UDK: 619:616.636.095
JIZZAX VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QO'YLAR GELMINTOZLARINING TARQALISHI
Muxtarov Umidjon Ibroxim o'g'li
tayanch doktorant Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan - Jizzax viloyatining turli tumanlari bo 'yicha qo 'ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo 'yicha ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Qo'ylar, qo'ychilik, gelmint, gelmintoz, ekstenszararlanish.
Kirish. Hozirgi kunda sanoatni qishloq xo'jaligi mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Aholiga sifatli va to'la qiymatli chorva mahsulotlarini yetishtirib berish veterinariya mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Qishloq xo'jaligi hayvonlaridan sifatli mahsulot olish uchun birinchi navbatda ularning turli yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarga chalinmasligi muhum omil sanaladi.
Oxirgi yillarda yuzaga kelgan qo'ychilik va echkichilik xo'jaliklarining shakli va sohadagi o'zgarishlar, ularning hududiy kasalliklarga qarshi tabiiy chidamliligini o'zgarishi, saqlash sharoitlari va boshqa omillar tufayli kasalliklar, jumladan gelmitozlar, ularning tarqalishi va epizootologiyasida ro'y bergan o'zgarishlar, ularga qarshi davolash-profilaktika uslub-vositalarini takomillashtirish, yangi, hozirgi sharoitlarga mos keladigan chora-tadbirlar tizimlarini ishlab chiqish va oldini olishning iqtisodiy samarasini ya'ni oldi olinadigan zararni hisoblashni va uni kamaytirishni taqozo etadi.
Birgina gelmintoz kasalliklar chorva hayvonlari mahsuldorligi va mahsulot sifatiga sezilarli darajada salbiy tasir ko'rsatadi. Shu boisdan hududlar miqyosida qo'ylarning asosiy gelmintozlarini tarqalish darajasini aniqlash, o'z vaqtida degelmintizatsiya tadbirlarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega.
Material va metodlar. Tadqiqotlar joriy yilda Respublikamizning markaziy geografik iqlim-mintaqasi hududi Jizzax viloyatining Baxmal va G'allaorol tumanlarida olib borilgan.
Tadqiqotlar davomida ushbu hududlarda aholi qaramog'idagi qo'ylardan olingan namunalar gelmintoovoskopiyaning Fyulleborn va ketma-ket yuvish usullari, Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan usulidan foydalanib tekshirildi.
Natijalar va ularning tahlili. Jizzax viloyatida 124 bosh qo'ylar tekshirilgan bo'lib, ular orasida 22 bosh (17.7%) qo'ylar marshallagioz, 9 bosh (6.4%) qo'ylar
130
nematodiroz, 32 bosh qo'y yoki 25.8% - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 6 bosh qo'y (4.8%) - dikrosellioz bilan, 10 boshi (8%) - moniyezioz bilan zararlanganligi aniqlandi (1-diagramma).
1-diagramma
Jizzax viloyatida qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanganligi
tekshirilgan qo'ylar soni (bosh) marshallagioz
nematodiroz O-I strongilyatozlari
□ moniyezioz □ dikroseliyoz
140
124
120 100 80
Jami
Jizzax viloyatining G'allaorol tumani Gulchambar QFY (dasht zonasi) ga qarashli qishloqlardagi aholiga tegishli 60 bosh tekshirilgan qo'ylardan 18 bosh qo'y yoki 30% turli gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, ular orasida 7 bosh (11.7%) qo'ylar marshallagioz bilan, 2 bosh qo'ylar (3.3%) - boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 10 bosh qo'y (16.7%) - moniyezioz bilan zararlanganligi aniqlandi.
Baxmal tumani Mo'g'ol QFY (tog' zonasi) ga qarashli qishloqlardagi aholiga tegishli 15 bosh (23.4%) marshallagioz bilan, 9 boshi (14%) nematodiros bilan, 31 boshi (48.4%) boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan, 6 boshi (9.4%) dikrosellioz bilan zararlangan bo'lib, tumanda tekshirilgan jami 64 bosh qo'ylarning 43 boshi gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, umumiy zararlanganlik 67 % ni tashkil etdi.
Xulosalar.
1. Respublikaning markaziy viloyati Jizzax viloyatida qo'ylar turli xil gelmintozlar bilan zararlangan bo'lib, bu ko'satgich 49.2% ni tashkil qiladi.
2. Viloyatning Baxmal tumanida tekshirilgan qo'ylarning gelmintozlar bilan zararlanishi 67% ekanligi, G'allaorol tumanida esa qisman kamroq (30%) ekanligi kuzatildi.
3. Respublikamizda gelmintozlar chaqiradigan kasalliklarga qarshi samarali kurash olib borishni talab qiladi, ulardan eng muhimi kasallik o'choqlarini aniqlash,
131
hayvonlarni rejali ravishda gelmintsizlantirish va bu borada antigelmintiklarni qo'llash usullarini takomillashtirish hamda boshqa profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Азимов Д.А. Гельминты и гельминтозы овец юга Узбекистана. Автореф. канд. дисс., М., 1963.
2. Азимов Ш.А. Фасциолёзы и аноплоцефилятозы овец и крупного рогатого скота в Узбекистане. Изд-во ФАН, 1974.
3. Джаббаров Ш.А. Гельминтозларга карши кураш чора-тадбирларининг самарадорлиги ва уни ошириш йуллари. Докт. дисс. автореферати. Самарканд, 2017. 52 б.
4. Иргашев И.Х. Гельминтозы мегкого рогатого скота в условиях Узбекистана (опыт эпизоотологической характеристики с последиюшей разработкой мер борьбы в зональноы разрезе). Автореф. докт. дисс., М., ВИГИС, 1963.
5. Орипов А.О. Трихостронгилидоза овец в Узбекистане и меры борьбы с ними. Автореф. докт. дисс., М., 1983.
6. Abdurahmonov T., Jabborov A., Qo'chqorov D. Veterinariya parazitologiyasi. 40-41 bet Toshkent-2005.