Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA TOVUQLARNI ASKARIDIOZ BILAN ZARARLANISH DINAMIKASI TAHLILI'

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA TOVUQLARNI ASKARIDIOZ BILAN ZARARLANISH DINAMIKASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Eshqorayev A.M, Davlatov R.B

Ushbu maqolada aholi xonadonlaridagi tovuqxonalar va ayrim parrandachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan askaridioz kasalligining tarqalish dinamikasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA TOVUQLARNI ASKARIDIOZ BILAN ZARARLANISH DINAMIKASI TAHLILI»

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

UDK: 619:636.5

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA TOVUQLARNI ASKARIDIOZ BILAN ZARARLANISH DINAMIKASI TAHLILI

Eshqorayev A.M. — mustaqil izlanuvchi, Davlatov R.B. — professor Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi xonadonlaridagi tovuqxonalar va ayrim parrandachilik xo'jaliklarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan askaridioz kasalligining tarqalish dinamikasi tahlil qilingan.

Kirish: Ascaridia galli tovuqlarning ingichka bo'lim ichaklarida parazitlik qilib askaridioz kasalligini keltirib chiqaradi. Invaziyani intensivligi yuqori bo'lganda organlar orasida migratsiya qilish xususiyatiga ega bo'ladi. Gelmint tuxumlari barcha hududlarda tarqalgan; ichimlik suvida, tuproqda, hayvonlar va tovuqlarning axlatida, ozuqasida va tashqi muhitda.

Jahon sog'liqni saqlash ekspertlarining fikriga ko'ra gelmintoz kasalliklari hozirda xavfli bo'lmagan kasalliklarga aylangan, butun dunyoda ularning tibbiy va ijtimoiy ahamiyati yetarlicha baholanmasdan qolmoqda. Ko'pgina mamlakatlarda tibbiyot, veterinariya va aholi o'rtasida ham gelmintlarga katta e'tibor qaratilmaydi. 300 dan ortiq parazit turlari hayvonlar va insonlarning organ va to'qimalarida parazitlik qilib o'zidan zaxarli modda chiqaradi, ushbu zaxarli modda qonga so'rilib, umumiy zaharlanishni chaqirib, nerv sistemasi va boshqa hayot uchun muhim bo'lgan organlarga ta'sir etadi. Gelmintoz kasalliklari boshqa kasalliklar bilan birga murakkab xavfga ega va xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Shuningdek gelmintozlar tovuqlarni salomatligiga katta ta'sir ko'rsatib, o'sish va rivojlanishidan ortda qolishiga hamda o'limiga ham sabab bo'lishi mumkin. Gelmintozlar ta'sirida tuxum yo'nalishidagi tovuqlarning mahsuldorligi kamayib ketishi yoki butunlay tuxumdan qolishi kuzatilgan. Shuningdek, aholi qaramog'idagi tovuqlarda ham askaridioz kasalligi bilan zararlanganda mahsuldorlik keskin kamayib ketishi mumkin.

Oldimizga qo'yilgan maqsadlardan biri ham aholi qaramog'idagi tovuqlarning askaridioz kasalligi bilan zararlanish darajasini o'rganish va davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Askaridioz tovuqlarning keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Asosan 2 oylikdan-8 oylikgacha bo'lgan jo'jalar ko'proq zararlanadi.

Askaridioz jo'jalarning o'sish va rivojlanishidan ortda qolishi va o'limiga sabab bo'ladi. Katta yoshdagi tovuqlar esa invaziyani tarqatuvchisi bo'lib xizmat qiladi.

'Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

Askaridioz kasalligini mavsumiy tarqalishini o'rganish maqsadida Surxondaryo viloyati Oltinsoy, Sho'rchi va Denov tumanlaridagi aholi qaramogida parvarish qilinayotgan tovuqlarni gelmintokoprologik usuli yordamida tekshirildi. Tekshiruv natijalari shuni ko'rsatdiki aholin qaramog'idagi tovuqlarni gelmintozlarga qarshi ishlov berilmaganligi sababli 40-50 % gacha askaridioz bilan zararlanganligini aniqlandi. Tovuqlar va jo'jalarning askaridioz bilan zararlanish natijasi 1-jadvalda ko'rsatilgan.

1-jadval

Koprologik tekshirishlar vaqti Aholi qaramog'idagi tovuqlar

Jami tovuqlar bosh soni Tovuqlarning yoshi, oylik Zararlang an tovuqlar Zararlangan tovuqlar, %

2023

Sentyabr 30 4-8 oylik 11 36,6

Oktyabr 30 4-8 oylik 10 33,3

Noyabr 30 4-8 oylik 8 26,6

Dekabr 30 4-8 oylik 4 13,3

2024

Yanvar 30 4-8 oylik 3 9,9

Fevral 30 4-8 oylik 5 16,6

Mart 30 4-8 oylik 10 33,3

Aprel 30 4-8 oylik 15 50

May 30 4-8 oylik 13 43,3

Iyun 30 4-8 oylik 11 36,6

Iyul 30 4-8 oylik 11 36,6

Avgust 30 4-8 oylik 10 33,3

1-jadvalda qayd etilganidek voyaga yetgan tovuqlarda askaridioz yil davomida uchrashi kuzatilgan. Yilning sovuq mavsumida (dekabr, yanvar, fevral) zararlanish

"Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand - 2024.

foizi keskin kamayadi (9-16%). Shuningdek mart oyida havo haroratini ko'tarilishi evaziga askaridioz bilan zararlanish 33 % ga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Aprel, may oylarida invaziyalanish yuqori darajaga ko'tarilgan.

Xulosa: Askarida tuxumlarining rivojlanishi mavsumga qarab turli muddatlarda rivojlanadi. Havo haroratining ko'tarilishi bilan askarida tuxumlarining rivojlanish muddati qisqaradi. Shuni qayd etish joizki, gelmintokoprologik tekshirish usullari invaziyani ekstensivligini to'liq ko'rsatmaydi. Chunki aholi qaramog'ida saqlanayotgan tovuqlarning zararlanish darajasi 100 % ni ko'rsatgan xonadonlar ham mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. К.И.Абуладзе, Н.В.Демидов, А.А.Непоклонов, С.Н.Никольский, Н.В.Павлова, А.В.Степанов. Паразитология и инвазионные болезни сельско-хозяйтвенных животных. Мосува ВО «Агропромиздат» 1990

2. А.О.Орипов, А.Г.Гофуров, Н.Э.Юлдашов, Ш.А.Джабборов, Р.Б.Давлатов, М.Э.Гойипова. ^ишлок хужалик хайвонларининг паразитология ва инвазион касалликлар. Дарслик 2023.

3. Дж.А.Азимов, А.И.Ятусевич, Х.В.Юнусов, Р.Б.Давлатов, Б.Т.Норкобилов, Ш.А.Джабборов, А.С.Даминов, А.О.Орипов, А.Г.Гофуров, Н.Э.Юлдашов, Ш.ХДурбанов. Паразитология ва инвазион касалликлар. Дарслик 2024.

4. П.С.Хакбердиев. Лабараторно-практическое занятия по паразитологии. Укув кулланма 2022

5. А.С.Даминов, Т.И.Тайлаков, К.Х.Ураков, Ф.ЭДурбанов. Паразитология. Дарслик 2023.

6. А.С.Даминов, Т.И.Тайлаков, Ш.ХДурбанов, К.Х.Ураков. Ветеринария гелминтологияси. Дарслик 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.