Научная статья на тему 'QO‘YLAR EKTOPARAZITLARIGA QARSHI DELTAMETRIN 5 PREPARATINING SAMARADORLIGI'

QO‘YLAR EKTOPARAZITLARIGA QARSHI DELTAMETRIN 5 PREPARATINING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ektoparazit / xo’jalik / transmissiv / vector / akaritsid / preparat / kontsentratsiya / eritma / transmissiv / vektor / akarisid / preparat / konsentratsiya / eritma

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xolov Shodi Rahmatullaevich

Ilmiy-tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan “Xolto‘rayеv Oybеk XM” xo‘jaligidagi otarlarda hamda Qibray tumanidagi shaxsiy aholi qaramogida parvarish qilinayotgan qo‘ylarda olib borildi. Tadqiqotlarimiz natijasida qo‘ylar tanasida ixod kanalaridan Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa va junxo‘r hasharotlardan Bovicola ovis ektoparazitlari parazitlik qilishi aniqlandi. Ektoparazitlarga qarshi 5% li Dеltamеtrin piretroidi qo‘llanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘YLAR EKTOPARAZITLARIGA QARSHI DELTAMETRIN 5 PREPARATINING SAMARADORLIGI»

УДК: 619.576.895.751.614.

QO'YLAR EKTOPARAZITLARIGA QARSHI DELTAMETRIN 5 PREPARATINING SAMARADORLIGI

Xolov Shodi Rahmatullaevich

Toshket davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11437897

Annotatsiya. Ilmiy-tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi qo'ychilikka ixtisoslashgan "Xolto'rayev Oybek XM" xo'jaligidagi otarlarda hamda Qibray tumanidagi shaxsiy aholi qaramogida parvarish qilinayotgan qo'ylarda olib borildi. Tadqiqotlarimiz natijasida qo'ylar tanasida ixod kanalaridan Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa va junxo'r hasharotlardan Bovicola ovis ektoparazitlari parazitlik qilishi aniqlandi. Ektoparazitlarga qarshi 5% li Deltametrin piretroidi qo'llanildi.

Kalit so'zlar: ektoparazit, xo'jalik, transmissiv, vector, akaritsid, preparat, kontsentratsiya, eritma, transmissiv, vektor, akarisid, preparat, konsentratsiya, eritma.

Аннотация. Научно-исследовательская работа проводилась на отарах специализированного по овцеводству «Холтураев Ойбек ХМ» в Ахангаранском районе Ташкентской области и на овцах, находящихся на содержании у частных жителей в Кибрайском районе. В результате наших исследований установлено, что на теле овец паразитируют эктопаразиты Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa и шерститогрызущие насекомые Bovicola ovis. Против эктопаразитов использовали 5% пиретроид дельтаметрина.

Ключевые слова: эктопаразит, хозяйства, трансмиссив, вектор, акарицид, препарат, концентрация, раствор.

Summary. Scientific and research work was carried out in flocks of "Kholtoraev Oybek KHM" specialized in sheep farming in Ohangaron district of Tashkent region and sheep being cared for by private residents in Qibray district.

As a result of our research, it was found that ectoparasites of Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa and wool-eating insects Bovicola ovis parasitize the body of sheep. 5% Deltamethrin pyrethroid was used against ectoparasites.

Key words: ectoparasite, household, transmissive, vector, acaricide, preparation, concentration, solution, transmissive, vector, acaricide, preparation, concentration, solution.

Kirish. Bugungi kunda dunyoning ko'pchilik davlatlarida parazitar hamda transmissiv kasalliklar keng tarqalgan bo'lib, ular chorvachilikga xususan qo'ychilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazib kelmoqda. Hozirda ushbu parazitar kasalliklar va boshqa kasalliklarning maxsus (Vector) tarqatuvchilari bo'lgan zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish va ular sonini muvozanatda saqlab turish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Adabiy manbalarda qayd etilishicha «Ektoparazitlar hayvonlarni kuchli bezovta qiladi va yiliga 2,2 milliard dollardan ortiq iqtisodiy zarar keltiradi».

Olimlardan G.N.Minx va O.O.Mochutkovskiy dunyoda birinchi marta qon so'ruvchi hasharotlar yuqumli kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini, jumladan, qaytalovchi tif bilan tepkili tifni tarqatishini aniqlagan. T.Smit bilan F.Kilborn piroplazmoz qo'zg'atuvchisini o'rgimchaksimon sinf vakillari - kanalar tarqatishini aniqlashdi. Shunday qilib, XIX asrning oxiri XX asrning boshida bo'g'imoyoqlilarning kasallik tarqatishi to'g'risidagi tushuncha kengaya bordi. Shu nuqtai nazardan, qon so'ruvchi parazitlarga qarshi kurash, ular bilan zararlangan

hayvonlarga tezkor tashxis qo'yish, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz iqtisodiyotini yuksaltirishda qo'ychilik xo'jaliklarini rivojlantirish alohida o'ringa ega. Qo'ychilikni rivojlantirishda va rentabelligini oshirishda mas'uliyati cheklangan jamiyat, fermer hamda dehqon xo'jaliklarida qo'ylar bosh sonini ko'paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, sog'lom qo'zi olish, ularni to'g'ri parvarishlash, turli kasalliklardan himoya qilish kabi omillar va tadbirlarga bog'liq. Bunda qo'ylarni turli xildagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklardan, ularni tashuvchilaridan, ayniqsa ektoparazitlardan himoya qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi. Shaxsiy, xususiy, qo'ychilik xo'jaliklarida va aholi qaramog'idagi qo'ylarda parazitlik qiladigan yangi peritroid preparatlarning insektoakaritsid samarasini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot uslubi: Terilgan kana va hasharot turlari araxnoentomologiya va akarologiya labaratoriyasida mikroskopik va morfosistematik tekshirishlardan o'tkazilib, qo'llanma va aniqlagich jadvallar yordamida, jumladan «Атлас исодоидных клещей», «Определител членистоногих, вредящих здоровю человека» hamda boshqa maxsus adabiyotlar yordamida aniqlandi.

Tadqiqot natijalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi qo'ychilikka ixtisoslashgan "Xolto'raеv Oybеk XM" xo'jaligidagi otarlarda hamda Qibray tumanidagi shaxsiy aholi qaramogida parvarish qilinayotgan qo'ylarda olib borildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarimiz mobaynida mavjud qo'ylarning barchasini ektoparazitlarga nisbatan tеkshiruvdan o'tkazdik. Olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarimiz natijasida qoylar tanasida ixod kanalaridan Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa va junxor hasharotlardan Bovicola ovis ektoparazitlari parazitlik qilishi aniqlandi.

Qo'ylar tanasidagi ektoparazitlarga qfrshi kurashda Xitoy kompaniyasida ishlab chiqarilgan 5% li Dеltamеtrin piretroidining 0,015% li suvli eritma shakli sinovdan o'tkazildi. Tajribalar Ohangoron hamda Qibray tumanlarining shaxsiy, xususiy xo'jaliklarida va aholi qaramog'idagi mavjud qo'ylarda olib borildi.

Deltametrin preparatini qo'ylarning ektoparazitlariga qarshi terapevtik samarasini aniqlash. Deltametrinning 5% li kontsentrat eritmasi - insektoakaritsid piretroid preparat, tarkibi-og - tsiano- Z - fenoksibenzil tsistrans- 2,2- dimetil- 3 - (2,2- dixlorvinil) tsikpopropan -karboksilat. B guruhga mansub. Preparat 5% li suvli eritma holida hebei new century pharmaceutical co., LTD, Xitoy kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

1-rasm. Qo'yning quloq sohasida iksod kanalarining parazitlik qilishi

2-rasm. Kanalarning mikroskopda ko'rinishi

1-tajriba. Ohangaron tumanidagi qo'ychilikka ixtisoslashgan "Xolto'raev Oybek XM" xo'jaligidagi otarlarda 2350 bosh qo'ylar parvarish qilinib, ilmiy-tadqiqot ishlarimiz mobaynida mavjud qo'ylarning barchasini ektoparazitlarga nisbatan tekshiruvdan o'tkazdik. Olingan namunalrni o'rganib tahlil qilganimizda, xo'jalikdagi qo'ylarning 60-62 foizi ektoparazitlar bilan turli darajada zararlanganligi aniqlandi.

Ushbu fermer xo'jaligidagi mavjud qo'ylar orasida Rhipicephalus bursa va Bovicola ovis ektoparazitlari bilan spontan holda zararlangan 20 boshidan ilmiy tajribalarimizda foydalandik. Tajriba guruhidagi 15 bosh qo'ylarning har biriga 5% li deltametrin preparatining 0,015% li suvli eritmasidan 0,5 litr/boshdan ishchi eritmasi (tana yuzasiga va kanalar bor joylariga) purkaldi.

Nazorat guruhidagi 5 bosh qo'ylarga esa 0,5 litrdan oddiy suv purkaldi. 2 sutkadan so'ng tajriba guruhidagi 15 bosh qo'ylarning tanasidagi ektoparazitlarning barchasi nobud bo'lganligi aniqlandi. Nazoratdagi 5 bosh qo'ylar tanasidagi kana va hasharotlarning faol holatdaligi kuzatildi. Preparatning insektoakaritsid samarasi 95 foizni tashkil etdi.

Natijada 0,015 foizli deltametrin preparatining 0,5 l/bosh suvli eritmasi dozasida qo'llanilganda 15 bosh hayvon tanasidagi ektoparazitlarga nisbatan 95% insektoakaritsid samara berishi aniqlandi. Nazoratda (suv) samara kuzatilmadi, qo'ylar tanasidagi parazit lar tirik qoldi

3-rasm. 5% li Deltametrin preparatining 0,015% li suvli eritmasini kana va hasharotlarga

nisbatan samaradorligi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan 5% li Deltametrin preparatini 0,015% li suvli eritma shakli qo'ylarning Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa va Bovicola ovis ektoparazitlariga qarshi kurashda sinovdan o'tkazildi. Tajribalar Toshkent viloyati tumanlarni va mahallalaridagi aholi qaramog'idagi shaxsiy, xususiy xo'jaliklaridagi mavjud qo'ylarda olib borildi.

2-tajriba. Qibray tumanidagi "Alisherobod" mahallasidagi fuqaro J.Shernayevga qarashli 5 bosh H.anatolicum, Rhipicephalus bursa kanalari bilan zararlangan qo'ylarning ektoparazitlariga qarshi preparatning 0,015% li suvli eritmasi bilan 0,5 l/bosh, 1,5 ml/FTM bosh hisobida dorilandi. Preparatning ta'siri 24 soatdan so'ng tekshirilganda, qo'ylar tanasidagi kanalar nokdaun holatida ekanligi qayd qilingan bo'lsa, 72 soatdan so'ng o'rganilganda esa preparatning akaritsidligi 95 foizni tashkil etganligi kuzatildi.

3-tajriba. Qibray tumanidagi "Alisherobod" mahallasidagi fuqaro A.Ibragimovga tegishli 4 bosh qo'ydan namuna olib o'rganilganda H.anatolicum kanasi bilan zararlanganligi aniqlandi. Qo'ylar ektoparazitlarga qarshi preparatning 0,015% li suvli eritmasi bilan tana yuzasi, quloq

suprasi hamda chot sohasiga 600 ml/bosh, 1,8 ml/FTM bosh hisobida dorilandi. Dorilashdan 1 kundan so'ng qo'ylar tekshirilganda 90 foiz kanalar nobud bo'lganligi aniqlandi va preparatning akaritsid samaradorligi 1 sutkadan so'ng 90 foizni, 2 sutkadan so'ng esa 100% ni tashkil qilishi aniqlandi.

4-tajriba. Tajribada Qibray tumanidagi "Alisherobod" mahallasidagi fuqaro O.Haqberdievning 10 bosh qo'ylari ektoparazitlarga nisbatan tekshirildi. Tekshirishlar natijasida qo'ylar Rhipicephalus bursa kanasi bilan zararlanganligi aniqlandi. Ushbu zararlangan qo'ylarga preparatning 0,015% li suvli eritmasi 0,5 l/bosh ishchi eritmasi 1,5 ml/FTM bosh hisobida purkash usuli bilan dorilandi. Dorilangandan 48 soatdan keyin hayvonlar tekshirib ko'rilganda preparatning akaritsidlik ta'siri yaqqol ko'rinib, qo'lar tanasidagi 95% kanalar nobud bo'lganligi kuzatildi.

5-tajriba. Qibray tumanidagi "Iqtidor" mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.Rahimovning 72 bosh qo'ylaridan namunalar olinib, ularni ektoparazitlar bilan zararlanganligi tekshirildi. Namunalarni tekshirish natijasida 56 bosh yoki 77,7 foiz qo'ylar turli darajada Rhipicephalus bursa va Bovicola ovis ektoparazitlari bilan zararlanganligi aniqlandi.

Sinov tajribalarida preparatning samaradorligini o'rganish maqsadida Rhipicephalus bursa va Bovicola ovis bilan kuchli darajada zararlangan 20 bosh qo'ylar tajribada foydalanildi. Qo'ylar preparatning 0,015% li suvli eritmasi bilan 500 ml/bosh, 1,5 ml/FTM bosh hisobida purkash usulida dorilandi. Preparat qo'llanilgandan 48 soatdan keyin hayvonlar tanasida ektoparazitlar bor yoki yo'qligi tekshirildi va hayvonlar ektoparazitlardan holi bo'lganligi aniqlandi. Preparatning insektoakaritsidlik ta'siri 98% ni tashkil etdi.

1-jadval. 5% li Deltametrin preparatining 0,015% li suvli eritmasini qo'ylar

ektoparazitlariga qarshi insektoakaritsidlik samarasi

T.r Preparat kontsent-ratsiyasi (foiz) Hayvon jinsi Soni (bosh) Parazit turi Ishchi eritmasi Ekstens samara (foiz)

1. 0,015 Qo'y (urg'ochi) 15 Rhipicephalus bursa, Bovicola ovis 500 ml/b s.e. 1,5 ml/b ftm 2 sutkada 95%

2. 0,015 Qo'y (urg'ochi) 5 Rhipicephalus bursa, H.anatolicum 500 ml/b s.e. 1,8 ml/b ftm 3 sutkada 95%

3. 0,015 Qo'y (erkak) 4 H.anatolicum 500 ml/b s.e.1,5 ml/b ftm 2 sutkada 90%

4. 0,015 Qo'y (erkak) 10 Rhipicephalus bursa 500 l/b s.e. 1,5 ml/b ftm 2 sutkada 95%

5. 0,015 Qo'y (erkak) 20 Rhipicephalus bursa, Bovicola ovis 500 l/b s.e. 1,5 ml/b ftm 2 sutkada 98%

Xulosa. 1. Ilmiy-tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi qo'ychilikka ixtisoslashgan "Xolto'raev Oybek XM" xo'jaligida hamda Qibray tumanidagi shaxsiy aholi qaramogida parvarish qilinayotgan qo'ylarda olib borildi. Qo'ylar tanasida iksod kanalaridan Hyalomma anatolicum, Rhipicephalus bursa va junxo'r hasharotlardan Bovicola ovis ektoparazitlari parazitlik qilishi aniqlandi.

2. 5% li Dеltamеtrin preparatining 0,015% kontsеntratsiyali suvli eritmasidan qo'ylarni

bo'yin sohasidan do'mg'azagacha to'kish usulida va tana yuzasiga, quloq suprasi, chot sohasiga

purkash usulida qo'llanilganda mavjud ektoparazitlarga nisbatan 95% samaradorlik ko'rsatkichga

ega ekanligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Абуладзе К.И, Демидов Н.В, Непоклонов А.А, Никольский С.Н, Павлов Н.В, Степанов А.В. Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных. Москва, во «Агропромиздат», 1990.

2. Агринский Н.И. Насекомые и клещи вредящие, сельскохозяйственным животным. Москва:- 1962.

3. Беклемишев В.Н. «Определитель членистоногих, вредящих здоровью человека». Государственное издательство медицинской литературы, Медгиз.Москва:- 1958,

4. Благовещенский Д.И. "Определитель пухоедов (Mallophaga) домашних животных". Фауна СССР. М.-Л.: изд. АН СССР, 1940.

5. Ганиев И.М., Аливердиев А.А. «Атлас иксодоидных клещей» Издательство «Колос» Москва. 1968 г.

6. Эргашев Э.Х., Шопулатов Ж.Ш. "Паразитология", «Укитувчи нашриёти», 1981 й.

7. Рузимурадов А. Паразитизм биологический. Оптимизация животноводства. Самарканд:ГП. «Zarafshon", 2010.

8. Рузимуродов А. Р., Исмоилов А. Ш., Рахимов М. Ю. Пестициды-видовое разнообразие //СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ. - 2016. - С. 3408-3409.

9. Рузимуродов, А., Рахимов, М., Исмоилов, А., Абдуллаева, Д., & Пулатов, Ф. C. Монография. Пиретроидлар. Табиий учоцли ва трансмиссив касалликлар му%офазаси."Zarafshon" нашрёти ДК, Самарцанд-2018 й.

10. А. Рузимуродов, М.Ю. Рахимов "Дельтаметрин пиретроидининг акарицидлик фаоллиги". Самарканд, Ветеринария илмий-тадкикот. AGRO ILM - O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. №-5, 2019.

11. Ф.С. Пулотов, М.Ю. Рахимов, Е.П Исламов "Alpha-shakti препаратининг акарицидлик самарадорлиги". Gospodarka i Innowacje. 2022/10/13.

12. Исмоилов А. Фауна мух синдбовила и воздействие на них препарата альфа-шакти //Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 126-131.

13. Исмоилов А., Рузимородов А. Борьба с зоофилами и мухами синбовил в домашнем скоте и их борьба с ними //in Library. - 2021. - Т. 21. - №. 1. - С. 60-63.

14. Штакельберг А.А. «Синантропные двукрылые фауны СССР». Издательство академии наук СССР, Москва, Ленинград:- 1956.

15. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltayev, D. M., & Djalolov, A. A. Prevalence of Ecto-and Endoparasites in Animals. MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.

16. Shuhratovich, Ismoilov Adham. "FAUNA OF SINDBOVIL FLIES AND THE EFFECT OF THE DRUG AGAINST THEM."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.