Научная статья на тему 'TADQIQOTLARDAGI ECHKILARNING SUT MAHSULDORLIGI VA ULOQLARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI'

TADQIQOTLARDAGI ECHKILARNING SUT MAHSULDORLIGI VA ULOQLARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zaanen / kamori / zot / mahalliy ona echkilar / tirik vazn / sut / ovuz suti / mahsuldorlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Karshiyev Zoxidxon Avazxonovich

Maqolada tajriba guruhlaridagi echkilar sutdorligining tug‘ilgan uloqlar tirik vazniga bog‘liqligi borasida taqdiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TADQIQOTLARDAGI ECHKILARNING SUT MAHSULDORLIGI VA ULOQLARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 636.3.01.03/639.39.04

TADQIQOTLARDAGI ECHKILARNING SUT MAHSULDORLIGI VA ULOQLARNING TIRIK VAZN

KO'RSATKICHLARI

Karshiyev Zoxidxon Avazxonovich

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.13860111

Annotatsiya. Maqolada tajriba guruhlaridagi echkilar sutdorligining tug'ilgan uloqlar tirik vazniga bog'liqligi borasida taqdiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: zaanen, kamori, zot, mahalliy ona echkilar, tirik vazn, sut, ovuz suti, mahsuldorlik.

Аннотация. В статье приводятся данные результатов работ о взаимосвязи молочной продуктивности и живой массы новорожденных козлят.

Ключевые слова: заанен, камори, порода, местный козы-матери, живая масса, молоко, молозиво, продуктивность.

Abstract. In the article dependence of milk yield of goats in the experimental groups on the live weight of the born goats the results of the research are presented.

Keywords: zaanen, kamori, breed, local mother goats, alive weight, milk, mouth milk, productivity.

Kirish. Echkilar insoniyat tarixida birinchi uy hayvonlariga aylantirilgan yovvoyi hayvonlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda echkilar dunyoning barcha hududlarida tarqalgan. Ular turli qit'a, turli iqlim sharoitlarida urchitilayotganligi echkilarning o'ziga xos qimmatli biologik hususiyatlariga ega ekanligini ko'rsatadi. Echkilarning tumshuq qismining ingichka bo'lishi, lablari va jag'lari juda harakatchanligi, ularning tishlari kesuvchan bo'lishi tufayli yaylov o'simliklarini yerga tushgan mayda qismlarigacha terib istemol qilish imkonini beradi. Ular dag'al ozuqalarni boshqa qishloq xo'jaligi hayvonlariga nisbatan ko'proq hazm qilishga xususiyatiga ega. Bu esa echkilarning yaylov sharoitida yaxshi ko'payish xususiyatlarini mustahkamlaydi. Echkilarning sut mahsuldorligi ulardan tug'ilgan uloqlar tirik vazniga bog'liq holda bo'ladi. Kam sut mahsuldorligiga ega bo'lgan echkilarning uloqlari o'sishi va rivojlanishi me'yor darajasida bo'lmaydi. Sutdor ya'ni echkining suti ko'p bo'lsa uning uloqlari o'sishi va rivojlanishi, kunlik qo'shimcha vazn olishi yuqori bo'ladi, bu esa suruvni yosh uloqlar bilan qayta to'ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Echki suti tarkibida, organizmning immunologik barerini tashkil qiluvchi fosfor, kalsiy, kobalt, selen, mis, magniy, margenets, temir, sial kislotasini ko'p miqdorda saqlashi sababli yaxshi antiraxit xususiyatiga ega. Echki suti kazeini tarkibida, ona sutidagi kabi beta-kazein ustuvorlik qiladi. U sigir sutini A vitamini bo'yicha - 2 marta, RR vitamin (nikotin kislotasi) - 3 marta, vitamin S (askorbin kislotasi) - 1,5 marta ustunlik qiladi, bu echkilarning ko'p turdagi ozuqalarni iste'mol qilishi bilan tushuntiriladi [1].

Umuman olganda echki sutini parhez mahsulot deyish o'rinli, chunki u yuqori sifatli oqsil va yog'ning manbayi bo'lib hisoblanadi va oson hazm bo'ladi. Unda biologik faol birikmalar-metobolizm regulyatorlari (vitaminlar, vitaminlarga monand moddalar, mikroelementlar) hamda hujayraning o'sishini, ixtisoslashishi va organ hamda to'qimalarning turli xil faoliyatini rag'batlantiruvchi omillar mavjud [2].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Oziqlantirish omili o'sish, rivojlanish va mahsuldorlikka ta'siri o'rganilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko'rinib turibdi. D.Parmanovaning (2021) ma'lumotlariga ko'ra, yaylovlardan oqilona foydalanishning asosiy tamoyillari, qorako'l qo'ylarini muvozanatli oziqlantirish, qorako'l qo'ylarini saqlash, efemer yaylovlarning soddalashtirilgan ikki bo'g'inli o'n yillik yaylov almashuvi, soddalashtirilgan to'rt yillik yaylov masalalari muhokama qilish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan [3].

D.Parmanovaning (2021) xulosasiga ko'ra, qoraqalpoq sur qorako'l qo'chqorlari naslidan olingan jun sifati tavsifini o'rganishgan. Fermer xo'jaliklarida naslchilik va juftlashtirish ishlari yuqori eksport salohiyati va xo'jalik uchun foydali bo'lgan muhim xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Podadagi barra teri xususiyatlari va rivojlanishi jihatidan bir xil umumiy xususiyatlarga ega bo'lsada, konstitutsiya yoki nasl xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin degan xulosaga kelishgan [4].

D.Parmanova, F.Aliqulovlar (2021) qoraqalpoq sur naslli qo'chqorlar bilan gomogen va geterogen juftlash natijasida naslli qo'zilarni olish usullari bo'yicha tadqiqot ishlarida xo'jalikning yarimdoirasimon qalamgul tipiga ixtisoslashganligini hisobga olgan holda, yarimdoirasimon qalamgul tipi bo'yicha gomogen juftlash natijasida gul tipi va sinfi bo'yicha yuqori mahsuldor hisoblangan elita (22,8%) va I sinfga (57,1) mansub naslli qo'chqorlar olinishi xo'jalikda yuqori sifatli naslli qo'zilar olish imkonini berishini, gul tipi va sinfi bo'yicha geterogen juftlash usulidan foydalanilganda seleksiya ishlarining keyingi bosqichlarida sifati pastroq bo'lgan belgilarning yuzaga chiqishi hisobiga olinadigan avlodlar sifatining pasayishiga olib kelishini aniqlashgan [5].

D.Parmanovaning (2022) tadqiqotlarida tajriba guruhidagi hayvonlar naslida kuchli va o'rtacha kuchli gullarning vazni nazorat guruhiga nisbatan oshgan, aksincha, bo'sh gullarning vazni kamaygan. Shu bois qo'ychilik salohiyatidan oqilona foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini Navoiy viloyati Nurota tumanidagi "Istiqlol qorako'l seleksiya" mas'uliyati cheklangan jamiyatida tadqiqot olib borishganda aniqlashgan [6].

Echki sutining kimyoviy tarkibi birinchi o'rinda zotiga bog'liq. Zaanen zotli echkilar suti tarkibida 3,8-4,5 % yog' bo'lsa, nubiy zotli echkilarda 8,5 % tashkil qiladi. Yaxshi saqlash va oziqlantirish sharoitida yuqori sut sog'imini, faqat ixtisoslashgan sutli echki zotlaridan olish mumkin. Kimyoviy tarkibiga ko'ra 100 g echki sutida 3,6 g oqsil, 4,3 g yog', 4,5 g laktoza, 0,8 g mineral moddalar tashkil etib, umumiy energetik qiymati 73 kkal ga to'g'ri keladi. Echki sutida almashinmaydigan aminokislotalardan o'rtacha triptofan 1,92 foiz, sistin 0,82 foiz, arginin 4,94 foiz, tirozin 4,43 foiz, metionin 2,0 foiz, gistidin 2,75 foiz, lizin 7,63 foiz uchraydi. O'tkazilgan tadqiqotlarda mahalliy zot echkilarni oq rus takalari bilan chatishtirib olingan duragay echkilarda mahalliy echkilarga nisbatan o'sish va rivojlanishning barcha bosqichlarida tirik vazn ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan, Erkak uloqlarning tug'ilgandagi tirik vazni I avlod duragay (F1) uloqlarda mahalliy zotga mansub uloqlarga nisbatan 0,37 kg yoki 15,7 % ga, II avlod duragaylarda (F2) esa 0,45kg yoki 19,1 % ga, urg'ochi uloqlarning tug'ilgandagi tirik vazni esa mos ravishda 0,31 kg yoki 14,09% ga va 0,46 kg yoki 20,9% yuqori bo'lgan, shuningdek bunday chatishtirish natijasida olingan uloqlarning tug'ilganidagi tirik vazni ham nisbatan kattaroq bo'lganligi kuzatilgan [7].

Tadqiqot o'tkazish joyi va usullari. Tadqiqot natijalari Toshkent viloyati Ohangaron tumani "Baraka kavsar" MCHJda zaanen hamda kamori zotli takalar va mahalliy urg'ochi ona echkilarda olib borildi. Tadqiqotda barcha hayvonlarni asrash va oziqlantirish sharoitlari, mahsuldorlik ko'rsatkichlari, fiziologik holati va tirik vaznini hisobga olgan holda amalga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

oshirildi. Chatishtitishdan olingan uloqlarning tirik vazni elektron tarozida o'lchash yordamida aniqlandi.

Olingan ma'lumotlar Microsoft Excel 2010 kompyuter dasturi yordamida variatsion statistika usullarida ishlov berulib, O'rtacha arifmetik qiymat (X) va uning xatosi (Sx) hamda o'zgaruvchanlik koeffitsiyenti (Cv%) N.A.Ploxinskining (1969) "Руководство по биометрии для зоотехников" qo'llanmasidan foydalangan holda aniqlandi [8].

Tadqiqotdan olingan natijalar. Echkilarning sut mahsuldorligini o'rganish maqsadida chetdan keltirilgan naslli zaanen hamda kamori zotli takalar bilan mahalliy zotga mansub echkilar bilan chatishtirilib, olingan duragay avlodlar ya'ni, mahalliy echkilardan tug'ilgan uloqlar tanlab olindi. Laktatsiyaning birinchi uch kunligidagi sutni ovuz suti deyiladi. Ovuz suti juda ham ko'p moddalardan tashkil topgan bo'lib, turli xildagi minerallar va vitaminlarga ham boy hisoblanadi. Shuning uchun uloqlarning me'yor darajada rivijlanishida ovuzlik davrida onasining sutidan to'yib oziqlanishi muhim ahamiyatga ega.

Tajribadagi echkilarning sutdorligini aniqlash uchun bolalarining tug'ilgandagi va 21 kunlikdagi tirik vaznlari o'lchanib, tirik vaznning ushbu davrdagi mutloq o'sishi hisoblandi va bu ko'rsatkich 5 koeffitsiyentga ko'paytirildi. Koeffitsiyent 1 kg tirik vazn o'sishi uchun sarflanadigan sut miqdorini ifodalaydi. Olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Tajriba guruhlaridagi echkilar sutdorligining tug'ilgan uloqlar tirik vazniga bog'liqligi (n=50)

Ko'rsatkichlar Guruhlar

nazorat mahalliy I tajriba Zaanen II tajriba Kamori

(X±Sx) Cv, % (X±Sx) Cv, % (X±Sx) Cv, %

Tug'ilgandagi tirik vazni, kg 2,37±0,03 7,79 2,58±0,04 7,52 2,62±0,03 6,81

21 kunlikdagi tirik vazni, kg 4,60±0,04 4,95 5,59±0,05 3,50 5,68±0,06 5,87

Tirik vazn o'sishi, kg 2,23±0,03 6,54 3,01±0,05 9,22 3,06±0,06 10,23

Echkilarning sutdorligi, kg 11,15±0,29 13,5 15,05±0,36 12,5 15,30±0,32 12,33

Jadval ma'lumotlari tahlilidan ko'rish mumkinki, nazorat guruhidagi mahalliy zotli echkilardan tug'ilgan uloqlar tug'ilganda o'rtacha 2,37 kg, 21 kunlik yoshida esa 4,60 kg ni tashkil qilgan bo'lsa ularning mutloq vazni 2,23 kg ni tashkil etdi va echkilarning sutdorligi 11,15 kg bo'ldi. I tajriba guruhidagi mahalliy zotli echkilardan tug'ilgan duragay uloqlar tug'ilganda o'rtacha 2,58 kg, 21 kunlik yoshida esa 5,59 kg ni tashkil qilgan bo'lsa ularning mutloq vazni 3,01 kg ni tashkil etdi va echkilarning sutdorligi 15,05 kg ni tashkil qildi. II tajriba guruhidagi mahalliy zotli echkilardan tug'ilgan duragay uloqlar tug'ilganda o'rtacha 2,62 kg, 21 kunlik yoshida esa 5,68 kg ni tashkil qilgan bo'lsa ularning mutloq vazni 3,06 kg ni tashkil etdi va echkilarning sutdorligi 15,30 kg ga teng bo'ldi.

II tajriba guruhidagi mahalliy zotli echkilardan tug'ilgan duragay uloqlarning tug'ilganda o'rtacha tirik vazni 2,62 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi mahalliy zotli echkilardan tug'ilgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

uloqlarning tirik vazniga nisbatan 0,25 kg yoki 10,5% ga yuqori bo'ldi. Duragay uloqlarning 21 kunlik yoshida o'rtacha tirik vazni 5,68 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi uloqlarning tirik vazniga nisbatan 1,08 kg yoki 23,4% ga yuqori bo'ldi. Xuddi shunday, ushbu davrlarda duragay uloqlarning mutloq vazni 3,06 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi uloqlarning tirik vazniga nisbatan 0,83 kg yoki 37,2% ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Xulosa. Mahalliy zotga mansub echkilarni chetdan keltirilgan naslli takalar bilan juftlanganda olingan duragay avlodlar mahalliy zot echkilardan tug'ilgan uloqlarga nisbatan tirik vazn ko'rsatkichlari bo'yicha ustun bo'lishini ko'rish mumkin. Olingan ma'lumotlardan shuni aytish mumkinki, yuqori sutdorlik ko'rsatkichlari tajriba gururlaridagi echkilarda kuzatildi. II tajriba guruhidagi echkilarning sutdorligi 15,30 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi mahalliy zot echkilarnikiga nisbatan 4.15 kg yoki 37,2 % ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Spurz J. et al. Effects of additional feedstuffs on milk quality and health status in organic goats // Veterinarija ir zootechnika. Kaunas. 2006. Vol. 35. № 57. P. 8994.

2. Войтова Е.В., Микульчик Н.В. Использование козьего молока и новых формул на его основе в питании детей раннего возраста. Международные обзоры. клиническая практика и здоровье №3. 2015, 18-37 б.

3. D.M.Parmanova. Rational use of different types of feeddings in the feeding of Karakol sheep. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2021, 190-193 б.

4. Д.М.Парманова. ^оракалпок сур коракул зотли куйлардан олинган наслнинг жун толасининг сифати. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2021, № 10. 51-53 б.

5. Д.Парманова, Ф.Аликулов. ^оракулчиликда коракалапок сур наслли кузиларни олиш усуллари. Scientific progress journal, 2021. 436-440 б.

6. D.Parmanova. Pattern of flower location and strength in korakalpok sur breed rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 73-75.

7. Хусеинова М.А. "Ок рус хдмда махдллий эчки зотларини чатиштиришдан олинган авлодларнинг биологик ва мах,сулдорлик хусусиятлари". Дисс. Самарканд ш. 2021 й, 58 б.

8. Плохинский Н.А. "Руководство по биометрии для зоотехников" Москва. 1969 г. 256 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.