UDK:576.8:619:616.9.036.2
TREMATODOZLARNING EPIZOOTOLOGIYASI (Adabiyotlar taxlili)
Otaboyev H.E., Tayloqova M.S
tayanch doktorant, Daminov A.S vet.f.d.,professor ilmiy rahbar.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya. В данной статы приведены сведения собранных литератураных данных о распространении трематодозов животных на территории в статье представлен анализ литературных данных ученых нашей республики,, стран СНГ и зарубежья по видовому составу моллюсков, сезонной динамике их заражения личинками трематод, распространенности в различных биогеоценозах, выступающих промежуточными хозяевами в развитии распространенных среди сельскохозяйственных и диких животных трематодозов.
Summary. This article presents information collected in the literature on the distribution of trematodosis in animals the article presents an analysis of the literature data of scientists of our republic, CIS countries and abroad on the species composition of mollusks, the seasonal dynamics of their defeat by trematode larvae, the prevalence in various biogeocenoses acting as intermediate hosts in the development of trematodes common among agricultural and wild animals.
Kalit so'zlar: trematoda, trematodoz, gelmintoz, fassiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz, kalikoforoz, gastrotilyaksiz. mollyuska, miratsidiy, sporatsisita, rediya, serkariy, adoleskariya, paratenogoniya, L.trunkula, L.auricularia, L.bactriana, Planorbisplanorbis.
Kirish. Mamlakatimiz aholisini to'la qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan sut, go'sht va boshqa chorvachilik xomashyolariga bo'lgan talabini yaxshiroq qondirish, chorvachilikni yanada rentabelli sohaga aylantirish, aholini turmush darajasini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Hayvonlarning parazitar kasalliklari bu muammolarni samarali hal etishga ma'lum darajada to'sqinlik qilmoqda.
Tadqiqotning maqsadi. Yirik va mayda shoxli hayvonlar orasida keng tarqalib borayotgan gelmintozlardan jigar va oshqozon - ichak trematodozlari,
paramfïstomatozlar bo'yicha adabiyot ma'lumotlarini tahlil qilish va ularning oraliq xo'jayinlari xaqida tegishli xulosalarga kelish.
Adabiyot ma'lumotlari: Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkiloti hamda Xalqaro Epizootik Byuro ma'lumotlariga ko'ra, Dunyo miqyosida hayvon va odamlarning parazitar patologiyasi orasida trematodozlar invaziyasi (fassiolyoz, dikrotselioz, shistosomoz, opistorxoz, klonorxoz) chorvachilik va er yuzi aholisi uchun global biologik xavfli kasalliklar qatoriga kiritilgan [5].
Qoramollar trematodozlaridan keladigan iqtisodiy zarar hayvonlarning sut va go'sht mahsuldorligini kamayishi, majburiy so'yilish, zararlangan jigar, oshqozon -ichaklarni iste'molga yaroqsizligi, abort, nasl xususiyatini yomonlashishi, sut va go'sht mahsulotlarini sifatini va energetik qiymatini bir muncha pasayishi bilan tavsiflanadi [23].
Paramfistomlar taraqqiyotiga ko'ra biogelmintlar bo'lib, ikki xo'jayin ishtirokida rivojlanadi: definitiv xo'jayinlari - yirik va mayda shoxli hayvonlar, oraliq xo'jayinlari - Planorbidae oilasiga mansub g'altaksimon chig'anoqli chuchuk suv mollyuskalari hisoblanadi.
Dunyo miqyosida mutaxassis olimlar tomonidan olib borilgan ko'p yillik tadqiqotlar natijasida paramfïstomatozlar qo'zg'atuvchilarining taraqqiyoti to'liq o'rganildi va ularni traqqiyoti ham fassiolalarniki singari 4 davrdan iborat bo'lishi aniqlangan: I - davri embriogoniya, II - davri partenogoniya, III - davri sistogoniya, IV - davri maritogoniya.
Paramfístomlarning embrional taraqqiyoti, fassiolalarniki singari, tashqi muhitda, ya'ni suv muhitida, zaxkash, botqoq joylarda amalga oshadi. Zararlangan hayvon tezagi bilan tashqi muhitga parazitlarning otalangan tuxumlarida birinchi avlod lichinka - kiprikli miratsidiy rivojlanadi va bu lichinka tuxumni tark etadi. Partenogoniya taraqqiyot davrini o'tash uchun miratsidiy kasallik qo'zg'atuvchisining oraliq xo'jayini - chuchuk suv mollyuskasi organizmiga faol ravishda yorib kiradi, uning jigarida metamorfozga uchrab, ikkinchi avlod lichinka sporotsistaga aylanadi. Sporotsistaning embrional hujayralaridan otalanmasdan partenogenetik yo'l bilan uchinchi avlod lichinkalar - rediylar hosil bo'ladi. Rediylar sporotsistani tark etadi. Mollyuska organizmida bir guruh rediylarning embrional hujayralaridan partenogenetik ko'payish yo'li bilan dumli serkariylar paydo bo'ladi, ular etilgach rediyni tark etib mollyuska organizmidan tashqi muhitga chiqadi. Ikkinchi guruh rediylarning hujayralaridan qiz rediylar etiladi, bu rediylar ham o'z navbatida serkariylar va rediylarning yangi avlodlarini etiltiruvchi guruhlarga ajraladi. Aynan shu xil partenogenetik ko'payish yo'li bilan mollyuska organizmida rediylar takroran rivojlanaveradi, ularning bir guruhidan tinimsiz etilgan serkariylar tashqi muhitga chiqaveradi. SHu sababli har bir zararlangan mollyuska o'z hayoti davrida bir necha minglab serkariylarni hosil qiladi. Tashqi muhitga tushgan bunday serkariylar tezda
110
sistogoniya davrini o'tashga kirishadi va definitiv xo'jayinlar uchun ekzogen (tashqi), endogen (asosiy xo'jayin organizmi) sharoitlariga chidamlilik orttirilgan adoleskariyga aylanadi. Adoleskariylar suvdagi qattiq predmetlar - o'simliklar va boshqa substratlar yuzasida hosil bo'ladi. Bunday adoleskariylarni istemol qilgan definitiv xo'jayinlar (yirik va mayda shoxli hayvonlar) organizmida paramfistomatlarning marittogoniya davri kechadi. Ushbu taraqqiy davri З - 4 oygacha davom etadi va hayvonlarning katta va qisman to'r qorinlarida voyaga etgan paramfistomatlarning paydo bo'lishi bilan tugallanadi.
Demak, O'zbekiston sharoitining turli hududlarida paramfistomatlarning oraliq xo'jayinlarini o'rganishga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Dastavval X.Nasimov (1967), E.A.SHaxurina, A.A.Tuxmanyans (1969), SH.M.Ruziev (1970), U.Haydarov (1974) lar shug'ullangan bo'lsa, keyinchalik soha olimlaridan B.S.Salimov, A.S.Daminov, B.Xoshimovlar tomonidan ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilib muhim natijalarga erishildi [10.].
Paramfistomatozga nosog'lom bo'lgan hududlardagi yaylovlarda boqilgan yosh qoramol, qo'y va echkilar 50-100 foizgacha nobud bo'lishi kuzatilgan [З2].
Udmurtiya Respublikasida 2001-2012 yillarda gelmintologik yorish yo'li bilan tekshirilgan qoramollarning 2,28 foizdan 18,4 foizgacha fassiolyoz (F.hepatica) ga chalinganligi aniqlangan [28].
Dastlab yosh hayvonlarni paramfistomatoz bilan zararlanishi bir yoshgacha bo'lgan hayvonlarni zaxkash, botqoq joylarda, kanal atroflaridagi paramfistomatozlarga nosog'lom xududulardagi yashil maysa bilan ozuqlantirish natiyjasida hayvonlarni bir vaqtning o'zida kuchli zazarlanishga sabab bo'ladi. Hayvonlar yoshini oshib borishi bilan, trematodalarning ham miqdori ortib boradi. YUqori darajadagi zararlanish З yoshdan katta hayvonlarda kuzatilgan [З0].
Paramfistomatozni o'tkir kechish yoshi chorva mollarida 2 yoshgacha, qo'ylarda esa 2 yoshdan kattalarida kuzatilgan [16].
Kaliningrad oblastida kavsh qaytaruvchi hayvonlar paramfistomatozlarining to'rtta turi aniqlangan Liorchis scotiae, Paramfistom cervi, Paramfistom ichikawai va Paramfistom petrowi. Kasallik barcha xududlarda tarqalgan bo'lib, daryo, ko'l, suv hazalari atrofida ko'proq uchrashi kuzatilgan. Invaziya ekstensivligi qoramollarda o'rtacha 27 foiz, ayrim xududlarda 38-90 foizni tashkil etgan. Los va Kosulda 50 foizgacha, bug'ularda 45-98 foizni tashkil etgan [З0].
Gruziyada qoramollar paramfistomatozini ikki turi qay etilgan bo'lib bular Calicophoron calicophorum va Parmfistom cervi. Paramfistom bilan o'rtacha zararlanish 14 foiz, ba'zi uchastkalarda 46-95 foizni tashkil etgan. IE yuqori ko'rsatichi uch yoshdan katta hayvonlarda qayt etilgan [ЗЗ].
Rossiya Federatsiyasi hududlaridagi qoramollarni gel'mintozlarga koprologik tekshirish natijalariga ko'ra, fassiolozni IE 29,1 foiz, paramfistomatoz 35,7 foiz, dikrotselioz 6,3 fioz, strongilyatoz 49, 5 foizni tashkil etgan [31].
Nijegorod viloyatida qoramollarni bir vaqtning o'zida bir necha turga oid trematodalar bilan zararlanishi 29, 3 foizni tashkil etgan. Jumladan, qoramollarni fassiola va paramfistom bilan 14,2 foiz, fassiola va dikrotseliya 9,6 foiz, uchala turdagi trematoda 3.7 foiz hayvonlarda, 1.8 foiz hayvonlarda esa dikrotseliya va paramfistomlarni parazitlik qilishi aniqlangan [20].
Buyuk Britaniyada so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, F.hepatica ning qoramollar podasi orasida taqsimlanishi darajasi 70,0 dan to 80,0 foizgacha chalinganligini aniqlagan [12].
Belarussiya davlatida fassiolyoz bilan yirik va mayda shoxli hayvonlar fassiolyoz bilan yuqori darajada invaziyalanish 2005-2009 yillarda Vitebskiy viloyatida 30,75 foizgacha kuzatilgan, Minsk viloyatida esa fassiolyoz eng past darajada qayd etilgan. Bunga ko'ra 2005-2008 - yillarda Belorussiyaning 52 tumanining 208 ta xo'jaligida olib borilgan tadqiqotlar Vitebsk viloyatida qoramollarni maksimal darajada 30,75 foiz, Minsk viloyatida minimal darajada 2,24 foiz fassiola (F.hepatica) lar bilan zararlanishini, invaziyaning o'rtacha invaziya ekstesivligini 12,97 foizga teng bo'lishini ko'rsatdi. So'nggi yillarda fassiolyoz invaziyasini pasayishi kuzatilmoqda. Hayvonlarni fassiola lichinkalari bilan zararlanishi yozning ikkinchi yarmida va kuzda ro'y beradi. Ushbu mamlakatda loslarni 56,8 foizi parafassiolopsoz qo'zg'atuvchisi bilan zararlanganligi aniqlangan [29].
Ikki yirik daryolar - Lena va Angora daryolari atrofidagi hududlarni ikki zonaga-Prilene va Priangare zonalariga ajratib ularning har birida fassiolyozning qoramollar orasida tarqalishi aniqlangan. Priangereda uning invaziya ekstensivlik 4,6 %, invaziya intensivlik 1 - 56 nusxa bo'lsa, Prileneda bu ko'rsatkichlar mutanosib ravishda 44,5 % va 2 - 186 nusxani tashkil qilgan. Fassiolyoz qo'zg'atuvchisi bilan eng maksimal darajada zararlanishini avgustdan sentyabr oyi oxirigacha davom etishi aniqlangan [35]
Tyumen oblasti veterinariya hisoboti tahlillariga ko'ra yirik shoxli hayvonlarning fassiolyozi 1992 - 1997 yillarda 65 punktning 59 xo'jaligida qayd qilingan bo'lib, invaziyaning eng ko'p uchrashi Tura va Pishma daryolari yoqasidagi posyolkalar hududlarida uchragan [42].
Tatariston Respublikasida yirik shoxli mollarning fassiolyoz bilan zararlanishi 26,9 %, dikrotseliya bilan 35,4 %, oshqozon-ichak strongilyatlari bilan zararlanish 46,7 %, monieziya bilan zararlanish esa 13,4 % ni tashkil qilganligi haqida malumotlar mavjud, shuningdek 1993 - 1997 yillarda hayvonlarning gelmintlar bilan zararlanishi 10 - 30 foizgacha kamayganligi haqida ma'lumot berilgan [11].
Markaziy Kavkazda 590 bosh qoramollarni fassiola va boshqa trematodalar bilan zararlanishini o'rganish natijasida ularning 27 foizini bir vaqtning o'zida bir necha
112
trimatodalar bilan zararlanganligi aniqlangan. Jumladan, Fasciola hepatica bilan 6 foiz, Fasciola gigantica + Paramphistomum bilan 10 foiz. Bunday mikstinvaziyada ba'zi bir trematodlaming invaziyaintensivligini bir muncha kamayishi ta'kidlab o'tiladi [36].
Muallifning qayd etishiga ko'ra, 1989, 2000, 2001 yillar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida olib borilgan maxsus tadqiqotlarida, qoramollarda paramfistomatomatlarnig 3 turi - P.ichikawai, C.salicophorum, G.crumenifer larning uchrashi, qoramollarning 16,0% gastrotilyaksozga, 12,1% paramfistomozga, 9,2% kalikofozga chalinganligi haqida ma'lumot bergan. SHu bilan birga 2000 - yilgi adabiyot ma'lumotlarida, Orol bo'yi mintaqasida qoramollarning 4,6%, qo'ylarning 2,6% paramfistomatozlarga (G.crumenifer) chalinganligi ko'rsatilgan [18;19].
Fassiola bilan spontan zararlangan qoramollar V-sistema faoliyatini o'rganish natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki V-limfotsitlarini kamayishi mos ravishda umumiy immunoglobulin miqdorini kamayishiga olib keladi. O'sha vaqtning o'zida immunostimulyatorlarni qo'llash natijasida, ushbu ko'rsatgichni sezilarli darajada ko'tarilganligi kuzatiladi. Immunostimulyator sifatida forvet preparati qo'llanilishidan boshlab, organizmda ikkilamchi immunodefitsit, ya'ni gelmint va antgelmitik preparatlar tomonidan keltirib chiqariluvchi immunodefitsit o'z vaqtida kompensatsiya qilinadi [35].
Yirik shoxli hayvonlarning fassiolyoz bilan zararlanishi natijasida, organizmning immun xususiyati pasayib, T - va V - limfotsitlarni kamayishi, IgL va IgA ning pasayishi xisobidan IgM miqdori hamda AsAT, AlAT va ishqoriy fosfatazani faolligi kuzatilgan. SHu bilan bir qatorda qon plazmasida oqsil, biogen elementlaridan-kalsiy, fosfor, rux, temir, mis va marganets miqdorini kamayishi kuzatilgan. Bularning barchasi uyg'unlashgan holda hayvonlar organizmida immunodefitsit tanqisligiga sabab bo'ladi. Mualliflarni aniqlashicha fassiolyoz kasalligida ertachi immunodiagnostik tahlil bilan bir vaqtda antgelmintik preparatlarni immunostimulyatorlar bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilgan. O'tkazilgan tadbirlar sigirlar sut mahsuldorligini 23,4-37,3 foiz saqlab qolish imkoniyatini beradi [36].
Tarixiy manbalarda F.hepatica qo'zg'atgan fassiolyozni keng tarqalib ketganligi tufayli ayrim Evropa davlatlarida qishloq xo'jalik hayvonlarining ko'plab nobud bo'lganligi kuzatilgan. Masalan CHexoslovakiyada fassiolyoz oqibatida 25,0 foizgacha qoramollarni, Bolgariyada esa 50,0 foizgacha qo'ylarni nobud bo'lganligi qayd qilingan. Vengriyada 1 mln. ga yaqin qoramol va qo'ylarning fassiolyozdan o'limi qayd qilingan. Osiyo mintaqasining Janubiy va SHarqiy hududdagi ayrim davlatlarda fassiolyoz keng tarqalgan bo'lib, Fransiyada fassiolyozning (F.hepatica) bir marta kuzatilgan epizootiyasi natijasida 1 mln bosh qo'ylarni nobud bo'lgani tarixiy
manbalarda yozilgan, chunki u davrda fassiolyozni davolash usuli ishlab chiqilmagan [17; 43].
Qo'ylar fassiolyozi Dog'iston Respublikasida ham keng tarqalgan bo'lib katta iqtisodiy zarar etkazib, qo'ylar tana massasi va jun miqdorining kamayishi, etarli avlod olinmasligi bilan xarakterlanadi. Fassiolyozning biologik taraqqiyoti bevosita tashqi muhit va ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suv mollyusalari bilan bog'liq bo'lib, parazit taraqqiyot davrini ko'p qismini asosiy xo'jayin organizmidan tashqarida o'tkazadi. SHuning uchun tashqi muhitning ekologik omillari, landshaft - geografik hudud fassiola tuxum, lichinkasi va mollyuskalarning taraqqiyotiga o'zining ijobiy yoki salbiy ta'sirini o'tkazadi [4;5;6]
Iroqlik tadqiqotchilarining ma'lumotlariga ko'ra, qo'ylar orasida fassiolyozni yil fasllari bo'yicha tahlil qilinganda quyidagicha fikrga kelindi. Kuzda invaziya ekstensivligi 14,4 foiz, qishda 12,3 foiz, bahorda 13,0 foiz, yozda 7,6 foizni tashkil etishi aniqlangan [22].
Rossiya Federatsiyasining Irkutskiy viloyatining shimoliy tumanlaridan tashqari barcha hududlarida qoramollar orasida fassiolyoz keng tarqalgan bo'lib, viloyatda invaziya ekstensivligi o'rtacha 23,5 foizni tashkil etib, invaziya intensivligi har bosh hisobiga o'rtacha 25,0 nusxani tashkil etgan. Eng yuqori invaziya ekstensivlik darajasi 8-12 yoshli qoramollarda kuzatilib, invaziya ekstensivligi 61,0 foizni tashkil etgan. Ayni vaqtda bir yoshgacha bo'lgan yosh buzoq va tanalarda 7,6 foizni tashkil etgan. Invaziya ekstensivligini yil fasllari bo'yicha tahlil qilinganda eng yuqori ko'rsatgich kuz-qish oylariga to'g'ri kelishi qayd etilgan [34].
CHecheniston Respublikasining tekislik va tog'oldi hududlarida fassiolyoz keng tarqalgan bo'lib, tekislik hududlarida F.gigantica, tog'li hududlarda esa F.hepatica uchrashi qayd etilgan. Qoramollarni fassiolyoz bilan zararlanishi, ya'ni IE o'rtacha 28 foiz, II esa 14-117 nusxani tashkil etishi aniqlangan [31].
Rossiya Federatsiyasida 1990-2012 yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra gelmintozlar bo'yicha epizootologik holat asta-sekinlik bilan yomonlashib borayotganligi ko'zga tashlangan. Muallifning ta'kidlashicha, epizootik holat asosan «YAylov» gelmintozlari hisobiga oshib bormoqda. Kasallikni tarqalishi uchun eng qulay davr yoz fasli qayd etilgan. 2009-2011 yillarda fassiolyozga qarshi 3,3 mln bosh qoramol gelmintizatsiya qilingan, 20 mln bosh qoramol fassiolyozga chalinganligi aniqlangan [13; 14].
Tadqiqotchining [8] ta'kidlashicha Vologodskiy viloyati sharoitida qoramollarni fassiolyoz va paramfistomoz bilan zararlanishi 60,0-29,0 foizni tashkil etgan. Invaziya ekstensivligi yil davomida o'rtacha 56 % ni tashkil etgan. Muallifning ta'kidlashicha joriy yilda tug'ilgan buzoqlar yaylovga chiqqan paytdan zararlanishi kuzatilgan [9].
Dog'iston Respublikasining tekislik va tog'oldi-tog' hududlarida fassiolyozning invaziya ekstensivligi 3,3 foizdan 20,0 foizgacha (II 3-56 nusxa), dikrotseliozda esa IE 46,6 foizdan 50,0 foizni (II 78-3100 nusxa) tashkil etgan [11].
Kabardino-Bolqor Respubliksida dikrotselioz bilan zararlanish o'rtacha 28,3 foiz, CHecheniston Respublikasining 11 ta tumanida esa o'rtacha 32,8 foizni tashkil etgan [27].
SHimoliy Kavkazning tog'oldi hududlarida kavsh qaytaruvchi hayvonlarni F.hepatica va D.lanceatum bilan zararlanishi yil davomida kuzatilib, invaziya ekstensivligi kuz faslida eng yuqori cho'qqiga chiqib 39,0 va 34,0 foizga chiqqan [28] Jigar fassiolyozini hayvonlarni yoshiga nisbatan tahlil qilib, Boshqoriston Respublikasi xo'jalikllarida qoramollarni 80,0 foizgacha zararlanishi aniqlangan. Mualliflarning ta'kidlashicha, hayvon yoshi oshishi bilan zararlanish darajasini oshib borishini kuzatishgan. Birinchi yili yaylovga chiqarilgan hayvonlarda zararlanish 27,7 % bo'lsa, 3-4 marta yaylovda boqilgan hayvonlarda 54,1 % ni tashkil etgan [12].
Osiyo qit'asida fassiolyoz bilan barcha davlatlar hududida qishloq xo'jalik hayvonlari orasida keng tarqalgan, hatto u quyon va fillarda ham uchraydi. Ushbu kasallik Janubiy, Janubiy-SHarqiy va SHarqiy Osiyoda keng tarqalgan. Eronda fassiolyozga chalinish 4,0 foizdan 75,0 foizgacha, SHarqiy Pokistonda va Indoneziyaning ayrim hududlarida 90,0 foizgacha kuzatilgan. YAqin SHarqda, jumladan Turkiyada fassiolyoz yirik va mayda shoxli hayvonlar orasida keng tarqalganligidan ayrim hududlarida hayvonlarni saqlash zarar deb hisoblangan. 1989 yilda Eronda fassiolyozning epidemiyasi qayd etilgan bo'lib, o'n ming aholi zararlangan bo'lib, shundan to'rt ming bolalar jabr ko'rgan. Yirik shoxli hayvonlarda koprologik tekshirish yo'li bilan olib borilgan tadqiqotlarga asosan Hindistonda fassiolyoz 18,8 foizida, qo'ylarning 25,76 foizida, echkilarning 20,22 foizida topilgan. Butun mamlakat bo'ylab Indoneziyada fassiolyoz tarqalgan bo'lib u o'rtacha 10,0-50,0 foizgacha, ayrim regionlarda 90 foizgacha etadi. Unga chalinish eng ko'p buyvol va qoramollar orasida kuzatilgan. Marokkada qishloq xo'jalik hayvonlari orasida fassiolyoz o'rtacha 17,1-23,8 foizida uchraydi. Misrda esa fassiolyoz 50,0-80,0 foiz hayvonlarda uchrashligi kuzatilgan va ushbu davlatdagi tuyalarning 1,3 foizi fassiolyozga chalingan. Sudanning ayrim hududlarida fassiolyozning invaziya ekstensivligi 20,0-80,0 foizni, Keniyada 4,2 foizni tashkil qiladi. Efiopiyada hayvonlar fassiolyozga 60,0 foizgacha chalingan, ularning qariyb yarmi nobud bo'ladi. SHimoliy Amerikada gelmintozlar orasida fassiolyoz va exinokokkoz eng keng tarqalgan. AQSH ning Oregon va Vashington shtatlarida fassiolyoz qoramollarda, qoradumli kiyiklarda va loslarda uchraydi. Ushbu davlatda boqiluvchi lamalarning 16,0 foizida fassiolyoz uchrashligi aniqlangan. Kanzas shtatida qoramollar 45,0 foizgacha fassiolalar bilan invaziyalangan. AQSH ning SHimoliy G'arbiy qismida fassiolalarning intensivlik
ko'rsatgichi 5-70 nusxa parazitga to'g'ri kelganligi va Janubiy Amerikaning 12 davlatlaridan 9 tasida uchrashi qayd qilingan [43].
Udmurtiya Respublikasida 2001-2012 yillarda gelmintologik yorish yo'li bilan tekshirilgan qoramollarning 2,28 foizdan 18,4 foizgacha fassiolyoz (F.hepatica) ga chalinganligi aniqlangan [29].
Uzoq yillar davomida olib borilgan izlanishlar natijalariga ko'ra hozirgi kunda paramfistomatoz qo'zg'atuvchilarining 100 dan ortiq turi fanda ma'lum bo'ldi. Ularni o'rganish ilk bor 1801 yilda nemis zoolog olimi, gelmintlar sistematikasi va morfologiyasining asoschisi K.A.Rudolphi (1771 - 1832) tomonidan boshlangan [1; 3; 22; 37; 38; 40; 41; ].
Paramfïstomatozlar qoramol, qo'y - echki va boshqa tur kovshovchi hayvonlarning oshqozon - ichak tizimi (shirdon, o'nikki barmoq ichak, katta qorin, to'r qorin, qisman qatqorinda) da Paramphistomata (Szidat, 1936) Skrjabin et Schulz, 1937 kenja turkumiga mansub Paramphistomidae Fischoeder, 1901 oilasining Calicophoron Nasmark, 1937 va Liorchis Velichko, 1960 avlodlari hamda Gastrothylacidae Stiles et Goldberger, 1910 oilasining Gastrothylax Poirler, 1883 avlodiga kiruvchi trematodalarining parazitlik qilib yashashi tufayli kelib chiqadigan, o'tkir va surunkali oqimlarda kechadigan kasallik bo'lib, klinik jihatdan hayvonning oriqlashi, kamqonligi, ishtahaning buzilishi kabi klinik belgilar bilan tavsiflanadi.
O'zbekistonda olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra Paramphistomat larning 5 turi - Paramphistomum ichikawai Fukui, 1922, Calicophoron calicophorum (Fischoeder, 1901, C.erschowi Davydova, 1959, Liorchis scotiae (Willmott, 1950) va Gastrothylax srumenifer (Creplin, 1847) turlari undagi kovshovchi hayvonlar organizmida parazitlik qilishi aniqlangan [49.].
Paramfistamatozlarning qo'zg'atuvchilari, aynan ularning qoramollar organizmida parazitlik qiluvchi Paramphistomidae va Gastrothylacidae oilalariga mansub bo'lgan trematodalar, boshqa trematodalardan farqli ularaq o'ziga xos tana tuzilish va boshqa anatomo - morfologik xususiyatlarga ega.
Jumladan, paramfistomatlarning tanasi noksimon, urchuqsimon, silindrsimon va boshqa shakllarga ega bo'lib, ularning teri - muskul qavatlari juda kuchli taraqqiy etgan.
Tana uzunligi 5 mm dan 20 mmgacha bo'lib, kalikoforon va liorxislarda u oldingi qismidan boshlab orqa qismga qarab yo'g'onlashib boradi. Gastrotelyakslarning tanasi uzunchoq shaklga ega. Ularning barchasida yakkayu -yagona so'rg'ichi tananing orqa qismida joylashgan.
O'zbekistonning turli biogetsenozlarida olimlarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tahliliga ko'ra umurtqalilarda 186 tur trematodalar parazitlik qilishi aniqlangan. SHundan: baliqlar sinfida 30 tur, amfibiyalar sinfida 14 tur, reptiliyalar sinfida 2 tur, qushlar sinfida 113 tur
116
Ma'lum bir xududda invaziyalanish darajasini aniqlash uchun, ushbu xududning geografik joylashuvi, (landshaft klimatik sharoiti), kasallikni tarqalishi uchun barcha zvenolar va epizootik zanjirning mavjudligi (defenitiv, oraliq, qo'shimcha xo'jayinlar) o'tkaziladigan tadbirlar natijasi invaziyani likvidatsiya qilish uchun veterinariya xizmati tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi e'tiborga olinadi [44].
O'zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashgan Samarqand viloyati hamda respublikaning shimoliy - sharqiy qismida joylashgan Sirdaryo viloyatining qoramolchilik xo'jaliklarida olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Samarqand viloyati sharoitida boqilgan qoramollarning 58,8 foizi, Sirdaryo viloyatida tekshirilgan qoramollarning esa 46,4 foizida fassiolyoz topilgan bo'lsa, ushbu qoramollarning paramfistomatozlar bilan zararlanish darajasi o'z navbatida 66,4 foizni, Sirdaryo viloyatida esa 37,9 foizni tashkil etgan [15].
Jigar trematodozlariga chalingan har bir sog'in sigirda sut mahsuldorligi o'rtacha 20-30 foiz kamayishi, bola tashlash, boshqa kasalliklarga chidamliligi pasayishi, kuyga kelish muddatining kechikish holatlari kuzatiladi [39].
Samarqand viloyati sharoitida majburiy so'yilgan qoramollarning jigar trematodozlaridan F.gigantisa ning invaziya ekstensevligi o'rtacha 66,0 foizni, F.hepatica esa 92,3 foizini tashkil qilgan, tog'oldi-tog' biotsenozlarida boqilgan qoramollarda esa o'z nvbatida F.gigantisa 36,6 foizini, F.hepatica 96,3 foizini tashkil etgan [45].
Samarqand viloyatining sug'oriladigan hududlaridagi bir necha biotsenozlarda 2007 yil yoz, kuz oylarida va qishning boshida doimiy ravishda ushlangan barcha qoramollar va qo'ylarning ta'kidlangan 3 turga mansub jigar va 3 turga mansub oshqozon ichak trematoda (F.gigantica, F.hepatica, D.lanceatum va Calicophoron colicophorum, Gastrothylax crumeniferi va Liorchis scotae) lari kuchli darajada zararlanganligi, ular tomonidan chaqiriladigan aralash invazion kasalliklarning o'tkir oqimi o'tishi natijasida ko'plab bosh hayvonlar ham talofatga uchraganligi aniqlangan. Tekshirishlarimizga ko'ra ushbu hududda F.gigantica ning oraliq xo'jayinlariga mansub 3 tur mollyuskalar L.auricularia, Lbactriana, L.subdisjuncta. F.hepatica ning oraiq xo'jayini, L.truncatula, Raramfistomatid ning oraliq xo'jayini X.candaxarica uchrashini, ular esa parazitlarning lichinkalari bilan etarlicha zararlanganligi aniqlangan. Zarafshon daryosining o'rta oqimi bo'ylab jigar va oshqozon-ichak trematodalari areali kengayib bormoqda. Ularning yangi o'choqlari kuchayib va kengayib borishi kuzatilmoqda [46].
Xulosa.
Tahlil qilingan adabiyot ma'lumotlariga ko'ra, trematodozlar nafaqat Respublikamiz hududida, balki Markaziy Osiyo, Rossiya, Evropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida keng tarqalib borayotganligidan dalolat beradi.
Keyingi 20-30 yillarda ushbu trematodalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilib kelishiga qaramasdan, dunyo miqyosida ushbu kasalliklarni invaziya ekstensivligi va invaziya intensivligi sezilarli darajada yuqori ekanligi ko'zga tashlanmoqda. Vazifa soha mutaxassislarini bu sohaga keng jalb qilib, kasallikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avezimbetov SH.D. Qoraqalpog'iston Respublikasida qoramollar va qo'ylar tremotodozlarning bioekologik va epizootologik xususiyatlari. //Vet. fan. nom. ilm. daraj. olish uchun yozilgan diss...avtoreferati, Samarqand, SamQXI, 2007. -B.19.
2. Azimov D.A., Dadaev S.D., Akramova F.D., Saparov K.A. Gelmintbi jvachnbix jivotnbix Uzbekistana. Izd-vo «Fan», Tashkent, 2015. 224 s.
3. Azimov D.A. Gelmintbi ovets yuga Uzbekistana. //Avtoref. diss... kand. vet. nauk. -M. 1963. -S. 19.
4. Ataev A.M. Ekologo-epizootologicheskie osobennosti fatssioleza jvachnbix jivotnbix v yugo-vostochnom regione Severnogo Kavkaza i sovershenstvovanie mer borbbi: Avtoref. Dis . ...d-ra veter.nauk. M., 1990. -50 s.
5. Ataev A.M., Axmedrabadanov X.A., Ataeva U.A. // Mater. Dokladov Vserossiyskogo obщestvo gelmintologov «Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami». Vbip. 4. M., 2003. - S. 51-54.
6. Ataev A.M., Axmedrabadanov X.A., Deftakov V.M. Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami. Vbip. 4. M., 2003. - S. 47-50.
7. Biryukov S.A. Monitoringovaya situatsiya fassioleza i paramfistomatoza krupnogo rogatogo skota v Vologodskoy oblasti. // Veterinarnaya meditsina. Moskva, - 2011. - № 3-4. - S. 65-67.
8. Bittirov A.M. Usovershenstvo vanie mer borbbi s fassiolezno dikrotselioznoy invaziey krupnogo rogatogo skota i ovets. // Tez.dokl. nauchno-prakt. konf. Gorskogo gos. un-ta. - Vladikavkaz, 1993. - S. 108-111.
9. Volkov A.X., Safiulin R.T. Gelmintozbi krupnogo rogatogo skota Respubliki Tataristan. //Veterinariya.- 2000.- №1.-S. 30-31
10. Gazimagomedov M.G. Epizootologiya naibolee opasnbix gelmintozov krupnogo rogatogo skota v razreze vbisotnoy poyasnosti Dagestana./ M.G.Gazimagomedov, A.M. Ataev, M.M. Zubairova //Veterinarnaya meditsina. -2012. - №3-4. - S. 98 - 101.
11. Gareev K.A. Vozrastnaya dinamika fassioleza krupnogo rogatogo skota na YUjnom Urale / K.A. Gareev, R.G. Fazlaev // Mater, dokl. nauchn. konf. "Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami". - 2002. - Vbip. 3. -S. 89- 91
118
12. Goroxov V.V. Prognoz epizooticheskoy situatsii v Rossiyskoy Federatsii po osnovnbim gelmintozam jivotnbix. // Rossiyskiy parazitologicheskiy jurnal. -2013. - № 4. - S. 57-59.
13. Goroxov V.V. Fassiolez kak ekologicheskaya problema. // Veterinariya. -2000. - №3. - S. 8 - 12.
14. Daminov A.S. "Respublikaning turli biogeotsenozlarida qoramollar
trematodozlarining epizootologik va immunologik xususiyatlari". Vet.fan.dok.....,
diss. Samarqand: SamVMI, 2016. - 200 b.
15. Erbolatov, K.M. Paramfistomatozm. - Alma-Ata: Kaynar, 1982. - S.183-238.
16. Irgashev I.X. Gelmintbi i gelmintozbi karakulskix ovets. - Tashkent, Fan, 1973, - 183 s.
17. Kojaboev M. «Assotsiatsiya invaziya trematoda krupnogo rogatogo skota «Priaralya». //Avtoreferat.diss. kand. biol. nauk. Institut Zoologii An.Uz 2001. -S. 24.
18. Kojaboev M.K. drugie. «Biologiya vozbuditelya i epizootologii orientobilgorsioizbi jivotnbix». Tezism nauch. konf. «Gelmintologiya segodnya, problembi i perspektivbi». Moskva, 1989. -S. 158.
19. Kolyada, E.E. Plotnost populyasii otdelnbix vidov trematod pri mono- i smeshannoy invazii krupnogo rogatogo skota v Nijegorodskoy oblasti / E.E. Kolyada, N.I. Koshevarov, V.A. Dushkin, I.A. Arxipov // Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami (zoonozbi): Materialbi dokladov nauchnoy konferensii VIGIS. - M. - 2002. - S. 167-169.
20. Kojaboev M. «Assotsiatsiya invaziya trematoda krupnogo rogatogo skota «Priaralya». //Avtoreferat.diss. kand. biol. nauk. Institut Zoologii An.Uz 2001. -S. 24.
21. Kumbisheva, YU.A. Morfologicheskaya xarakteristika govyadinbi pri dikrotselioze krupnogo rogatogo skota / YU.A. Kumbisheva, A.M. Mazixova // Vestnik KrasGAU. - 2009. - №5. - S.122-125.
22. Kurochkina, M.V. Vliyanie gelmintov na immunnbiy status krupnogo rogatogo skota i profilaktika gelmintozov v Gosplemzavodax Sentralnogo rayona Nechernozemnoy zonbi RF: avtoref. dis. ... kand. vet. nauk: 03.00.19, 16.00.03 / Kurochkina Marina Viktorovna. - Ivanovo, 2003. - 18 s.
23. Latbipov, D.G. Gelmintozbi krupnogo rogatogo skota v respublike Tatarstan (epizootologiya, diagnostika i terapiya): avtoref. dis. ... dokt. vet. nauk: 03.02.11 /Latbipov Dalis Garipovich. - M., 2010. - 41 s.
24. Mantaeva S. SH. Territorialnaya aktivnost epizooticheskogo protsessa dikrotselioza krupnogo rogatogo skota v regione Severnogo Kavkaza./ Mantaeva S.SH., SHixalieva M.A., Attoeva Z.X., Bitsueva L.YU., Bittirov A.M. // Aktualnbie voprosbi veterinarnoy biologii.- 2011.- № 2. - S. 35-38.
25. Mkrtchyan M.E. Trematodozbi krupnogo rogatogo skota v xozyaystvax Udmurtskoy respubliki (epizootologiya, patogenez i merbi borbbi) Avtoref. diss. dokt. vet. nauk - Moskva: 2016. - s. 70
26. Muromsev, A.B. Epizootologiya, lechenie i profilaktika paramfistomidozov jvachnbix i dikix kopbitnbix jivotnbix v Kaliningradskoy oblasti / A.B. Muromsev // Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami: Materialbi dokladov nauchnoy konferensii VIGIS. - M. - 2008. - S. 303-306
27. Obremskiy, A.L. O gelmintozax krupnogo rogatogo skota v Krasnodarskom krae / A.L. Obremskiy // Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami: Materialbi dokladov nauchnoy konferensii VIGIS. - M. - 2006. - S. 280282.
28. Podlesnbiy, G.V. Ekonomicheskiy uщerb pri liorxoze krupnogo rogatogo skota / G.V. Podlesnbiy // Veterinariya. - 1960. - № 5. - S. 18-19.
29. Potsxveriya, SH.O. K voprosam epizootologii i terapii paramfistomidozov v Gruzii / SH.O. Potsxveriya // Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami: Materialbi dokladov nauchnoy konferensii VIGIS. - M. - 2001. - S. 205-207.
30. Repetun V.V. Biologicheskie osnovbi profilaktiki fassioleza krupnogo rogatogo skota Pribaykalya: diss. kand. biol. nauk: - Tyumen, 2005. - 150 c.
31. Repetun V.V. Regionalnbie osobennosti epizootologii fassiolyoza selsko xozyaystvennbix jivotnbix Vostochnoy Sibiri. //Tez.dokl. mejdunarodi. nauch. konf. «Problembi stabilizatsii i razvitiya s-x. pr-va Sibiri, Mongolii i Kazakistana v 21 veke». CH.2. - Novosibirsk.- 1999. -S. 254-256.
32. Rexviashvili E.I. Raspredelenie otdelnbix vidov tremotoda pri smeshennoy invazii krupnogo rogatogo skota. //Mat-lbidokl. nauch. konf. «Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami», VIGIS.-M.-2001.-S.216-217.
33. Ro'ziev SH.M. Epizootologiya gastrotelyaksoza krupnogo rogatogo skota i razrabotka mer borbbi s nim v usloviyax Karakalpakskoy ASSR.: //Avtoref. diss... kand. vet. nauk. -Samarkand; SamSXI, 1970. -S. 17
34. Salimov B.S., Daminov A.S., Urokov K.X Qishloq xo'jalik hayvonlari va parrandalar trematodozlari. Monografiya, Samarqand, 2016., 219 b.
35. Salimov B.S., Daminov A.S., Qurbonov SH.X., Izatullaev Z.X. Qishloq xo'jalik hayvonlarining jigar trematodozlari, ularni davolash va oldini olish chora -tadbirlari (tavsiyanoma). Toshkent, 2009. -B. 7.
36. Salimov B.S., Xoshimov B. «Zarafshon vohasida qoramollar termatodozlari uchoqlarini kuchayishi.//«Hayvonlar ekologiyasi va marfologiyasi» ilmiy maqolalar to'plami. Samarqand. 2006. -B 105-108.
37. Salimov B.S., Erimov S., Tayloqova M. Qo'ylarning paramfistomatozlari to'g'risida yangi ma'lumotlar. //Zooveterinariya jurnali, Toshkent, 2015, № 1, 14-16 b.
120
38. Sivkov G.S., Domatskiy V.N, Fyodorov D.V., Listishenko A.A., Ivanova A.A. Epizootologiya fassiolyoza krupnogo rogotogo skota v Tyumenskoy oblasti. //Veterinariya. -2000. -№ 2. -S. 28-29.
39. Sorokina N.P., Molchanov I.A. Rasprostranenie fassioleza jivotnbix v stranax mira. // Trudb VIGIS, t. 42. M., 2006. -S. 348 - 352
40. Sultanov M.A., Azimov D.A., Gextin V.I., Muminov P.A. Gelmintbi domashnix mlekopitayuщix Uzbekistana. Toshkent, "Fan", 1975. - 186 s.,
41. Urokov K.X., Samarqand viloyati sharoitida qoramollar fassiolyozi va dikrotseliozini exinokokkoz bilan aralash kechishi. // Avtoref. dis.v.f.f.dok. ..., Samarqand, 2022. -12 b.
42. Fedotov, S.G. Epizooticheskaya situatsiya po gelmintozam v Arxangelskoy oblasti / S.G. Fedotov // Teoriya i praktika borbbi s parazitarnbimi boleznyami: Materialbi dokladov nauchnoy konferensii VIGIS. - M. - 2004. - S. 416418.
43. Xaydarov U. «Kolikofroz krupnogo rogatogo skota v Uzbekistane». //Avtoreferat.diss. kan. vet nauk. Samarkand. SamSXI, 1974. -S. 17.;
44. Xoshimov B., Salimov B.S. «Zarafshon vohasida qoramollar termatodozlari uchoqlarini kuchayishi». //O'zbekiston qishloq xo'jaligi rivojlantirish istiqbollari» mavzusida aspirant va magistrlarning ilmiy ommaviy konf. Materiallari. Samarqand, 2006. B. 136-132.
45. Xoshimov B., Salimov B.S. «Yirik shoxli hayvonlarda paramfistamatozning epzootologiyasi». //Zooveterinariya jurnali. №4. 2009.- B.20.
46. Xoshimov B., Salimov B., «Jigar trematodozlari va ularning oraliq xo'jayinlari ekologiyasi». //Zooveterinariya. - Toshkent, 2008. -№9. -b.16.