Научная статья на тему 'POP TUMANI “VODIY” MASSIVI YAYLOV YERLARINING HOLATI'

POP TUMANI “VODIY” MASSIVI YAYLOV YERLARINING HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Namangan viloyati / Pop tumani / “Vodiy” hududi geobotanik tadqiqotlar / shartli bosh / yaylov o‘simliklar hosildorligi / baholash / gerbariylar to‘plami / degradatsiya / ArcGIS dasturi / elektron raqamli xarita / yaylovlar holatini yaxshilash.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G‘.T.Parpiyev, O.O.G‘Aniyev

Mazkur maqolada 2023 yilda Namangan viloyati Pop tumani “Vodiy” hududidagi yaylov va pichanzorlarda olib borilgan geobotanik tadqiqotlar natijalarining qisqacha tahlili bayon qilingan. Tadqiqotlarda “Vodiy” hududi uchun 1:25 000 masshtabli yaylov geobotanik va suv bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha elektron raqamli xaritalari yaratilgan. Bunda mualliflar tomonidan mazkur hudud yaylov va pichanzorlarining o‘simlik qoplami, ushbu yaylovlarning ozuqa birligidan kelib chiqib nechta shartli bosh chorva mollarini boqish mumkinligi ilmiy asoslangan. Shuningdek, ushbu hududda aniqlangan degradatsiyaga uchragan maydonlarni yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «POP TUMANI “VODIY” MASSIVI YAYLOV YERLARINING HOLATI»

POP TUMANI "VODIY" MASSIVI YAYLOV YERLARINING HOLATI

1G'.T.Parpiyev, 1O.O.G'aniyev

^'O'zdavyerloyiha" DILI bosh direktor o'rinbosari, b.f.d.

2"O'zdavyerloyiha" DILI 3-kurs doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10935344

Annotatsiya. Mazkur maqolada 2023 yilda Namangan viloyati Pop tumani "Vodiy" hududidagi yaylov va pichanzorlarda olib borilgan geobotanik tadqiqotlar natijalarining qisqacha tahlili bayon qilingan. Tadqiqotlarda "Vodiy" hududi uchun 1:25 000 masshtabli yaylov geobotanik va suv bilan ta'minlanganlik darajasi bo'yicha elektron raqamli xaritalari yaratilgan. Bunda mualliflar tomonidan mazkur hududyaylov va pichanzorlarining o'simlik qoplami, ushbu yaylovlarning ozuqa birligidan kelib chiqib nechta shartli bosh chorva mollarini boqish mumkinligi ilmiy asoslangan. Shuningdek, ushbu hududda aniqlangan degradatsiyaga uchragan maydonlarni yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Namangan viloyati, Pop tumani, "Vodiy" hududi geobotanik tadqiqotlar, shartli bosh, yaylov o'simliklar hosildorligi, baholash, gerbariylar to'plami, degradatsiya, ArcGIS dasturi, elektron raqamli xarita, yaylovlar holatini yaxshilash.

Аннотация. В данной статье представлен краткий анализ результатов геоботанических исследований, проведенных в 2023 году на участке «Водий» Попского района Наманганской области. В ходе исследований были созданы электронные цифровые геоботанических характеристик пастбищ и уровней водоснабжения в масштабе 1:25 000 для участке «Водий». При этом авторы научно обосновали растительный покров пастбищ и сенокосов данной территории, его современное состояние и на основе кормовой единицы этих пастбищ научно обосновали, какое количество скота можно пасти на этих пастбищах. Также, были даны предложения и рекомендации по восстановлению выявленных деградированных пастбищ.

Ключевые слова: Наманганская область, Попский район, массив "Водий", геоботанические исследования, продуктивность пастбищных растений, условная голова, оценка, сбор гербариев, деградация, программа ArcGIS, электронная цифровая карта, улучшение состояния пастбищ.

Abstract. This article presents a brief comparative analysis of the results of geobotanical studies conducted in 2023 on pastures and hayfields of the "Vodiy" massiv in the Pop district of the Namangan region. During the research, electronic digital geobotanical characteristics of pastures and water supply levels were created on a scale of1:25,000for the Vodiy massiv. At the same time, the authors assessed the vegetation cover of pastures and hayfields in this territory, its current state and, based on the feed unit of these pastures, scientifically substantiated how many livestock can be fed. Also, proposals and recommendations were made for the restoration of identified degraded pastures.

Keywords: Namangan region, Pop district, "Vodiy" massiv, geobotanical research, productivity of pasture plants, assessment, herbarium collection, degradation, ArcGIS program, electronic digital map, improvement of pasture condition.

Kirish. Hozirgi kunda global iqlim o'zgarishi natijasida yer sharining turli mintaqalarida qurg'oqchilikning ko'tarilishi kuzatilmoqda. Mamlakatimizda yer suv resurslarining cheklanganligi sharoitida aholi sonining ortib borishi go'sht, sut, jun va teri kabi chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojning ham oshishiga sabab bo'lmoqda. Aholining chorvachilik

mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini chorvachilikni rivojlantirish orqali qondirish respublikamizning tabiiy yaylov va pichanzorlari muhim tabiiy manba hisoblanadi. Bu borada tog' va tog'oldi yaylovlar chorva mollarini boqish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular yoz oylarida pastroq yaylovlarda unumdorlik past bo'ladi shu sababdan chorva mollarini to'yimli ozuqa bilan ta'minlaydi. Ular, shuningdek, tog' ekotizimlarining ekologik muvozanatiga hissa qo'shadi, yovvoyi tabiat uchun yashash muhitini ta'minlaydi va biologik xilma-xillikni rag'batlantiradi.

Umuman olganda, iqlim o'zgarishi, chorva mollarining yaylov yerlarida haddan tashqari ko'p boqilishi ta'sirida va yerlarning degradatsiyaga uchrashi kabi salbiy holatlar vujudga kelmoqda. Ushbu holatlar esa tog' va tog'oldi yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanishni taqoza etadi.

Mavzuning dolzarbligi. So'ngi yillarda yaylov va pichanzorlarning aksariyat qismida mahsuldorlikning turli darajada pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu boisdan ushbu hududlarda o'sadigan o'simlik dunyosi holatini yangicha asosda o'rganish, o'simlik qoplami bilan qoplanganlik darajasi, suv bilan ta'minlanganlik darajasi, chorva mollarini boqishning yaylovlarga salbiy ta'siri, ularni boqish muddati va me'yolarini dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashgan asosda ishlab chiqish qat'iy boshqarishni yo'lga qo'yish, kamayib borayotgan ozuqabop va dorivor yaylov o'simliklarini saqlab qolish hamda oqilona foydalanish samaradorligini oshiruvchi strategik menejment tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy asoslangan geobotanik izlanishlar olib borish hozirgi davrdagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi [4].

Bu borada mamlakatimizda ham hukumat darajasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi "Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o'tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 299-sonli [1] va 2018 yil 7 noyabrdagi "Hayvonot va o'simlik dunyosi va ob'ektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to'g'risida"gi 914-sonli [2] qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Qishloq ho'jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Tadqiqot obyekti va uslublari: Tadqiqot obyekti Namangan viloyati Pop tumani "Vodiy" hududi tabiiy yaylov o'simliklari hisoblanadi. Geobotanik izlanishlar ushbu sohada keng qo'llanilib kelinayotgan uslublar [3] asosida amalga oshirildi.

Tog' va tog'oldi hududlar yaylovlarining o'simlik bilan qoplanganlik darajasi bo'yicha ArcGIS dasturidan foydalangan holda 1:25 000 masshtabli elektron raqamli geobotanik va suv bilan ta'minlanganlik xaritalari yaratildi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Biz tomondan olib borilgan tadqiqotlar jarayonida Namangan viloyati Pop tumani "Vodiy" hududidagi mavjud yaylovlarning bugungi kundagi xususiyatlari va holati aniqlandi hamda chorva mollarining suv bilan ta'minlanish holatlari o'rganildi.

Pop davlat o'rmon xo'jaligi Pop tuman markazidan shimoliy-g'arbda joylashgan bo'lib, Chodak, Chorkesar, Mash'al, G'urumsaroy va o'rmon xo'jaligi yerlari bilan chegaradosh [5].

Tumanning "Vodiy" massivining umumiy maydoni 28362 gektar shundan, 12600 gektar (44,4%)ni yaylov va pichanzorlarida geobotanik tadqiqotlar o'tkazilib 40 ta asosiy va 65 ta qo'shimcha o'simliklar tavsifi daftarchalari tuzildi. Buta, yarim buta va yirik o'tlar uchun 40 ta

transekt va 40 ta tuplarni modellarini qayd etish kartochkasi tuzilib, mayda o'tlar uchun 65 ta o'rish maydonchasi olindi. Olib borilgan geobotanik tadqiqotlarda hududda o'simliklarning 37 ta turi tarqalgani aniqlandi, shundan 31 tasi barcha mavsumlarda xamda qisman chorva mollari tomonidan yeyiladigan o'simliklar, 6 tasi chorva mollari yemaydigan zararli va zaxarli o'simliklar aniqlandi va gerbariy namunalari olindi. Yaylovlarning tarqalishiga qarab 3 ta yaylov guruhi, 5 ta yaylov tipi va 5 ta yaylov xiliga ajratildi. Hududlarning o'simlik bilan qoplanish darajasi o'rtacha 60% ni, olingan hosildorligi 2,52 s/ga va ozuqa birligi 1,29 s/ga ni tashkil qildi [5].

"Vodiy" hududining yaylov yerlarida aniqlangan hosildorlik va o'rtacha ozuqa birligidan kelib chiqib hududdagi tabiiy yaylovlarda 300-310 shartli bosh qoramol boqish imkoni mavjudligi aniqlandi [5].

O'rganishlar jarayonida 1979 yilgi yaylovlarning holati [6] bilan 2023 yildagi holatini baholaydigan bo'lsak hosildorlik 1,5-2,0 s/ga kamaygan, o'simliklarni 15-20 ta turi uchratilmaganligi va yog'ingarchilik miqdori sal kam yarim oldingi ko'rsatkichga nisbatan kamligi tahlil qilindi. Ushbu iqlim o'zgarishi jarayonini shu bugungi kundagi global iqlim isishning isboti deb izohlanadi. Mavjud 12600 gektar maydon yaylovlarning insonlar va chorva mollari ta'sirida jami 2629 gektar (20,9%) maydon kuchsiz darajada degradatsiyaga uchragan. Hudud yaylovlarining madaniy texnik holati aks ettirilgan ArcGIS dasturidan foydalangan holda 1:25 000 masshtabli elektron raqamli geobotanik yaylov xaritalari yaratildi [5].

Yuqoridagi salbiy holatlar hisobiga yaylovlarning hosildorligi va ulardan olinadigan ozuqaning sifati maydonlarning tuproq-iqlim sharoitlari bilan chambarchas bog'liq va ko'p jihatdan o'tloqning xo'jalik holatiga ham bog'liq bo'lib, ulardan noto'g'ri foydalanish natijasida hosildorligi keskin pasayib ketgani aniqlandi.

Ushbu holatni nafaqat tabiiy, balki antropogen omillar ta'sirida vujudga kelgan deb izohlash o'rinli. Shu jumladan, tuman hududidagi yaylov yerlarini jadal o'zlashtirilishi, sug'orma dehqonchilikka jalb qilinishi, shuningdek, demografik jarayonlar bilan ham bevosita bog'liq.

Tabiiy omillardan havo haroratining oldingi yillarga nisbatan issiq kelganligi tufayli toshli yaylov maydonlarida o't-o'lanlarning qurishi ko'proq kuzatilmoqda. Buning natijasida o'simliklarning urug'lari to'liq pishib yetilmasdan qurib qolishi keyingi yilga yaylov o'simliklarining kamayib yangi nihollarni unib chiqmasligiga sabab bo'lmoqda.

Yaylovlarning hosildorligi va ulardan olinadigan ozuqaning sifati maydonlarning tuproq-iqlim sharoitlari bilan chambarchas bog'liq va ko'p jihatdan o'tloqning xo'jalik sharoitiga ham bog'liq bo'lib, ulardan noto'g'ri foydalanish natijasida hosildorligi keskin pasayib ketgan.

Demak, kelgusida qishloq xo'jaligida yer tuzish loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun muntazam monitoring qilish asosida mavjud yaylovlar hududini saqlash, ularni barqaror boshqarish muhim ekanligini ko'rsatadi. Bunda yaylovlar hududidan samarali foydalanishda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki ekologik masalalarni strategik ahamiyati nuqtai nazaridan ish yuritish maqsadga muvofiq.

Xulosa, taklif va tavsiyalar.

1. Namangan viloyati Pop tumani "Vodiy" hududida ham qariyb 45 yil davomida yaylov yerlarining kamayishi aholi sonining oshishi va oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qoplash uchun ko'plab yer maydonlari o'zlashtirib yuborilganligi bilan bog'liq. Ushbu holatlar yaylov yerlarida ham xatlov ishlarini muntazam o'tkazilishini va monitotingini yuritilishini talab etadi.

2. Bugungi kundagi global iqlim o'zgarishi jarayoni, havo haroratining keskin darajada ko'tarilishi va yog'ingarchilik miqdorini kamayishi yaylovlarda ozuqabop o'simliklarni rivojlanishiga salbiy ta'sir qilmoqda. Demak, "Yaylovlardan foydalanishni samarali

boshqarishning uyg'unlashgan tamoyillari" tarkibiga "yaylovlarning ekologik-iqtisodiy samaradorligi" tamoyilini kiritish maqsadga muvofiq.

3. Yuqoridagi salbiy holatlar natijasida Pop tumani "Vodiy" massivda ham 1979 yilgi tadqiqotlarga nisbatan 2023 yilda yaylovlarda ozuqa birligi va hosildorligi 1,5-2,0 s/ga kamayganligi aniqlandi.

4. O'rganilgan yaylovlarda 20100 gektar kuchsiz darajada degaradsiyaga uchragan. Bunday degradasiyaga uchragan yaylovlarga yerdan foydalanuvchilar tomonidan yaylov o'simlik vegetasiya davrini hisobga olgan holda, yer tuzish loyihalari asosida almashlab boqishni tashkil etish. Shuningdek, hududda amaliyotda isbotlangan istiqbolli ozuqabop o'simliklar urug'larini ekish, bioxilma-xillikni saqlash maqsadga muvofiq.

5. Chorva mollarini boqish uchun rejali almashlab boqishni tashkil etishda "Vodiy" hududi uchun tuzilgan 1:25 000 masshtabli elektron raqamli geobotanik va suv bilan ta'minlanganlik xaritalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Minnatdorchilik: Maqola mualliflari ushbu tadqiqotlarning dala va kameral ishlarining bajarilishida bevosita ishtirok etgan "O'zdavyerloyiha" DILI "Namvilyerloyiha" hududiy bo'linmasi barcha mutaxassis xodimlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi "Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o'tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi 299-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi "Hayvonot va o'simlik dunyosi va ob'ektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to'g'risida"gi 914-sonli qarori.

3. Ruzmetov M.I., Turaev R.A., Davronov O.O'., Norqulov M.N., Akramov I.L., Xakimov B.B., Bag'bekov H.K., Xaitova K.M., O'zbekistonning tabiiy yaylov va pichanzorlarida geobotanik tadqiqotlar o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Fan ziyosi", 2022. -156.

4. G'aniyev O.O. Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani yaylovlarining bugungi holati // "O'zbekiston zamini" ilmiy-amaliy va innovatsion jurnali. Toshkent. - 2023. - №4. - B. 143145.

5. Namangan viloyati Pop tumani "Vodiy" hududining yaylov va pichanzorlarida olib borilgan geobotanik tadqiqotlar tavsifnomasi / "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Namvilyerloyiha" hududiy bo'linmasi hisoboti. - Namangan, 2023. - 54 b.

6. Геоботаническое обследование за пределных пастбищ Ферганской области на территории Попского района Наманганской области УзССР / Отчет ГНПИ «Узгипрозем». - Ташкент, 1980. - 96 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.