INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K:636. 081/082
TOG', TOG'OLDI, CHO'L VA YARIM CHO'L HUDUDLARI YAYLOVLARIDA MAYDA SHOXLI MOLLARNI BOQISH
1Karshiyev Zoxidxon Avazxonovich, 2Davronov Baxtiyor Xasanovich, 3Davlatnazarov
Bexruz Xurmatbek o'g'li
1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktoranti, 2Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, q.x.f.f.d (phd), 3Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, magistr. https://doi.org/10.5281/zenodo.13854227
Annotatsiya. Mamlakatimizning tog' va cho'l, cho'l va yarim cho 'l hududlarida keskin o'zgaruvchan iqlim sharoitiga mos mayda shoxli mollarni o'stirish, kimmatli biologik xususiyatlarini saqlab qolish, bosh sonini orttirish hamda yaylov o'smiliklaridan foydalanib, o'simliklar bioxilma-xilligini boyitish va yaylovlarning ahamiyati haqida fikrlar yuritiladi.
Kalit so'zlar: Tog', tog'oldi, cho'l, yarim cho'l, hudud, yaylov, iqlim, o'zgaruvchan, sutkalik, mavsumiy, namlik, suv, qish, yoz, yog'ingarchilik, qurg'oqchilik.
Аннотация. Выращивание мелкого рогатого скота приспособлено к быстро меняющимся климатическим условиям горно-пустынных, пустынных и полупустынных районов нашей страны , сохраняя ценные биологические характеристики, увеличивая поголовье и используя пастбищные растения и обогащая их. обсуждается биоразнообразие растений.
Ключевые слова: Гора, высокогорье, пустыня, полупустыня, территория, луга, климат, переменный, суточный, сезонный, влажность, вода, зима, лето, осадки, засуха.
Abstract. Cultivation of small horned cattle suitable for the rapidly changing climatic conditions in the mountain and desert, desert and semi-desert regions of our country, preserving valuable biological characteristics, increasing the number of head and using pasture plants. the importance of pastures and enrichment of plant biodiversity are discussed.
Keywords: Mountain, highland, desert, semi-desert, area, grassland, climate, variable, diurnal, seasonal, humidity, water, winter, summer, precipitation, drought.
Tadqiqotning maqsadi. Tog', tog'oldi va cho'l, yarim cho'l hududlari yaylovlarida o'sadigan o'simliklarni bioxilma-xilligini, ularning o'sish davrlarining ozuqa to'yimliligi sifatini tahliliy dalillar asosida o'rganish.
Tadqiqot vazifalari. Mamlakatning tog', tog' oldi va cho'l va yarim hududlarida yaylovlarida o'sadigan o'simliklarni bioxilma-xilligini aniqlash, o'simliklarning o'sish davrlari hamda yaylov o'simliklaridan ozuqa sifatida foydalanish va yaylovlarni saqlab qolish choralarini belgilashdan iborat. Muntazam o'sib borayotgan aholini chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talablarida dasturxon mo'l-ko'lchiligini ta'minlash va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, shuningdek, urchitilayotgan zotlardan seleksiya ishlarida samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tog', tog'oldi va cho'l, yarim cho'l hududlari yaylovlarida o'sadigan o'simliklarni bioxilma-xilligini, ularning o'sish davrlari bo'yicha ozuqanning to'yimliligini ta'minlash, chorvachilikni yuksaltirishda, seleksiya naslchilik ishlarini, shuningdek tanlash va saralash usullarini qo'llashda, urchitilayotgan zotlarni mahsuldorlik yo'nalishlariga qarab naslini takomillashtirish, suruvda yuqori mahsuldor qo'y va echkilarni ko'paytirishda tanlash ishlarini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Respublikamizning turli tabiiy iqlim sharoitlarida urchitilayotgan qo'y va echki zotlarning naslini takomillashtirish, yangi zotlarni yaratish va ularning nasldorlik va mahsuldorlik irsiy belgilarini yuzaga chiqarish hamda asrash va oziqlantirishni ilmiy asosda tashkil etish muhim vazifalalardan hisoblanadi. Ilm-fan taraqqiyotining qo'ychilik va echkichilik tarmoqlarida jun, tivit, sut, go'sht va teri yo'nalishini jadal ko'paytirishda xorijiy davlatlar seleksiyasidan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslarini yoritish, qo'y va echkilarni yaylovlarda boqishning maqbul usullarini belgilash, yaylovlardan mavsumlar davomida foydalanish, ularni asrash va oziqlantirish texnologiyasini to'g'ri tashkil etish, mayda shoxli mollardan ko'plab arzon mahsulotlar ishlab chiqarish va xalq dasturxonini to'ldirish imkonini beradi.
Tadqiqotning dolzarbligi. Qo'y va echkichilik tarmog'ida, jumladan jun, tivit, sut va teri yo'nalishidagi mahalliy sharoitga mos hayvonlarni urchitishda ichki imkoniyatdan sohada to'liq foydalanilmayapti, ayniqsa yaylovlardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. Yaylovlar hosildorligining pastligi, yaylovlarda o'sadigan o'simlik turlarining to'liq etilmasligi va navlarning davlari bo'yicha nasl qoldirishga imkon berilmasligi, o'simlik turlarining kamayishiga olib kelmoqda. Shuningdek, yaylovlarda hayvonlarni muntazam boqilishi sababli o'simlik turlari rivojlanmasdan qolmoqda natijada yaylov hosildorligi yildan yilga pasyib bormoqda. Tarmoqlarda yuqori mahsuldor zotlarni yaratish va ular bosh sonini jadal ko'paytirish hamda ko'p miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish kabi muammolar bugungi kunda ham dolzarb bo'lib qolmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar chorvachilikka, ayniqsa tog', tog'oldi va cho'l va yarim cho'l hududlarning yaylovlariga juda katta ta'sir etadi. Yog'ingarchilikning kamayishi, cho'l hudularidagi yaylov o'simliklarining o'smayotganligi tabiiy iqlimning keskin o'zgarishi yoki o'simliklarning o'sishiga imkon bermasligi sababli aksariyat o'simliklar o'smasdan qoldi. O'simliklar biologik xususiyatlari darajasida rivojlanmayapti va nasl qoldirish imkoni bo'lmayapti. Yaylovlarda namlikning etishmasligi va er maydonlarida chorva hayvonlarining muntazam boqilishi hamda hayvonlar tomonidan toptalishi natijasida cho'l o'simliklari nasl qoldirmasligi natijasida cho'l yaylovlari tannazulga uchramoqda hamda yaylov o'simliklarning hosildorligi keskin kamayib bormoqda. Cho'l va yarim cho'l, tog' va tog' oldi hududlarda yaylov o'simliklariga namlik va yog'ingarchilik etishmasligi oqibatida o'simliklar yaxshi rivojlanmasdan yaylovlarining hosildorligi kamayib borayapti. U yerdagi jonzotlar kerakli miqdordagi yaylov ozuqalarini olmayapti. Ozuqalarning yetishmasligi oqibatida urchitilayotgan qo'y va echkilarning mahsuldorlik darajasi pasayib bormoqda bu esa aholining iqtisodiy daromadiga salbiy ta'sir etmoqda.
Tadqiqot natijalari. O'zbekistonda mayda shoxli mollar bilan shug'ullanuvchi tabiiy -iqtisodiy hududlarida tog', tog'oldi hamda cho'l va yarim cho'l yaylovlarini saqlab qolish va uning hosildorligi yaxshilash imkoniyatlari juda keng.
O'zbekistonning tabiiy iqlimi turlicha, janubiy hududlari hamda cho'l va yarim cho'l hududlarida turli bio-xilma xilliklar mavjud. Yaylov o'simliklarining hosildorligi 11,6 s tashkil etadi. So'nggi 15-20 yilda qishloq atrofi yaylovlari 5-7 km radiusda kuchli inqirozga uchragan. Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi institutining ma'lumotlariga ko'ra, qorako'lchilik yaylovlari qariyib 40 foizida turli darajadagi inqiroz yuz bergan. O'zbekiston tog', tog'oldi, cho'llar va yarim cho'llar hududlaridagi yaylovlar iqlimi keskin o'zgaruvchan, sutkalik va mavsumiy iqlim darajasi juda tez o'zgaradi, masalan, Surxondaryoning Termiz hududida soya joydagi issiqlik darajasi 4849,5 issiq, qishda esa 20-25 daraja sovuq bo'ladi. Qish davrida Navoiy viloyatining Tomdi hududida iyul oyida o'rtacha temperatura +30 daraja issiq, qishda esa -4,0 daraja sovuq bo'ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Yaylovlarda namlik hamda yomg'ir suvi bilan ta'minlanish darajasi etarli miqdorda bo'lmayapti. Shimoliy cho'l hududlarida bahor mavsumi eng qisqa, yozi yog'ingarchilikka boy bo'ladi. Janubiy hudulardagi cho'llarda asosan yomg'ir qish-bahor oylarida ko'p yog'adi. Yoz va bahor fasllarida qurg'ochilik bo'ladi.
Qumli yaylovlarda hosil ko'p bo'lgan yillarda yem-xashak miqdori 1,5 barobargacha yoki 7.5 s. dan 11.5 s.ga ortadi. Ob-havo noqulay kelgan yillarda yaylov hosildorlorligi 2 barobargacha yoki 5, 75 barobarga kamayadi. Cho'l yaylovlarining 10 yillik hosildorligi taqoslanganda, 3 yil serhosil, 4 yil qoniqarli va 3 yil qoniqarsiz bo'lishi kuzatilgan. Yaylov ozuqasining to'yimliligi ham yilning kelishiga qarab o'zgarib boradi. Bahor mavsumida o'simliklar vegetatsiya davrlariga qarab, yaylov o'tlari juda to'yimli bo'ladi, qish davrida esa to'yimliligi pasayib ketadi. Cho'l va yarim cho'l yaylovlarida hosildorlik miqdori juda past bo'ladi. Yaylovlardagi ozuqalarning to'yimlilik qiymati turlicha bo'lishiga qaramasdan, ularda ozuqa zaxiralari yetarli darajada bo'ladi. Tog', tog'oldi, cho'l va yarim cho'l hududlarida mayda shoxli mollarning ozuqaga bo'lgan ehtiyojining ta'minoti 90-95 foizga teng bo'ladi.
Respublikamizning tabiiy iqlim yaylovlarida urchitilayotgan 24 mln. boshga yaqin qo'y va echkilardan arzon teri, go'sht, jun mahsulotlari olinadi.Tog', tog'oldi, cho'l va yarim cho'l hududlarida o'sadigan o'simliklar, odatda, turli ozuqalar guruhlariga bo'linadi. Har bir guruh o'simlik beligilari: mavsumiy foydalanishligi, xushxo'rligi, to'yimliligi bilan bir xil bo'lgan o'simliklar guruhlanadi. Ozuqabop o'simliklarning asosiy guruhlariga efemerlar va efemeroidlar, bir yillik sho'rak o'tlar, dag'al o'tlar, buta va butasimonlardan tashkil etadi. Qorako'lchlik va cho'l ekologiyasi ilmiy -tadqiqot instining olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ozuqabop o'simliklarning asosiy turlari bo'yicha tavsiflari ishlab chiqilgan.
Efemer va efemeroid o'simliklari cho'l o'simliklari hisoblanadi. Ozuqabop o'simliklarning bu guruhi issiq boshlanguncha butun vegetatsiya jarayonnini tugatuvchi juda ko'p o'simliklar kiritilgan. Ushbu o'simliklartog' va tog'oldi hamda cho'l va yarim cho'l yaylovlarida o'sadigan o'simliklar hisoblanadi. Ular erta bahorda boshqa o'simliklardan ertaroq vegetatsiyasi boshlanadi, ba'zan kuz mavsumida ko'kara boshlaydi. Bunday o'simlik turlariga rang, (qorabosh), iloq, qo'ng'irbosh, yaltirbosh, arpag'on, chitir, yag'liqqora, no'xatak va sariq yo'ng'ichqa kabi o'simliklari kiradi. O'simliklarning to'yimliligida protein 24 foizni, selyuloza 24,7 foizni tashkil etadi. 100 kg quruq modda tarkibida11,1 kg hazm bo'ladigan protein va 81,5 ozuqa birligi mavjud. Efemeroidlar hayvonlarning semirtiruvchi ozuqa o'simliklari hisoblanadi.
Tog', tog'oldi, cho'l va yarim cho'l yaylovlarida dag'al poyali ozuqalar ham o'sadi. Ularga yantoq, karrak, sassiq kavrak, mayda selin, chalov, sho'rajriq va momiq kabi o'simliklar kiradi ular bir yillik o'simliklar hisoblanadi. Bu o'simliklar efemeroid o'simliklari qatori vegetatsiya davrini boshlaydi. Bir yillik o'simliklardan sho'raklar uch turga bo'linadi. Sersuv, nimquruq va quruq sho'raklar. Sho'raklarni qo'y va echki, tuyalar kuz mavsumida oziqlanadi. 100 kg sho'raklar to'yimliligida protein 3 kg hazmlanuvchi protein va 35-37 ozuqa birligini, protein miqdori 1,5-2,0 barobarga kamayyadi, selyuloza miqdori 3-4 barobarga ko'payadi, o'simliklarning yeyiluvchanligi atmosferaning yog'ingarchiliga bog'liq bo'ladi. Yaylovlarda butalar va chala butalar ham o'sadi. Bu o'simlik turlariga shuvoq, qorajusan, va serifidium ozuqabop o'simliklari kiradi. Bundan tashqari keyreuk, izen, boyalich, chogon, oq saksovul, qora saksovul, cherkez, qizilcha, qandim, echki ichak, burg'un kabi o'simlik turlari ham o'sadi. Bu o'simlik turlari mayda shoxli hayvonlarning asosiy ozuqasi hisoblanadi.
Bugungi kunda tabiiy iqlim sharoitini keskin o'zgarishi sababli yaylov o'simliklarining vegetatsiyasi to'liq rivojlanmay qolmoqda, natijada yaylovlar o'simliklarining hosildorligi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
kamayib ozuqabop o'simliklar turi ham kamayib bormoqda. Bunday holatda mayda shoxli hayvonlar ozuqasini tayyorlash va undan samarali foydalanish usullarini qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Qo'y va echkilarni boqishda asrash va oziqlantirish texnologiyalaridan foydalaniladi. Qo'y va echkilarni to'yimli oziqlantirilmasligi xo'jaliklar uchun katta zarar keltiradi. Bu zararning oldini olishda o'simliklardagi protein, oqsil va vitaminlarni saqlab qolish choralarini ko'rish muhim hisoblanadi. Mayda shoxli mollar ozuqa bazasini mustahkamlash uchun ozuqa ekinlarini ekish, parvarishlash texnologiyasiga muvofiq o'stirish hamda yig'ib saqlash zarur. Jamg'arilgan ozuqalar sifatini saqlab qolish va oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.
Tarmoqning iqtisodiyotini ko'tarishda yuqori mahsuldor qo'y va echkilar zotlarini asrash, urchitilayotgan zotlar naslini takomillashtirish, yaylovlar hosildorligini oshirish, mavjud suv inshootlarni ta'mirlash, yangi quduqlar qazish, yaylov chorvachiligi xo'jaliklarini tashkil etish, sun'iy yaylovlar tashkil etish, tabiiy yaylovlardan samarali foydalanish, ozuqa sifatini yaxshilash usullaridan foydalanish, xo'jaliklar moddiy texnika bazasini yaxshilash bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirish muhim.
Xulosa. Tarmoqning iqtisodiyotini ko'tarishda yuqori mahsuldor qo'y va echkilarni asrab qolish, zotlar naslini takomillashtirish, yaylovlar hosildorligini oshirish, mavjud suv inshootlari ta'mirlash, yangi quduqlar qazish, yaylov chorvachiligi xo'jaliklarini tashkil etish, sun'iy yaylovlar tashkil etish, tabiiy yaylovlardan samarali foydalanishning innovatsion usullarini, ozuqa sifatini yaxshilashda mikrob va fermentlardan foydalanib ozuqaning to'yimligini orttirish usullarini ishlab chiqish, yaylov va yaylovdan foydalanish bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarlar sonini ko'paytirish hamda moddiy texnika bazasini yaxshilash ishlarini amalga oshirish tarmoqlarni rivojlanitirish imkoniyatini yaratadi.
REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Президентининг «Чорвачилик тармогини янада ривожлантириш ва куллаб-кувватлаш чора-тадбирлари тугрисида» ги ПК-4243-сонли Карори. Тошкент, 2019 й.
2. Арипов У.Х., Алиев Д.Д., Хакимов У.Н., Омонов М.И., Хусаинова М.А. Принципы каракулеводства мониторинг их биопродуктивних признаков в пустынно-ландшафтной зоне. Чул яйловчилигини ва чулларнинг олдини олишнинг илмий-амалий асослари. Халкаро илмий-амалий корференция материаллари. Самараканд, 2019, 28-38 б.
3. Набиев Г.М., Пастбишная емкость земел Нупатинского туман Навоийского вилята. Чул яйловчилигини ва чулларнинг олдини олишнинг илмий-амалий асослари. Халкаро илмий-амалий корференция материаллари. Самараканд, 2019, 352-354 б.
4. Йулдошев Н.Э., Бобокулов Н.А., ^оркулчиликда амалга ошириладиган мух,им вазифалар. Чул яйловчилигини ва чулларнинг олдини олишнинг илмий-амалий асослари. Халкаро илмий-амалий корференция материаллари. Самараканд, 2019, 3-5 б.