Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZNING MARKAZIY VILOYATLARINING AYRIM TUMАNLАRIDА QO‘YLАR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TАRQАLISHI'

RESPUBLIKAMIZNING MARKAZIY VILOYATLARINING AYRIM TUMАNLАRIDА QO‘YLАR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TАRQАLISHI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Qo‘ylar / gelmint / gelmintoz / strangilyatoz / marshallagioz / umumiy zararlanish / ekstenszararlanish.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Uluqov Behzod, Jabborov Shuxrat

Ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha maʼlumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZNING MARKAZIY VILOYATLARINING AYRIM TUMАNLАRIDА QO‘YLАR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TАRQАLISHI»

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

UDK: 619:616.636.095

RESPUBLIKAMIZNING MARKAZIY VILOYATLARINING AYRIM TUMANLARIDA QO'YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

Uluqov Behzod Karamat o'g'li

tayanch doktorant Jabborov Shuxrat Abdumajidovich

v.f.d., professor Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan - Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining turli tumanlari bo'yicha qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Qo'ylar, gelmint, gelmintoz, strangilyatoz, marshallagioz, umumiy zararlanish, ekstenszararlanish.

Kirish. Hozirgi kunda sanoatni qishloq xo'jaligi mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Aholiga sifatli va to'la qiymatli chorva mahsulotlarini yetishtirib berish veterinariya mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Qishloq xo'jaligi hayvonlaridan sifatli mahsulot olish uchun birinchi navbatda ularning turli yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarga chalinmasligi muhum omil sanaladi. O'zbekiston va umuman Markaziy Osiyoning o'ziga xos geografik-iqlim xususiyatlari - bahor va kuz oylarining iliq va namgarchilik etarli bo'lishi, qish mavsumining esa o'ta sovuq bo'lmasligi, qish oylarida vaqti-vaqti bilan iliq kunlar kuzatilishi ko'pgina gelmintozlarning keng tarqalishiga sharoit yaratadi. Qo'ylar gelmintozlari mamlakatimizda keng tarqalgan bo'lib, qo'ychilik sohasiga sezilarli darajada iqtisodiy zarar keltiradigan turlarini mamlakatimiz iqlim mintaqalari bo'yicha tarqalishini aniqlash ham dolzarb bo'lib, o'z echimini kutayotgan muammolardan biridir.

Birgina gelmintoz kasalliklar chorva hayvonlari mahsuldorligi va mahsulot sifatiga sezilarli darajada salbiy tasir ko'rsatadi. Shu boisdan hududlar miqyosida qo'ylarning asosiy gelmintozlarini tarqalish darajasini aniqlash, o'z vaqtida degelmintizatsiya tadbirlarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega.

Material va metodlar. Tadqiqotlar joriy yilda Respublikamizning markaziy geografik iqlim-mintaqasi hududlari Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Guliston, Boyovut, Xavos va Sardoba tumanlarida va Jizzax viloyatining Paxtakor, Forish va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan.

83

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

Tadqiqotlar davomida olingan namunalar gelmintoovoskopiyaning Fyulleborn va ketma-ket yuvish usullari, Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan usulidan foydalanib tekshirildi.

Natijalar va ularning tahlili. Sirdaryo viloyatida 153 bosh qo'ylar tekshirilgan bo'lib, ular orasida 35 bosh (22,9 %) qo'ylar marshallagioz, 30 bosh (19,6 %) qo'ylar nematodiroz, 56 bosh qo'y yoki 36,6 % - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 20 bosh qo'y (13,1%) - fassiolyoz bilan zararlanganligi aniqlandi (1-diagramma).

1-diagramma

Sirdaryo viloyatida qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanganligi (n=153)

180 160 140 120 100 80 60 40 20 0

tekshirilgan qo'ylar soni (bosh) □ nematodiroz ■ fassiolyoz

153

marshallagioz O-I strongilyatozlari □ moniyezioz

101

56

35 30

20

Jami

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 27 bosh tekshirilgan qo'ylardan 24 bosh qo'y yoki 88,9 % turli gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, ular orasida 15 bosh (55,6%) qo'ylar marshallagioz bilan, 5 boshi (18,5%) nematodiroz bilan, 16 bosh qo'ylar (59,3%) - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 4 bosh qo'y (14,8%) - fassiolyoz bilan zararlanganligi aniqlandi.

Guliston tumanida 6 boshi (24%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 3 boshi (12%) fassiolyoz bilan, tumanda tekshirilgan jami 25 bosh qo'ylarning 9 boshi gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, umumiy zararlanganlik 36 % ni tashkil etdi.

Boyovut tumanida jami 28 bosh qo'ylar gelmintologik tekshirilgan bo'lib, shundan 1 bosh (3,6%) qo'ylar marshallagioz bilan, 3 bosh (10,7%) nematodiros bilan, 13 boshi (46,4%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 5 boshi (17,8%) fassiolyoz bilan zararlangan. Umumiy zararlanganlik 67,8 % ni tashkil etdi.

Xovos tumanida jami 55 bosh qo'ylar gelmintologik tekshirilgan bo'lib, shundan 14 bosh (25,5%) qo'ylar marshallagioz bilan, 14 bosh (25,5%) nematodiros bilan, 19 boshi (34,5%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 8 boshi (14,5%) fassiolyoz bilan zararlangan. Umumiy zararlanganlik 69,1 % ni tashkil etdi.

'Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

Sardoba tumanida 5 bosh (27,7%) qo'ylar marshallagioz bilan, 8 bosh (44,4%) nematodiros bilan, 2 boshi (11,1%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan zararlangan. Tumanda tekshirilgan jami 18 bosh qo'ylarning 11 boshi gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, umumiy zararlanganlik 61,1 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 153 bosh qo'ylar tekshirilgan bo'lib, ular orasida 22 bosh (14,4%) qo'ylar marshallagioz, 19 bosh (12,4%) qo'ylar nematodiroz, 34 bosh qo'y yoki 22,3% - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 20 bosh qo'y (13,1%) -fassiolyoz bilan, 17 boshi (11,2%) - moniyezioz bilan zararlanganligi aniqlandi (2-diagramma).

2-diagramma

Jizzax viloyatida qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanganligi (n=153)

□ tekshirilgan qo'ylar soni (bosh) □ marshallagioz

■ nematodiroz □ O-I strongilyatozlari

□ fassiolyoz □ moniyezioz

180 160 140 120 100 80 60 40 20 0

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 46 bosh tekshirilgan qo'ylardan 27 bosh qo'y yoki 58,7% turli gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, ular orasida 7 bosh (15,2%) qo'ylar marshallagioz bilan, 7 boshi (15,2%) nematodiroz bilan, 10 bosh qo'ylar (21,7%) - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 8 bosh qo'y (17,4%) - fassiolyoz bilan zararlanganligi aniqlandi.

Forish tumanida 12 bosh (15%) qo'ylar marshallagioz bilan, 9 boshi (11,3%) nematodiros bilan, 17 boshi (21,3%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 8 boshi (10%) fassiolyoz bilan, 17 boshi (21,3%) moniyezioz bilan zararlangan bo'lib, tumanda tekshirilgan jami 80 bosh qo'ylarning 47 boshi gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, umumiy zararlanganlik 58,8 % ni tashkil etdi.

Sharof Rashidov tumanida jami 27 bosh qo'ylar gelmintologik tekshirilgan bo'lib, shundan 3 bosh (11,1%) qo'ylar marshallagioz bilan, 3 bosh (11,1%) nematodiros bilan, 7 boshi (25,9%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 4

85

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

boshi (14,8%) fassiolyoz bilan zararlangan. Umumiy zararlanganlik 51,9% ni tashkil etdi.

Xulosalar.

1. Respublikaning markaziy viloyati Sirdaryo viloyatida qo'ylar turli xil gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, bu ko'satgich 66,01 % ni tashkil qiladi.

2. Viloyatning Mirzaobod tumanida tekshirilgan qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanishi eng yuqori foizda (88,9) ekanligi kuzatildi.

3. Tekshirilgan tumanlar orasida qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanishi eng past ko'rsatkich Guliston tumanida qayd etildi ya'ni tumanda zararlanish 36 % ekanligi kuzatildi.

4. Jizzax viloyatida qo'ylar turli xil gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, bu ko'satgich 57,5% ni tashkil qiladi.

5. Viloyatning Forish va Paxtakor tumanlarida tekshirilgan qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanishi deyarli bir xil foizda (58,8 va 58,7) ekanligi, Sharof Rashidov tumanida esa qisman kamroq (51,8) ekanligi kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Азимов Д.А. Гельминты и гельминтозы овец юга Узбекистана. Автореф. канд. дисс., М., 1963.

2. Азимов Ш.А. Фасциолёзы и аноплоцефилятозы овец и крупного рогатого скота в Узбекистане. Изд-во ФАН, 1974.

3. Джаббаров Ш.А. Гельминтозларга карши кураш чора-тадбирларининг самарадорлиги ва уни ошириш йуллари. Докт. дисс. автореферати. Самарканд, 2017. 52 б.

4. Иргашев И.Х. Гельминтозы мегкого рогатого скота в условиях Узбекистана (опыт эпизоотологической характеристики с последиюшей разработкой мер борьбы в зональноы разрезе). Автореф. докт. дисс., М., ВИГИС, 1963.

5. Орипов А.О. Трихостронгилидоза овец в Узбекистане и меры борьбы с ними. Автореф. докт. дисс., М., 1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.