UDK: 636.31.
QO'Y VA ECHKILARNI EKTOPARAZITLARDAN ASRAYLIK
Jabborov G'.G'
mustaqil izlanuvchi Jumanazarov A.
mustaqil izlanuvchi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Аннотация. В данной статье приведены сведения, основанные на анализе литературы по эктопаразитам, что частично сдерживает развитие овцеводства, одной из ведущих отраслей животноводства в стране.
Annotation. This article provides information based on the analysis of the literature on ectoparasites, which partially hinders the development of sheep breeding, one of the leading sectors of animal husbandry in the country.
Kalit so'zlar: Qo'y, ektoparazit, bovikolyoz, linognatoz, psoroptoz, sarkoptoz, alveonasoz, estroz, melafagoz, Sipermetrin, Siperfos, Sumi-alfa, benzofosfat, karbofos, kinmiks, uzfen, siraks.
Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16-fevraldagi chorvachilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash, sohada ilg'or texnologiyalarni keng qo'llash orqali go'sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan yig'ilishi o'tkazdi. Unda aholini uy hayvonlari bian ta'minlash masalasiga ham to'xtalib o'tildi. Yig'ilishda o'n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo'y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berilgan. Bunga davlat tomonidan 100 million dollar yo'naltiriladi. Soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo'y va echkichilik xo'jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo'yilgan. Viloyat hokimlari 2022-yilda qorako'lchilik, qo'ychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish hisobiga 150 ming aholi bandligini ta'minlashi shartligi ko'rsatib o'tildi. Yil yakuniga qadar 123 ta yirik loyihani ishga tushirish, har bir klasterda kamida 500 boshli chorva komplekslari tashkil etilish choralari belgilab olindi.
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda chorva hayvonlarini ektoparazitlar bilan zararlanishini kamaytirish, ularni davolash, oldini olish va qarshi kurashishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu zararkunandalarni chorva mollarining tanasida ektoparazitlik qilishi hamda turli xildagi yuqumli va invazion kasalliklar zararlanishi oqibatida yirik va mayda shoxli hayvonlarning rivojlanishdan orqada qolishi, mahsuldorligining keskin kamayishi va
125
og'ir kasallanish natijasida majburan so'yilishi va nobud bo'lish holatlarini oldi olinmoqda.
Mamlakatimizda qorako'l zotli qo'ylar bosh soni va qorako'lchilik mahsuloti va xomashyolari ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, naslchilik ishlarini ilmiy asosda takomillashtirish, qorako'lchilik mahsulotlari va xom ashyolarni chuqur qayta ishlash ushbu soha mutaxassislarining asosiy maqsadi hisoblanadi. Qo'ychilik serdaromad sohalardan biri bo'lib, sohani yanada rivojlantirish, qo'ylar bosh sonini ko'paytirish, naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirishga bir qator salbiy etiologik omillar ta'sir qiladi. Jumladan, qo'ylarni ektoparazitlar bilan zararlanishi oqibatida ularning go'sht va jun mahsuldorligi 10-30 % kamayib ketishi hamda ikkilamchi infeksiya va invaziyalarning rivojlanishiga sharoit yaratilishi mumkin.
Adabiyotlar tahlili: S.I.Mavlonov va xamkor soha olimlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra qo'ylarning ektoparazitlar bilan zararlanish darajasi eng yuqori cho'qqiga chiqishi qish va bahor oylarida kuzatilsa, yoz-kuz mavsumlarida zararlanish darajasining kamayishi qayd etiladi. Qish davrida hayvonlarning ektoparazitlar bilan zararlanish ekstensivligi 45-65 %ni, o'rtacha zararlanish intensivligi 15-40 nusxa ektoparazitni tashkil etadi. Bahor oylarida hayvonlarning zararlanish ekstensivligi 85100 %ni, zararlanish intensivligi 55-70 nusxa ektoparazitni, yoz oylarida qo'ylarning zararlanish ekstensivligi 15-25 %ni, zararlanish intensivligi 15-20 nusxa ektoparazitni, kuz oylarida qo'ylarning zararlanishi ekstensivligi 25-35 %ni, zararlanish intensivligi esa 5-10 nusxa ektoparazitni ko'rsatadi [1.7.8].
Ektoparazitlarning ekstensivligi va intensivligi fasllarga, iqlim va xo'jalikning sanitariya sharoitlariga, chorvachilikni olib borish tuzilmalariga va boshqa ko'plab ekologik omillarga binoan har xil tarzda kechadi [13].
Kasallik qo'zg'atuvchilarining tasnifi (sistematikasi). Veterinariya araxnologiyasi Arthropoda tipi Arachnoidae sinfi va ikkita turkumga kiruvchi Parasitiformlis (kasallik qo'zg'atuvchilarini tashuvchi kanalarni) va Acarifrormes (Kasallik qo'zg'atuvchi kanalarni) o'rganadi. Kanalarning tanasi bir-biriga qo'shilib ketganligiga qaramay, ular bosh, ko'krak va qorin qismlarga bo'lingan. Jinsiy yetuk kanalarning to'rt juft, lichinkalarining esa uch juft oyog'i bo'ladi. Parazitiform kanalar tanasining oldi va orqa qismini ajratib turuvchi chegarasi bo'lmaydi. Parazitoformes turkumi ikkita Ixodidea va Gamasoidea kenja turkumiga bo'linadi. Ixodidea katta oilasi ikkita Ixodidea va Argasidae oilani o'z ichiga oladi. Gamasoidea katta oilasi juda ko'p miqdordagi oilalarni o'z ichiga oladi, lekin Dermanyssidae oilasi veterinariyada katta ahamiyatga ega[4,10].
Kanalarning biologik rivojlanishi. Kanalar ayrim jinsli, tuxum qo'yib rivojlanib, ko'payadi. Bitta urg'ochi kana umri davomida 3-4 mingdan to 10-15 mingtagacha tuxum qo'yadi. Tuxumlari juda mayda, ovalsimon shaklda sariq tusda bo'ladi. Urug'langan urg'ochi kana hayvon (xo'jayin) qonini so'rib to'ygandan so'ng
126
yerga tushadi va tuxum qo'ya boshlaydi, hamma tuxumlarini qo'yib bo'lgach esa nobud bo'ladi. Tuxumlaridan lichinka chiqadi, tulab nimfaga aylanadi, u esa yana tulab jinsiy voyaga yetgan shaklli - imagoga aylanadi. Lichinkalarining embrional rivojlanish davгi biг oy va undan ham ko'proq davom etib, nimfa va imagoga aylanishi Ыг necha kundan Ыг oygacha davom etadi. Hayvon qonini so'rish davri kanalarning гivojlanishiga qarab (lichinkalaгi 3-7 kun, nimfa^ 3-1O kun, imagosi S-1O kun) 3-1O kun davom etadi[6.9].
Kanalarning anatomo-morfologik tuzilishi. Tanasi oval yoki elipssimon shaklda bo'lib, bo'g'inlaгga bo'linmagan. Yaylov kanalaгining uzunligi va rangi ulaming och-to'qligiga bog'liq bo'lib, och kanalar yassi va uzinchoq bo'ladi. Qon so'rib to'ygan kanalaming tanasi xuddi tuxum shaklida bo'lib uzunligi 1,5 sm och kanalamiki esa 2-7 mm gacha bo'lishi mumkin. Och kanalar och saгiq, sariqroq-qo'ng'iг, qoгamtiг, hatto qoгa tusda yani ulaming och-to'qligiga va ozuqaning xarakteriga bog'liq. Xaгtumlaгida kana tanasining dorsal qismi yaxshi ko'гinadi, u og'iz apparati va fiksatsiya organi vazifasini bajaгadi. U ikkita yuqori jag' yoki xelitseгa, pastki jag' gipostom, to'rt yoki olti burchakli xaгtum asosi va paypastlagichlaгidan iborat[3,12].
B.Sayidqulov va boshqa olimlaming ta'kidlashicha, O'zbekiston hududida uy hayvonlari va paггandalaгda kanalaming 24 turi paгazitlik qiladi. Agaг bulaгga yovvoyi hayvonlaгda paгazitlik qiladigan kanalaг ham qo'shilsa, ulaming turi 29 taga yetadi.
Kanalarga qarshi qo'llaniladigan insektoakarisid preparatlar. Paгazitlaгga qaгshi kuгashda kimyoviy prafilaktika ham muhim ahamiyatga ega. Iksod kanalariga qaгshi olimlaгimiz tomonidan juda ko'p kimyoviy preparatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. Shu^ ichida nisbatan kam zahaгli kimyoviy insektisid pгeparatlaг quyidagi guгuЫaгga ajratilgan.
Kaгbamat insektisidlaг: Diazinon (Neotsidol)
Piretraid insektisidlaг:Sipeгmetгin; Sipeгfos; Sumi-alfa; Uzfen; Talsta^ Kinmiks va h.k. Ma'lumki, bir xil kimyoviy biгikmalaгdan tashkil topgan insektisid va akarisid pгepaгatlaгni bir necha yillaг davomida qo'llanganda, kanalarda ularga nisbatan kuchli moslashuvchanlik (chidamlilik) paydo bo'ladi va pгepaгat ularga samaгali ta'siг qilmaydi. Bunday xolatning oldini olish yoki ta'sir samarasini saqlash uchun quyidagi taгtibda preparatlarni qo'llash tavsiya etiladi: 1. Preparatlar assoгtimentini ko'paytiгib, ulami almashtiгib qo'llash. 2. Preparatlarning biг necha xil aralashmasini yoki binaг pгepaгatlaгni qo'llash. Misol uchun siperfos 5% sipermetrin + 50% xlorpirifos kabi ikki xil kimyoviy guruh preparatlar aralashmasidan tashkil topgan. O'zimizning Navoi y «Elektrokimyo» zavodi juda ko'p, turli xildagi insektisid va akarasid preparatlarni ishlab chiqaradi. Masalan, Sipeimetrin, Siperfos, Sumi-alfa, benzofosfat, kaгbofos, kinmiks, talstar, uzfen, siraks va yana juda ko'p xil turlari mavjud. Ushbu preparatla! chet eldan keltiriladigan preparatlarga nisbatan 2-3 baravar arzon va ta'siri jixatidan
12 i
ulardan samaraliroqdir. Jadvallarda hayvon va parrandalarni, xamda molxona, qo'ton va parrandaxonalarni kanalarga qarshi ishlov berish, qo'llaniladigan preparatlar, ularning konsentratsiyasi va dozasi, ishlov berish usuli, mavsumi va intervali haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qoramollar, qo'ylar va parrandalarning ektoparazitlariga (iksod, argas, kanalari, bit, qichima kanalari - psoroptoz, sarkoptoz va h.k.), teri, jun, qorako'lteri saqlanadigan omborxonalarda kuya va terixo'rlarga qarshi insektoakarisid preparatlarni qo'llash usuli jadvali[2].
Tadqiqotlar qo'ychilikni yuritishning turli mulk shakllarida keyingi yillarda qo'ylarni parazitar kasalliklar va ektoparazitlar bilan zararlanish darajasi turlicha kechmoqda. Jumladan, bovikolyoz, linognatoz, psoroptoz, sarkoptoz, alveonasoz, estroz, melafagoz kasalliklari qo'y va qo'zilarning o'sish va rivojlanishiga, go'sht mahsuldorligi, qo'zi olish, teri va jun berishning kamayishiga sabab bo'lmoqda[11].
l-ja&cl
HayroD. yaki ■D-fefct turi P ifniLt turi Preparat to nit nlritxij ia (ti'iir i [ijv-cbi raoddajB uiitacaa *t his) Prtp a rata Lag s or blLaii aralaiibmavL iiiibari 1 ibDlbgi doiaii (litr) Ishlov btrLb mull Takroriyligi (mart a.) Ishlov be ti; b oralie'i (tun) Iitlrlu lifyin liayvoaui io:yiih {Liua)
SipErmEtrin 25<! b-li tootjencrat ecuohiya
Qo'y. edit: Iliicd kanalari 0."2; 1:1000 Vnmadi cjjo:n(iiliiiisL ■'■Tobd purkash 5-10 1" 10
Qe-:y. id±L QLdnma-qa :tir knalxi 0,05 2:1000 Vnmadi cjjo:n(iiliiiisL ■'■Tobd purkasli : "-1
Miata-ma, qa 'torn va tcriqjunj-lai DcBdd, iziib. gaTis 7 gan j q ictiEU-goltir kmizi 0:1 4:1000 0.]ra-L: P\ckaLli : }iid£: marts -
Siptrfn-; - ::(l a IL kDD5«atrar Emuliiya
Qa:y. EdJti Iliicd tan£.Lari 0,055 lilOW 1,0-2,0 Yaruiada chQ-':miltdiiil yaki jjuriciili 5-10 K 10
QLdnma-qa :tir fcmalxi 0,011 2:1000 1,0-2,0 Vatm&la diD'miltirish yolri iurkaih :
MobKHU. qo vi tovnqxonfilar ItLui. qicaitna-i D'tii kanalari 4:1 000 1 metr' mavdotisa li-Z ml Porta ill l yiids:-4 maita Aprel. may, Ei^ntabr. oktabi -
Uzfen 2 0 o a Li loomi-siin i[ eniolnvi
MobKHU. qiytanLar. t-z-TnqK-jMlar ItLui. Eatuaa. saji; vs ^■V-iinra-rri'tiT kan^Lari ■:.os 1 metr' mavdotisa ICC ml Porta ill 1 yiltfc 4-2 msita Aprel. may, L&ntabr. oktabi -
Xulosalar. Shuni alohida takidlash joizki, ektoparazitlarga qarshi kurash doimiy va aniq reja asosida, to'la hajmda amalga oshirilishi lozim. Chora-tadbirlar har bir geografik-iqlim mintaqa, alohida va o'ziga xos relf, ob-havo, suv bilan ta'minlanish, o'simliklar faunasi, yer (tuproq) ning sho'rlanganlik darajasi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilgandagina invaziyaning oldini olish mumkin. Bugungi kunda iqtisodiy zarar
128
yetkazadigan turli yuqumli, yuqumsiz kasalliklar, ektoparazitlarga qarshi kurashda fan va ilg'or texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan qo'ylarning asosiy ektoparazitlarini aniqlash, ularga qarshi chora-tadbirlar rejalari asosida davolash-profîlaktika chora-tadbirlarini o'z vaqtida va sifatli o'tkazish, bu tadbirlarni amalga oshirishda guruhli dezakarizatsiya usullaridan, keng va samarali foydalanish zarur.
Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga asoslanib, bugungi kunda qo'ychilik tarmog'iga sezilarli iqtisodiy zarar keltirayotgan ektoparazitlariga qarshi kurashish va oldini olishda salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Ammo parazitlarning biologik xususiyatlari, iqlim zonalarining jadallik bilan o'zgarib borayotganini hisobga olib, zaxarlilik darajasi past, samaradorligi yuqori bo'lgan ensiktoakarisid preparatlarni qo'llash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. A.U.Mirzaeva // Janubiy O'zbekiston sharoitida argasidae kanalari parazitar tizimining shakllanish xususiyatlari. Dissertatsiya avtoreferati. Toshkent - 2018
2. B.Sayidqulov va boshqalar / veterinariya mutaxassislari uchun qisqacha ma'lumotnoma. Toshkent 2015-y 241-248 b.
3. Б.М.Багамаев, А.А.Водянов, В.А.Оробец / Профилактика и меры борьбы с псороптозом овец. Рекомендации для практических врачей и работников овцеводства. - Ставрополь: Респект, 2010. - 48 с.
4. Б.М.Багамаев, Ф.И.Василевич, А.А.Водянов, В.М.Оробец / Саркоптои-дозы. - Ставрополь: Респект, 2010. - 64 с.
5. D.T.Isakova, e.B.SHakarboev. // Parazitologiya. Toshkent-2004. 159-164 b.)
6. S. Dadaev / Parzitologiya. Toshkent - 2004. 109-112 b.
7.S.I.Mavlonov va boshqalar. // Qo'ylar ektoparazitlari. Veterinariya
meditsinasi jurnali 2021-y. №1. 22-24 b.
8. S.I.Mavlanov // Qishloq xo'jaligi hayvonlarini ektoparazitlardan himoya qilishning yangi usullarini yaratish. Dissertatsiya. Samarqand - 2016
9. P.S.Haqberdiev, SH.X.Qurbonov / Parazitologiya fanidan amaliy laboratoriya mashg'ulotlari. Toshkent. 2015-y. 166-171 b.
10. T.Abdurahmonov va boshqalar / Veterinariya parazitologiyasi. Toshkent-2005-y. 176-177 b.
11. G'.G'.Jabborov // Veterinariya va chorvachilik sohasidagi yutuqlari. 2021 : -103-105 b.
12. Sh.R.Xolov, S.I.Mavlanov // Qo'ylar ektoparazitlari. Veterinariya meditsinasi jurnali. 2021-y. №11. 24-25b.
13. M.Yu.Rahimov., F.S.Po'latov. // Ektoparazitlarga qarshi "Deltametrin" ning samaradorligi. Veterinariya meditsinasi jurnali 2020-y. №6. 27-28 b.
129