УДК:636
QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA ANGUS ZOTLI BUZOQLARNING TIRIK VAZNI VA UNING YOSHIGA DINAMIKASIDA O'ZGARISHI 1Muxayyo Xusnitdinovna Dosmuxamedova 2G.Eshmuratova
1Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi professori, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent, O'zbekiston 2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali mustaqil tadqiqotchisi
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10083365
Annotastiya. Ushbu maqolada xorijdan import qilingan Angus zotli qoramollarning buzoqlarning tirik vazn ko'rsatkichlari olingan va xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar: Angus zotli buzoqlar, tirik vazni, ko'rsatkichlari.
Аннотация. В статье живая масса бычки ангусского скота была получена и получена в изделиях, привезенных из-за границы в европы.
Ключевые слова: телята породы Ангус, живая масса, показатели
Abstract. In this article, live weight indicators of calves of Angus cattle imported from abroad were obtained and conclusions were given.
Keywords: Angus calves, live weight, indicators
Kirish. Aholini go'sht va go'sht mahsulotlari bilan ta'minlashda angus zotining ahamiyati katta. Ular asosan go'sht yonalishidagi qoramollar sanaladi. Olimlar o'zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida qoramollarning tirik vazni va eksterer ko'rsatkichlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borga. Jumladan [1: 13-15 b] tadqiqotida buqachalarning tirik vazni ortib borishi bilan tana tuzilish indekslarida o'zgarishlar turlicha bo'lgan. [2: 6-9 b] tadqiqotlarida sut-go'sht yo'nalishidagi (simental va monbelyard) sigirlarini go'sht yo'nalishidagi jahon genofondiga xos naslli buqalar urug'i bilan sanoat asosida chatishtirishdan olingan birinchi bo'g'in (F1) duragay avlodlarning irsiy imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishi va ular tirik vaznining yuqori bo'lishi hamda go'sht mahsuldorligi shakllanishi bevosita to'la qiymati va muvozanatlashgan ozuqalar bilan oziqlantirishga bog'liq ekanligini ko'rsatdi.
Tadqiqotning maqsadi: Angus zotli qoramlollarning issiq va sovuqqa chidamliligini o'rganish, oziqlantirishning mahsuldorlikga ta'sir turini ko'rib chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
Tadqiqot joyi va uslubi: Tadqiqotlar obekti qilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani "Shimam" OFI "Shukurullo Babajonov" fermer xo'jaligi va Beruniy tumani "Shabboz" OFI "Shuxrat Babajonov" fermer xo'jaliklaridagi go'sht yo'nalishidagi anguz zotli buqachalar belgilandi. Tajriyba uchun olingan buzoqlarning tirik vazni tug'ilgan vaqti, 3 oylik, 6 oylik va 9 oylik davrda platformali elektron tarozida aniqlandi.
Tadqiqot natijalari va tahlili. Hayvonning tirik vazni erta bilan oziqlantirish oldidan yoki oziqlantirishdan 3 soat keyin o'lchanadi.
Tajriba uchun biz angus zotli buqachalardan guruh shakllantirildi. I guruh (nazorat) go'sht yonalishidagi, II guruh (tajriba) go'sht yonalishidagi buqachalar va har bir guruhda 15 boshdan tanlab olindi.
Bizning tadqiqotimizda Angus zotli qoramollardan olingan buzoqlarning tirik vazni ko'rsatkichlari quydagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).
1-jadval Angus zotli buqachalarning tirik vazni ko'rsatkichlari, kg
n (bosh soni) Tug'ilganda 3 oylik 6 oylik 9 oylik
I-guruh 15 29,3±0,51 122,5±0,87 214,5±1,86 305,8±2,67
II-guruh 15 30,3±0,56 125,7±0,96 218,4±1,95 315,6±2,86
O'rtacha 30 29,8±0,53 124,1±0,92 216,45±1,91 310,7±2,77
1-jadval ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki I guruh Angus zotli buqachalarning tirik vazni yangi tug'ilgan davrda 29,3±0,51 kg, 3 oylik davrida 122,5±0,87 kg, 6 oylik davrida 214,5±1,86 kg va 9 oylik davrida 305,8±2,67 kg ni tashkil etti. II guruhdagi hayvonlarning tirik vazni shunga mutanosib ravshda 30,3±0,56, 125,7±0,96, 218,4±1,95 va 315,6±2,86 kg-ni tashkil qildi. Xulosa tariqasida aytish mumkinki I guruh hayvonlarning tirik vazniga nisbatan, II guruhdagi hayvonlarning tirik vazni yuqori bo'ldi ushbu farqlanishlar oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog'liqligini ko'rsatdi.
Tajriybadagi hayvonlarning umumiy tirik vaznining o'rtacha ko'rsatkichlari aniqlanib quydagi rasmda keltirilgan (1-rasm).
1-rasm Angus zotli buqachalarning tirik vaznining o'rtacha ko'rsatkichlari, kg
O'rtacha
1-rasm ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, hayvonlarning tug'ilgan davrdagi tirik vaznini 100% deb qabul qilsak. 3 oylik davrda 416,44% ga, 6 oylik davrda 726,34% ga, 9 oylik davrda esa 1042,62% ga oshganligini ko'rish mumkin.
Xulosa: Yoshi dinamikasida buzoqlarning tirik vazni ko'rsatkichlarining o'zgarishi ular saqlash va oziqlantirish sharoitiga bog'liq holda, II-guruh hayvonlar I-guruh hayvonlarga nisbatan birmuncha yirikroq bo'lishi kuzatildi. Bizning fikrimizcha, bunday holatlarni ular orasidagi konstitutsiya tiplari ham bog'liqligi va bunday holat hayvonlar tirik vazniga o'z tasirini ko'rsatadi.
REFERENCES
1. У.Н.Носиров «Корамолчилик» Олий укув юртлари учун дарслик. Т.«Узбекситон миллий эндиклопедияси» Давлат илмий нашриёти, -2002, 84-б
2. Журнал «Животноводство России» Скотоводство 2019г. 16-стр
3. Agro ilm 5[68]-son, 2020 Аграр-иктисодий, илмий-амалий журнал.
4. Радзиевский Е.Б., Кайдулина А.А., Ранделине В.В., Горбатых Е.С. Особенности роста и развития абердин-ангусской породы разных внутрипородных типов //Вестник мясного скотоводства. - 2007. -Т.1.-№60. -С.241-243.
5. Токова Фатима Магометовна «Адаптационные и продуктивные качества нетелей Абердин-ангусской породы в условиях Карачаево-Черкесской Республики» 06.02.10-частная зоотехния, технология производства продуктов животноводства. Автореферат.