UDK: 619:636.5:576.89:614.449
TOVUQ EKTOPARAZITLARI HAQIDA MA'LUMOTLAR TAHLILI
Rayimqulov Iskandar Xaydarovich
mustaqil izlanuvchi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi xonadonlaridagi tovuqxonalar va ayrim parrandachilik xo'jaliklarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan ektoparazitlar haqida hamda ularga qarshi dori vositalarini qo'llanishi va adabiyot ma'lumotlari tahlili natijalari keltirilgan. Ektoparazitlarga qarshi kurash choralari va oldini olish bo'yicha muhim xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: tovuqlar, ektoparazit, insektoakaratsid, kana, Argasinae, Ornithodorinae, Gamazoid, Dermanyssus gallinae, Bacillus thuringiensis arthropoda, nimfa, lichinka, imago, iksodid, parazit, qon so'ruvchi.
Kirish: Dunyo aholisining doimiy o'sib borishi natijasida qishloq xo'jalik mahsulotlariga ham ehtiyojni ortishi kuzatilmoqda. Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi tashkilotining bergan ma'lumotga ko'ra dunyo aholisining uchdan bir qismini ratsionida oqsil yetishmovchiligi mavjud. Bu muammoni kamaytirish parranda mahsulotlari hisobidan amalga oshirish mumkin. Hayvonot dunyosidan olinadigan mahsulotlar ichida tuxum barcha aholi qatlami uchun imkoniyati yetadigan mahsulot bo'lib, inson organizmi talab qiladigan proteinni 13% ini ta'minlab beradi. Yuqorida qayd etilgan ko'rsatkichlarning zaruratiga qarab dunyoda tuxum yo'nalishidagi tovuqlarning bosh soni ham oshib bormoqda.
Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga O'zbekistonda asralayotgan jami parrandalar soni 96,7 mln boshga yetgan. Bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 8,7 % ga ko'p. Parranda mahsulotlarini yuqori darajada ishlab chiqarilishini saqlab qolish uchun epizootik holatni doimiy barqarorligini saqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda parrandalarning parazitar kasalliklari araxnoentomozlarning oldini olish va qarshi kurashish ham katta ahamiyatga ega. Xo'jaliklarda parrandalarni turli xil asrash texnologiyalarida saqlanishi, Arthrapodalarning turlari to'g'ridan-to'g'ri parrandalarda va parrandachilik obyektlarida parazitlik qilishi sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun ham davolash va qarshi kurashishning to'g'ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek parranda ektoparazitlariga qarshi foydalanilayotgan preparatlar rezistentligini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
Argazid kanalar
71
Argasidae oilasi kanalari ikkita: Argasinae va Ornithodorinae kenja oilalariga bo'linadi.
Argazid kanalari tanasi uzunchoq oval shaklida bo'lib, kulrang yoki jigarrang tusda bo'ladi Tanasini qoplagan teri cho'ziluvchan bo'ladi.
Tana tuzilishi jihatidan iksod kanalariga o'xshash bo'lib, faqat ba'zi bir belgilari bilan farq qiladi. Birinchidan, argazid kanalarida «boshcha» yoki xartumi tanasining oldingi qismida, lekin ventral tomonida joylashadi, shuning uchun tananing orqa tomonidan ko'rinmaydi. Ikkinchidan, argazid kanalarining erkagi va urg'ochisining tanasi butunlay xitin qalqon bilan qoplangan bo'ladi. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi juft yurish oyoqlari asosida qorin tomonida koksal bezlarining tashqariga ochiladigan teshiklari bo'ladi.
Argazid kanalari yopiq biotoplarda: yovvoyi sut emizuvchilar, qushlar va kemiruvchilarning inlarida, g'orlar, molxona va otxonalarda, paxsa devorlarning yorig'ida va shunga o'xshash joylarda hayot kechiradi.
Argazidlarning jinsiy dimorDzmi unchalik sezilmaydi. Erkaklari urg'ochilariga nisbatan biroz kichikroq.
Imago bilan nimfalarining to'rt juft oyog'lari bo'lib, olti bo'g'imdan iborat. Lichinkalarining deyarli dumaloq shakldagi uch juft oyog'i mavjud.
Argazidlar suvda va quruqlikda yashovchi barcha hayvonlarning, hatto odamlarning ham qonini so'rishi mumkin. Qon so'rish jarayoni iksod kanalariga nisbatan juda tez (bir necha daqiqadan 2-3 soatgacha) kechadi. Ular 30 daqiqa davomida bemalol qornini to'ydirishi mumkin, chunki xo'jayini inida bo'lgan davrda kana qon so'rib, ulgurishi kerak, aks holda, xo'jayini bilan tashqariga chiqqudek bo'lsa, tashqi muhit unga halokatli ta'sir etishi mumkin.
Voyaga yetgan urg'ochi kana bir necha marta qon so'radi va bir necha marta tuxum qo'yadi. Tuxumlarning umumiy soni 1000 tagacha boradi. Argazid kanalari 2025 yil umr ko'radi. Xo'jayinlari bo'lmasa, 15-17 yil ovqatsiz yashay oladi. Rivojlanish jarayonida erkaklari lichinka va uchta nimfa davrini, urg'ochilari esa lichinka va 4-5 ta nimfa davrini o'taydi. Kanalarning har bir davri turli hayvonlarda parazitlik qilishi mumkin, argazid kanalari ko'p xo'jayinli parazit hisoblanadi.
Argazidlarga qarshi kurash choralari. Argazidlar tovuqxona devorlari, yoriqlarida, teshiklarda ko'p bo'lgani uchun bunday joylar tez-tez ta'mirlanib, teshik va yoriqlar suvalib, oqlab turilishi kerak. Molxonalarga kanalar tarqalishining oldini olish maqsadida akaritsid bilan dorilanmagan mollarni boshqa molxonaga o'tkazmaslik kerak. Molxona va qo'tonlardagi kanalarni yo'qotishda xo'jalik sharoiti hisobga olinib, kamida ikki yilgacha bu molxonalarga mol kiritilmaydi. Natijada bu kananing lichinkalari birinchi yiliyoq o'ladi, och urg'ochi kanalar tirik qolsa ham, tuxum qo'yish qobiliyati keskin pasayadi.
Persid kanalar tarqalishining oldini olish uchun yangi keltirilgan tovuqlar sog'lom tovuqlardan alohida boqiladi, ularning tanasida kana bor-yo'qligi tekshiriladi.
Tovuqxonalarni dezakarizatsiya qilish uchun benzofosfat (0,5%), karbofos (0,250,5%), siodrin (1%), dursban (0,5%), diazinon (1%), xlorofos (1-2%), DDVF (0,250,5%), dibrom (0,5-1%), sevin (3-6%), dikrezil (0,25-0,5%), simbush (0,1%), detsis (0,1%), ragadan (0,5%) va b. ishlatiladi.
Gamazoid kanalari
Parazitoform kanalari ichida gamazoid kanalari (Gamasoidea katta oilasi) 20 ta oilani va 5 mingdan ziyod turlarni birlashtiradi. Gamazoid kanalarning xo'jayinlari ko'p va xilma-xildir. Uy hayvonlari, it va tovuqlar ham gamazoid kanalarning xo'jayinlari hisoblanadi. Gamazoid kanalari, asosan, yashirin hayot kechiradi. Ular xo'jayinlariga ularning inlarida, uyasida va tovuqxonalarda hujum qiladi. Boshqa paytlarda uya va inlarda yashab ko'payadi. Gamazoid kanalari orasida tuxum ajratuvchi va tirik tug'uvchi shaklari mavjud. Rivojlanish davri tuxum, lichinka, nimfalar (protonimfa va deytonimfa) va imagolardan iborat.
Dermanyssus gallinae - tovuq kanasi. Uy va yovvoyi parrandalar paraziti. Odam va hayvonlarga ham yopishadi. Tanasi uzun oval shaklda, mayda tuklar bilan qoplangan, o'lchami 0,6- 0,8 x 0,3-0,4 mm. Xartum va oyoqlari uzun. Xelitserasi ingichka uzun ignaga o'xshash bo'lib, terini teshib, qon so'rishga moslashgan.
Urg'ochi kana bir rivojlanish davrida 3-20 dona tuxum qo'yadi. Lichinka 24-30 soatda tullab nimfaga, nimfalar bir marta qon so'rib to'yganidan keyingina tullab imagoga aylanadi.
Kanalarning tez-tez hujum qilishidan tovuqlar oriqlaydi, kam tuxum qiladi, ayrim vaqtlarda nobud bo'lishi mumkin.
Binolarni dezakarizatsiya qilish uchun persid kanalarida qo'llanilgan vositalardan foydalaniladi.
Xulosa
Tadqiqot natijalariga ko'ra har bir qo'zg'atuvchining turli rivojlanish fazasini inobatga olib, alohida ishlov berish talab etiladi. Shuningdek ektoparazitlarga qarshi ishlov berishda, muolaja muddati va dori vositasining miqdoriga rioya qilinishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dj.Azimov, A.I.Yatusevich, X.B.Yunusov, R.B.Davlatov, B.T.Norqobilov, SH.A.Djabbarov, A.S.Daminov, A.O.Oripov, A.G'.G'afurov, N.E.Yuldashov, SH.X.Qurbanov. Parazitologiya va invasion kasalliklar. Darslik. "Fan ziyosi" nashriyot uyi. Toshkent 2024.
2. Нагорная, Л. В., Березовский, А. В., Проскурина, И. В., & Касьяненко, О. И. (2019). Интегрированная система борьбы с эктопаразитами
птицы при интенсивном ведении птицеводства. Актуальные проблемы интенсивного развития животноводства, (22 (2)), 219-224.
3. Xaydarovich, R. I., Gafforjonovich, J. G., Berdiyevich, D. R., & Jurakulovna, X. N. (2024). DISTRIBUTION OF CHICKEN ECTOPARASITES. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 6(03), 17-20.
4. Raimkulov, I. X., Davlatov, R. B., & Yunusov, X. B. (2024). DISTRIBUTION CHARACTERISTICS OF CHICKEN ECTOPARASITES. Ustozlar uchun, 1(1), 208-210.
5. Iskandar Xaydarovich Rayimqulov, Ravshan Berdiyevich Davlatov, Farangiz Sattiyeva. PARRANDALARNI EKTOPARAZITLARDAN ASRAYLIK. 2023/12/20 Veterinariya meditsinasi 7. 145-146. "AGROZOOVETSERVIS" Co., Ltd.
6. Jabborov, G. G., Raimkulov, I. X., & Sobirov, O. O. (2024). TESTING OF NEW MODERN DRUGS AGAINST ECTOPARASITES OF KARAKUL SHEEP. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 6(03), 13-16.
7. Rayimqulov, I., Davlatov, R. B., & Yunusov, X. B. (2023). PARRANDALARNI EKTOPARAZITLARDAN ASRAYLIK. Veterinariya meditsinasi (4-maxsus son).
8. Jabborov, G., & Rayimqulov, I. X. (2022). QO 'Y VA ECHKILARNING EKTOPARAZITLARI VA ULARGA QARSHI DORI VOSITALARINI SINOVDAN O 'TKAZISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 86-89.
9. Rayimqulov, I. X., & Xushnazarova, M. I. (2023). QISHLOQ XO 'JALIK HAYVONLARINING PARAZITAR KASALLIKLARGA QARSHI KURASHISHNING ILMIY ASOSLARI.
10. ЗАЩИТИМ ПТИЦУ ОТ ЭКТОПАРАЗИТОВ. Iskandar Xaydarovich Rayimqulov, Ravshan Berdiyevich Davlatov, Farangiz Sattiyeva. 2023/12/20, Veterinariya meditsinasi 7, 145-146, "AGROZOOVETSERVIS" Co., Ltd.