Научная статья на тему 'QO‘YLARNING GELMINTOZLARI VA ULARNING RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALISHI'

QO‘YLARNING GELMINTOZLARI VA ULARNING RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo‘y / gelmint / gelmintoz / ekstenszararlanish / viloyat / tuman / marshallagioz / nematodiroz.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Safarov Xurshid, Djabbarov Shuxrat

Ushbu maqolada Respubilkamizning turli hududlarida qo‘ylarda parazitlik qiluvchi gelmintlar va gelmintozlar hamda ularni tarqalishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘YLARNING GELMINTOZLARI VA ULARNING RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA TARQALISHI»

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

UDK:619:576.89

QO'YLARNING GELMINTOZLARI VA ULARNING RESPUBLIKAMIZ

HUDUDIDA TARQALISHI

Safarov Xurshid Abdurajabovich

mustaqil izlanuvchi, Djabbarov Shuxrat Abdumajidovich

ilmiy rahbar Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Respubilkamizning turli hududlarida qo'ylarda parazitlik qiluvchi gelmintlar va gelmintozlar hamda ularni tarqalishi bo'yicha olingan ma'lumotlar bayon qilingan.

Аннотация: В данной статье изложена информация о гельминтах и гельминтозах, паразитах у овец в различных регионах нашей Республики, а также данные об их распространенности.

Annotation: This article presents data on helminths and helminthiases parasitizing sheep in various regions of our Republic, as well as information about their distribution.

Kalit so'zlar: qo'y, gelmint, gelmintoz, ekstenszararlanish, viloyat, tuman, marshallagioz, nematodiroz.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyoda chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri qo'ychilikni rivojlantirish, ularni turli gelmintlar bilan zararlanishini oldini olish muhim ahamiyatga ega muammolardan biri hisoblanadi. Shvesiya, Rossiya, Avstraliya, AQSh va boshqa ko'plab davlatlar qatorida Respubilkamizda ham qo'ylarni turli xildagi gelmintozlardan asrash zarurati tufayli, hududlarda mavjud gelmintozlarning tarqalish darajasini aniqlash va yuqori samarali, yangi antgelmint preparatlarni yaratish ustida ko'plab ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Parazit gelmintozlar (nematodalar va trematodalar) bilan zararlanish kavsh qaytaruvchi hayvonlar orasida chorvachilik sanoati uchun muhim iqtisodiy zarar manbai bo'lib kelmoqda. Jumladan, 2020-yilda Evropaning 18 ta davlatida uch tur gelmint (oshqozon-ichak nematodlari, Fasciola hepatica va Dictyocaulus viviparis) lardan umumiy yillik iqtisodiy zarar 1,8 milliard evro deb baholandi. Bu xarajatlarning 81 % ishlab chiqarishdagi yo'qotishlarga to'g'ri kelsa, 19 % esa davolash-profilaktika xarajatlarga to'g'ri kelmoqda. Shuning uchun qo'ylar gelmintozlarning epizootik holatini o'rganish, ularga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotlarning hajmi va uslublari. Tadqiqotlar 2021-2023 yillar davomida Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida va chorvachilik yuritishning zamonaviy

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

texnologiyali sharoitida qo'ylarning asosiy gelmintozlari va ulaming Respublikaning turli viloyat va tumanlarida, turli geografik-iqlim mintaqalarida tarqalish darajasi aniqlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlaridagi fermer, dehqon xo'jaliklari va aholi xonadonlaridagi turli yoshdagi qo'ylarda gelmintologik tekshirishlar olib borildi. Mazkur tekshirishlar tezak namunalarini gelmintoovoskopiyaning ikki turi - flotasion Fyulleborn usuli va sedimentasion ketma-ket yuvish usullari bilan hamda gelmintolarvoskopiyaning Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan (Ya.D.Nikolskiy) uslubi orqali Motic B1 yorug'lik mikroskopi ostida 10x4, 10x40 va 10x100 o'lchamlarida tekshirildi.

Tadqiqot natijalari. O'zbekiston sharoitida qo'ylarning asosiy gelmintozlari (larval sestodozlardan tashqari) marshallagioz, nematodiroz, fassiolyoz, moniyezioz, va boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari bo'lib, olingan 2465 namunaning 648 tasi nematodiroz bilan (26,29%), 636 tasi marshallagioz bilan (25,80%) va 490 tasi boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari (ostertagioz, trixostrongilyoz, xabertioz va ezofagastomoz) bilan (19,88%), 123 tasi moniyezioz (4,99%), 329 tasi fassiolyoz (13,35%) bilan zararlangan. Boshqa gelmintozlar (trixosefalyoz 28 ta, dikroselioz 27 ta, neoaskarioz 91 ta) bilan atiga 1,16%, 1,09% va 3,69% qo'ylar zararlanganligi aniqlangan (1-rasm).

1,09%

1,16%

3,70%

13,35%

19,88%

marshallagioz

nematodiroz

boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari fassiolyoz

moniyezioz

trixosefalyoz

dikroselioz

neoaskarioz

1-rasm. Respublikada qo'ylarning gelmintozlar bilan ekstenszararlanganligi, %

(n=2465)

Gelmintozlarning tarqalishi viloyatlar bo'yicha turli xil ko'rsatgichlarga ega. Qo'ylarning gelmintozlar bilan ekstenszararlanganligi Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida tekshirilgan 405 ta namunaning 129 tasida (31,85%) va Andijon viloyatida 164 ta namunaning 87 tasida (53,04%), Buxoro viloyatida 169 ta namunaning 88 tasida

'Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

(52,07%), Jizzax viloyatida 153 ta namunaning 89 tasida (58,17%), Qashqadaryo viloyatida 332 ta namunaning 219 tasida (65,69%), Navoiy viloyatida 140 ta namunaning 89 tasida (63,57%), Namangan viloyatida 130 ta namunaning 102 tasida (78,46%), Samarqand viloyatida 326 ta namunaning 256 tasida (78,52%), Sirdaryo viloyatida 153 ta namunaning 101 tasida (66,01%), Surxondaryo viloyatida 130 ta namunaning 80 tasida (61,54%), Toshkent viloyatida 151 ta namunaning 78 tasida (51,65%), Farg'ona viloyatida 96 ta namunaning 69 tasida (71,87%) va Xorazm viloyatida 116 ta namunaning 50 tasida (43,10%) gelmintozlar bilan zararlanish turlicha bo'lib, eng yuqori zararlanish Samarqand (78,52%) va Namangan (78,46%) viloyatlarida, eng kam zararlanish Qoraqalpog'iston Respublikasi (31,85%) va Xorazm (43,10%) viloyatida ekanligi aniqlandi (2-rasm).

Qoraqalpog'iston R.

Andijon Buxoro

50 100 150 200

250 300

350

400 450

Tekshirilgan qo'ylar soni (bosh)

Gelmintozlar bilan umumiy zararlanish (bosh)

2-rasm. Respublikada qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanganligi (n=2465)

Xulosalar. 1. Respublikamizning barcha viloyatlarida qo'ylardan olib tekshirilgan 2465 ta namunalardan 1437 tasida ya'ni 58,30% gelmintozlar bilan

0

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

zararlanganligi aniqlandi.

2. Respublika sharoitida qo'ylardan tekshirilgan 2465 ta namunaning 648 tasi nematodiroz bilan (26,29%), 636 tasi marshallagioz bilan (25,80%) va 490 tasi boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari (ostertagioz, trixostrongilyoz, xabertioz va ezofagastomoz) bilan (19,88%), 123 tasi moniyezioz (4,99%), 329 tasi fassiolyoz (13,35%) bilan zararlangani va boshqa gelmintozlar (trixosefalyoz 28 ta, dikroselioz 27 ta, neoaskarioz 91 ta) bilan mos ravishda atiga 1,16%, 1,09% va 3,69% qo'ylar zararlanganligi aniqlandi.

3. Qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanish turlicha bo'lib, eng yuqori zararlanish Samarqand (78,52%) va Namangan (78,46%) viloyatlarida, eng kam zararlanish Qoraqalpog'iston Respublikasi (31,85%) va Xorazm (43,10%) viloyatida ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Сафаров Х.А. Самарканд ва Кашкадарё вилоятлари буйича чорва моллари гельминтозларининг эпизоотологик хрлати. // "Veterinariya meditsinasi" ilmiy-ommabop jurnali. Toshkent, 2021. -№10. -B. 25-27.

2. Сафаров Х.А., Джаббаров Ш.А. Кораколпокистон Республикасида чорва моллари гельминтозларининг таркалиши. // "Agro ilm" agrar-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnal. Toshkent, 2021. №6. -B. 70-71.

3. Сафаров Х.А., Джаббаров Ш.А. Чорва молларининг асосий гельминтозлари ва уларнинг таркалиш даражаси // "Veterinariya meditsinasi" ilmiy-ommabop журнали. Тошкент, 2021. -№12. -Б. 12-15.

4. Daminov, A. S., Kurbonov, A. X., Achilov, S. A., & Toylokova, M. S. (2024). Treatment and Prevention Measures for Anoplocephaliatosis of Sheep and Goats. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (29949521), 2(4), 547-551.

5. Eric R. Morgan, Johannes Charlier, Guy Hendrickx, Annibale Biggeri, Dolores Catalan, Georg Von Samson-Himmelstjerna, Janina Demeler, Elizabeth Muller, Jan Van Dijk, Fiona Kenyon et al. Global Change and Helminth Infections in Grazing Ruminants in Europe: Impacts, Trends and Sustainable Solutions. Agriculture 2013, 3, 484-502;

6. |Oripov A.Q.|, Djabbarov Sh.A., Safarov Kh.A. Main helminthiases of farm animals and their spreading rate. // The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery. Vol.04. 2022. -P. 1-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.