UDK: 619:636.5:576.89:614.449
TOVUQLARNING EKTOPARAZITLARIGA QARSHI KURASHISHNI TIZIMLI TAKOMILLASHTIRISH
Rayimqulov I.X. — mustaqil izlanuvchi, Davlatov R.B. — professor Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada aholi xonadonlaridagi tovuqxonalar va ayrim parrandachilik xo'jaliklarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan ektoparazitlarga qarshi dori vositalarini qo'llanishi haqida adabiyot ma'lumotlari hamda dastlabki izlanishlardagi xususiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Preparatlarni parrandalarga qo'llanilgandan so'ng olingan natijalar tahlil qilinib, xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: tovuqlar, ektoparazit, insektoakaratsid, suminak, amitraz, kana, arachnoidea, Bacillus thuringiensis arthropoda, nimfa, lichinka, imago, iksodid, parazit, qon so'ruvchi.
Kirish: Dunyo aholisining doimiy o'sib borishi natijasida qishloq xo'jalik mahsulotlariga ham ehtiyojni ortishi kuzatilmoqda. Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi tashkilotining bergan ma'lumotga ko'ra dunyo aholisining uchdan bir qismini ratsionida oqsil yetishmovchiligi mavjud. Bu muammoni kamaytirish parranda mahsulotlari hisobidan amalga oshirish mumkin. Hayvonot dunyosidan olinadigan mahsulotlar ichida tuxum barcha aholi qatlami uchun imkoniyati yetadigan mahsulot bo'lib, inson organizmi talab qiladigan proteinni 13% ini ta'minlab beradi. Yuqorida qayd etilgan ko'rsatkichlarning zaruratiga qarab dunyoda tuxum yo'nalishidagi tovuqlarning bosh soni ham oshib bormoqda. Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga O'zbekistonda asralayotgan jami parrandalar soni 96,7 mln boshga yetgan. Bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 8,7 % ga ko'p. Parranda mahsulotlarini yuqori darajada ishlab chiqarilishini saqlab qolish uchun epizootik holatni doimiy barqarorligini saqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda parrandalarning parazitar kasalliklari araxnoentomozlarning oldini olish va qarshi kurashish ham katta ahamiyatga ega. Xo'jaliklarda parrandalarni turli xil asrash texnologiyalarida saqlanishi, Arthrapodalarning turlari to'g'ridan-to'g'ri parrandalarda va parrandachilik obyektlarida parazitlik qilishi sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun ham davolash va qarshi kurashishning to'g'ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek parranda ektoparazitlariga qarshi foydalanilayotgan preparatlar rezistentligini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
87
Ko'rsatib o'tish joizki parrandachilik xo'jaliklarida ektoparazitlar mavjud bo'lsa, ushbu xo'jaliklarda epizootik holatni qoniqarli darajada saqlash muammo tug'diradi. Parrandachilik xo'jaliklarida ektoparazitlarni yo'q qilmay turib, bakteriologik va virusologik kasalliklarni sog'lomlashtirish muammo hisoblanadi.
Manbaalar tahlili: Zamonaviy sharoitlarda ektoparazitlarga qarshi kurashishning turli usullari mavjud. Jumladan mexanik yo'q qilish; tozalash, tovuq tanasidan yuvib tashlash; Fizik - yuqori haroratda ta'sir ko'rsatish, maxsus tutunli vositalardan foydalanish; Kimyoviy - ximiyaterapiya, kimyoviy profilaktika, insektoakaratsitlar bilan dezakarizatsiya, repellentlardan foydalanish; Biologik (har xil bosqichdagi ektoparazitlarning biologik xususiyatlarini hisobga olib) -ektoparazitlarning biologik dushmanlaridan foydalanish, kelib chiqishi biologic insektitsidlardan foydalanish - Bacillus thuringiensis deltatoksinlar mikrobli kultura. Zamonaviy usullarda parrandalarni intensiv ko'paytirishda ektoparazitlar tomonidan yuzaga kelgan muammolarni ximik preparatlar yordamida yengish mumkin. Parrandachilik xo'jaliklariga ishlov berishda asosiy bioxavfsizlik tushunchalariga rioya qilish kerak, jumladan; Bioxavfsizlik tushunchasi - tovuqxonalarning dizayni va joylashuvi; Tizimli bioxavfsizlik - tovuqxonalarning joylashuvini ko'rsatuvchi elementlar (darvoza, belgilar, ko'rsatkichlar, dezobaryerlar); Texnologik jarayonlarning bioximoyasi - Texnologiyaning standart holatda har kuni ishlashi; Kulturali bioximoya - Xodimlarni biohimoyalanishiga aniq va ketma-ket ravishda tartib bilan o'rgatib borish.
Har xil yo'nalish va imkoniyatlarga ega bo'lgan xo'jaliklarda ektoparazitlarga qarshi kurashishda qiyinchilik tug'diradigan sabablardan biri, ektoparazitlarni rivojlanish jarayononidagi farqi hisoblanadi.
Zamonaviy bozorlarda parrandachilik xo'jaliklarida foydalanish uchun taklif qilinayotgan insektoakaratsid preparatlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ularning sotuvdagi nomlari turlicha bo'lsada, ta'sir qiluvchi moddalari bir xil.
Bugungi kunda mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan insektoakaratsid preparatlardan foydalaniladi. Xorijda ishlab chiqarilgan insektoakaratsid preparatlar birmuncha tanqisligi sabab, mahalliy ishlab chiqarishni rag'batlantirish, arzon va sifatli preparatlarni ishlab chiqarilishini ko'paytirish lozim.
Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy dori vositalardan foydalanib araxnoz va entomozlarga qarshi ishlov berish sxemasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning materiallari va uslublari: Xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan insektoakaratsid preparatlarni tahlil qilib, bulardan "Suminak" preparatlarini tovuqlarning ektoparazitlariga qarshi qo'llab ko'rdik va ayrim tahlillar o'tkazildi.
Farmakologik xossalari. Suminak samarali kontaktli insektoakaratsid bo'lib, sarkoptik va ixodid kanalarga, bitlarga, burgalarga, par va patxo'rlarga, qon
88
so'ruvchilarga, chivinlarga va boshqa ektoparazitlarga qarshi faoldir. Suminak issiq qonli hayvonlar uchun o'rtacha zaharli bo'lgan birikmalar guruhiga kiradi, tavsiya etilgan miqdorlarda preparat mahalliy tirnash xususiyati beruvchi yoki sezgirlashtiruvchi ta'sirga ega emas.
Ko'rsatkichlar. Suminak qoramol, qo'y, parranda va itlarda parazitlik qiluvchi araxnoentomozlarning shuningdek, parrandachilik binolarida pashshalar va chivinlar qo'zg'atuvchilariga qarshi kurashda qo'llaniladi.
Tadqiqotning natijalari. Preparatning ishchi suspenziyalari foydalanishdan oldin qisqa fursatda tayyorlanadi. Bunday holda, qayta ishlash uchun zarur bo'lgan suspenziya hajmi va uni tayyorlash uchun zarur bo'lgan dori miqdori aniqlanadi. Preparatning aniqlangan miqdori 10 litr suv bilan yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra doimiy aralashtirish bilan purkagich idishiga yoki suzuvchi vannaga quyiladi. Parrandalarni ommaviy davolashdan oldin preparatning har bir miqdori parrandalarning kichik guruhida (10-15 bosh) sinovdan o'tkaziladi. Parrandalar davolanishdan keyin 2 kun ichida toksikoz belgilarini ko'rsatmasa, ular barcha parrandalarga ishlov berishga kirishiladi. Parranda ektoparazitlariga qarshi kurashish va oldini olish uchun suminak 2,5% (DV) suvli suspenziya shaklida qo'llaniladi. Zararlangan tovuqlar 20-25 kunlik interval bilan ikki marta, zararlanganlikda gumon qilinganlari esa bir marta cho'miltiriladi. Tovuqlar quruq havoda kamida 20°C havo haroratida va 22-25°C gacha bo'lgan vannada 4-5 soniya suspenziyasida cho'miltiriladi. 0,1 % suvli suspenziyani tayyorlash uchun har 10 litr suv uchun vannaga 10 ml/l suminak qo'shiladi. Parrandachilik xo'jaliklarida va boshqa veterinariya nazorati obyektlarida hashoratlarni yo'qotish uchun Suminak preparati parrandalarning yo'qligida qo'llaniladi. 0,2 % li aralashmani devorlar, devor tirqichlari, shiplar, asbob-uskunalarga purkab sepiladi. Suminak bilan binolarni takroriy ishlov berish ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, agar parrandachilik xo'jaliklarida bir vaqtning o'zida bir nechta ektoparazitlarning qo'zg'atuvchilari parazitlik qilsa bu murakkab muammo bo'ladi. Shuningdek bir vaqtning o'zida kanalar va hashoratlarni yo'q qilish imkoniyati pastroq. Chunki ektoparazitlarning har bir rivojlanish fazasida insektoakaratsid preparatlariga sezuvchanligi har xil bo'lib, shuningdek tovuqlarning zaharlanishlarini oldini olish ham zarur hisoblanadi.
Xulosa
Tadqiqot natijalariga ko'ra har bir qo'zg'atuvchining turli rivojlanish fazasini inobatga olib, alohida ishlov berish talab etiladi. Shuningdek ektoparazitlarga qarshi ishlov berishda, muolaja muddati va dori vositasining miqdoriga rioya qilinishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Dj.Azimov, A.I.Yatusevich, X.B.Yunusov, R.B.Davlatov, B.T.Norqobilov, SH.A.Djabbarov, A.S.Daminov, A.O.Oripov, A.G'.G'afurov, N.E.Yuldashov, SH.X.Qurbanov. Parazitologiya va invasion kasalliklar. Darslik. "Fan ziyosi" nashriyot uyi. Toshkent 2024.
2. Нагорная, Л. В., Березовский, А. В., Проскурина, И. В., & Касьяненко, О. И. (2019). Интегрированная система борьбы с эктопаразитами птицы при интенсивном ведении птицеводства. Актуальные проблемы интенсивного развития животноводства, (22 (2)), 219-224.
3) Xaydarovich, R. I., Gafforjonovich, J. G., Berdiyevich, D. R., & Jurakulovna, X. N. (2024). DISTRIBUTION OF CHICKEN ECTOPARASITES. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 6(03), 17-20.
4) Raimkulov, I. X., Davlatov, R. B., & Yunusov, X. B. (2024). DISTRIBUTION CHARACTERISTICS OF CHICKEN ECTOPARASITES. Ustozlar uchun, 1(1), 208-210.
5) Iskandar Xaydarovich Rayimqulov, Ravshan Berdiyevich Davlatov, Farangiz Sattiyeva. PARRANDALARNI EKTOPARAZITLARDAN ASRAYLIK. 2023/12/20 Veterinariya meditsinasi 7. 145-146. "AGROZOOVETSERVIS" Co., Ltd.
6) Jabborov, G. G., Raimkulov, I. X., & Sobirov, O. O. (2024). TESTING OF NEW MODERN DRUGS AGAINST ECTOPARASITES OF KARAKUL SHEEP. The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery, 6(03), 13-16.
7) Rayimqulov, I., Davlatov, R. B., & Yunusov, X. B. (2023). PARRANDALARNI EKTOPARAZITLARDAN ASRAYLIK. Veterinariya meditsinasi (4-maxsus son).
8) Jabborov, G., & Rayimqulov, I. X. (2022). QO 'Y VA ECHKILARNING EKTOPARAZITLARI VA ULARGA QARSHI DORI VOSITALARINI SINOVDAN O 'TKAZISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 86-89.
9) Rayimqulov, I. X., & Xushnazarova, M. I. (2023). QISHLOQ XO 'JALIK HAYVONLARINING PARAZITAR KASALLIKLARGA QARSHI KURASHISHNING ILMIY ASOSLARI.
10) ЗАЩИТИМ ПТИЦУ ОТ ЭКТОПАРАЗИТОВ. Iskandar Xaydarovich Rayimqulov, Ravshan Berdiyevich Davlatov, Farangiz Sattiyeva. 2023/12/20, Veterinariya meditsinasi 7, 145-146, "AGROZOOVETSERVIS" Co., Ltd.