Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK:619:636.31:636.083.6
TURLI EKOLOGIK HUDUDLARDA URCHITILUVCHI QORAKO'L QO''YLARINING QON ZARDOBIDAGI FERMENTLAR FAOLLIGI
Jiyanmuradova Sh.X. - tayanch doktorant. Klichov Z.S. - q.x.f.f.d. (PhD) ilmiy rahbar. Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qon zardobi tarkibidagi fermentlar miqdori fasillar kesimida qiyosiy tahlillar asosida o'rganilganligi to'g'risida ma'lumotlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: fermentlar, neyrogumaral, immunologik, hujayra, oksidlanish, ferment-substrat, alaninaminatransferaza, aspartataminotransferaza.
Mavzuning dolzarbligi. Oziqa moddalarning o'zlashtirilishi va ularning keyinchalik hazmlanishi, yuqori molekulali birikmalardagi energiyalarning biologik oksidlanish jarayonida ajralishi va hujayra hamda to'qimalarning o'sishi va rivojlanishi davrida tarkibiy elementlarning xosil bo'lishi fermentlarning bevosita ishtiroki asosida amalga oshadi. Fermentativ reaksiyalar asosida moddalarning o'zgarishi organizm hayot faoliyatining moddiy va energetik asosini tashkil etadi [1;
9].
Organizmda yuz berayotgan barcha biokimyoviy jarayonlar bir-birlari bilan chambarchas bog'langan. Shunday ekan alohida biokimyoviy reaksiyalar nafas olish jarayonlari asosida, fermentlar va oksillarning klimatik ta'siri tufayli kechadi. Bu mahsulotning shakllanishida aminokislotalar oqsillarga va har xil oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari jarayonlaridagi o'zgarishlarda dekarboksillanish, dezaminlanishlar ro'y beradi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida neyrogumaral reaksiyalar bir-biriga bog'lik holda faoliyatini uyg'unlashtiradi. Har bir fermentativ jarayonlar metabolitik jihatdan mosligini belgilaydi, bu metabolitik yo'llarning barchasi moddalar almashinuvini amalga oshiradi [2;3].
Fermentativ reaksiyalar substrat konsentratsiyaga bog'liq holatda kechadi. Bunday sharoitlarda reaksiya tezligi muhitda mavjud bo'lgan fermentlar miqdoriga proporsionaldir. Bu proporsionallik ma'lum chegaragacha saqlanadi, undan tashqarida substratning yetishmasligi natijasida reaksiya tezligi pasayadi. Substrat konsentratsiyasi ortishi ferment faol markazini to'yinishiga olib keladi va fermentsubstrat kompleksi maksimal darajada hosil bo'ladi, natijada fermentativ reaksiyaning maksimal tezlashishiga olib keladi. Fermentativ reaksiya tezligini substrat konsentratsiyasiga qarab reaksiya darajasini belgilash mumkin. Nol darajada fermentativ reaksiyalar tezligi doimiyligi substrat konsentratsiyasiga bog'liq emas. Birinchi darajada fermentativ reaksiyalar tezligi substrat konsentratsiyasining ortishiga qarab to'g'ri proporsional bo'ladi. Shuning uchun u bikimyoviy me'yor darajasida amalga oshadi [4; 5; 6; 7; 10].
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Qon zardobi tarkibidagi oqsillar miqdorining o'zgaruvchanligi, uncha katta bo'lmagan miqdorda yil fasllariga hamda hayvonlarning zotiga bog'liqligi aniqlangan [8].
Tadqiqotlar obyekti va uslubiyatlari. Tajribalarimiz Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ hamda Navoiy viloyati Konimex tumanidagi "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaliklarida boqilayotgan qorako'l qo'ylarida olib borildi. Tajribalari uchun har ikki xo'jalikdan 5 boshdan qo'ylar "o'xshash juftliklar" asosida tanlab olindi. Tajriba davomida qo'ylar qon zardobidagi fermentlarining faolligi BIOBASE BK6190 gematologik analizatori hamda yarim avtomat MINDRAY BA-88A analizatori yordamida aniqlandi.
Natijalar va ularning tahlili. Tekshirishlar tahlili bo'yicha turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qon zardobining immunologik ko'rsatkichlarida yil fasillari bo'yicha sezilari farqlar borligini kuzatish mumkin (1-jadval).
Bahor faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,46±0,01 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,39±0,006 mmol. s/l ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,45±0,009 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,38±0,005 mmol. s/l ni tashkil etdi.
Yoz faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,42±0,01 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,37±0,007 mmol. s/l ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,43±0,008 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,37±0,006 mmol. s/l ni tashkil etdi.
1-jadval
Turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qon zardobidagi
fermentlar faolligi. (n=5)
Ko'rsatkichlar Tekshirish muddati "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ
Aspartataminotransferaza (AST), mmol. s/l Bahor 0,46±0,01 0,45±0,009
Yoz 0,42±0,01 0,43±0,008
Kuz 0,44±0,01 0,43±0,01
Qish 0,45±0,009 0,44±0,01
Alaninaminatransferaza (ALT), mmol. s/l Bahor 0,39±0,006 0,38±0,005
Yoz 0,37±0,007 0,37±0,006
Kuz 0,37±0,005 0,38±0,005
Qish 0,38±0,007 0,39±0,005
Eslatma: P<0,01
Kuz faslida "Saxoba ota qorako'l nasl" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,44±0,01 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,37±0,005 mmol. s/l ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,43±0,01 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,38±0,005 mmol. s/l ni tashkil etdi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Qish faslida "Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ xo'jaligida tekshirishlar olib borilgan qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,45±0,009 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,38±0,007 mmol. s/l ni tashkil etgan bo'lsa, "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ xo'jaligidagi qorako'l qo'ylarida aspartataminotransferaza (AST) 0,44±0,01 mmol. s/l, alaninaminatransferaza (ALT) 0,39±0,005 mmol. s/l ni tashkil etdi.
Olingan natejalarni fasillar kesimida guruhlararo tahlil qilganimizda, qorako'l qo'ylari qon zardobidagi fermentlarning faolligi yil fasillari bo'yicha o'zgarib borganligi aniqlandi. Xususan aspartataminotransferaza (AST) faolligi bahor faslida "Saxoba ota qorako'l nasi" MChJ xo'jaligida "Yangig'azg'on nurli diyor" MChJ qorako'l qo'ylari qon zardobidagi aspartataminotransferaza faolligiga nisbatan 2,2 % yuqori bo'lgan bo'lsa, yoz faslida 2,4 % kam, kuz va qish fasllarida esa 2,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Alaninaminatransferaza (ALT) faolligida ham o'zgarishlar aniqlandi. Bahor faslida 2,6 % ga yuqori bo'lgan bo'lsa yoz faslida farq aniqlanmadi. Kuz faslida 2,7 % ga, qish faslida 2,6 % ga kam ekanligi aniqlandi.
Xulosa. Turli ekologik hududlarda urchitiluvchi qorako'l qo'ylari qon zardobining fermentlar miqdori fasillar kesimida tahlil qilinganida qorako'l qo'ylari qon ko'rsatkichlari fiziologik me'yorlar darajasida ekanligi aniqlandi.
FAYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.Абдулнатипов А.И. Активность ферментов и уровень метаболитов углеводно-энергетического обмена у овец разного возроста и при раннем отьеме. //Автореферат канд. дисс. Боровск, 1988. С.
2.Абдулнатипов, А.И. Углеводно-энергитической обмен и продуктивность ягнять раннего срока отьема при скармливании ферментных добавок и витамина С/ С-х. биология. Сер. биология животных. -1999. -№ 4. - С. 43-50
3.Айтов М.Д., Еримбетов К.Т., Баранова А.П., Макер З.Н. Характеристика азотистого метоболизма и биосентиза белка у крупного рогатого скота и свеней // Сельскохозяйственных животных. Физиологичесие и биохимические параметры организма. Справочное пособие / ВНИИФБиП с.-х. животных. Боровск, 2002. С. - 39-41
4.Алиев А.А. Обмен веществ у жвачных животных Москва, 1997. - 419 С.
5.Валигура В.И., Землякова А.В. Обмен веществ и энергии у овец при разном уровне протеина в рационе // Науч. техн. бюлл. НИИЖЛиП УССР. -1996. -№ 4. -С. 94-97
6.Кудрин А.Г. Ферменты крови и прогнозирование продуктивности молочного скота : монография \ Мичуринск: МичГАУ, 2006. -142 с.
7.Маршал В.Д. Клиническая биохимия / М., 2011.-408 с.
8.Мерзленко Р., Добрунов Р., Зуев Н., Позднякова В. Клинико-гемотологические показатели и морфофункциональное состаяние печени у коров // Ветеринария сельскохозяйственных животных. - 2015. - №. 1 / 2. - С. 816.