Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK: 619.576.895.75.614.449.57.
ECHKILAR ORASIDA EKTOPARAZITLARNING TARQALISHI
Pulotov F.S. - v.f.f.d., katta ilmiy xodim Boltayev D.M. - tayanch doktorant Djalolov A.A. - tayanch doktorant Ismoilov A.Sh. - kichik ilmiy xodim Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация: Maqolada keyingi yillarda echkilarda uchraydigan ektoparazitlar va ularning turlari, shuningdek ektoparazitlarning dominant turining mavsumiy dinamikasi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Bovicola, bit, burga, shomil, bit yeyuvchilar, linognatoz, ktenosefalidoz, ripisefaloz, ektoparazit, entomolog.
Annotatsiya: В статье приведены сведения об эктопаразитах, встречавшихся у коз в последующие годы, и их видах, а также сезонная динамика доминирующего вида эктопаразитов.
Kлючевые слова: Бовикола, вщи, блоха, клещи, власоеды, линогнатоз, ктеноцефалидоз, рипицефалоз, эктопаразит, энтомолог.
Annotation: The article provides information about the ectoparasites encountered in goats in subsequent years and their types, as well as the seasonal dynamics of the dominant type of ectoparasites.
Key words: Bovicoloa, lice, fleas, ticks, lice eaters, linognathosis, ctenocephalidosis, ripicephalioz, ectoparasite, entomologikal.
Mavzuning dolzarbligi. Echkilarni boqish, urchitishga ko'p xarajat talab etmasligi, tez ko'payishi va yuqori darajadagi serpushtligi, go'sht va sut mahsulotlarining parhezbopligi, sanoat uchun jun, tivit va teri mahsulotlarining zarurligi, qimmatbaholigi, ularga bo'lgan talabning yuqoriligi bilan boshqa turdagi chorva hayvonlaridan ajralib turadi. Echkichilik bilan shug'ullanish xususiy va yordamchi xo'jaliklar uchun qulay va foyda keltiruvchi tarmoq hisoblanadi. Chunki qishloqda yashovchi har bir oila echki asrash va boqish, sut va go'shtini iste'mol qilish, echki tiviti va junidan xilma-xil buyumlar tayyorlash va uni bozorga chiqarish yo'li bilan daromadini oshirishi mumkin. Echkilarning juni va tivitidan turli kiyim va buyumlar tayyorlanadi. Echki suti va go'shti oziq-ovqat sifatida keng qo'llaniladi. Echki suti shifobaxsh, parhezli xususiyatga ega, ayniqsa, yaylovda boqilgan echkilardan sog'ib olingan sut sil xastaligida eng kuchli malham hisoblanadi. Chunki sil bilan yaylov echkilari kamdan kam kasallanadi.
Tadqiqot maqsadi: Shaxsiy va fermer xo'jaliklardagi echkilarda parazitlik qiluvchi ektoparazit va ektoparazitozlarning faunasi va mavsumiy tarqalishi dinamikasini o'rganishdan iborat.
Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotlarda parazitologik, entomologik, epizootologik, mikroskopik tekshirish, ekologo-faunistik va veterinariya parazitologiyasi fanlarining zamonaviy tavsiya va uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi.
Tadqiqotlar natijalari. Echkilarda uchraydigan ektoparazitlarning tarqalishini o'rganish bo'yicha 2023 yilgi tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Nurobod tumani "Chavandoz" fermer xo'jaligida 90 bosh echkilar, "Xudoyqulov F.I." chorvachilik fermer xo'jaligida 60 bosh echkilar, "Jamshid" fermer xo'jaligida 30 bosh echkilar, "Boshquduq" qishloq fuqarosi U.Boboevga qarashli 31 bosh echkilar, "Nurobod qorako'l naslchilik" MChJ ga qarashli 327 bosh echkilarda, Navoiy viloyatining Nurota tuman "Nurota qorako'l naslchilik" ma'suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 645 boshdan ortiq tivit yo'nalishidagi Orenburgning Angor zotli oq echkilarda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tumani "Dami-ata" femer xo'jaligiga qarashli 375 bosh, jami 1552 bosh echkilar parazitologik tekshirilib ulardan topilgan ektoparazitlar terib olindi va ularning morfologiyasi o'rganilib, turlari, jinsi, sistematikasi aniqlandi. Natijada, echkilarda B.caprae, Ctenocephalides caprae, Linognathidae caprae va Rh. bursa ektoparazitlar turlari va ektoparazitozlar aniqlandi (1-jadval, 1-rasmar).
Echkilarda aniqlangan ektoparazitlar va ularning turlari
Jadval 1
T. r Hayvon turlari Topilgan ektoparazit turlari Ektoparazitozlar nomi
1 Bovicola caprae Bovikolyoz entomoz
2 Ctenocephalides caprae Ktenotsefalidoz entomoz
3 £ Linognathidae caprae Linognatoz entomoz
4 Ripicephalus bursa Ripicephalioz araxnoz
Echkilar orasida asosan Bovicola caprae, Ctenocephalides caprae, Linognathidae caprae va Ripicephalus bursa ektoparazitlari, dominant tur sifatida esa Bovicola caprae ektoparaziti keng tarqalganligi aniqlandi. Ular asosan sanitariya-
Rasm 1. Echkilardan topilgan ektoparazitlar.
xo'jaliklarda ko'proq uchrashi, echkilarni uzoq muddat transportirovka qilish, ya'ni bir davlatdan ikkinchi bir davlatga olib kelish (migratsiya) davomida, junlar, teri xom ashyosi va suv (cho'miltirilganda va suv ichish jarayonida) orqali tarqalishi va yilning barcha mavsumlari davomida uchrab turishlari kuzatildi. Binodaga yuqori namlik va qulay harorat qish oylaridagi quyosh nurining yetishmovchiligi, echki
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
junlarini uzun bo'lishi, ularni sifatsiz oziqlantirish va zich saqlanishlari Bovicola capraening rivojlanishi va tez tarqalishi uchun qulay sharoit tug'dirishi aniqlandi.
Shunday qilib, Bovicola caprae echkilar organizmida barcha mavsumlarda uchrashi, biroq invaziya ekstensivligi va intensivligi mavsumga nisbatan o'zgarib turishi, ya'ni yanvar-fevral-mart-aprel-may oylarida zararlanish maksimal darajada, iyun-iyul-avgust-sentyabr-oktyabr oylarida minimal, noyabr-dekabr oylarida o'rtacha holatda bo'lishi kuzatildi (2-jadval, 1-diagramma).
Echkillarni Bovicola caprae bilan oylar bo'yicha zararlanish darajasi
Jadval 2
T/r Topilgan dominant ektoparazit nomi Oylar bo'yicha zararlanish, %
I II III IV V VI VII VII I IX X XI XII
1. Bovicola caprae 76 82 100 100 95 11 8 6 9 12 14 28
120 100 80 60 40 20 0
Bovikolyoz oylar bo'yicha zararlanish, %
Diagramma 1. Echkilarni Bovicola caprae bilan oylar bo'yicha zararlanish
darajasi
Ushbu oylar bo'yicha zararlanish ko'rsatkichlar umumlashtirilib echkilarni Bovicola caprae bilan mavsumiy zararlanish dinamikasi aniqlandi. Bunda, bahor faslida echkilarning o'rtacha - 98,3, qish oylarida - 62,0, yoz oylarida - 8,0 va kuz oylarida esa - 11,6 foizni tashkil etishi hamda epizootiya shaklda kechishi aniqlandi (3-jadval, 2-diagramma).
Echklarni Bovicola caprae bilan ekctens zararlanishining mavsumiy dinamikasi
Jadval 3
T/r Topilgan ektoparazitlar nomi Mavsumlar bo'yicha ekstenszararlanish, %
Qish Bahor Yoz Kuz
1. Bovicola caprae 62,0 98,3 8,0 11,6
0
Qish Bahor Yoz Kuz
Bovikolyoz mavsumlar bo'yicha zararlanish, %
Diagramma 2. Echkilarda Bovicola capraeni mavsumiy dinamikasi
Xulosa.
1. Samarqand va Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tuman echkichilik hamda aholining shaxsiy xo'jaliklari sharoitida tekshirilgan jami 1552 bosh echkilar orasida ektoparazitlardan - Bovicola caprae, Linognathidae caprae, Ctenocephalides caprae va Rhipicephalus bursa turlari uchrashi, shundan Bovicola caprae echkilar tanasida asosiy dominant tur sifatida keng tarqalganligi aniqlandi.
2. Bovicola caprae echkilarda barcha mavsumlarda uchraydi. Biroq ekstens zararlanish mavsumga nisbatan o'zgarib turadi. Bunda yanvar-fevral-mart-aprel-may oylarida zararlanish maksimal darajada, iyun-iyul-avgust-sentabr-oktabr oylarida minimal, noyabr-dekabr oylarida o'rtacha holatda bo'ladi. Mavsumiy dinamika bo'yicha bahor oyida 98,3%, yozda 8,0%, kuzda 11,6%, qishda 62,0% ni, eng yuqori zararlanish yilning bahor va qish oylarida, eng minimal zararlanish esa yoz oylarida kuzatilishi qayd etildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Акбаев Р.М. Метод оценки эффективности инсектоакарицидов в форме дуста в отношении эктопаразитов // Р.М. Акбаев, Ветеринария. 2017, №12: С. 33-36.
2. Акбаев Р.М. и др. // Паразитология и инвазионные болезни животных. М.: Колос, 2008. С. - 776.
3. Акбаев М.Ш., Василевич Ф.И., Никольская О.В. Морфологические особенности власоедов рода Bovicola и меры борьбы с бовиколёзом крупного рогатого скота // Сб.науч.трудов МГАВМ и «Актуальные вопросы инфекционных и инвазионных болезней животных», - Москва, 1995. -С. 26-29.
4. Ятусевич В.П. Паразитология и инвазионные болезни животных: учеб. пособие / А.И. Ятусевич, Н.Ф. Карасев, С.И. Стасюкевич. - Минск: РИПО, 2020. - 266 с.
5. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Sh, I. A., Boltaev, D. M., & Saifiddinov, B. F. (2022). Ecogenesis of ectoparasites of agricultural animals. Eurasian Med Res Period, 6, 165-167.
6. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltaev, D. M., Kamalova, A. I., & Djalolov, A. A. (2022). Fauna and phenoecology of zooparazites. Annals of forest research Scopus journal, 65(1), 854-863.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
7. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltayev, D. M., Kamalova, A. I., & Djalolov, A. A. (2023). Ecogenesis of ECTO and Endoparasites in Animals. Journal of Survey in Fisheries Sciences, 10(3S), 2238-2245.
8. Pulatov, F. S., Sh, I. A., Rakhimov, M. Y., Abdullaeva, D. O., Sayfiddinov, B. F., & Ruzimurodov, A. R. Fauna and ecology of zooparasites in zoobiocenoses. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, 32(2).
9. Pulatov, F. S., Jalolov, A. A., & Saifiddinov, K. F. (2022). The Spread of bovicolosis in sheep. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(5), 239-241.
10. Рузимуродов, А., Рахимов, М., Исмоилов, А., Абдуллаева, Д., & Пулатов, Ф. C. Монография. Пиретроидлар. Табиий учоцли ва трансмиссив касалликлар му%офазаси."Zarafshon" нашрёти ДК, Самарцанд-2018 й.
11. Рахимов, М., Пулотов, Ф., & Исмоилов, А. (2023). Иксодидоз крупного рогатого скота и овец. in Library, 3(3), 1277-1279.
2. Рахимов, М., Исмоилов, А., Шеркулов, А., & Камалова, А. (2024). Фауна и сезонная динамика симбионтов на пастбищах. in Library, 2(2), 30-33.
3. Kamalova, A. I. (2024). THE SIGNIFICANCE OF ECHINOCOCCOSIS IN VETERINARY MEDICINE AND HUMAN LIFE. Creative Commons Attribution 4.0 International License., 1(5), 90-95.
4. Камалова, А. И., Мавланов, С. И., Пулотов, Ф. С., & Исмоилов, А. Ш. (2024). ^РНА^НАКГГ 10% EC ПРЕПАРАТИНИНГ КОРАМОЛЛАР СУТИ ТАРКИБИДАГИ КОЛДИЕИНИ УРГАНИШ. Ustozlar uchun, 1(1), 201-205.
5. Исмоилов, А., & Мавланов, С. (2023). Экология синбовиловых мух. in Library, 3(3), 408-411.
6. Рахимов, М. (2016). Пестициды-видовое разнообразие. in Library, 16(1), 3408-3409.
7. Исмоилов, А. (2017). Разнообразие и фенология зоофильных насекомых в условиях животноводческих ферм. in Library, 17(1), 18-19.
8. Исмоилов, А. (2016). Экология зоофильных насекомых. in Library, 16(1), 26-27.
9. Исмоилов, А. (2016). Зоофильные насекомые в биоценозах. in Library, 16(3), 1044-1045.
10. Shuhratovich, I. A. FAUNA OF SINDBOVIL FLIES AND THE EFFECT OF THE DRUG AGAINST THEM.
11. Рахимов, М., Пулотов, Ф., Исмоилов, А., Джалолов, А., Болтаев, Д., & Сайфиддинов, К. (2024). Turingiensis UzVITI М№ 1 исследование штамма бактерий bacillus thuringiensis. in Library, 2(2), 144-148.
12. Рахимов, М., Исмоилов, А., Пулотов, Ф., Рахимов, М., Джалолов, А., & Шеркулов, А. (2024). Эстроз и его лечение биоинсектицидным препаратом. in Library, 2(2), 79-83.
13. Пулотов, Ф. (2004). Применение sipermetrina против экто-и эндопаразитов. in Library, 1(1), 105-108.