Научная статья на тему 'IKSODID KANALARNING BIOLOGIK VA EKOLOGIK TAVSIFI (adabiyot ma’lumotlari tahlili)'

IKSODID KANALARNING BIOLOGIK VA EKOLOGIK TAVSIFI (adabiyot ma’lumotlari tahlili) Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
iksodid / acari: ixodidae / ekolog / ekosistema / Qrim-Kongo / (QQGL) / lichinka / kana / H.concinna / H.punctata / H.parva / Boophilus annulatus / Rhipicepholus rossicus.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Jabborov G‘ G‘, Umarov X.J.

Ushbu maqolada Respublikamiz, Mustaqil davlatlar hamdustligi hamda uzoq xorijiy mamlakat olimlarining qo‘ylarning ektoparazitlarini epizootologiyasi, tur tarkibi, rivojlanishi, invaziya ekstensivligi va invaziya intensivligi bo‘yicha to‘plangan adabiyot ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKSODID KANALARNING BIOLOGIK VA EKOLOGIK TAVSIFI (adabiyot ma’lumotlari tahlili)»

UDK: 619: 576. 895. 4: 636. 31: 616.9

IKSODID KANALARNING BIOLOGIK VA EKOLOGIK TAVSIFI

(adabiyot ma'lumotlari tahlili)

Jabborov G'.G'.,Umarov X.J.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublikamiz, Mustaqil davlatlar hamdustligi hamda uzoq xorijiy mamlakat olimlarining qo 'ylarning ektoparazitlarini epizootologiyasi, tur tarkibi, rivojlanishi, invaziya ekstensivligi va invaziya intensivligi bo 'yicha to 'plangan adabiyot ma 'lumotlari asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: iksodid, acari: ixodidae, ekolog, ekosistema, Qrim-Kongo, (QQGL), lichinka, kana, H.concinna, H.punctata, H.parva, Boophilus annulatus, Rhipicepholus rossicus.

Kirish. Dunyo aholisini sifatli choiva mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish, birinchi navbatda mavjud hayvonlar sog'lig'ini saqlash, ulami tuñi yuqumli, yuqumsiz va pa^ita! kasalliklaгdan himoya qilish muhim dolzart vazifalaráan biгi bo'lib hisoblanadi. Ushbu maqsadda yiгik va mayda shoxli hayvonlar orasida bugungi kunda keng tarqalgan hamda chorvachilikka sezilarli darajada iqtisodiy zarar keltirayotgan iksodid kanalarini nazariy va amaliy jihatidan o^ganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi: tuñi ekologik hududlaTda qo'y va есШ^ orasida keng ta^alishga ega bo'lgan ektoparazitlami invaziya ekstensivligi va invaziya intensivligini adabiyot ma'lumotlari asosida tahlil qilish.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Planetamizda bo'g'imayoqlilar faunasi ichida tibbiyot va veterinariya nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega bo'lgan va keng tarqalgan parazit kanalardan iksodid kanalari (Acari: Ixodidae) muhim ahamiyatga ega. Iksodid kanalari hayotining ko'pchilik qismini xo'jayin tanasidan tashqarida o'tkazib, tashqi muhitning ko'plab abiotik va biotik omillari ta'siriga uchraydi [5; 8-b.].

40 000 turi qayd etilgan Acari turkumiga oid ixodidae oilasi, unchalik katta bo'lmagan guгuhni tashkil etib 700 to, 2 ta kichik oila, 19 ta avlodni tashkil etadi. Shundan Rossiya hududida 7 avlod 70 tur qayd etilgan [47; 311-321-b.].

Ekolog olimlar hech ikkilanmasdan, kanalarning tarqalish areali bevosita tashqi muhit iqlimini global o'zgarishi bilan bog'liq degan xulosaga kelishgan. Qishning iliq va bahor oylarida kanalar yaxshi rivojlanib, ularning sonining sezilarli darajada ko'payishiga olib keladi [8; 21-25-b.].

61

Ekosistemada iksodid kanalari ikkilamchi darajali rol o'ynashiga qaramasdan (Ozuqa zanjiri sifatida ahamiyatga ega emas, o'simliklarni changlantirishda ishtiroki yo'q, qushlar va sutemizuvchilarni sonini boshqarilishida ahamiyatli emas) tabiatda muhim epizootologik va epidemologik ahamiyatga ega. Ko'pchilik tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra Hyalomma avlodiga mansub kanalar Qrim-Kongo gemorragik lixoradka (QQGL) kasalligini Rossiya Federatsiyasida tarqalishida muhim rol o'ynashini takidlashgan [19; 48-b. 21; 42-45-b.].

Tashqi muhitning tabiiy iqlim sharoitlari, hamda antropogen omillar ta'sirida iksodid kanalar orqali odamlarga o'tadigan infeksion yuqumli kasalliklarning epidemiologik ko'rsatgichlari almashinib turadi. Bu holat kasallik tashuvchi kanalar arialining kengayishi va boshqa omillarga bevosita bog'liq bo'ladi. Kanalar turli geografik iqlim sharoitlarida, biosenoz va biotoplarda hayot kechirishga moslashgan bo'ladi. Rossiya Federatsiyasida kanalarni o'rganish XIX asrdan boshlangan. Dastlab kanalarni o'rganganda, unga faqat zoologik obyekt sifatida qaralgan bo'lsa, keyinchalik veterinar va mediklarda katta qiziqish uyg'otishdi. Iksodid kanalar faunasini chuqur o'rganish natijasida ularni sut emizuvchilar va parrandalarni yuqori ixtisoslashgan parazitlari bo'lib, ko'pgina bakterial, rikketsioz, virusli va protozoy kasalliklarni tashuvchisi ekanligi aniqlangan [29; 34-218-b.].

Tabiiy manbaili transmissiv infeksiyalarni aniqlash uchun E.N.Pavlovskining, kasallik qo'zg'atuvchi kanalarni tur tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, asosiy manbalari, kasallik tashuvchilar orqali o'tkazish yo'llarini to'g'ri tahlil qilish zarurligi ta'kidlanadi [43; 211-b.].

MDH hamda xorijiy tadqiqotchilar iksodid kanalarni faunasi, morfologiyasi, biologiyasi va taksonomiyasini o'rganishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Iksodid kanalarni transmissiv kasalliklarni tashuvchisi, tabiiy rezervantlar ekanligi, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda N.O. Olenev, I.G. Galuza, A.A. Markov, D.N. Zasuxin, I.V. Abramovlar tomonidan ularga qarshi kimyoviy va biologik kurash usullari ishlab chiqilgan [6; 379-b.].

Uzoq yillik evolutsion jarayonda iksodid kanalari xilma-xil yashash usullariga mustahkam moslashib yashashi natijasida, Antraktida qit'asidan boshqa barcha joylarda yashashga moslashgan. Ko'pincha tropik va subtropik mintaqalarga yaxshi moslashgan. Kanalar biotopi tabiiy iqlim sharoitlariga qarab aniqlanadi [49; 16-b.].

Hozirgi vaqtda ko'pgina iksodid kanalarining zaharlilik darajasi, ularni geografik tarqalish joyiga qarab aniqlangan [35; 116-b.].

Kanalar o'zining taraqqiyot xususiyatiga ko'ra 4 ta rivojlanish fazasini boshdan kechiradi tuxum, lichinka, nimfa, imago. Har bir bosqich bir-biridan morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Lichinkalar 3-5, nimfa 3-8, imago 6-12 sutka davomida oziqlanadi. Kanalarning hayot sikli biotoplarda nafaqat ularning fiziologik

(oziqlanish, ko'payish tullash) balki yil fasli, tashqi muhit omillariga bevosita bog'liq bo'ladi [22; 49-51-b.].

Kanalarni potensial obyekti yoki xo'jayini bo'lib hayvonlar, ayrim paytlarda odamlarga ham hujum qilishi aniqlangan.

Ixodidae oilasi kanalari odam va hayvonlarning transmissiv va transovarial tabiiy manbaiyli tashuvchilari hisoblanib, ensefalet, borrelioz, rikketsiya, brutsellyoz, leptospiroz, listerioz, itlarni o'lat kabi kasalliklarini tarqalishida muhim ahamiyatga ega [46; 81-94-b.].

Iksodid kanalari uchun xarakterli xususiyat hayot siklining xilma-xilligi, davomiyligi, mavsumiy faolligi, uzoq muddat ochlikka va noqulay muxitga chidamliligi [37; 84-105-b. 45; 32-110-b.] ularning keng tarqalishi uchun muhim omil bo'lib hisoblanadi. Bu turga mansub kanalar xo'jayin almashtirib rivojlanishiga ko'ra uch, ikki va bir xo'jayinli kanalarga bo'linadi [13; 274-b. 15; 339-b. 16; 251-b. 50; 209-222-b.].

Iksodid kanalarning yillik miqdori, turli tabiiy va klimato-geografik iqlim sharoiti, hamda kanalarning, serpushtlik darajasi va urg'ochi kanalarning hayvonlar qoni bilan oziqlanish ko'rsatkichi kabi omillarga bevosita bog'liq bo'ladi [30; 34-218-b. 31;10-13-b. 32; 18-26-b. 48; 129-142-b.].

Kanalar hayvonlar organizmida parazitlik qilish natijasida, o'zlaridan ajratib chiqargan mahsulotlari bilan qoramol va qo'ylar organizimiga kana toksikozini ketirib chiqaradi. Bunda hayvonlarda yaqqol ko'zga tashlanadigan klinik belgilar: Hayvonning holsizligi, anemiya, reflekslarning susayishi, kana yopishgan joylarda terining qalinlashishi, terida yiringli jarohatlarning paydo bo'lishi, tana haroratining pasayishi, yurak urishining susayishi, qonning morfo-fiziologik ko'rsatkichlarining normaga nisbatan farqlanishi kabi belgilar kuzariladi [7; 29-31-b.]. Iksodid kanalar miqdori o'nlab, yuzlab, ba'zi paytlarda minglab kuzariladi.

Yosh hayvonlar kanalar hujumiga uchraganda ular organizmida, kanalar so'lak bezlari orqali o'tgan zararli mahsulotlar tufayli hayvon organizmida intoksikatsiya, teri to'qimalarini kuchli yallig'lanishi kuzatiladi.

Ixodidae oilasiga mansub kanalarni Rossiya Federatsiyasi turli agroiqlim zonalarida keng tarqalishi [24; 228-235-b.] kanalar adaptatsiyasi va hayot taraqqiyotining xilma-xilligi, hayvonlar va odamlar orasida infeksion va invazion kasalliklarni tarqalishiga potensial xavf tug'dirishi, ularni strukturasi, faunasi,biotopi, taraqqiyot sikli va dinamikasini, turli hududlarda yanada chuqurroq o'rganishni taqazo etmoqda. Bunday kasalliklarga kana ensefaliti, chuma, tulyaremiya, lixoradka KU, Qrim-Kongo gemorrogik lixoradka, piroplazmidoz va boshqalar [9; 181-b. 10; 37-40-b. 11; 20-22-b. 12; 12-15-b. 15; 339-b. 18; 151-160-b. 33; 5-23-b.].

Ma'lumki iksodid kanalari, xartumchasi bilan hayvon tanasi butunligini buzib, 85 % gacha terini yaroqsiz bo'lishiga olib keladi. Ayniqsa uzun xartumli iksodid

63

kanalari, teri mahsulotlarini sifatini buzulishida kuchli ta'sir ko'rsatadi [38; 111 -b.]. Ko'pchilik olimlarning aniqlashicha kanalarni yoppasiga parazitlik qilishi natijasida qoramollarning sut-mahsuldorligi 18-20 %, tana massasi 12 % gacha kamayishi aniqlangan [7; 29-31-b. 44; 239-b.].

Tadqiqotchining ma'lumotlariga ko'ra, qoramollarni kanalar bilan zararlanishi, bir yoz davomida 5-6 litrgacha qon yo'qotishi mumkinligi haqida ma'lumot keltirgan [5; 8-b.].

Mualliflarning takidlashicha Rossiya Federatsiyasi Stavropol o'lkasining ko'pgina tumanlarida qish va bahor paytlarida qoramollarni yoppasiga kanalar bilan zararlanishi kuzatiladi. Bu vaqtda qoramollarda bir xo'jayinli Hyalomma scupense parazitlik qiladi. Bitta urg'ochi kana bir oziqlanishda 4 ml. gacha qon so'rishi mumkin. Hyalomma scupense kanalarini ko'payishini tajriba orqali kuzatilganda 3 oy ichida 15,6 nusxadan 1010 nusxagacha ko'payishi asoslangan.

Imago bosqichidagi kanalarning maksimal soni fevralning oxiri va martning boshida maksimal darajaga yetishi aniqlangan [25; 35-36-b. 34; 73-74-b.].

Xorijlik olimlarning ta'kidlashicha qoramollarning yoshi va zoti, chidamliligi, ularning tabiiy yo'l bilan zararlanishini Marokkoni 3 ta viloyatida kuzatilgan. 178 bosh 3 xil sharoit yarim zax, yarim quruq va quruq zonalarda kuzatish natijalari hayvonlarni mahalliy zotlari va import qilingan zotli va gibrid hayvonlar bilan taqqoslangan. Tahlil natijalariga ko'ra mahalliy va import qilingan zotlar bilan chatishtirilgan hayvonlarda chidamlilik genetik jihatidan yuqori ekanligi aniqlangan. Shuningdek chidamlilik, immunitet yosh hayvonlarda katta hayvonlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari kanalar so'lak bezlari tekshirilganda immunogen antigenlar mavjud ekanligi aniqlangan [23; 45-49-b.].

Tojikistonning shimoliy qismida yirik shoxli hayvonlarda 8 tur iksodid kanalar parazitlik qilishi, ular H.anatolicum, H.detritum, H.asiaticum, B.calcaratus, H.plumbeum, H.punctata, D.marginatus va Rh.turanicus [26; 48-54-b. 27; 95-113-b.] lar uchrashi kuzatilgan. O'rtacha kanalagan hayvonlarning har biriga 23 nusxadan iksodid kanalari to'g'ri kelgan. Dominant turlar sifatida H.anatolicum, H.detritum, Hyalomma asiaticum va Boophilus calcaratuslar ekanligi qayd etilgan [28; 224-227-b.].

Rossiya Federatsiyasi Kaluga viloyatida ixodes ricinus kanalarining hayvonlarga birinchi hujumi mart oyining uchinchi dekadasi ham aprel oyining birinchi dekadasiga tugashi iyul oyining birinchi dekadasiga to'g'ri keladi. Ikkinchi cho'qqisi avgust oyining uchinchi dekadasi, tugashi oktyabr oyining birinchi dekadasiga to'g'ri keladi.

Dermacentor reticularisni ham 2 ta yuqori cho'qqisi mavjud. Birinchi rivojlanish cho'qqisi ixodes ricinus singari mart oyining oxirgi dekadasi, aprelning

birinchi dekadasida tugaydi. Ikkinchi rivojlanish bosqichi avgustning oxirgi dekadasidan boshlanib, sentyabr oyining oxirgi dekadasiga to'g'ri keladi [17; 143-b.].

Janubiy Sibir hududida iksodid kanalarning 21 turi, 5 avlodi uchrashi aniqlangan: ixodes persulcatus, I.ricinus, I.apronophorus, I.pavlovskyi, I.crenulatus, I.laguri, I.redicorzevi, I.lividus, I.trandiliceps, Haemophysolis concinna, H.otofilia, H.punctata, H.japonica, Dermacentor pictus, D.marginatus, D.silvarum, Rhipicepholis songuineus, Rh.turanicus, Hyalomma scupense, H.plumbeum [41; 22-b.].

Ivanova viloyatining agrosenozlarida ixodidae oilasiga mansub kanalarning 3 turi uchrashi qayd etildi: i.ricinus, i.persulcatus va D.reticulatus. Kanani miqdori va uchrash darajasiga ko'ra i.persulcatus dominantlik qilib, iksodid kanalar populyatsiyasini 78 % ini tashkil etadi [40; 181-b.].

Boshqa bir tadqiqotchining ma'lumotlariga ko'ra, Ivanova viloyatining markaziy agroiqlim zonasida, ushbu viloyatning shimoliy zonasida 2008 - yilda qoramollarga iksodid kanalarining hujumi yuqori faol ekanligi kuzatilgan. Dermacentor reticulatusni invazia ekstensivligi - 48,7 %, ixodes persulcatus mos ravishda 62,7 %, i.ricinus 20,7 % ni tashkil etgan [39; 63-65-b.].

Karachaevo - cherkes Respublikasida iksodid kanalarining 6 avlod 10 turi uchrashi aniqlangan. D.marginatus, D.reticulatus, ixodes marginatum, H.scupence, H.concinna, H.punctata, H.parva, Boophilus annulatus, Rhipicepholus rossicus ushbu qayd etilgan turlar orasida D.marginatus dominant tur hisoblanadi. Miqdor jihatidan yuqori ko'rsatkich D.reticulatus va i.ricinus, past ko'rsatkich H.marginatum, H.scupence, H.concinna, H.punctata, H.parva, B.annulatus va juda ham past ko'rsatkich R.rossicus [42; 114-b.] ga to'g'ri kelishi aniqlangan.

Qalmiq Respublikasida iksodid kanalarining 11 turi farq qiladi. Eng keng tarqalgan turni Hyalomma tashkil qiladi. E'tibor qiladigan tomoni shundaki, hayvonlarga hujum qiladigan kanalarning asosiy qismini urg'ochi kanalar tashkil qilib, ularning tuxum qo'yishi bahor oyining so'ngi kunlariga to'g'ri kelishi aniqlangan. Ayrim xududlarda tabiiy - iqlim sharoitining o'zgarishi natijasida kanalarni preimaginal taraqqiyot davri birmuncha oldinroq muddatda kechishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan [20; 13-17-b.].

Shimoliy Osetiya Respublikasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ushbu xududning tog'lik zonalarida eng ko'p tarqalgan turlaridan biri B.annalutus. Ushbu tur kanalar yirik shoxli hayvonlar saqlanadigan barcha hududlarda uchrab, turli darajadagi invaziya ekstensivligi kuzatilmoqda. Tekshirilgan turlardan B.annalutus 96 %, D. marginatus 2,42 %, i.ricinus 1,58 % ni tashkil qilishi aniqlandi [14; 118-122-b.].

Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga qaraganda O'zbekiston sharoitida qoramollarning protozoy, virus va zamburug'li kasalliklarini tarqatishda iksod kanalarining ahamiyati katta ekanligini va ularning faunasi, tarqalish jarayoni,

65

biologiyasi va morfologiyasini o'rganishda olimlardan V.L.Yakimov, A.B.Belitser, Y.P.Djunkovskiy, A.Markov, O'.Y.Uzaqovlarning xizmatlari katta ekanligini hamda shu bilan bir vaqtda Respublikamizda 7 turdagi iksod kanalari uchrashi, ulardan teylerioz kasalligini tarqatishda ikki xo'jayinlik kana Hyalomma detritum va uch xo'jayinlik kana Hyalomma anatolicum, piroplazmoz va babeziozni tarqatishda esa Boophilus calcaratus kanalarini ahamiyati kattaligini ta'kidlagan [36; 17-21-b.].

S.I.Mavlonov va xamkor soha olimlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra qo'ylarning ektoparazitlar bilan zararlanish darajasi eng yuqori cho'qqiga chiqishi qish va bahor oylarida kuzatilsa, yoz-kuz mavsumlarida zararlanish darajasining kamayishi qayd etiladi. Qish davrida hayvonlarning ektoparazitlar bilan zararlanish ekstensivligi 45-65 %ni, o'rtacha zararlanish intensivligi 15-40 nusxa ektoparazitni tashkil etadi. Bahor oylarida hayvonlarning zararlanish ekstensivligi 85-100 %ni, zararlanish intensivligi 55-70 nusxa ektoparazitni, yoz oylarida qo'ylarning zararlanish ekstensivligi 15-25 %ni, zararlanish intensivligi 15-20 nusxa ektoparazitni, kuz oylarida qo'ylarning zararlanishi ekstensivligi 25-35 %ni, zararlanish intensivligi esa 5-10 nusxa ektoparazitni ko'rsatadi [1; 12-14-b. 2; 22-24-b. 3; 32-36-b.].

Kanalarning tanasi oval yoki elipssimon shaklda bo'lib, bo'g'inlarga bo'linmagan. Yaylov kanalarining uzunligi va rangi ularning och-to'qligiga bog'liq bo'lib, och kanalar yassi va uzinchoq bo'ladi. Qon so'rib to'ygan kanalarning tanasi xuddi tuxum shaklida bo'lib uzunligi 1,5 sm och kanalarniki esa 2-7 mm gacha bo'lishi mumkin. Och kanalar och sariq, sariqroq-qo'ng'ir, qoramtir, hatto qora tusda yani ularning och-to'qligiga va ozuqaning xarakteriga bog'liq. Xartumlarida kana tanasining dorsal qismi yaxshi ko'rinadi, u og'iz apparati va fíksatsiya organi vazifasini bajaradi. U ikkita yuqori jag' yoki xelitsera, pastki jag' gipostom, to'rt yoki olti burchakli xartum asosi va paypastlagichlaridan iborat[3; 32-36-b. 4; 24-25-b.].

Xulosalar:

1. Iksodid kanalari Yer sharining barcha mintaqalarida keng tarqalishga ega bo'lib, ularni tarqalishi va tur tarkibini o'rganish veterinariya va tibbiyotda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

2. Odam va hayvonlar orasida kanalar tomonidan tarqatiladigan kasalliklarni davolash va oldini olishda ularni biologiyasi va ekologik guruhlarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzaeva A.U.// Janubiy O'zbekiston sharoitida argasidae kanalari parazitar tizimining shakllanish xususiyatlari. Dissertatsiya avtoreferati. Toshkent -2018 yil 12-14 b.

2. Mavlonov S.I. va boshqalar. // Qo'ylar ektoparazitlari. Veterinariya meditsinasi jurnali 2021-y. №1. 22-24 b.

66

3. Mavlanov S.I.// Qishloq xo'jaligi hayvonlarini ektoparazitlardan himoya qilishning yangi usullarini yaratish. Dissertatsiya. Samarqand - 2016 32-36 b.

4. Xolov Sh.R., S.I.Mavlanov // Qo'ylar ektoparazitlari. Veterinariya meditsinasi jurnali. 2021-y. №11. 24-25 b.

5. Аббасов, Т.Г. Проблема борбы с вредными членистоногими / Т.Г. Аббасов, М.М. Симецкий, В.А. Поляков // Ветеринарная газета. - М. - 1999. - С 8.

6. Абуладзе К.И. Паразитология и инвазионные болезни селскохозяйственных животных. Москва, 1990. 379 с.

7. Акбаев, М.Ш. Методы борбы с гнусом и иксодовыми клещами в хозяйствах Рязанской области / М.Ш. Акбаев, Ф.И. Василевич, P.M. Акбаев, Н.А. Малофеева, А.И. Цыпляев, В.Н. Шабатин // Ветеринария. - 2004. - №10. - С. 2931.

8. Алексеев А.Н. Влияние глобалного изменения климата на кровососущих эктопаразитов и передаваемых ими возбудителей болезней // Вестник Российской академии медицинских наук. 2006. N 3. С. 21-25.

9. Алексеев, А.Н., Кондрашова З.Н. Организм членистоногих как среда обитания возбудителей. - Свердловск: Уралский науч. центр - 1985. - 181 с.

10. Алексеев, А.Н. Новые аспекты эпидемиологии клещевого энцефалита / А.Н. Алексеев // Мед. паразитол. и паразитарн. болезни. - 1990. - № 5. - С. 37-40.

11. Алексеев, А.Н. Современное состояние изучения клещевых инфекций. Проблемы современной паразитологии / А.Н. Алексеев. - СПб., 2003. - T.I. - С. 20-22.

12. Алексеев, А.Н. Наиболее теоретически и эпидемиологически важные аспекты современных исследований клещевых инфекций / А.Н. Алексеев // Матер. УН Всерос. акаролог. совещ. - СПб, 2004. - С. 12-15.

13. Апанаскевич, Д.А. Рол преимагиналных фаз в систематике иксодовых клещей рода Hyalomma Koch - переносчиков возбудителей заболеваний: дис. ... канд. биол. наук: 03.00.19 / Апанаскевич Дмитрий Александрович. - Санкт-Петербург, 2004. - 274 с.

14. Багаева, У.В. Распространение иксодовых клещей среди крупного рогатого скота в условиях горной зоны Северной Осетии / У.В. Багаева, Г.С. Качмазов // Известия Горского государственного аграрного университета. -2013. - Т. 50. - №4-4. - С. 118 - 122.

15. Балашов, Ю.С. Кровососущие клещи (Ixodoidea) — переносчики болезней животных и человека / Ю.В. Балашов. - М.: Наука. - 1967. - 339 с.

16. Балашов, Ю.С. Кровососущие членистоногие и риккетсии / Ю.С. Балашов, А.Б. Дайтер. - М.: Наука, 1973. - 251 с.

17. Бегинина, А. М. Фауна и экология иксодовых клещей Калужской области и меры борбы с ними: дис. ... канд. биол. наук: 03.02.11 / Бегинина Анна Михайловна - М., 2013. - 143 с.

18. Беклемишев, В.Н. Паразитизм членистоногих на наземных позвоночных / В.Н. Беклемишев // Медицинская паразитология и паразитарные болезни. - 1951. - Т. 20. - Вып. 2. - С. 151-160.

19. Б.М.Багамаев, А.А.Водянов, В.А.Оробец / Профилактика и меры борьбы с псороптозом овец. Рекомендации для практических врачей и работников овцеводства. - Ставрополь: Респект, 2010. - 48 с.

20. Босхамджиев, С.Г. Биология и распространение клещей рода Hyalomma в Калмыкии / С.Г. Босхамджиев, А.А. Матвеев // Вестник Калмыцкого университета. - 2012. - № 3 (15). - С. 13-17.

21. Волынкина А.С., Котенев Е.С., Лисицкая Я.В., Малецкая О.В., Шапошникова Л.И., Куличенко А.Н. Крымская геморрагическая лихорадка в Российской Федерации в 2014 г., прогноз эпидемиологической обстановки на 2015 г. // Проблемы особо опасных инфекций. 2015. N 1. С. 42-45. Doi: 10.21055/0370- 1069-2015-1-42-45

22. Воробева Н.Н., Коренберг Э.И., Григорян Е.В. Клинико-лабораторная диагностика инфекций, передаваемых клещами, в эндемичном очаге // Материалы Всероссийской научной конференции «Клинические перспективы в инфектологии», Санкт Петербург: ВМедА, 17-18 октября, 2001. С. 49-51.

23. Георгиу, Х. К вопросу об иммунизации против иксодовых клещей / Х. Георгиу, В.В. Белименко, П.И. Христиановский, Р.М. Хамурзов // Ветеринарная патология. - 2008. - № 2. - С. 45-49.

24. Гусева, А.А. К изучению фауны иксодовых клещей Ставрополского края / А.А. Гусева // Труды Азербайджанской противочумной станции. - Баку, 1962. - Т. 3. - С. 228-235.

25. Енгашев, С.В. Эффективност флайблока против кровососущих насекомых и клещей у крупного рогатого скота / С.В. Енгашев, Э.Х. Даугалиева, В.И. Колесников, Н.А. Кошкина, М.Н. Василченко, О.В. Попов // Ветеринария. -2012. - № 6. - С. 35-36.

26. Ермошкевич, В.И. Зоналное распространение клещейпереносчиков и пироплазмидозная ситуацию в южном Таджикистане / В.И. Ермошкевич, Р.Х. Нораев // Тр. ВИЭВ. - Т. 56. - 1982. - С. 48-54.

27. Ермошкевич, В.И. Иксодовые клещи и пироплазмозы крупного рогатого скота южного Таджикистана / В.И. Ермошкевич // Тр.ТаджНИВИ. -Т.8. - 1978. - С. 95-113.

28. Камолов, Н.Ш. Клещевая ситуация в зоне северного Таджикистана (видовой состав клещей-переносчиков, сезонност паразитирования, степен

68

заклещеванности), неблагополучной по 117 анаплазмозу и пироплазмозам крупного рогатого скота / Н.Ш. Камолов, В.Т. Заблоцкий, Р.Х. Нораев, М. Амирбеков, Н.А. Кашков // Ветеринарная патология. - 2007. - № 2. - С. 224-227.

29. Кербабаев Э.Б. Основы ветеринарной акарологии. Методы и средства борбы с клещами // Труды ВИГИС. М.,1998. Т. 34. 218 с.

30. Кербабаев, Э.Б. Основы ветеринарной акарологии. Методы и средства борбы с клещами // Труды ВИГИС. - 1999. - Т. 34. - 218 с.

31. Кербабаев, Э.Б. Эпизоотологическая ситуация по пироплазмидозам и борьба с их переносчиками / Э.Б. Кербабаев, Н.А. 118 Яременко, Т.С. Катаева, И.П. Ралка, В.Т. Гладков // Ветеринария. - 2000. - № 6. - С. 10-13.

32. Кербабаев, Э.Б. Иксодофауна республики Абхазия и сопределных территорий / Э.Б. Кербабаев, Ч. Цушба // Российский паразитологический журнал. - 2011. - № 1. - С. 18-26

33. Кербабаев, Э.Б. Рекомендации по профилактике пироплазмидозов и вирусных заболеваний, передаваемых иксодовыми клещами в Краснодарском крае и средства борьбы с ними / Э.Б. Кербабаев, Т.С.Катаева, О.В. Волцид, В.Н. Шевкопляс [и др.]. - Краснодар, 2001. - С. 5- 23

34. Колесников, В.И. Производственные испытания репеллента Спот-он «Ц» против кровососущих насекомых и иксодовых клещей на крупном рогатом скоте / В.И. Колесников, Н.А. Кошкина, М.Н. Василченко, С.В. Енгашев, Э.Х. Даугалиева // Сборник научных трудов (выпуск 5) «Животноводство и кормопроизводство». - Ставропол: СНИИЖК, 2012. - С. 73-74.

35. Колонин Г.В. Мировое распределение иксодовых клещей рода Ixodides. М., 1981. 116 с.

36. Краснонос Л.Н., Фатуллаева А.А., Пономорева В.И. Распространенност и зараженност боррелиями клещей Ornithodoros papillipes в поселковых очагах клещевого возвратного тифа // Тез. докл. 6-го Всес. совещ. по проблемам теор. и прикл. акарол. - Ленинград, 1990. - С. 70-71.

37. Лвов, Д.К. Влияние климатических факторов на циркуляцию природноочаговых вирусных инфекций в Северной Евразии / Д.К. Лвов, М.Ю. Щелканов, В.Л. Громашевский // В сб.: Изменение климата и здорове населения России в XXI веке. - М., 2004. - С. 84-105

38. Луцук, С.Н. Иксодовые клещи и методы борьбы с ними / С.Н. Луцук, Ю.М. Тохов, Ю.В. Дяченко. - Ставропол, 2012. - 111 с.

39. Мадияров, Т.Т. Акарицидная активност пурофена в отношении иксодовых клещей / Т.Т. Мадияров, Ф.И. Василевич // Ветеринарная медицина. - № 3-4. - 2012. - С. 63-65.

40. Малунов, С.Н. Фауна и экология клещей семейства Ixodidae, средства и методы защиты животных от иксодовых клещей в Нечерноземной зоне

69

Российской Федерации: дис. ... канд. вет. наук: 03.00.19 / Малунов Сергей Николаевич. - Иваново, 2009. - 181 с.

41. Метелица, А.К. Иксодовые клещи лесостепной зоны Западной Сибири и меры борбы с ними в природных очагах болезней животных: 123 автореферат дис.....канд. вет. наук: 03.00.19 / Метелица Алексей Кузмич. - М., 1975. - 22 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

42. Новикова, В.П. Иксодовые клещи Карачаево-Черкесской Республики и их эпидемиологическое значение: дис. ... канд. биол. наук: 03.00.09 / Новикова Валентина Павловна. - Черкасск, 2008. - 114 с.

43. Павловский Е.Н. Природная очаговость трансмиссивных болезней. М., 1964. 211 с

44. Подборонов, В.М. Защитные механизмы иксодоидных клещей и их прокормителей / В.М. Подборонов, А.Б. Бердыев. - Ашхабад, 1991. - 239 с

45. Померанцев, Б.И. К вопросу о происхождении клещевых очагов в Ленинградской области / Б.И. Померанцев // Вредители животноводства. - 1935. - С. 32-110.

46. Якубовский М.В., Атаев А.М., Зубаирова М.М., Газимагомедов М.Г., Карсаков Н.Т. Паразитарные болезни животных. Минск-Махачкала: ДелтаПресс, 2016. С. 81-94.

47. Alekseev A.N., Dubinina H.V. Multiple infections of tick-borne pathogens in Ixodes spp. (Acarina, Ixodidae) // Acta Zoologica Lithuania. 2003. Vol. 13, iss. 3. P. 311-321. Doi: 10.1080/13921657.2003.10512687

48. Belozerov, V.N. Regeneration of limbs and sensory organs in Ixodid ticks (Acari, Ixodoidea, Ixodidae and Argasidae) / V.N. Belozerov // Experimental and applied acarology. - 2001. - V. 32. - № 3. - P. 129-142.

49. Bormane A., Ranka R., Duks A. et al. Natural foci of tick-borne diseases (TBD) and epidemiological situation in Latvia during the last decade // IPS-VII. Berlin (Germany), 13-14 March 2003. Programme and Compendium of Abstracts. Berlin, 2003. P. 16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.