Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR O‘YININI SAMARALI TASHKIL ETISHNING AYRIM MASALALARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR O‘YININI SAMARALI TASHKIL ETISHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘yin / faoliyat / tarbiyachi / bolalar / vazifa / tarbiya / ta’lim / aloqa / ijodiy faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muminova Gulasal Baxodirovna, Meliyeva Malika Odiljon

О‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg‘ulotdir. O‘yin bolalarning o‘zaro munosabatini yo‘lga soladi, xis-tuyg‘ularini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish jarayoniga o‘yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg‘ulotlarni jonlantiradi. Maqolada o‘yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi haqida ayrim qarashlar va yechimlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR O‘YININI SAMARALI TASHKIL ETISHNING AYRIM MASALALARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR O'YININI SAMARALI TASHKIL ETISHNING AYRIM MASALALARI

1Muminova Gulasal Baxodirovna, 2Meliyeva Malika Odiljon

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11202143

Annotatsiya. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg'ulotdir. O'yin - bolalarning o'zaro munosabatini yo'lga soladi, xis-tuyg'ularini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya berish jarayoniga o'yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg'ulotlarni jonlantiradi. Maqolada o'yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o'ziga xosligi haqida ayrim qarashlar va yechimlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'yin, faoliyat, tarbiyachi, bolalar, vazifa, tarbiya, ta'lim, aloqa, ijodiy faoliyat.

Abstract. Game is the main and most favorite pastime of preschool children. Therefore, the inclusion of game elements and problem situations in the educational process enlivens learning. The article presents some views and decisions about the essence and originality of the game as a child's activity.

Key words: game, activity, educator, children, task, training, education, communication, creative activity.

KIRISH. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg'ulotdir. O'yin - bolalarning o'zaro munosabatini yo'lga soladi, xis-tuyg'ularini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya berish jarayoniga o'yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg'ulotlarni jonlantiradi. Ta'lim va tarbiya berish jarayonida har xil o'yinlardan, og'zaki, stol ustida, harakatli, ijodiy, hayolan sayohat, o'yin viktorinadan foydalanish, muammoli xolatlar keltirib chiqarish, yechimini topish, bahslashish, natijaga erishish mashg'ulot samaradorligini oshiradi. Ta'limning o'yin jarayonini, ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda kuzatuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirib, ularni ranglarni, shakllarning katta-kichikligini, xidini, ta'mini aniqlashga, umuman sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishga o'rgatib boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI. O'yin faoliyati nazariyasi go'dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari aloqida aqamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida go'dakka chiroyli va jozibador o'yinchoqlar 9 sm masofadan ko'rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo'lganida bolaning intilishi, qo'l cho'zishi, sustlashgan, cho'zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so'ngan. U o'yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga qam ana shunday befarq qaragan. Masofaga qanchalik qisharsa, bolaning unga intilishi, qizikishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. M.Yu.Kistayakovskaya ma'lumotiga ko'ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o'giradi, xatto, qo'rqib yiqlab yuboradi. Bolada o'zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog'lanib qolishi sodir bo'ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko'rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo'l-oyog'ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to'lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-uruqlariga, xatto qo'ni -qo'shnilarga ham bog'lanib (o'rganib) ko'nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o'yin faoliyatini

boshlaydi. O'yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyqulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo'ladi, vaqt o'tishi bilan o'yinning o'zi bolaga quvonch baqishlaydi. Go'dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko'mak berish ishtiyoqi tuqiladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o'ta boshlaydi. Ma'lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko'lamini kengaytirishga yordam beradi. Bolaning umumpsixologik taraqqiyoti faqat o'yin jarayonidagi (A.Leontev) amalga oshishini inobatga olib ularning o'yinlarining mazmunan boyitishiga katta e'tibor qaratishimiz lozim. O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkiloti ishida katta o'rin egallaydi. O'yinda yosh organizmga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda o'yin munosib o'rin egallaydi. Atoqli trener va shifokor E.A.Arkin o'yinni "ruhiy vitamin" deb bekorga aytmagan. Bolalarning to'laqonli jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash uchun harakat faolligining turli shakllaridan foydalaniladi. O'yin jarayonida bolaning jismoniy o'sishi uchun muvofiq sharoit yaratish nihoyatda muhimdir. Bunga erishmoq uchun o'yinlarning bolalarga yetarli suratda zavq tug'dirishini, ularda faollik hosil bo'lishini, bu o'yinlar turli hil harakatlarni o'z ichiga olishini, serharakat o'yinlar ketidan kam harakatli o'yinlarga o'tilishini ta'minlash zarur.

TADQIQOT METODOLOGIYASI. O'yin - bolalarning o'zaro munosabatini yo'lga soladi, xis-tuyg'ularini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya berish jarayoniga o'yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg'ulotlarni jonlantiradi. Maqolada o'yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o'ziga xosligi haqida ayrim qarashlar va yechimlar masalasiga e'tibor qaratilgan. O'yin faloiyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta'lim bilan uzviy aloqada bo'lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Tadqiqotchilar o'yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqni shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o'z o'rnini belgilab olishi, uning muomala chog'idagi hatti-harakatini aniqlab olishi hamda miyaning keyingi o'rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Tug'ilgandan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davrda bolaning aqliy qobiliyatlari rivojlanayotgan davrda o'yin juda muhim ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar. O'yin inson o'zligining namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O'yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o'ylaydi, o'yin davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta'sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo'ladi.Bog'cha yoshidagi bolalarning suyujetli va rollarga bo'linib, o'ynaladigan o'yinlari deyarli hamma vaqt jamoa xolda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlar bolalarning ko'pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR. O'yin sharoitining o'ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yo'naltirishini talab qiladi. Bu esa, o'yin faoliyati davomida bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya'ni ular kuzatuvchan, tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur taqlid qiladigan bo'ladilar. Syujetli va rollarga bo'linib, o'ynaladigan o'yinlar o'yin jarayonida bolalarning bir-birlari bilan faol munosabatda bo'lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumki, syujetli va rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning o'z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o'z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o'yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog'cha bolalarining o'yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya'ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini

tarkib toptirib, rivojlantiradi. Shu narsa xarakterliki, bog'cha yoshidagi bolalarning turli - tuman o'yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o'qish faoliyatiga tayyorlaydi. Roli o'yin mazkur yosh davirdagi bolalarning eng muhim faoliyati bo'lib, ular bunday o'yinda go'yot katta yoshdagi odamlarning barcha vazifali va ishlarni amalda bevosita bajaradilar, shu boisdan o'yin voqealari, oilaviy turmush hodisalari shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg'u, o'zaro muomala va mulaqatlarning xususiyatlarni o'ziga va o'zgalarga atrof muhitiga munosabatlarni yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o'yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o'tovchi narsalarda ham foydalaniladi.

D.B.Elkonin o'z tadqiqotida rolli o'yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha o'yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o'yinni mazmunini A.P.Usovaning tatqiqotlarida ta'kidlanishicha, rolli o'yin ishtirokchilarni safi yosh ulg'ayishiga qarab jinsiy tofovutlariga binoan kengayib boradi. Uch yoshli bolalar iiki uchtadan guruhga birlashib, uch besh daqqiqa birga o'ynab oladilar 4-5 yoshli guruhi 2-3tadan ishtirokchidan iborat bo'lib ularning hamkorligidagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi o'yin davomida qatnashchilar soni ham ortib boradi. 6-7 yoshli bolalarda roli o'yini guruh yoki jamoa bo'lib birga o'ynash istagi vujidga keladi avval rolar taqsimlanadi o'yining qoidalari va shartlari tushintriladi (o'yin davomida bolalar bir -birlarni harakatini qatiq nazorat qiladilar).

Bolani o'yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to'g'risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o'z shaxsiy faoliyatida sinab ko'rish istagidir, shuningdek, jamoa bo'lib o'ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida to'plangan ma'lumotlar tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo'yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin:

1) o'yin faoliyatida bola turli harakatlarni to'laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko'rsatishga ishtiyoqmand bo'ladi;

2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi. Bola o'sib borgan sayin narsalar va o'yinchoqlarning nomini o'zgartirish, yangi nom bilan atash engillashadi. Shuningdek, faqat yangi vaziyatda jismlar nomini o'zgartirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni yangi nomga muvofiq qo'llash imkoniyati ham vujudga keladi. o'yin faoliyatida foydalaniladigan narsalarni yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. o'yin faoliyatida narsalar nomini o'zgartirish o'zining psixologik mohiyati bilan murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa,, so'z bilan predmetning o'zaro munosabatida ularga uzviy bog'liq harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va faoliyatining o'rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o'yin faoliyatida bola harakatining rivojlanishi o'yin mazmuniga ko'proq bog'liqdir. Har qanday o'yinning va o'yin faoliyatining markazida bola katta kishilarning faoliyati va o'zaro munosabatini, muomalasini o'ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko'ra o'yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yarailgan qimmatli bilimlar, amaliy ko'nikmalar, malakalar va odatlarni o'rganishga imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bolalar rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin xistuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar;

3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o'ymnning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o'yinlar katta rol o'ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o'sishiga o'yinning ta'siri haqida gap borganda, avvalo, shuni aytish kerakki:

Birinchidan, o'yinni tashkil qilishning o'ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o'stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi.

Ikkinchidan, o'yinning bola harakatiga ta'sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko'nikmalarini subyekt aynan o'yin paytida emas, balki bevosita mashg'ulot orqali o'zlashtiradi.

Uchinchidan, o'yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Shu boisdan o'yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta'minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o'yin) subyekt (jonzot) ongining dastlabki ob'ekti darajasiga o'sib o'tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo'lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat'iy yurishturishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday ekan, o'yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bolaning o'yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o'z ifodasini topadi va uning o'z oldiga qo'ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.

XULOSA. Atoqli trener va shifokor E.A.Arkin o'yinni "Ruhiy vitamin" deb bekorga aytmagan. Bolalarning to'laqonli jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash uchun harakat faolligining turli shakllaridan foydalaniladi. O'yin jarayonida bolaning jismoniy o'sishi uchun muvofiq sharoit yaratish nihoyatda muhimdir. Harakatli o'yinlar bolalarda quvnoqlikni oshirishga yordam beradi, o'zaro munosabatlar, xis-tuyg'ularni tarbiyalaydi. O'yin qoidalarini bajara olish malakalari, jasurlik, odillik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Mashg'ulot, sayr va kunning turli jarayonlarida amalga oshiriladigan harakatli o'yinlar bola shaxsi rivojlanishida muhim o'rin tutadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O'yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o'ylaydi, o'yin davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta'sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emjaru 6o.na.napaa xa.nK OF3aKH h>kojh BOCHTacHja mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT cHfoaTHja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.