Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
jismoniy mashqlar / harakatli o’yinlar / jismoniy rivojlanish / jismoniy sifatlar / gimnastika / tarbiya / ta’lim / jismoniy kamolot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamadaliyev Kudratbek Maribovich, Muxtorova Husnidaxon Abdug’Oporovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanuvchi bolalarning jismoniy rivojlanishi va o’quv jarayonlarini to’g’ri tashkil etish uchun harakatli o’yinlardan unumli foydalanish borasida uslubiyati tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI»

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA O'TKAZILADIGAN JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI

1Mamadaliyev Kudratbek Maribovich, 2Muxtorova Husnidaxon Abdug'oporovna

1ADU, Jismoniy madaniyat fakulteti dotsent, 2ADU, Jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210252

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassalarida tarbiyalanuvchi bolalarning jismoniy rivojlanishi va o'quv jarayonlarini to'g'ri tashkil etish uchun harakatli o'yinlardan unumlifoydalanish borasida uslubiyati tavsiyalar berilgan.

Kalit so'z: jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar, jismoniy rivojlanish, jismoniy sifatlar, gimnastika, tarbiya, ta'lim, jismoniy kamolot.

Аннотация. В статье даны методические рекомендации по эффективному использованию двигательных игр для физического развития детей в дошкольных образовательных учреждениях и правильной организации образовательного процесса.

Ключевые слова: физические упражнения, активные игры, физическое развитие, физические качества, гимнастика, тренировка, воспитание, физическая зрелость.

Abstract. The article provides methodological recommendations for the effective use of motor games for the physical development of children in preschool educational institutions and the proper organization of the educational process.

Keywords: physical exercises, active games, physical development, physical qualities, gymnastics, training, education, physical maturity.

Kirish. Jismoniy tarbiya maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining yoshi qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda tashkillashtirilib hamda bolalarda ma'naviy me'yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba ega bo'lishini ko'zda tutgan holda har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanadi.Asosan bu yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya mashg'ulotlari harakatli o'yinlar,ritmik gimnastika ko'rinishida olib boriladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning faoliyati rang-barang bo'lib, ular mustaqil harakatli o'yinlarni o'ynashni yoqtiradilar. O'yin - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir. Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o'yin bola uchun bilish manba'idir. O'yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo'lgan bilim va ko'nikmalarni osongina o'zlashtirib oladilar, narsalarning o'ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar. Ular tevarak-atrofdagi ko'rgan narsalarini o'yinda ifodalash orqali turli harakatlarni bajaradilar, ya'ni yuradilar, yuguradilar, sakraydilar, o'rmalaydilar, biron buyumni irg'itadilar. Natijada ularning qaddi-qomati, muskullari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati yanada yaxshilanadi. O'yinda bolaning irodasi, o'z harakatlarini o'yin qoidasiga bo'ysundira-olish ko'nikmasi o'sadi, u o'zini qo'pol hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo'lganda chaqqon harakat qilishga o'rganadi, oqibatda unda jismoniy sifatlar tarkib topadi. Harakatli o'yinlar, ayniqsa, musobaqa xarakteridagi o'yinlar bolalardagi kuch-quvvat, chaqqonlik, epchillik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantiradi va takomillashtiradi. "O'yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy vositasi bo'lishi kerak", - degan edi Ye.A.Arkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son Qarori "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, "Maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-sonli Qarori, "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi 2019-yil 13-martdagi 391-son Qarori, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o'yinchoqlar, jixozlar va boshqa texnik vositalar bilan jixozlash me'yorlarinining tasdiqlash, to'g'risidagi 2018-yil 7-mart 7-sonli qarori va shunga o'xshash qarorlar qabul qilingan.

Ma'lumki, kichik yoshdagi bolalar atrofdagi barcha jarayonlarni kuzatib taqlid qiladilar, bolalar uchun murakkab bo'lmagan harakatlarni ular o'z hoxishlari bilan bajaradilar va tez o'rganadilar. O'yin mazmunidagi mashg'ulotlar va qiziqarli jismoniy tadbirlar orqali sekin asta jismoniy ko'nikma va malakalari shakllanib boradi. Ana shulardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlarda xalq va milliy xarakatli o'yinlarni bolalar tarbiyasilagi ahamiyati qanday? Birinchi navbatda ta'kidlashning istar edikki, bu o'yinlar diqqat ermak uchun o'ynalmaydi. Zero, bu zukko xalqimizning asrlar mobaynida jamlangan ma'naviy javoxirlari majmuidir. O'zbek elining donishmandchiligini qarachig'i, har bir o'yin avvalo sodda, qiziqarli tuzilgan bo'lib, uning asosiga xalqona ohang, milliylik, mehroqibat, jasorat, mardlik, vatanparvarlik, fidoiylik, insoniylik tuyg'ulari singdirilgandir. Ta'lim va tarbiyaning bunday uyg'unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturi amal bo'ladi.

Tadqiqot metodologiyasi

Kichkintoylarni ilk yoshdan boshlab jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, sportga muxabbat uyg'otish, ularning jismoniy kamolotini ta'minlash - baxtli kelajakning kafolatidir. Zero o'sib kelayotgan xar qanday yosh avlod kelgusida jamiyat va davlat tarqqiyotiga munosib o'zining hissasini qo'shmog'i darkor.

O'yin - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, kishiga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport o'yinlari. O'yin o'zi-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin. O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatni barcha madaniyati va kishilarning har xil extiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin-kulgi, dam olishda, ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi. O'yin faoliyati - nafaqat madaniyatni bir elementi xisoblanadi, balki u bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita xisoblanadi.

Harakatli o'yinlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan kompleks ta'lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emosional quvnoqlik tuyg'ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir etadi. Harakatli o'yin jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi va metodidan biri sifatida yuqorida sanab o'tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.

3 yoshli bolalarning harakatlari ma'lum daraj ada cheklangan bo'lib, ularning diqqati doimo chalg'ib turadi. Shuning uchun boalarga oddiy va ular oson tushunadigan o'yinlarni o'rgatish kerak. Bunday o'yinlarda qush va xayvonlar yoki ularning rasmlari o'yinchoqlar, ertaklardan foydalanish o'zining ijobiy samarasini beradi. Shu yoshdagi bolalarni o'yiniga o'rgatishda mashqlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bunday o'yinlarda mazmun bo'lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar masalan bayroqqni olib kelish, qo'g'irchoqni jiringlatish, koptokka yetib olish kabi topshiriqlar. Xarakatlar esa (yurish, yugurish va boshqalar) bolalarga tanish hamda qiyinchilikdan bajarmaydigan bo'lishi lozim. Mazmuni bolalarga tanish bo'lgan va xarakatlarga singdirib

yuborilgan o'yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o'ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish, ularni ochiq joyda to'g'ri yurishga o'rgatishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Faollik va mustaqillika tarbiyalash yordam beradi.

Yugurib keling oldimga:Bolalar maydonchaning bir tomonida terib qo'yilgan stullarda o'tiradilar. Tarbiyachi qarama-qarshi tomonda turadi. U: "Yugurib keling oldimga, hammangiz -hammangiz, yugurib keling oldimga!" - deydi. Bolalar tarbiyachiga qarab yugurishadi. Bolalar tarbiyachining yonida to'plangach, u maydonchaning narigi tomoniga ketadi. U tomondan turib, yana: "Yugurib keling oldimga!" - deb, bolalarni chaqiradi. O'yin to'rt-besh marta takrorlanadi. Keyin, tarbiyachi: "O'yingizga yuguring - deb, murojaat etadi. Bolalar shu zahotiyoq o'z stullariga qarab yugurishadi. Tarbiyachi: "Yugurib keling oldimga!" - deb chaqiradi. Bolalar yana uning yoniga yugurib borishadi. Yugurganda bir-birlarini turtmasligi, itarishmasligi, halaqit bermasligi kerak.

Ko'rsatmalar. O'yinga qatnashishni istagan bolalarni komandaga bo'lish mumkin: bir komanda o'ynaganda, ikkinchi komanda tomosha qilishi mumkin. Keyin ular o'rin almashishadi. Dastlab bolalar hohlagan stulni egallashlari mumkin, lekin bir necha bor o'ynaganlaridan keyin, tarbiyachi bolalarning o'z stullariga borib o'tirishlarini aytadi. Kim noto'g'ri o'tirsa, o'yindan chiqariladi. O'z joyiga ko'proq to'g'ri o'tirgan komanda engib chiqadi.

4 yoshli bolalar bilim doirasini kengaytirish va harakatida tajribalar ortishi bilan harakatli o'yinlarning mazmuni ham o'zgarib beradi. Qush va hayvonlar harakatiga, transport turlariga turli narsalarga taqlid qilib bajarilgan harakatlar o'yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O'yinlarda bolalarga buyumlarni topish, shaklini (kub, doira, kvadrat shaklini) eslab qolish bilan bog'liq bo'lgan hamda ranglarni ajratish, tovushlarni farqlash kabi topshiriqlar berishni boshlash bilan ularning murakkab o'yinlarni o'ynashga bo'lgan ishtiyoqini oshirishga erishish mumkin.Bunda ko'pchilik bo'lib ashula aytib o'tkaziladigan o'yinlar va qofiyali so'zlar jo'rligida o'ynaladigan o'yinlar keng qo'llaniladi. Bunday o'yinlar orqali bolalarni hamjihatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga o'rgatib borish mumkin.

Qushcha va uning bolalari: Bolalar besh-oltitadan bo'lib, guruh-guruhga bo'linadilar. Har bir guruh o'z uychasiga - iniga ega bo'ladi: (bo'r bilan chizilgan doira, polga tashlab qo'yilgan katta chambarak, ikki uchi qo'shib qo'yilgan arqoncha va hokazolar in bo'lishi mumkin). Bolalar cho'qqayib o'tirishadi - qushchani ifodalashadi: don cho'qishadi, erni titkilashadi. Tarbiyachi qushcha bo'ladi. Uning: "Qani uchdik, qanot qoqdik, uchaylik katta sayr qilaylik", - degani bilan bolalar inlaridan qanot qoqib uchib chiqadilar va uzoqroq kelishga harakat qiladilar. Tarbiyachi: "Sayr tamom bo'ldi, endi uyga qaytamiz", - deb qichqiradi. Shunda hamma bolalar xayrashib o'z inlariga uchib keladilar. O'yin uch-to'rt marta takrorlanadi.

Metodik ko'rsatmalar. Tarbiyachi bolalarning - qushcha bolalari singari harakat qilishlarini kuzatib boradi. Begona inga kirish mumkin emasligini eslatib turadi. Qushchalarning uzoqroqqa uchishlarini da'vat etib turadi

5 yoshli bolalarning harakatli o'yinlari mazmunlarning barining, tevarak atrofida, hayotda uchraydigan voqealar to'g'risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi bilan bog'liq bo'ladi. Bolalarning o'yin vaqtida faol harakat qilishi ko'p jihatdan, ularning malaka va ko'nikmasiga, tevarak-atrofni yaxshi bilishga, harakatlarni sabot, chaqqonlik, idroq va hamkorlikda bajarishga bog'liq bo'ladi. Ko'pincha qofiyali so'zlar o'yin mazmunini ochib beradi va uni to'ldiradi. Harakat uchun ishora xizmatini o'tadi. So'zlar ko'pchilik bo'lib aytilsa, yana ham yaxshi bo'ladi.

Pahmoq kuchuk nomli o'yin: Bolalardan biri pahmoq kuchukni ifoda etadi. U polda boshini oldinga o'tkazilgan qo'llarini qo'yib yotadi. Qolgan bolalar asta uning atrofiga

to'planishib paxmoq kuchuk nomli sherni birgalikda jo'r bo'lib kuylashadi. Bolalar kuchukni uyg'ota boshlaydilar, uning tepasiga kelib engashib, otini aytadilar, chapak chaladilar, hurkitadilar. Kuchuk irg'ib o'rnidan turib ketadi va bolalarga qarab qattiq vovullaydi. Bolalar har tomonga qochib ketadilar. Kuchuk ularning ketidan quvalaydi, birortasini ushlab olishga harakat qiladi. Hamma bolalar har tomonga qochib, bekinib olganlaridan so'ng, kuchuk yana erga yotib oladi va uxlaydi. O'yin uch-to'rt marta takrorlanadi.

Ko'rsatmalar. Agar kuchukni tarbiyachi ifodalaydigan bo'lsa, u stulda yoki skameykada o'tiradi, "uxlaydi".

6-7 yoshli bolalar bilim doirasi kengayib boradi. Binobarin, harakatli o'yinlarning mazmuni ham shunga monand murakkablashadi. O'yin qoidalari ham murakkablashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik, diqqat e'tibor, sabr toqatga o'rganish, ortiqcha harakatlarni cheklash (aniq bir yo'nalishda yugurish, o'z vaqtida o'yindan chetga chiqish va hokazo) talab etiladi. O'yin qoidasi intizomning tarkib topishga yordam beradi.

Arg'amchi bilan yugurish. Bolalar ikki komandaga bo'lingan holda start chizig'i opldida turadilar. O'yinchilarning har birida bittadan arg'amchi bo'ladi. Tarbiyachining signalidan so'ng bolalar 30 m masofaga arg'amchini aylantirib yugurib borib, qaytib keladilar. Berilgan vazifani xatosiz aniq bajargan komanda g'olib hisoblanadi. Bolalar bu o'yinni yaxshi o'zlashtirib olganlaridan keyin ikki kishilab yugurish mumkin.

Bolalar ijodiy faollik ko'rsatib o'yin o'ynar ekanlar, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, tarbiyalanmoqdalar. Bir maqsad yo'lida o'rtog'iga yordam berish, mustaqil ravishda yoki o'rtoqlari bilan birga, biror masala yuzasidan qaror qabul qilishi - ijodiy tashabbuskorlik namunasi hisoblanadi. Agar bolalar o'yinni ilgariroq o'zlashtirib olgan bo'lsalar, o'yin paytida ularning faolligi yana ham ortilishi mumkin. O'yin paytida bolalarning faol bo'lishi tarbiyachining o'yinni o'tkazishga qanchalik tayyorgarligiga bog'liqdir. Ma'lumki, har bir o'yinning o'ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo'ladi. Jismoniy tarbiya yo'riqchilarimiz shuni yaxshi bilishlari kerakki, to'siq yoki qiyinchiliklarni yengish bilan bog'liq bo'lmagan, ya'ni ancha-muncha kuch-quvvat sarflanishni talab qilmaydigan o'yinlar bolalarda qiziqish uyg'otmaydi. Juda oson yoki aksincha, haddan tashqari og'ir o'yinlar ham qiziqarli o'tmaydi, ular bolalarni zeriktiradi. Yo'riqchi o'yinlarni o'rgatishda dastlab onsonlaridan boshlab, asta-sekin qiyinlariga o'tishi lozim. XULOSA

Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigon harakatli o'yinlar oddiy va guruhga bo'linmasdan o'ynaladigan o'yinlar oddiy o'yinlar hisoblanadi. Bunday o'yinlarni o'ynash oson. Guruhlarga teng bo'lishib o'ynaydigan o'yinlar sal murakkab va juda murakkab o'yinlardir. Bunday o'yinlarning qoidalari boshqa o'yinlarning qoidalariga qaraganda qiyinroq bo'ladi. Shu boisdan ham tarbiyachilar yoki yo'riqchilar hamma vaqt yengil o'yinlardan murakkab o'yinlarga, tanish o'yinlardan notanish o'yinlarga o'tishi ko'zda tutishlari kerak. Shunda bolalar o'yinga qiziqadilar. Yangi o'rganiladigan o'yinlar turiga ko'ra tanish o'yinlarga o'xshash bo'lishi kerak. Ammo bunday o'yinlarda ham bolalarga noma'lum bo'lgan qoidalar va ba'zi bir harakatlar mavjud bo'ladi. Shunday qilib, o'yinlar asta-sekin murakkablasha boradi. Bu esa bolalarda yangi harakat ko'nikmalarni hosil qilishga va ilgari o'rgatilgan texnika elementlarini takomillashtirishga yordam beradi.

Harakat ko'nikmalarining shuningdek, o'yinda ilgari ortirilgan bilimlarning puxta o'zlashtirishga erishish uchun mashqlarni doimo takrorlab va mustahkamlab borish zarur. Ammo xadeb bir xil o'yinlarni takrorlayverish ham maqsadga muvofiq emas. Yo'riqchi bolalar o'yinini doimo tekshirib borishi lozim. Shunda o'yindagi kamchiliklar va xatolarni aniqlash hamda ularni

o'z vaqtida to'g'rilash mumkin bo'ladi. Bolalarning o'yinlarni puxta o'zlashtirishlari ularga bu o'yinlardan boshqa joylarda mustaqil ravishda foydalanish imkoniyati beradi.

Maktabgacha yoshgacha bolaning jismoniy o'sishi jadallashib, yilma yiliga bo'y va vazni muntazam rivojlanib bormoqda. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o'zgarishlar sodir bo'ladi, nutqi ravonlashadi, xotirasi ancha teran bo'lib, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni mustaqil bajarishga intiladi, qiziquvchanligi oshadi.

Bu vaqtda kun tartibiga rioya qilish, bolani to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash va kerakli sport jixozlari bilan taminlangan sport maydonchalarini tashkil etish, mashg'ulotlarni oliy ma'lumotli jismoniy tarbiya yo'riqchilari olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Bola bilan olib boriladigan mashg'ulotlarning mazmunini kengaytirib borish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son Qarori "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori

2. T.S.Usmonxo'jayev. Kichkintoylarga 200 harakatli o'yin. Toshkent 2018

3. T.S.Usmonxo'jayev, M.M.Huriddinov, E.I.Boyto'rayev. Sog'lomjon polvonjon (tadbirlari) Chirchiq 2018

4. M.M.Nuriddinova. "Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo'riqchilari uchun me'yoriy hujjatlar majmuasi". Muharrir -2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.