Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA VA SHAXSNING RIVOJLANISHI. SHAXS VA UNING RIVOJLANISHI'

TA’LIM-TARBIYA VA SHAXSNING RIVOJLANISHI. SHAXS VA UNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14134
711
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanishi / shaxs / kamol topish / inson / development / personality / perfection / human

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulbaxor Muydinovna Аxmadxujaeva, Dilnoza Ganiyeva

Shaxs deganda muayyan jamiyatning asosi tushiniladi. Odam shaxs bo’lmogi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyat va sifati bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Maqolada shaxsiy rivojlanishning boshlang’ich tushunchalari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION AND PERSONAL DEVELOPMENT. PERSONALITY AND ITS DEVELOPMENT

An individual is the foundation of a particular society. In order to be a person, a person must be spiritually developed and different from others in his character and qualities. The article discusses the basic concepts of personal development.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA VA SHAXSNING RIVOJLANISHI. SHAXS VA UNING RIVOJLANISHI»

TA'LIM-TARBIYA VA SHAXSNING RIVOJLANISHI. SHAXS VA UNING

RIVOJLANISHI

Gulbaxor Muydinovna Axmadxujaeva Dilnoza Ganiyeva

Marg'ilon shahar 1-DIUM 1-toifali Marg'ilon shahar 8-o'rta maktab musiqa va musiqa va madaniyat o'qituvchisi madaniyat 2-toifali o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Shaxs deganda muayyan jamiyatning asosi tushiniladi. Odam shaxs bo'lmogi uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyat va sifati bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Maqolada shaxsiy rivojlanishning boshlang'ich tushunchalari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: rivojlanishi, shaxs, kamol topish, inson

EDUCATION AND PERSONAL DEVELOPMENT. PERSONALITY AND ITS

DEVELOPMENT

ABSTRACT

An individual is the foundation of a particular society. In order to be a person, a person must be spiritually developed and different from others in his character and qualities. The article discusses the basic concepts of personal development.

Keywords: development, personality, perfection, human

Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. O'zining xarakteri qizikishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi, shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma'lum bir bosqichiga etgani uni mukammal, kamol topgan inson deyiladi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olish uchun ijtimoiy -iqtisodiy hayot va tarbiya kerak, shu sababli pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etishi qonuniyatlarini, unga ta'sir e'tuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayonlariga aloqador davrlarni aniqlash kerak, shunga asosan pedagogika fani shaxsning rivojlanishida ta'lim o'qitish tarbiya va bola faol ligi, o'z-o'zini tarbiyalash bosqichlarini ham aniqlash lozim.

Rivojlanish o'zi nima?

Inson tirik biologik mavjudotdir. Demak uning rivojlanishiga tabiat qonunlari, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlari uzviy ta'sir e'tadi, insonni kamol toptiradi.

Inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib rivojlanib boradi. Rivojlanish bu bola vaznining oshishi, suyak va mushak sitsemasi, tanosil a'zosi faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi. Shaxsning kamol topishida va

uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga yoshi, bilim, odatlari, tashabbusi va nihoyat vaziyat ham ta'sir qiladi. Ms: bir xildagi ta'sirida har xil bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir.

Shaxs rivojlanishiga ta'sir e'tuvchi omillar .

Shaxsning kamolga etishida irsiyat, ijtimoiy muhit ham, ta'lim tarbiya va nihoyat o'zining mutsaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga e'ga. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, shu jamiyatdagi qonun qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy rivojlanganligi, uning shaklanishiga Har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. Shu davlatda texnika, texnologiya, avtomatika, telemexanika, elektrlashtirish, gaplashtirish va hakozalar uning ongiga, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir e'tadi.Odam atrof muhitini qancha ko'p bilsa, uning ongi shuncha ko'p o'sadi. Demak shaxsning kamolatga etishtirish jamiyat rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq.

Inson kamolatiga insoniyatning ta'siri.

Irsiyat deganda, bolaga ota-onadan va umuman yaqin ajdodlaridan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklarga aytiladi.16 -asr falsafasida vujudga kelgan premorfizm okimi namoyondalarning fikricha odam bolasi xali ona pushtidaligidayok bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, rivojlanish esa ana shu xususiyatlarning miqdoriy borishidir.

Amerikalik pedagog va ruxshunos E.Tordayk fikricha, shaxsning barcha xususiyatlarni, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi, u boshqa organlar kabi tabiatdan berilgan.

D.Dyunning fikricha haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritilmaydi, u odam bilan dunyoga kelgan, tarbiya uni o'stiradi.

Nemis ruhshunosi V.Pteren yangi tug'ilgan bola xali inson emas deb hisoblaydi, u faqat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan u maymunga tenglashadi. Ikki yoshda bola boshlang'ich insonlik holatiga yetadi. (yuradi, gapiradi) 5 yoshda ibtidoiy jamiyat odamlariga mos keladi, o'smirlik davrida o'rta asr ongini aks ettiradi va yetuklik yoshidagina (17,18) mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi. Ba'zi biogenetiklar 13, 10 va xatto 8 yoshdan ham mavjud jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'la oladi deb hisoblaydi. Avtsraliyalik ruxshunos K. Byuller hatto bolaning axloqi jihatidan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi. Bola hayotning datslabki kunlaridan boshlab o'zini o'rab olgan muhitning ta'siri otsida o'sadi va ulg'ayadi.

Ayni vaqtda bolaga insonlarga xos xususiyat ham irsiyat yo'li bilan tug'ma o'tadi. (aqliy va jismoniy mehnat qilish va shu h.) Ammo bo'lar tugma imkoniyatlar bo'lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhitda, odamlar yashab, ular bilan aloqada bo'lishi kerak. Chunki inson biologik mavjudot sifatidagina emas, balki

ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolatga yetadi. Demak shu yo'l bilan o'tgan aholining o'sishi kamol topishi uchun aqliy faoliyat, shart sharoit bo'lishi kerak.

Rivojlanishda ta'lim va tarbiyaning roli. Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bolani o'rab olgan muhit mehnat va til oqibat natijasida vositasiga aylanadi. Shu sababli inson kamolatida

I Ta'lim va tarbiyaning yetakchilik qilishiga imkon berish darkor chunki ta'lim va tarbiya jarayonida kishi organizmning o'sishi va muhitning ta'sir bera olmaydigan narsalarni o'rganib oladi.m.s gaplashishni muhitdan yozish va o'qishni maxsus ta'lim yo'li bilan o'rganadi.

2.Ta'lim va tarbiya yordamida hatto kishining ba'zi tug'ma kamchiliklari ham kerakli tomonga o'zgaradi.(kar.kur va bosh).

O'qish yozishning o'rganib boshqalar ongiga bir xil ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida ruy bergan kamchiliklarni tugatish mumkin.(qo'pollik, so'kish, karta o'ynash, chekish va x)

4.Ta'lim jarayonida bolaga bilimlar, ko'nikma va malakalar hosil bo'libgina qolmay, balki, ilmiy dunyoqarash 29 yoshida akademik bo'lgan. Viktor Gyoge 25 yoshda Frantsiya fanlari akademiyasining maxsus yorligini olgan. N.I.Lobachevskiy 14 yoshda Qozon universitetiga kirib 23 yoshida professor bo'lgan.

Inson kamol topishida shaxsiy faoliyatining roli. Yuqorida qayd e'tilgan omillardan tashqari ijtimoiy taraqqiyoti shaxsning o'zi ham faol ishtirok etgandagina undagi tug'ma layoqat uyg'onadi, iste'dodlari, qobiliyatlari o'sadi.Bu borada uning o'z ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning to'xtovsiz izlanishi, sabr toqat bilan ko'nikma va malakasini oshirish, kishilar bilan muloqotda bo'lish va boshqa xususiyatlar ham zarur bo'ladi. Umuman pedagogik jihatida to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsning aqliy, axloqiy. Etsetik, jismoniy, irodaviy rivojlanishiga ta'sir e'tadi.

Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi. Tibbiyot, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, psixiologiyasi, pedagogika fanlari yutuqlari va ularning tavsiyalariga ko'ra bolaning yosh davrlarining quyidagicha guruhlashtirish qabul qilingan.

REFERENCES

1.Munavvarov A.K. Pedagogika, Toshkent, «O'qituvchi», 1996,236-62 b.

2.Tursunov I, Nishonaliev U.-Pedogogika kursi: daslik, -Toshkent «O'qituvchi», 1997,26-35 b.

3. Gaybo'llaev N. va b. Pedagogika, Toshkent, 2000,-25-38 b

4. Baranov S.P. va b. Pedagogika, Toshkent. «Uktiuvchi». 1975. 26-41 b

5. Savin N.V. Pedagogika, Toshkent, «O'qituvchi». 1975. 26-41 b.

6. Babanskiy YU.K. va b. Pedagogika. Moskva, 1988. 98-119 b.

7. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.