Научная статья на тему 'FARGʼONA VODIYSINING JANUBIY ADIRLARIDA FITOMELIORATSIYA YOʼLI BILAN YEM-XASHAKCHILIK RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

FARGʼONA VODIYSINING JANUBIY ADIRLARIDA FITOMELIORATSIYA YOʼLI BILAN YEM-XASHAKCHILIK RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
51
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fitomeliratsiya / degrodatsiya / cho`llanish / yaylovlarni tubdan yaxshilash / yaylovlarni yuza yaxshilash / ozuqabop / agrotsenoz / agrofitosenoz

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — V.M.Maxmudov

Maqolada Farg`ona vodiysining janubiy adirlarida fitomelioratsiya yo`li bilan yem-yetishtirishni ilmiy asoslangan tavsiyalari, fitomeliratsiya yoli bilan adir yaylovlarini hosil qilishda qurg`oqchilikka chidamli bo`lgan yem-xashak o`simliklardan foydalanishni ilmiy va amaliy asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARGʼONA VODIYSINING JANUBIY ADIRLARIDA FITOMELIORATSIYA YOʼLI BILAN YEM-XASHAKCHILIK RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

FARG'ONA VODIYSINING JANUBIY ADIRLARIDA FITOMELIORATSIYA YO'LI BILAN YEM-XASHAKCHILIK RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

V.M.Maxmudov

Fargona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002157

Annotatsiya. Maqolada Fargona vodiysining janubiy adirlarida fitomelioratsiya yoli bilan yem-yetishtirishni ilmiy asoslangan tavsiyalari, fitomeliratsiya yoli bilan adir yaylovlarini hosil qilishda qurg'oqchilikka chidamli bo lgan yem-xashak o 'simliklardan foydalanishni ilmiy va amaliy asoslari yoritilgan.

Kalit so^zlar: fitomeliratsiya, degrodatsiya, chollanish, yaylovlarni tubdan yaxshilash, yaylovlarni yuza yaxshilash, ozuqabop, agrotsenoz, agrofitosenoz.

Aholi sonining tez suratlar bilan oshib borishi, chorva mahsulotlariga bo'lgan extiyojlarni ham oshib borishiga sabab bo'lmoqda. Aholisi zich bo'lgan Farg'ona vodiysida bu masalani yechimi ikki yo'nalishda amalga oshiriladi. Birinchidan sug'orma dehqonchilik orqali va ikkinchidan mavjud tabiiy yaylovdan unumli foydalanish orqali. Chorvachilik uchun oziqa bazasini cheklanganligi va ayniqsa yaylov chorvachiligi uchun yem-xashak bazasining taqchilligi mavjud. Tabiiy yaylovlardan samarali foydalanish yo'llarini ishlab chiqishni talab etadi. Chorvachilikda tabiiy yaylovlar katta ahamiyatga ega bo'lib, ulardan noto'g'ri foydalanish, ozuqabp o'simliklarni keskin qisqarishiga va cho'llanish jarayoniga sabab bo'lmoqda.

Bu o'rinda tabiiy yaylovlardagi yem-xashak o'simliklarini aniqlash, yuqori oziqabop turlaridan keng foydalanish va chorvachilik bazasini mustaxkamlash chora-tadbirlarini yo'lga qo'yish dolzarb muammolardandir.

Degradatsiyaga uchrab o'simlik jamoasi siyraklashaetgan yaylovlarda chorvachilikni barqaror rivojlantirish uchun ekosistemalarni muhofaza qilish va qayta tiklash orqali yem-xashak bazalarini mustaxkamlash muxim bo'lib, buning uchun ushbu yaylovlarni qayta tiklash maqsadida foydalaniladigan istiqbolli ozuqabop o'simliklarning bioekologiyasini o'rganish, ularni yetishtirish usullarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda respublikamizda chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish uchun chorvachilik oziqa bazasini mustaxkamlash va istiqbolli yem-xashak turlarini amaliyotga jalb etishga alohida e'tibor qaratilib, degradatsiyaga uchrayotgan yaylovlarni baxolash, o'simlik turlarini inventarizatsiyalash bo'yicha fundamental ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilgan (D.X.Saidov va boshqalar, 1977, 1983; T.Raximova va boshqalar, 2018; X.Shomurodov, 2018, O.I.Imomov, 2018 va boshqalar).

Lekin Farg'ona vodiysining janubiy adirlaridan tabiiy o'tloqlar sifatida foydalanish va yem-xashak yetishtirish bo'yicha amalga oshirilgan fitomilioratsiya ishlari haqidagi ma'lumotlar yetarli emas.

Farg'ona vodiysining janubiy g'arb, janubiy, janubiy sharq qismida joylashgan O'zbekiston, Beshariq, Rishton, Oltiariq, Chimyon, Quvasoy, Arsif, Quva adirlarining yem-xashak zaxirasining sifatini o'rganish bo'yicha olingan dastlabki tadqiqot natijalari quyidagilardan iborat.

Bu adirlarning iqlim sharoiti shimoliy adirlariga nisbatan o'ta quruq, yillik yog'in miqdori 100-150 mm ni tashkil etib, shimoliy adirlarga nisbatan 2-3 (4) marta kam yog'in

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

tushadi, tuprog'i asosan toshloq bo'z tuproqlardan iborat. Shuning uchun tabiiy yem-xashak hosildorligi 0,5-1,5 (2) s/ga tashkil etadi.

Keyingi yillarda aholisi zich joylashgan janubiy rayonlarda chorva mollari soni, ayniqsa qo'ylar soni nisbatan ko'paydi, lekin ularni boqish, yem-xashak bilan ta'minlash asosan sug'orma dehqonchilik hisobiga hamda boshqa hududlardan keltirish hisobiga amalga oshirilmoqda, bu esa go'sht mahsulotlari tannarxiga ta'sir etib, ularni qimmatlashishiga olib kelmoqda.

Yana bu joyda shuni alohida takidlash kerakki, Farg'ona viloyatida chorva mollarini boqish fermer xo'jaliklarida asosan tayyorlangan oziqa hisobiga amalga oshiriladi. Jahon chorvachilik ilmidan shu narsa isbotlanganki, chorva mollarini yaylovlarda erkin yaratib boqish va yemlash yuqori samara beradi. Farg'ona viloyatida yuqori mahsuldorlikka erishish uchun katta imkoniyatlar mavjud, faqat undan unumli foydalanish uchun fan yangiliklaridan samarali foydalanish zarur.

Farg'ona vodiysining janubiy hududlaridagi adirlardan chorvachilikning ozuqa bazasini yaratish uchun quyidagi yo'nalishlarda fitomelioratsiya ishlarini amalga oshirilishi kerak.

1.Adir yaylovlarni tubdan yaxshilash. Buning uchun degradatsiyaga uchragan yaylovlar, joyning relefi va tuproq tuzilishini inobatga olib 30 sm chuqurlikda yer xaydalib, kuzda (noyabrda) qator orasi 60 sm li jo'yaklarlarga quyidagi qimmatli, qurg'oqchilikka chidamli yem-xashak o'simliklari urug'lari sepiladi: Izen (Bassia prostrata (L) Beck, subsp.griscz Prat. Subsp nov), Keyeruq (Salsola orientalis S. G.Gmel), Teresken (Krascheninnikovia ewersmanniana (Stschegl. ex Losink), Saksavul (Haloxlon aphullum (Minkw.) Iljin), Chog'on (Halothamnus subaphyllus (S.A.Mey.) Botsch), Shuvoq (Artemisia turanica H.Krash.), Oqjusan (A.diffusa H.Krash.), Soxdshuvog'i (A.sogdiana Bge.), Farg'ona shuvog'i (A.Ferganensis H.Krasch.), Soxta yantoq (Alhagi pseudalhagi (Bieb.)Desv.), Xuroson esportseti (Onobrychis charasonica Bge.), Qatron (Crambe amabilis Butk. Et Majlun.), Jitnyak (Agropyron cristatum (L.) Gaertn.), Bug'doyiq (Elytrigia trichophorum (Link) Richt), Qung'irbosh (Poa bulbosa L.) kabi o'simliklar tavsiya etiladi, ular sinovdan o'tgan bo'lib, 2-3 yildan boshlab 15-25 ts/ga quruq yem-xashak hosili olish mumkin, bu tabiiy hosildorlikka nisbatan 7-10 marta yuqoridir.

2. Yaylovlarni yuza yaxshilash orqali, ya'ni adir o'simlik qoplamiga zarar yetkazmagan holda maxsus texnika yordamida (oktyabr ohiri, noyabr oyida) qator orasi 60 sm. qilib chizel qilinadi va shu yumshatilgan tuproqqa yuqorida keltirilgan yem-xashak o'simliklari urug'i sepiladi. Bu sharoitda tuproqda qo'shimcha nam to'plash imkoniyati paydo bo'lganligi uchun ekilgan urug'lar tez unib chiqadi va yaxshi rivojlanadi. 2-3 yildan ularning hosildorligi 10-12 s/ga yetadi. Bu joylardan to'yimli yaylov sifatida 5-6 yil foydalanish mumkin.

3. Hozirda Oltiariq, Chimyon, Satkak, Oqbilol, Quvasoy, Arsif, Quva adirlariga nasoslar yordamida suv chiqarish orqali katta maydonlar o'zlashtirilib anor, uzum, olma va boshqa mevali bog'lar tashkil qilindi. Sun'iy hosil qilingan agrofitosenozlardan unumli foydalanish maqsadida bog' qator oralariga qurg'oqchilikka chidamli to'yimliligi yuqori bo'lgan, servitamin, oqsilga boy yem-xashak o'simliklarini ekish katta istiqbolga ega. Bunda ulardan agrotsenoz hosil qilishda ilmiy asoslangan, turlar o'rtasidagi allelopatik munosabatlarni inobatga olish, hayotiy shakllarni to'g'ri joylashtirish muxim ahamiyatlidir.

Yem-xashak o'simliklarni assortimentini ko'paytirish uning to'yimlilik darajasini keskin oshiradi, bu esa chorva mahsuldorligini son va sifat jihatidan sermahsul bo'lishini ta'minlaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Xolbuki, hozirda fermer xo'jaliklari bu borada faqqat beda, makkajo'xori, oq jo'xori kabi anonaviy 2-3 ta o'simlikdan foydalanib kelishmoqda xolos.

Bu borada ilmiy asoslangan katta imkoniyatlar mavjud. Bog' qator oralariga quyidagi sinovdan o'tgan sermahsul yem-xashak o'simliklari tavsiya qilinadi. Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub ko'p yillik o'tlar - Tyanbshan bedasi (Medicago tianschanica Vass.) Beda (M. Sativa L), Sariq beda (M.Falcata L), Sebarga (Trifolium pratense L.), Farg'ona espartseti (Onobrychis ferganica (Sir.) Grossh.), Xuroson espartseti (O.chorossanica Bge.), Ekma espartseti (O.viciafolia Scop.), Zakavkaz espartseti (O.antasiatica Khin.), Qumloq espartseti (O.arenaria D.S.), ikki yillik qashqarbeda (Melilotus afficinalis Desr.), oqqashqarbeda (M.albus Desr.), bir yilliklardan-Shobdor (Trifolium resupinatum L.), Aleksandr seborgasi (T.alexandrinum L.), Pushti seborga (T.incarnatum L.), Bahori vika (T.Vicia sativa L.), Kuzgi vika (V.vullosa Roth.), Oq burchoq (Pisum arvense L.) va boshqalar.

Qo'ng'irboshdoshlar (bug'doydoshlar) (Poaceae) oilasining ko'p yillik turlaridan Jitnyak (erkako't) (Agropyron cristatum (L.) Gaertn.), Cho'l erkako'ti (A.desertorum Fisch.), Enli boshoqli erkako't (A.pektiniforme Roem et Schult.), Betaga (Festuca pratensis Huds.), Oq so'xta (Dactylis glomerata L.), Qiltiqsiz yaltirbosh (Bromus inermis Leyss.), Mastak (Lolium multiforum Lom.) va boshqalar. Bir yillik bug'doydoshlardan sudanot (Sorghum Sudanensis Poper), Mog'ar (Setaria italica Moch.) va boshqalar.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, adir yerlardan ilmiy asoslangan fitomelioratsiya ishlarini amalga oshirish orqali aholining chorva mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishga katta imkoniyatlar mavjud.

REFERENCES

1. Саидов Д.К. и др. Эколого-биологические основы создания искусственных пастбищ и сенокосов на адырах Ферганской долины. Изд-во "Фан", Ташкент, 1997, 159 с.

2. Саидов Д.К. и др. Адаптация кормовых растений к условиям аридной зоны Узбекистана. Изд-во "Фан", Ташкент, 1983, 303 с.

3. Raximova T., Shomurodov X.F., Voxidov Yu.S., Adilov B.A., Raximova N.K., Mayinov Sh.K. O'zbekiston cho'l yaylovlarining hozirgi holati va ulardan oqilona foydalanish. Toshkent, Navro'z, 2018, s 3-138

4. Shomurodov X.F. Qizilqumning yem-xashak o'simliklari va ulardan foydalanish istiqbollari. Biologiya fanlari bo'yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2018, 62b.

5. Imomov O.N. Chust-pop adirlari sharoitida ayrim foydali ozuqabop o'simliklar bioekologiyasi. Biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan, 2020, 43b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.