

- San'at markazi.

Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san'at markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan o'zi o'ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi , boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola yaxshi sur'atda o'sib-ulg'ayishi mumkin. Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o'ynaydilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o'z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo'yishi va unga erishishni bilishlari lozim. Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda 5 ta markazlar bo'lib, ularning har birida izlanish va o'yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo'lib, bolalar ulardan o'z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko'rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg'ul bo'lgan bolalar bu yerda juda ko'p narsalarni o'zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga , ijtimoiy ko'nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni hal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o'rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko'ra ko'plab turli narsalarni - o'yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo'laklarini qo'shib qo'yish mumkin. Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahnalashtirishni o'ynashga xohish-istak uyg'otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo'lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo'layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o'z o'rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Til va nutq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun o'quv qurollari mavjud bo'ladi. Bu tinch burchak bo'lib, unda bolalar kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga o'qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki ko'ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o'qib berishi mumkin. Unda bolalarga kitobchalarni o'z qo'llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o'ylab toppish va ijro etish , hikoyalar eshitish taklif etiladi. Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig'ishi va bo'laklarga ajratishi mumkin bo'lgan narsalar bo'lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o'yinlar ham bo'lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko'chadan topilgan narsalar bilan mashg'ul bo'lishlari uchun foydalaniladi. San'at markazi bolalarning o'z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish va amalga oshirishga rag'batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bo'yoq, qog'oz, qaychi, bo'rchalar, qalamlar, gazlama bo'laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar - yog'och, barg, qum-tuproqni ham qo'shib qo'yish foydadan holi emas. Ushbu markazdagi mashg'ulotlar ijodiy qobiliyat, so'z orqali va so'zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish , aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Pedagoglarning vazifasi - bolalarning muloqotga kirishishga bo'lgan qiziquvchanligini rag'batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o'z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirgan hamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so'ng, qaysidir ko'nikmalarga alohida e'tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a'zolari mashg'ulotlarga kelar ekanlar, ular o'z farzandlarida ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning o'sayotganligin his etadilar va ta'lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bo'lish uchun bolalar qanday o'zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari, tanlayotganliklari va bilim hamda ko'nikmalarni egallayotganliklarining guvohi boladilar.Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish uchun zaruriy jihozlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli Qarori Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat Standartlarida berilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablar.Toshkent-2018 yil.

2. "Ilm qadam" variativ o'quv dasturi.Toshkent 2020.

3. Maktabgacha pedagogika f.r.Qodirova, SH.Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova, M. N. Azamova "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent -2019

4. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M

5. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P. Yusupova Toshkent 1993 yil

6. Indiaminov N. va b. Ta'lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Ta'lim texnologiyalari. 2014

7. www.edu.uz

8. www.google.uz

9. www.chrome.uz

10. www.ta'lim.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.