INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K: 636.32/38.082.11
QORAQALPOQ SUR QO'ZILARIDA JUN TOLALARI SIFATINING OTA-ONALAR GUL TIPIGA BOG'LIQLIGI
1Seytmusayeva Zuxra Abatbayevna, 2Gaziyev Adxam
1tayanch doktorant, 2q.x.f.d. (DsC), K. I. X. Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy - tadqiqot
instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13860129
Аннотация. В статье приведены результаты исследований по изучению качества волосяного покрова у ягнят, полученных от разных типов подбора родителей по завитковому типу. Установлены сходства, различия проявления качественных показателей волоса у ягнят в зависимости от вариантов подбора родителей.
Abstract. The article presents the results of studies on the quality of hair in lambs obtained from different types of selection of parents according to the helical type. Similarities and differences in the manifestation of quality indicators of hair in lambs have been established, depending on the options for selecting parents.
Kalit so'zlar: qorako'l qo'ylari, qo'zilari, qoraqalpoq suri, tanlash, gomogen va geterogen juftlash, jun- tola sifati
Kirish. Qoraqalpoq sur qorako'l qo'ylari zotning eng qimmatli genotiplaridan biri hisoblanib, ulardan olinadigan turli rangbarangliklardagi qorako'l terilari va jun tolalarining yuqori sifati, chiroyliligi, rangning kuchli ifodalanganligi, gullarining uzunligi jihatdan yuqori baholanadi. Shu bilan bir qatorda ular qimmatli belgilarning namoyon bo'lish darajalari bo'yicha murakkab mexanizmga ega. Ayniqsa, eng asosiy ko'rsatkich hisoblangan rangbarangliklar, gul va jun - tola sifati ko'rsatkichlarining ko'p genlarning pleyotrop ta'sirida boshqarilishi sababli ularning namoyon bo'lishida turli natijalar kuzatiladi. Shu nuqtai nazardan ular seleksiyasiga alohida e'tibor qilish talab etiladi.
Ta'kidlash lozimki, qoraqalpoq sur qo'ylarida jun - tola sifatining namoyon bo'lishi irsiy faktorlardan tashqari tashqi muhit sharoiti (oziqlantirish, ob-havo) va boshqa bir qator omillarga bog'liq. Qoraqalpoq sur qo'ylarning jun - tola sifatini o'rganish yo'nalishida qator olimlar tomonidan tadqiqotlar amalga oshirilgan (Yu. D. Djumaniyazov, 1965; 1966; A. S. Axmetshiyev, 1989; R. U. Turganbayev, 2012; A. X. Xatamov, 2021; A. A. Urimbetov, 2020 va boshqalar).
Ushbu tadqiqotlarda bir - biridan ma'lum darajada farqlanauvchi natijalar qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan qoraqalpoq sur qo'ylari seleksiyasida muttasil ravishda jun - tola sifatiga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
Tadqiqot maqsadi. Gul tipi bo'yicha tanlash asosida qoraqalpoq sur qoraqo'l qo'ylarini gul tipi bo'yicha turli variantlarda juftlash sharoitida olingan avlodlarda jun - tola sifatining namoyon bo'lish darajalarini o'rganish tadqiqotning maqsadi sifatida tanlandi.
Tadqiqotning manba va usullari. Tadqiqotlar Qoraqalpog'iston respublikasi, Taxtako'pir tumanining "Mulk" qorako'lchilik xo'jaligida "Qorako'lchilik ilmiy - tajriba stansiyasi" da urchitiluvchi qoraqalpoq sur qorako'l qo'ylarida bajarildi.
Qo'ylarni juftlashda ularni gul tipi bo'yicha gomogen va geterogen juftlash usullari qo'llanildi. Bunda yarim doira qalamgul tipli naslli qo'chqorlar bilan 85 bosh yarim doira, 87 bosh qovurg'asimon, 83 bosh yassi va 86 bosh o'sikgul tipli qo'ylarni juftlash ishlari amalga oshirildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Olingan avlodlar "Qorako'lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo'zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo'yicha qo'llanma (S. Yu. Yusupov va boshqalar, 2015) bo'yicha baholandi, ma'lumotlarga variatsion statistika usullarida (N. A. Ploxinskiy, 1969) matematik ishlov berildi.
Tadqiqot natijalari. Ma'lumki, qorako'l qo'zilarini shug'ilganda seleksion belgilari bo'yicha baholash gul, rangbaranglik, jun tolalarining sifatini xarakterlovchi 20 dan ortiq seleksion belgilar bo'yicha olib borildi. Ularning terisi sathida namoyon bo'lish darajasiga qarab olingan avlodlarning nasl qimmatliligi aniqlanadi.
Tadqiqotlarda jun - tola sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi genotipik omillardan biri hisoblangan ota - onalar gul tiplarining avlodlar jun - tola sifatiga ta'sirini o'rganish yo'nalishda olib borildi. Ma'lumotlar 1-jadval keltirilgan.
1 jadval
Turli juftlash sharoitida olingan avlodlarning jun - tola sifati
Juftlash varianti n Jun tola sifati,% (X±Sx)
5 4 3
SYarim doira qalamgul x
$ yarim doira qalamgul 85 47,0±5,41 35,3±5,18 17,7±4,13
S Yarim doira qalamgul x
$ qovurg'asimon 87 42,5±5,29 39,1±5,23 18,4±4,15
S Yarim doira qalamgul x 83 48,2±5,48 45,8±5,46 6,0±2,60
$ yassi gul
S Yarim doira qalamgul x 86 17,4±4,08 48,9±5,39 33,7±5,09
$ o'sikgul
X-P<0,05; X)-P<0,0001
Olingan ma'lumotlardan tajribaga tanlangan yarim doira qalamgul tipli naslli qo'chqorlar jun - tola sifati bo'yicha o'z xususiyatlarini avlodlarga o'tkazishda turg'un ko'rsatkichlari bilan xarakterlanishini ko'rish mumkin.
Ayniqsa, yuqori ko'rsatkichlarni ular yarim doira, qovurg'asimon va yassi tipli ona qo'ylar bilan juftlashda namoyon qilishi qayd etilib, ushbu holatlarda jun tolalarining a'lo (47,0±5,41%; 42,5±5,29% va 48,2±5,48%) va o'rta (35,3±5,18%; 39,1±5,18 % va 45,8±5,46%) ipaksimonligi va yaltiroqligi bilan xarakterlanuvchi qo'zilar salmog'ining mutanosib ravishda 82,3; 81,6 va 94,0 foizni tashkil etgani aniqlandi. Ta'kidlash lozimki, juftlash jarayonida o'sikgul tipli qo'ylardan foydalanishda jun tolalarining a'lo sifati bilan xarakterlanuvchi avlodlar salmog'ining keskin kamayib(17,4±4,08%), past sifati bilan xarakterlanuvchi avlodlar salmog'ining keskin ko'payishi (33,7±5,09%) yuz beradiki, shu jihatdan ushbu juftlash variantini qo'llash maqsadga muvofiq emas degan xulosa qilish mumkin.
REFERENCES
1. Axmetshev A.S. Селекция каракульских овец каракалпакского сура, Alma-ata, «Qaynar» 1989 г.
2. Djumaniyazov D.Yu. Каракалпакский сур и методы его разведения. Материалы и рекомендации на улучшение племенного дела в животноводстве. М. Колос. 1966. С. 417-420.
3. Djumaniyazov D.Yu. Каракульские овцы сур оригинальных расцветок. Сб. Племенное дело в животноводстве, 1965. С. 48-57.
4. Ploxinskiy N.A. Руководство по биометрии для зоотехников. Изд. "Колос". 1969. С.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
5. Turganbaev R.U. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраски сур, Монография. Tashkent. 2012. 163 с.
6. Urimbetov A.A. Qoraqalpoq sur qo'ylarining etologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Nukus. 2020.111 b.
7. Xatamov A. X. Adir sharoitida qoraqalpoq sur qorako'l qo'ylarining etologiyasi, biologiyasi va mahsuldorligi. Monografiya. Toshkent. 2021 y. 128 b.
8. Yusupov S. Yu. va bosh. Qorako'lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo'zilarni baholash bo'yicha qo'llanma. Toshkent. 2015. 31 bet.