Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
412
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.M.Nazirova, Norimonova Shaxnoza Nuraddinovna

“SHaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat kiladi. Individ shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida xis etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI

1G.M.Nazirova, 2Norimonova Shaxnoza Nuraddinovna

1Qoqon DPI, Pedagogika fanlari boyicha Falsafa doktori(PhD) dotsent, 2Qoqon DPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210261

"SHaxs" tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat kiladi. Individ shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida xis etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.

Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va ma'naviy-axloxiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.

Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida individ inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, mikdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o'rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini to'g'ri xal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi, yoki tabiiy omillar etakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar

tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, degan g'oyani iltari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim -bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.

Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog'lik deb ko'rsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta'sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga etishida nael (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta'sirida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy hayot maxsulidir.

Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin. SHaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta'siri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'lik ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin. To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. SHunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakch o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to'rt yondashuv qaror toptan:

1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo'lib, uning butun xattiharakatlari tug'ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo'ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

2. Ijtimoiy yopdashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug'iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshkalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi

3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo'nalganligi - kizikishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

4. YAxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo'lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o'ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir ko'rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol uynaydi.

Muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo'ladi. Abu Ali ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tgan. Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin.

M: ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, xovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur.

Bolaning individual, o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. "temperamentum'' - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo'linadi:

• go'daklik (1 yoshgacha);

• bolalik yoshi (1-2 yosh);

• ilk yosh guruhi (2-3 yosh);

• kichik yosh (3-4 yosh);

• o'rta yosh (4-5 yosh) ;

• katta yosh (5-6 yosh);

• maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)

Go'daklik davri bolalariiing rivojlanishidagi uziga xosliklar. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to'qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o'taydi. Bu davrda ham bola ma'lum darajada tashqi muhit ta'sirida bo'ladi. SHuning uchun ham bu ta'sirning ijobiy bo'lishini ta'minlash lozim. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta'sirida bo'lib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo'lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a'zolarini tanish qobiliyatiga ega bo'ladi. SHuning uchun ham go'daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo'lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda dastlabki so'zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a'zolari go'dakni to'g'ri parvarish qilishni yo'lga qo'yishlari lozim. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o'rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o'z xoliga tashlab qo'ymasligi, ya'ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. CHunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o'rganadi, kuzatadi va o'zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o'rganadi. Bola nimaga o'rgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya'ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi.

Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar tomonidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi. SHuning uchun ham unta xuddi shu davrdan boshlab she'rlar aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.

Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo'lib uynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko'rish-yasash faoliyatining dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati etakchi rol uynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadshan ta'limiy mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yunaltirilgan.

O'rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to'rt yoshga ettach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni uzi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nixoyatda serharakat, o'yinqarok, o'ta qiziquvchan bo'ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. SHuning uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muxofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg'ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo'naltirish maqsadga muvofiqdir.

Katta guruh (5-6 yosh bolilar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. SHuning uchun ham suyaklarning to'g'ri usishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ularning yuragi chakalok yuragiga nisbatan 45 barobar kattalashgan, biroq muskullari xali etarli darajada mustahkamlanmagan bo'ladi. Olti yoshga etganda miya pustlogining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashki ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. SHuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon bo'lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan takdirda uning oldini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko'nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga aloxida e'tibor karatish maqsadga muvofiqdir.

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining ettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida

harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar uzini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la boshlaydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu yoshda bola chiniqadi. qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak.

Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. SHu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoniyatiga ega bo'lishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta'lim va tarbiya berish uchun loyiq bo'lganda, u olti yoshli bolalarni o'qitish huquqiga ega bo'ladi. SHuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o'qitadigan tarbiyachilar pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta'lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi o'ziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha ta'lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asoslanadi.

Bu yoshdagi bolalarning tulaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy (ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, maktabgacha ta'lim yoshining o'zi ham ettita o'ziga xos, alohida davrlarga ajratiladi. SHu sababli maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning o'qitish va tarbiyalash ishiga mas'ul bo'lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to'la xabardor bo'lishlari zarur.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.